cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

ParalympicUz

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining Telegramdagi rasmiy kanali Tel: +99871 245 01 12

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
20 945
المشتركون
-724 ساعات
+337 أيام
+4830 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Para yengil atletikachilarimiz Parijga yo‘l oldi Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 13-14 iyun kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida tashkil etiladigan xalqaro Gran-pri turnirida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etuvchi so‘nggi yirik musobaqada vakillarimizga omad tilaymiz! 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul boshlanmoqda Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731son qaroriga asosan, Markazlarning paralimpiya yo‘nalishiga nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratilgan. ➡️Batafsil 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Ikki nafar para suzuvchimiz jahon seriyasida shohsupaga ko‘tarildi Joriy yilning 7-9 iyun kunlari Fransiyaning Limoj shahrida para suzish bo‘yicha jahon seriyasiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, ushbu musobaqada ikki nafar vakilimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida startga chiqqan hamyurtimiz Muslima Odilova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 200 metr masofaga kompleks usulda suzish bo‘yicha finalda Shoxsanam Toshpo‘latova marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
إظهار الكل...
05:23
Video unavailableShow in Telegram
🎸"Parij sari yo'l" O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston-24 telekanali hamkorligida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritgan para sportchilar to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Parij sari yo‘l” ko'rsatuvining navbatdagi soni para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asad Toshtemirov haqida bo'ldi. Ushbu ko'rsatuvni hafta davomida O'zbekiston-24 telekanalida tomosha qilishingiz mumkin. 📶“Parij sari yo‘l” 🔵O‘zbekiston-24 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
7.mp491.60 MB
🇺🇿Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para velosportchilarimiz tantanali kutib olindi Joriy yilning 6-iyun kuni Qozog'istonning Olmaota shahri mezbonlik qilgan para velosport bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan terma jamoamiz a’zolari bugun erta tongda yurtimizga qaytib kelishdi. Matonatli para sportchilarimiz O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari va oila a’zolari tomonidan katta tantana bilan kutib olindi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Яккасарой туманида бунёд этилган сув спорти саройини кўздан кечирди. — Президент Шавкат Мирзиёев осмотрел дворец водных видов спорта, построенный в Яккасарайском районе столицы. #Mirziyoyev #tanishuv #sport #havza Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Shaxboz Ismoilovni tabriklaymiz! Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining Madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Shaxboz Ismoilov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi oilasi o‘z ishining fidoyisi hisoblangan, tajribali mutaxassisni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi va ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Para velosportchilarimiz Osiyoda tengsiz! Bugun qo‘shni Qozog‘istonning Olmaota shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Biz uchun ahamiyatlisi,  qit'aning eng kuchli para velosportchilari qatnashgan musobaqada 19 nafar vakilimiz shohsupadan joy oldi: Erkaklar 🥇Bunyodbek Haytmahammadov (C1) oltin 🥇G‘olibbek Mirzayorov (C2) oltin 🥇Og‘abek Huderganov (C3)oltin 🥇Azimbek Abdullayev (C5) oltin 🥇Aziz Ataxo‘jayev (T1) oltin 🥇Baxodir Odinayev (T2) oltin 🥈To‘lqin Ravshanov (T2) kumush 🥉Saidjabbor Dadaxonov (T1) bronza 🥉Boymurod Yavqochev (C5) bronza 🥉Abrorbek Ibrayimov (C4) bronza 🥉Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) bronza 🥉Muhammed ali Jo‘limbetov (C3) bronza Ayollar 🥇Azizaxon Qosimova (C3) oltin, 🥇Kamola Nurillayeva (C4) oltin 🥇Laziza Usmonova (T1) oltin 🥇Odina Hamdamova (T2) oltin 🥈Fotima Soipova (T1) kumush 🥈Zarifa Mo‘minova (T2) kumush 🥉Fotimaxon Haydarova (T2) bronza Yakunda terma jamoamiz Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🔴 O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi hamda "Sport" telekanali hamkorligida tayyorlanayotgan "Yulduzli oqshom" ko‘rsatuvining navbatdagi mehmoni para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, "O'zbekiston iftihori" faxriy unvoni sohibi, Jahon va Paralimpiya o'yinlari chempioni Boburjon Omonov bo‘ldi. ➡️Ushbu ko‘rsatuvni YouTube'dagi rasmiy kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
🇺🇿🔴 O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi hamda "Sport" telekanali hamkorligida tayyorlanayotgan "Yulduzli oqshom" ko‘rsatuvining navbatdagi mehmoni para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, "O'zbekiston iftihori" faxriy unvoni sohibi, Jahon va Paralimpiya o'yinlari chempioni Boburjon Omonov bo‘ldi. ➡️Ushbu ko‘rsatuvni YouTube'dagi rasmiy kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Para velosportchilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi Joriy yilning 5-7 iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi. Qayd etish lozimki, bu galgi qit’a birinchiligida 24 nafar para velosportchimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak musobaqada para sportchilarimizga omad tilaymiz!
إظهار الكل...
Repost from Sport vazirligi
04:55
Video unavailableShow in Telegram
Yil boshida start berilgan eksperimental loyiha “bilim ring”ning finalidan maxsus reportaj. G’oliblarning har biriga 1mln. so’mlik vaucher va Samarqandga sayohat yo’llanmasi topshirildi. Batafsil reportajni tomosha qilib, bilib oling. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
hd_11.mp4214.14 MB
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatovni tabriklaymiz! Hurmatli Sherzod Rixsiboyevich, Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi oilasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Para suzuvchilarimiz jahon seriyasiga jo‘nab ketishdi Joriy yilning 4-10-iyun kunlari Fransiyaning Limoj shahrida para suzish bo‘yicha jahon seriyasiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘lidagi so‘nggi musobaqada 10 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Dmitriy Xorlin Firdavsbek Musabekov Muzaffar Tursunxo‘jayev Islam Aslanov Kirill Pankov Yegor Bolotov Bogdan Biktimirov Shoxsanam Toshpo‘latova Muslima Odilova Mubinabonu Halilova Bo‘lajak musobaqada para suzuvchilarimizga omad tilaymiz!
إظهار الكل...
Maqsad - Qabul rejasini oshirish va ommaviy paralimpiya sport turlariga e’tiborni qaratish Guliston, Andijon, Namangan va Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida 2024/2025 o‘quv yili rejasi muhokama qilindi. Unda iqtidorli yoshlar uchun imkoniyalarni kengaytirish maqsadida Qabul rejasini oshirish hamda ommaviy, jumladan, para stol tennisi, para badminton, para voleybol, para suzish, para qilichbozlik, para kamondan otish kabi paralimpiya sport turlariga e’tiborni qaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
إظهار الكل...
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Para taekvondo bo'yicha terma jamoamiz a'zolari ayni kunlarda Toshkent viloyatida joylashgan "G'azalkent sog'lomlashtirish markazi" bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda. Ushbu yig'inga asosiy tarkib a'zolari bilan bir qatorda yoshlar terma jamoasi a'zolari ham jalb etilgan. 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
IMG_7855.MOV55.13 MB
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati hamda “UzReport” telekanali hamkorligida qo‘mita faoliyatiga bag‘ishlangan “Para news” informatsion ko‘rsatuvining navbatdagi sonini 1-iyun soat 17:20 da tomosha qilishingiz mumkin: 📺 UzReport TV1-iyun - 17:20 ▶️ Takroran: 2-iyun - 17:20 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
Jizzax OPSTTMda bitiruvchilarni Oliy ta’limga yo‘naltirish va yangi o‘quv yili rejalari muhokama qilindi Bugun Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi A.Mursakulov ishtirokida muassasa tomonidan paralimpiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Markazning joriy o‘quv yilidagi 2 nafar bitiruvchisini Oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish masalasi hamda yangi 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul rejasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilida Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 9 ta para sport turidan 27 nafar o‘quvchi qabul qilish belgilandi. Jumladan:
Para yengil atletika 3 nafar Para pauerlifting 2 nafar Para taekvondo 3 nafar Para suzish 3 nafar Para dzyudo 3 nafar Para velosport 3 nafar Para kamondan otish 2 nafar Para stol tennisi 4 nafar Para badminton 4 nafar
إظهار الكل...