❗️Kontragingizning bir qismi to'lab berilishini xohlaysizmi😉
Unda bu post aynan siz uchun😊
Demak bir chekkadan boshlaymiz.
Avvalo siz bu imkoniyatdan foydalanish uchun yoshlar daftariga kirgan bo'lishingiz kerak.
👉Yoshlar daftariga kimlar kirishi haqida
batafsil
👉 Yoshlar daftariga
ariza topshirish
❓Ushbu imkoniyatdan qaysi ta'lim muassalarida o'qiyotgan talabalar yoki magistratura o'quvchilari foydalanishi mumkin
❗️Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda O'zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasasining o'quvchilari foydalanishi mumkin
❓Qancha summa to'lab berilishi mumkin
❗️«Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan ya'ni 15 mln so'mdan oshmagan miqdorda to'lab beriladi
⚠️ Istisno tariqasida
👉ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik,
👉 qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha,
👉 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlar uchun to'lab berilmaydi
❓Biz qayerga va qanday hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilamiz
O‘quvchi-talabalar to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab Vasiylik kengashiga (shu yerda aniqlik kiritib ketaylik vasiylik kengashi deganda siz yoshlar ishlari agentligining 1093 ishonch telfon raqamiga bog'lanishingiz kerak) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) nusxasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi.
👆Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
❓Muddatlari qanday bo'ladi.
❗️Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi
uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
👉Mahalladagi yoshlar yetakchisi
besh ish kuni ichida to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab
besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
👉Eng oxirida murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng
uch ish kuni ichida belgilangan miqdordagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari professional ta’lim yoki oliy ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
✅Ma'lumot o'rnida: arizalar 5-sentabrdan boshlab qabul qilina boshlaydi
Savol yo'llash uchun.
@YuristVIPbot
🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000
So'm
☎️Call center👇
+998919701002
+998994204602
Kanalga ulanish👇👇👇👇
https://t.me/Professional_yuristlarHuquqiy ko'makYOSHLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRADI?
✅ «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha VAQTINCHALIK TARTIBning 4-bandiga asosan:
❇️ Tuman (shaharlar)dagi har bir sektor kesimida mahallabay «Yoshlar daftari»ga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
👉 ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan, muqaddam sudlangan, probasiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlar, shuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari;
👉 iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar — tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlash…