cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Farg'ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi | Rasmiy kanal

Farg’ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rasmiy kanali Murojaat uchun : @fargonamohm_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
578
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+217 أيام
+8030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
Repost from Hilola Umarova
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
إظهار الكل...
#Mahorat_darsi ⚡️ Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilorom Yetmishova tomonidan mahorat darsi tashkillandi. 🌟 Darsni Farg‘ona shahar 27-umumta’lim maktabi texnologiya fani o‘qituvchisi Asqarova Gulchexra “Texnologiya” kursi tinglovchilariga “7-sinflarda oq sementdan gul tuvak yasash” mavzusida olib bordilar.
إظهار الكل...
01:43
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Bugun Pedagogik markazimizning “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri G.Raximova va maktab amaliyotchi psixologlar 2-guruh kursi tinglovchilari bilan birgalikda vebinar darsi tashkil etildi. ✨ “Stress menejment. Muammo uning yechimlari” mavzusida seminar-treningni Oltiariq tumani psixologi H.Umarova va Rsihton tumani psixologi G.Satilovalar tashkil etdilar. 🌟 Dars mazmunli va qiziqarli tarzda tashkillanib, inson hayotida muammolarni o‘zi hal qilish va o‘z oldiga maqsadlar qo‘yishga oid ma’lumotlar berildi. Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
إظهار الكل...
👍 1🔥 1
#Vebinar ⚡️ Bugun Pedagogik markazimizning Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri G.Raximova va maktab amaliyotchi psixologlar 1-guruh kursi tinglovchilari bilan birgalikda vebinar darsi tashkil etildi. ✨ “Ota-onalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida darsni Bog‘dod tumani psixologlari M.Usmonova, N.Abdullayeva, Sh.Kenjayeva va B.Muxammadaliyevalar tashkil etildilar. 💫 Vebinar darsi mazmunli va qiziqarli tarzda tashkillandi hamda yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
إظهار الكل...
🔥 1
#Vebinar ⚡️ Bugun Pedagogik markazimizning Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri G.Raximova va maktab amaliyotchi psixologlar 1-guruh kursi tinglovchilari bilan birgalikda vebinar darsi tashkil etildi. ✨ “Ota-onalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida darsni Bog‘dod tumani psixologlari M.Usmonova, N.Abdullayeva, Sh.Kenjayeva va B.Muxammadaliyevalar tashkil etildilar. 💫 Vebinar darsi mazmunli va qiziqarli tarzda tashkillandi hamda yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
إظهار الكل...
#Kutib_olish 🌼 Bugun ertalabdan Pedagogik markazimizning Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri G.Raximova va maktab amaliyotchi psixologlar kursi tinglovchilari hamkorligida “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Farzandimga tilaklar” mavzusida kutib olish tadbirini tashkil etildi. ☘️ Kutib olish tadbirida kun tilaklar pozitiv metodikalar, musiqa va raqs terapiyadan foylanildi. Kutib olish tadbiri qiziqarli va mazmunli tarzda tashkil etildi. Kutib olish tadbiri ertalabdan marakazga kirib keluvchilarga ko‘tarinki kayfiyatlar ulashdi.
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu kunni bayram sifatida nishonlash qarori 1925-yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida e’lon qilingan. Aziz bolajonlar! 💐 Sizni “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tabriklaymiz.
Istagimiz, tinch va farovon yurtda kamol toping! Mehr-muhabbat va shodlik hayotingiz davomida yo‘ldosh bo‘lsin!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🌼Kun hikmati Bu mehnat birla topsang parcha non, Kishining minnatidin uldur oson. ✍️ So‘fi Olloyor
إظهار الكل...
#Onalarga_Ehtirom 🔰 Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedra mudiri G‘anijon Xoshimov hamda “Musiqa madaniyati” kursi tinglovchilari bilan birgalikda “Onalarga ehtirom” festivali doirasida navbatdagi bayram tadbiri tashkil etildi. ❇️ Tadbirni pedagogik markazning v.v.b. direktori Xavasxon Shokirova ochib berdilar va jamiyatda onalarning tutgan o‘rni, onalar hayotimiz bog‘boni va kelajak fidoyilari ekanligi, onalar har kuni izzatda, ehtiromda bo‘lishlari zarurligi haqida so‘zladilar. ♻️ Tadbirda pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari va ushbu hafta malaka oshirayotgan tinglovchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida kurs tinglovchilari tomonidan onalarni madh etuvchi she’rlar, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
إظهار الكل...
👍 2👏 1🤝 1