cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

ParalympicUz

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining Telegramdagi rasmiy kanali Tel: +99871 245 01 12

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
20 902
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
+10830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Nukus OPSTTMda bitiruvchilarni Oliy ta’limga yo‘naltirish va yangi o‘quv yili rejalari muhokama qilindi Bugun Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi A.Mursakulov ishtirokida muassasa tomonidan paralimpiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Markazning joriy o‘quv yilidagi 8 nafar bitiruvchisini Oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish masalasi hamda yangi 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul rejasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilida Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 9 ta para sport turidan 25 nafar o‘quvchi qabul qilish belgilandi. Jumladan:
Para yengil atletika - 4 nafar Para pauerlifting - 2 nafar Para taekvando - 2 nafar Aravachada qilichbozlik - 3 nafar Para velosport - 3 nafar Para voleybol - 4 nafar Para stol tennisi - 2 nafar Aravachada basketbol - 3 nafar Para badminton -2 nafar
Shuningdek, qo‘mita raisi maslahatchisi Markazda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda qabul jarayoni yuzasidan hududlarda targ‘ibot ishlarini keng olib borish kerakligi bo‘yicha tushunchalar berildi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Osiyo ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi 17-19 may kunlari Vyetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida 7 ta medal qo‘lga kiritib, 30 ga yaqin mamlakat orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagan para taekvondo bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Matonatli para sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda oila a’zolari tomonidan tantanali kutib olindi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ Bugun 4 nafar para atletimiz Jahon chempionatida ishtirok etadi
Yaponiyaning Kobe shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmqoda. Bugun musobaqada 4 nafar vakilimiz startga chiqadi.
Jumladan: Kubaro Hakimova – F41 disk uloqtirish (final) Urganch Egamnazarov – T11 100 metra yugurish (saralash) Roziya Ergasheva – F46 yadro uloqtirish (final) Ma'rufjon Murodullayev – T47 400 metra yugurish (final) ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ ➡️Kunduzgi seans ➡️Kechki seans 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ ⚡️Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlari boshlanishiga 100 kun qoldi! 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
Qashqadaryoda ham "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning viloyati bosqichi tashkil etildi Qarshi shahar madaniyat va istirohat bog‘ida mahallalardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi "Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqalarining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatning tuman-shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 288 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ Bugun 2 nafar para atletimiz Jahon chempionatida ishtirok etadi
Yaponiyaning Kobe shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmqoda. Bugun musobaqada 2 nafar vakilimiz startga chiqadi.
Jumladan: Yoqutxon Xolbekova – T12 400 metra yugurish (final) Ma'rufjon Murodullayev – T47 400 metra yugurish (saralash) ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ ➡️Kunduzgi seans ➡️Kechki seans 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
إظهار الكل...
"Besh tashabbus paralimpiadasi"ning Surxondaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi Termiz shahrida joylashgan "Surxon arena" sport majmuasida mahallalardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi "Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqalarining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 16-30 yosh toifasidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar para shaxmat, para shashka, para stol tennisi va aravachada stol tennisi, para yengil atletika hamda para badminton bo‘yicha o‘z iqtidorlarini sinab ko‘rishdi. Yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
إظهار الكل...
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham kuchlilar saralandi Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa bayramona kayfiyatda tashkil etildi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات