cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal

🇺🇿 Kogon tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy telegram kanali. Murojaatlar uchun: @kogontumanmurojaatbot Matbuot kotib: @AzizQahhorov

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 874
المشتركون
-5624 ساعات
-1107 أيام
-36530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinishi belgilanmoqda. Respublika oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: - kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi; - to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; - turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; - nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; - ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; - ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Yuqoridagilarga ko‘ra arizalar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda talabgorning o‘zi tomonidan to‘ldiriladi. Talabgor ariza to‘ldirayotganda pasport seriyasi va tug‘ilgan kuni, oy va yili ma’lumotlarini kiritib, ma’lumotlari platformada saqlanishiga bo‘yicha rozilik berganidan so‘ng, keyingi sahifaga o‘tiladi. Unda yashash manzili (viloyati, tumani, mahallasi, ko‘chasi va uy raqami) to‘liq kiritiladi. Shundan so‘ng talabgor belgilangan 6 ta mezondan qaysi biriga to‘g‘ri kelsa shu tanlaydi va saqlash tugmasini bossa unga sms kod keladi. Ariza sms orqali yuboriladigan kod bilan tasdiqlanadi. Ertadan shu jarayonlar boshlanadi. Fuqarolarga to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borishingizni so‘raymiz. Qolgan masalalar bo‘yicha ish jarayonlarida qo‘shimcha tushuntirib boriladi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Islohotlar_raqamlarda ✔️2024–2026-yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 813 ta mahalla ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. YUKSALISH HARAKATI
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 600 дан ортиқ вакант лавозимга танлов эълон қилинди Қуйидаги ташкилотлар тизимидаги вакант лавозимлар учун эълон қилинган танловларга аризалар қабул қилинмоқда: ▪️ Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ▪️ Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ▪️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ▪️ Соғлиқни сақлаш вазирлиги ▪️ Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ▪️Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ▪️ Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ▪️ Рақамли технологиялар вазирлиги ▪️ Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ▪️ Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ▪️ Сув хўжалиги вазирлиги ▪️ Транспорт вазирлиги ▪️ Энергетика вазирлиги ▪️ Маданият вазирлиги ▪️ Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги ▪️Спорт вазирлиги ▪️ Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси ▪️ Давлат активларини бошқариш агентлиги ▪️ Ёшлар ишлари агентлиги ▪️ Солиқ қўмитаси ▪️ Маданий мерос агентлиги ❗️Танловда иштирок этиш учун номзод vacancy.argos.uz порталида рўйхатдан ўтиши лозим. ◾️ Барча бўш иш ўринлари
إظهار الكل...
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Repost from MINENERGY.UZ
2024-yil 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr «metan» gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilanmoqda 2024-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilgan qarori qabul qilindi. Unga koʻra, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda. Yaʼni 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha 3250 soʻm, 2024-yil 1-iyungacha esa 3350 soʻm edi). Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_йил_1_июндан ✅ Қонунчиликка кўра, меҳнат миграциясидан қайтган шахсларни ишга қабул қилган иш берувчиларга ҳар бир ишга олинган ходим учун 12 ой давомида ойига 500 минг сўмдан субсидия тўланади. ❕Бундан бюджет ташкилотлари, давлат корхоналари, устав капиталида давлат улуши 50 фоиз ва ундан ортиқ бўлган юридик шахслар мустасно. 🔘Бунда: 🔹субсидия 2024 йил 1 июндан 2026 йил 1 январга қадар ишга қабул қилинган шахсларга нисбатан тўланади; 🔹меҳнат миграциясидан қайтиб келган шахс билан тузилган ва Ягона миллий меҳнат тизимида рўйхатдан ўтказилган меҳнат шартномаси субсидия тўлаш учун асос бўлиб ҳисобланади; 🔹меҳнат миграциясидан қайтиб келган шахслар деб хорижда 3 ва ундан ортиқ ой мобайнида меҳнат фаолияти билан шуғулланиб, яшаш манзилига қайтиб келганлигига бир йилдан кўп вақт бўлмаган шахслар тушунилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
إظهار الكل...
#Ибрат_бекати Расмдаги бу йигит бундан 27 йил олдин АҚШнинг Стенфорд университетида ўқиш учун грант ютади. Бироқ Ҳиндистондан у ерга учиб боришга маблағи бўлмайди. Шунда отаси  ўзининг қарийб бир йиллик маошига тенг пулга унга чипта олиб беради. Йигит умрида биринчи марта самолётга чиқиб, АҚШга учиб кетади. Ўша йигит - Сундар Пичай - 2015 йилда жаҳоннинг энг бой компанияларидан бири ҳисобланган Google ширкатининг бош директори этиб тайинланади. 2019 йилда унинг йиллик маоши 281 млн долларга тенг бўлган. Отанинг бир пайтлар қилган катта жасорати кун келиб ўз мевасини берди. P.S: Энг мақбул сармоя - бу фарзанд келажагига сарфланган сармоядир! Фарзандларимизнинг илм олиши учун пулни аямайлик! Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...

Afg‘on urushi qatnashchilari uchun  Malikabegim tantanalar saroyida dasturxon yozilib, katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi mas'ullar ishtirok e'tib, mardlarcha jang qilib, vatanimizning har bir qarich yerini ko‘z-qo‘rachig‘idek avaylab, asragan jasur jangchilarga yuksak e'htirom va e'tibor ko‘rsatdilar. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir so‘ngida fidoiy, qahramonlarga estalik sovg'alari hamda ko'krak nishoni topshirildi.
إظهار الكل...
01:27
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekistonda 2024/2025-o’quv yilidan boshlab o’qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan maktab rahbarlari va o’qituvchilar maoshiga 40 %gacha qo'shimcha ustama beriladigan bo'ldi.
O’qituvchilarga kiritilayotgan investitsiya bu — kelajak uchun investitsiya.
YUKSALISH HARAKATI
إظهار الكل...