ar
Feedback
O'zDXA rasmiy kanal

O'zDXA rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

O'zDXA - O’ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI rasmiy kanali . www.uzdxa.uz . Facebook.com/uzdxa.uz . Instagram.com/uzdxa.uz . Youtube.com/@uzdxauz . Facebook.com/Toxtasimov ☎️ Murojaat uchun: @UzDXaAloqaBot © O'zDXA Matbuot xizmati

إظهار المزيد
1 000
المشتركون
+724 ساعات
+217 أيام
+5230 أيام
أرشيف المشاركات
+5
#Kasbiy_ijodiy_imtihon_jarayon 💠 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 7-9-iyul kunlari 2026-2027 o‘quv yili uchun bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlaridan lavhalar. 🌐 Akademiyaning rasmiy sahifalari 👇👇👇 @uzdxa_official 🔣 Uzdxa.uz Facebook 📷 Instagram You Tube ➡️@UzDXaAloqaBot ➡️@uzdxa_rektoriga_murojaat_bot @uzdxa_tyutorga_murojaat_bot

Rasmiy hujjatlarda fikr qanday bayon qilinishi kerak?
Anonymous voting

#Davlat_tilida_ish_yuritish Rasmiy hujjatlarda qanday so'zlar ishlatilmaydi? Javob: Sheva so'zlari, jargonlar, bachkana va obrazli ifodalar. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank

Repost from Edu.uz
#ogohlik #kiberxavfsizlik Hurmatli talaba-yoshlar! Bugungi kunda kiberjinoyatchilik va onlayn firibgarlik dunyo miqyosida eng dolzarb tahdidlardan biriga aylanmoqda. Afsuski, oson daromad va’dalari ortidan ayrim yoshlar noqonuniy faoliyatga jalb etilayotgani kuzatilmoqda. Toshkent shahrida transmilliy kiberjinoyatchilik bilan shug‘ullangan noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yilgani barchamiz uchun jiddiy ogohlantirishdir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyatga jalb etilganlar orasida talabalar ham bo‘lgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha talaba-yoshlarni shubhali ish takliflari, noqonuniy onlayn faoliyat hamda “oson daromad” va’dalariga aldanmaslikka chaqiradi. ❗️Unutmang: ➖ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. ➖ Noqonuniy faoliyatdagi ishtirok kelajagingiz, ta’limingiz va obro‘yingizga jiddiy putur yetkazishi mumkin. ➖ Halol mehnat, bilim va kasbiy salohiyatgina barqaror muvaffaqiyat garovidir. Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalardan faqat qonuniy va ezgu maqsadlarda foydalaning, o‘z bilimingiz va iste’dodingizni yurtimiz taraqqiyoti hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida safarbar eting.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#hemis #yangi_imkoniyatlar HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi Tizimning navbat
#hemis #yangi_imkoniyatlar HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. ➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun alohida yangi menyu ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi; ➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topshirish talabnomasini yuborish va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari); ➖ Tezkor hisobot topshirish: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari); ➖ Bitirish buyrug‘ini shakllantirish: Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan nodavlat (xorijiy) OTTlar uchun Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan so‘ng Bitirish buyrug‘ini shakllantirish imkoniyati taqdim etildi; ➖ Xorijiy talabalar anketasi: Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlashda ortiqcha viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari cheklab qo‘yildi. Endilikda uy manzili maydonida to‘liq manzil to‘g‘ridan to‘g‘ri yoziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kasbiy_ijodiy_imtihon_jarayon 💠 Bugun, 9-iyul O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2026-2027 o‘quv yili uchun kasb
+9
#Kasbiy_ijodiy_imtihon_jarayon 💠 Bugun, 9-iyul O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2026-2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni bo’lib o’tmoqda. ✅Quyidagi havola orqali kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini online kuzatib borishingiz mumkin. ➡️ https://rtsp.ru/embed/RH497n3E/ 🌐 Akademiyaning rasmiy sahifalari 👇👇👇 @uzdxa_official 🔣 Uzdxa.uz Facebook 📷 Instagram You Tube ➡️@UzDXaAloqaBot ➡️@uzdxa_rektoriga_murojaat_bot @uzdxa_tyutorga_murojaat_bot

Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oli
#Eʼlon #Tanlov
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ▪️she’r; ▪️hikoya; ▪️esse; ▪️maqola. Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+1
#Kasbiy_(ijodiy)_imtihon_natijalari 📌  2026-2027 о‘quv yili qabuli jarayonida O’ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASIDA о‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari. 60211000 - San'atshunoslik: xoreografiya bo'yicha

Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oli
#Eʼlon #Tanlov
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ▪️she’r; ▪️hikoya; ▪️esse; ▪️maqola. Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Davlat xizmatlarini yanada qulay qilish bo‘yicha taklifingizni bildiring! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Byuro
Davlat xizmatlarini yanada qulay qilish bo‘yicha taklifingizni bildiring! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha fuqarolar, talabalar, professor-o‘qituvchilar va jamoatchilik vakillaridan takliflar qabul qiladi. Agar Siz davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida quyidagi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz: ▪️ortiqcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishi; ▪️murakkab va takrorlanuvchi tartib-taomillar mavjudligi; ▪️xizmat ko‘rsatish muddatining asossiz cho‘zilishi; ▪️bir xil ma’lumotlarni turli platformalarda qayta-qayta kiritish zarurati; ▪️fuqarolarning ortiqcha vaqt, mablag‘ yoki kuch sarflashiga sabab bo‘layotgan byurokratik to‘siqlar, ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuborishingizni so‘raymiz. Taklifingizda quyidagilarni ko‘rsatishingiz tavsiya etiladi: ➖ mavjud muammo; ➖ uni bartaraf etish yoki soddalashtirish bo‘yicha aniq yechim; ➖ taklif amalga oshirilganda kutilayotgan ijobiy natija. Sizning har bir taklifingiz davlat xizmatlarini yanada ochiq, shaffof, tezkor va fuqarolar uchun qulay tashkil etishga, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirishga xizmat qiladi. 📝 Taklifingizni qoldiring: @strategik_tashabbus_bot 👉🏻 Vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
“Mahbub ul-qulub”, “Oʻtkan kunlar”, “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” – Rektorlar qanday kitob oʻqiydi? Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov qanday kitoblarni mutolaa qiladi? Ularning mulohozalarini va tavsiyalarini bir kontentga jamladik. Videoning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from N/a
#Kasbiy_(ijodiy)_imtihon_natijalari. 📌  2026-2027 о‘quv yili qabuli jarayonida O’ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASIDA о‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari. 60211600 - Xoreografiya (Xoreografiya jamoalari rahbari) Ta'lim tili: O'zbek tili

Repost from Edu.uz
⚡️“Dunyoda rahbarlar tanqis, ammo O‘zbekistonda buyuk yetakchi bor” — Gruziya Bosh vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi. Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Hukumat rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.
“Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Abituriyent2026 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga! “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga eg
#Qabul2026 #Abituriyent2026
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!
“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan: 1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. Batafsil 👉🏻 bu yerda tanishing.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi
🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#TurizmChust ❗️Chust – hunarmandchilik an’analari yashayotgan qadimiy shahar Namangan viloyatidagi Chust shahri Farg‘ona vodi
+2
#TurizmChust ❗️Chust – hunarmandchilik an’analari yashayotgan qadimiy shahar Namangan viloyatidagi Chust shahri Farg‘ona vodiysining eng qadimiy maskanlaridan biri bo‘lib, dunyoga mashhur Chust pichoqlari va milliy do‘ppilari bilan tanilgan. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187148 ——— Город Чуст, расположенный в Наманганской области, является одним из древнейших населённых пунктов Ферганской долины. Он известен во всём мире своими знаменитыми чустскими ножами и национальными тюбетейками. Подробнее: https://gov.uz/ru/edu/news/view/187148 ——— Located in the Namangan region, the city of Chust is one of the oldest settlements in the Fergana Valley. It is renowned worldwide for its famous Chust knives and traditional Uzbek skullcaps (doppi). Learn more: https://gov.uz/en/edu/news/view/187148
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Xushnudbek.uz
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuk
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈

Repost from N/a
#Kasbiy_(ijodiy)_imtihon_natijalari 📌  2026-2027 о‘quv yili qabuli jarayonida O’ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASIDA о‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari. 60211000 - San'atshunoslik: xoreografiya bo'yicha

#OAV 📺 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori Gorlina Inna Grigoryevnaning «Baletmeysterlik san’ati» nomli kitobiga bag‘ishlangan suhbat joriy yilning 1-iyul kuni «O‘zbekiston 24» radiokanalining «Radiojurnal» eshittirishida efirga uzatildi. 🫥 Eshittirish davomida muallif kitobning mazmun-mohiyati, baletmeysterlik san’atining o‘ziga xos jihatlari hamda ushbu nashrning xoreografiya ta’limi va amaliyoti uchun ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdi. 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 #СМИ
📺 1 июля текущего года в программе «Радиожурнал» на радиоканале «O‘zbekiston 24» вышло в эфир интервью, посвящённое книге профессора Государственной академии хореографии Узбекистана Горлиной Инны Григорьевны «Искусство балетмейстера». 🫥В ходе беседы автор рассказала о содержании книги, особенностях искусства балетмейстера, а также о значении издания для развития хореографического образования и профессиональной практики.
🌐 Akademiyaning rasmiy sahifalari 👇👇👇 @uzdxa_official 🔣 Uzdxa.uz Facebook 📷 Instagram You Tube ➡️@UzDXaAloqaBot ➡️@uzdxa_rektoriga_murojaat_bot @uzdxa_tyutorga_murojaat_bot

#Kasbiy_ijodiy_imtihon_jarayon ✅ Ayni damda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo’lib o’tayotgan kasbiy ijodiy imt
+2
#Kasbiy_ijodiy_imtihon_jarayon ✅ Ayni damda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo’lib o’tayotgan kasbiy ijodiy imtihonda abituriyentlarga dalda bo’lib, qo’llab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalar hamda yaqinlari imtihon jarayonlarini maxsus jihozlangan auditoriyadan tomosha qilmoqdalar 🌐 Akademiyaning rasmiy sahifalari 👇👇👇 @uzdxa_official 🔣 Uzdxa.uz Facebook 📷 Instagram You Tube ➡️@UzDXaAloqaBot ➡️@uzdxa_rektoriga_murojaat_bot @uzdxa_tyutorga_murojaat_bot