cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: [email protected]

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
12 545
المشتركون
-12024 ساعات
-1 0207 أيام
+4 57630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

03:56
Video unavailableShow in Telegram
🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7 ва 10-sinflarga qabul e'lon qiladi! ❗️Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. 1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari; 2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). 📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:  ✅ I - ijodiy matn yaratish; ✅ II - ijodiy suhbat; ✅ III - 50 ta test. ▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test; ▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test. 📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi. 📞Call-markaz - 1206 ☎️Telefonlar: +99875 221 75 27    +99875 221 84 32   📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇 |telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
إظهار الكل...
94.63 MB
🔥 1
#QABUL_2024 #QARSHI_SHAHAR_1_SON_IMI Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga endilikda 5-sinf aniq fanlar yo‘nalishidan tashqari 7-sinf tabiiy fanlar yo‘nalishiga ham 2024-2025-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi. 🏢Maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar: 🛌Uzoq hududdan o‘qiydigan o‘quvchilar uchun zamonaviy bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi; 🍲bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;(Yotoqxona) 👨‍💻darsdan so‘ng 12 turdagi to‘garak mashg‘ulotlariga bepul jalb qilinadi; 🤼‍♂️turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi; 🤵maxsus kiyim-kechaklar; 🧪ixtisoslik fanlari (Matematika, Fizika, Ingliz tili, Tarix, Biologiya, Kimyo) fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi; 💻yuqori sifatli optik internet tarmog‘iga ulanish; 📚darslik bilan bepul taʼminlanadi; 👨‍🎓xalqaro SAT va IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mutaxassis o‘qituvchilardan bilim olishadi. 🗄zamonaviy va katta sig‘imga ega kutubxona; 👨🏻‍💻Yuqori malakali hamda zamonaviy bilimga o‘qituvchilar jamoasidan taʼlim olishadi. 🍀Yuqori bilimga ega bo‘lgan hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘zi xohlagan dunyo va O'zbekistondagi universitetlarga muddatidan oldin talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi Hujjat topshirish muddati: Joriy yilning 1 iyunidan 20 iyuniga qadar ONLAYN shaklda 👉 ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ➖O'quvchining tegishli o'quv yili natijasiga ko'ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlngan nusxasi; ➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati 3x4 rasm ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ☎️ call-markaz: 91-812-87-87 91-961-60-76 90-961-01-08 91-322-73-73 Maktabning telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.me/Qarshi1son
إظهار الكل...
👍 2
Qashqadaryodagi ta'lim tashkilotlarida sog'lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi Boshqa hududlar singari Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham 2024-yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida "Lochin" kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi.
Ta'lim tashkilotida tashkil etilgan sog'lomlashtirish oromgohida "futbol", "ingliz tilini o‘rganamiz ", "yosh kitobxon", "mohir qo‘llar", "teatr va san’at ", "Kompyuter savodxonligi "," Shaxmat- shashka","Yosh rassom" kabi to‘garaklar o'z faoliyatini boshlagan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
إظهار الكل...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmiy bayonot(munosabat) Attestasiya jarayonlari shaffof o'tkazilganmi? Tartibida yengilliklar bormi? Savollar murakkabmi? Mazkur savollar ijtimoiy tarmoqlarda, murojaatlar boti ko'plab muhokama bo'lmoqda. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati quyidagilarni bayon qiladi:
👔... Bugungi kunda pedagoglarimizning malakasini oshirish tizimi bilan bir qatorda ularga malaka toifasini berish amaliyoti takomillashtirilib, inson omilisiz o‘tkaziladigan yangi tizim joriy qilindi. 📃Ushbu tizim asosida malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilandi. 📃Birinchi bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholandi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savollari berildi. 📃Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholandi. Bunda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida 10 ta savol-topshiriq berildi. 📃Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkazildi. 📃Har bir pedagog ikkala bosqichdagi testni yakunlaganidan so‘ng, shu zaxoti platforma orqali natija ballari ekranda chiqadi hamda har bir pedagogning shaxsiy kabineti orqali natija e’lon qilinadi... 👔.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Qamashi tumani 48-maktab o'quvchisi darslarda to'liq ishtirok etmayapti" mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati: Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan o'rnatilgan tartib asosida o'rganilmoqda. O'rganishlar yakuni yuzasidan rasmiy munosabat berilishini, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ul xodimlarga amaldagi qonunchilikka ko'ra ta'sir choralari qo'llanilishini ma'lum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_vxtb
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Turli bahonalar bilan rag'bat puli berilmayapti — KO'KDALA MMTB" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat: Murojaat o'rnatilgan tartib asosida o'rganildi. Ma'lum bo'lishicha, Ko'kdala MMTB aslida murojaat qilmagan. Biroq uni nomidan boshqa fuqarolar murojaat qilgani ma'lum bo'ldi.
Ko‘kdala tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limini ma'lum qilishicha, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-maydagi 05-30-1073-son tavsiyanomasiga asosan "Uzasbo 2" dasturi ishga tushganligi va shu dasturda ishlaganligini inobatga olib lavozim stavkasining ikki barovari miqdorida mukofat pullari to‘lab berilishi to‘g‘risidagi tavsiyanoma berilgan. Shu tavsiyanomaga asosan maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining markazlashgan hisobxonasida ishlovchi iqtisodchi va hisobchilarga bo‘limning mukofat pullarini to‘lash uchun ochilgan hisob raqamda mablag‘ yetarlicha bo‘lmaganligi sababli birorta xodimga to'lanmaganligini ma'lum qiladi. To'lov jarayonlari o'rnatilgan tartib asosida bosqichma-bosqich to'lanishini ma'lum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
إظهار الكل...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT MAKTAB DIREKTORI LAVOZIMIDAN OLINDI
Ijtimoiy tarmoqlardagi Eltuz kanalida Qarshi tumani 23-sonli maktab direktori faoliyatidan norozi bo'lib yo'llangan murojaat Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan tartib asosida o'rganildi. Qarshi tumani 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabini yillar davomidagi faoliyati o‘rganilganda bir qancha xato va kamchiliklar aniqlangan.
👉BATAFSIL Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
إظهار الكل...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab?muhokamalarga sabab bo'layotgan "Qashqadaryodagi maktab direktori kompyuter jamlanmasi hamda qimmatbaho kondetsionerni noqonuniy tartibda auksionga qo'ydimi?" mazmunida tanqidiy maqola yuzasidan dastlabki rasmiy munosabat: Holat yuzasidan Chiroqchi tumanidagi 91-umumiy o'rta ta'lim maktab faoliyati o'rnatilgan tartib asosida o'rganilib, moddiy qiymatli jamlanmalar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 2024-yil 14-maydagi tegishli xatiga asosan Chiroqchi tuman Prokuraturasi tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda. O'rganish ishlari yakuni yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi. @Qashqadaryo_MMTB
إظهار الكل...
👍 1
Chet tili o‘qituvchilari ishtirokida seminarlar hududlarda davom etmoqda - Yakkabog' tumani 🔰Yakkabog' tumanining 100-sonli maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma'sullari G.Raupova, X.Eshtemirova va boshqalar tomonidan tumanning bir guruh xorijiy til fani oʻqituvchilari uchun seminar o‘tkazildi. 🔷Mazkur seminarda asosan sohadagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar xususan, ilg'or metodik ishlarni ommalahtirish, maktablarda ikkinchi xorijiy tillarni o‘qitish haqida ma'lumotlar berilib, xorijiy til o‘qituvchilari uchun berilayotgan imtiyozlar alohida ta'kidlandi. 🔷Yakunda milliy va xalqaro sertifikatlar haqida qoʻshimcha maʼlumotlar va qiziqtirilayotgan savollarga javoblar berildi. Seminarlar boshqa hududlarda ham reja bo'yicha o'tkazilmoqda.
إظهار الكل...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! 🏢 Qashqadaryo viloyat Ko‘kdala tumanida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024-2025 o‘quv yili uchun aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-10 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi. ✅ Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda. 🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz. 🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin. 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. https://t.me/Qashqadaryo_IMA
إظهار الكل...
👍 5