Ruslan Mahmudov
الذهاب إلى القناة على Telegram
– Bloger Ruslan Mahmudovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Bog'lanish uchun: @ruslanmahmudovbot
إظهار المزيد3 321
المشتركون
-1824 ساعات
-457 أيام
-25630 أيام
أرشيف المشاركات
3 322
Bugun hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri bo‘ldi.
Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldim. 20 milliondan ortiq yoshlar orasidan atigi 200 nafar yosh tanlangani va ular safida men ham bo‘lganim — men uchun katta sharaf.
Avvallari Prezidentimizning tashabbuslari va yangiliklarni asosan Telegram kanallari orqali kuzatardik. Bugun esa ularni bevosita Prezidentimizning o‘zidan eshitish nasib qildi. Bu hissiyotning o‘rni umuman boshqacha ekan.
Uchrashuv qariyb 5-6 soat davom etdi. Ammo samimiy suhbatlar va kuchli motivatsiya sabab vaqt qanday o‘tib ketganini ham sezmay qoldik.
Tadbir yakunida Prezidentimiz bilan qo‘l berib ko‘rishish nasib etdi. Bu lahza menga yanada katta mas’uliyat va kuch bag‘ishladi. Bugungi uchrashuv uzoq vaqt yodimda qoladigan, oldimga yanada katta maqsadlar qo‘yishga undagan kun bo‘ldi.
Unutilmas kun uchun rahmat, Janob Prezidentimiz!
3 322
O’zbekiston biz senga ishonamiz!
Bu mundial bizning debyutimiz edi, birinchi marta bunday ulkan turnirda qatnashishning o’zi katta natija. Men buni o’zim ham birinchi marta katta shaxmat turnirida qatnashganimga o’xshatdim, bunday katta sahnada o’zimni ko’rsatganimni o’zi men uchun faxr edi, men ham juda ko’p mag’lubiyatlarga uchragandim, hozir esa aniq ayta olaman, men turnirdagi mendan kuchliroqman chunki xatolarim ustidan ishladim va o’yinlarimni ko’rib chiqdim. 4 karra Jahon Chempioni Italiya saralashdan ham o’ta olmadi. Biz bu o’yinlarni o’zimizni tiklashga, xatolarimizni to’g’irlashga va bundan ham kuchli bo’lib qaytishga, o’rganib chiqamiz. Xudo xohlasa, keyingi mundiallarda bundan ham yaxshi natijalar qilamiz. Xeyterlarga esa omad tilayman.
Hammasi yaxshillikka!
#UzbekistanGO
3 322
Repost from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
+7
🖌Bugun, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasida bayram tadbiri tadbiri tashkil etildi.
Unda Uyushma raisi Qahramon Quronboyev Axborot xizmati, “Mahalla” gazetasi tahririyati va media jamoasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy qutlab, ularning jamiyat hayotidagi muhim voqea-hodisalarni tezkor, xolis va haqqoniy yoritish borasidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida axborot sohasida samarali ishlab, uyushma faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan Axborot xizmati hamda media jamoasi vakillariga tashakkur bildirildi. Ularning mas’uliyatli mehnati, tashabbuskorligi va kasbiy mahorati yuksak baholandi.Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
3 322
Ro‘yxatdan o‘tishga 1 kun qoldi
Ertaga, 25-iyun soat 23:59 gacha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun to’lovni 25-iyun 23:59 ga qadar amalga oshirishlari zarur.
To‘lovni my.gov.uz portali yoki onlayn to‘lov tizimlari (payme, click va hokazo)dan Bilim va malakalarni baholash agentligini tanlash va invoys raqamini kiritish orqali amalga oshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz: Test sinovlarida ishtirok etish uchun joriy yil bitiruvchilari, nogironlar, “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda bo‘lganlar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kirganlar hamda to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.Orangizda hali ham hujjatlarni qanday topshirishni bilmayotganlar bormi? Videoni ko‘ring! ▶️ https://www.youtube.com/watch?v=8w8My6oshZY&t=1s 💬@Ruslan_Mahmudov
3 322
Bir gap aytaymi? CR7 urgan 2 ta gol sabab ham bizni mamlakatni yana millionlab odamlar bilib oladi.
Qandaydir noneym emas, Ronaldu urdi axir. Ronalduni gol urishi ham bir tomondan foydali boʻldi
3 322
Oʻyindan xulosalarim…
Bugungi 5:0 hisobidagi mag‘lubiyat rostan juda og‘ir bo‘ldi. Portugaliya kabi kuchli, tajribali va jismonan yuqori darajadagi jamoaga qarshi o‘ynash oson emas.
Bugungi o‘yin bizga ayrim xulosalarni ham ko‘rsatdi. Terma jamoamizda ba’zi o‘zgarishlar kerakdek nazarimda, maydonda jamoani ortidan ergashtiradigan lider yetishmagandek tuyuldi.
Bu tanqid emas, kelajak uchun saboq. Yigitlarimiz borini berdi, endi esa bu tajribadan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yanada kuchliroq qaytish kerak.
🇺🇿Biz baribir sizlarga ishonamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!
3 322
Messida 5 ta gol, Mbappeda 4 ta gol bor. Ronaldoda esa hozircha gol yo‘q.
Shu sababli bugun Ronaldo O‘zbekistonga qarshi o‘yinga maksimal darajada tayyor chiqishi aniq. Portugaliya ham o‘tgan turda g‘alaba qozona olmadi. Keyingi turda esa Kolumbiyadan ochko olish oson bo‘lmasligini ular yaxshi biladi. Demak, Portugaliya bugun bizga qarshi eng kuchli tarkibi va bor imkoniyati bilan maydonga tushadi. Bu o‘yin O‘zbekiston uchun juda katta sinov bo‘ladi.
Lekin biz yigitlarimizga ishonamiz. Maydonda yurak, g‘urur va Vatan sha’ni uchun kurash bo‘ladi. Har qanday raqib kuchli bo‘lishi mumkin, ammo bizning ishonchimiz undan ham kuchli.
🇺🇿 Olga, O‘zbekiston! Biz sizlar bilanmiz!
3 322
🇺🇿 Butun xalqimiz kutgan o'yin bugun bo'lib o'tadi do'stlar!
🇵🇹 Portugaliya vs O'zbekiston 🇺🇿
⚡@Ruslan_Mahmudov
3 322
🤔Ertaga kimga muxlislik qilishni ham bilmay qoldim, bir tomondan Ronaldoga muhlisman bir tomondan O'zbekiston terma jamoasiga...
Albatta hazil olga O'zbekiston
3 322
Abbosbek Fayzullayev — XXI asrdagi jahon chempionatlarida boshi bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchi
Fayzullayevning bo‘yi — 167 sm.
Bungacha bo‘lgan rekord urugvaylik Jorjian de Arraskaetaga tegishli edi. Uning bo‘yi — 173 sm.
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
