cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

إظهار المزيد
Uzbekistan40لم يتم تحديد اللغةالقانون3
مشاركات الإعلانات
513 564
المشتركون
+38524 ساعات
+5 0017 أيام
-25 66730 أيام
توزيع وقت النشر

جاري تحميل البيانات...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تحليل النشر
المشاركاتالمشاهدات
الأسهم
ديناميات المشاهدات
01
Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ogohnoma yuboribdi Yodingizda bo‘lsa, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli boshlangani, lekin ushbu jarayonda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi talabgorlardan Prezident farmonlari bilan taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqida yozgan edim. Bugun Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi va mazkur holat qonunchilikka zidligi, shu sababli Qo‘mitaga ogohnoma yuborilganini ma’lum qildi. ❓Qo‘mita nima uchun qonunchilikka zid ravishda bunday hujjatlarni so‘rayapti? Masalaning ichiga biroz chuqurroq kirsangiz, qiziq holatga duch kelasiz. Tavsiyanomalar berish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorda talabgor xotin-qizlardan hech qanday hujjat so‘rash nazarda tutilmagan. Aksincha, Hukumat qarorida aniq va tiniq qilib, talabgorlarning ma’lumotlari «Elektron hukumat» tizimidan tekshirilishi yozib qo‘yilgan. Ammo mana shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasida talabgorlar topshiradigan ariza namunasi keltirilgan. Ariza namunasida esa "Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:" deya 3 ta hujjat ro‘yxati sanab o‘tilgan. Katta ehtimol bilan, Qo‘mita aynan arizadagi mana shu gapdan kelib chiqib, 3 yildan buyon xotin-qizlardan ortiqcha hujjat so‘rayapti. Bizning byurokratlarga maydagina asos bo‘lsa, yetadi. Bir emas, ikkita Prezident farmonidan ko’ra, Hukumat qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning ilovasidagi bittagina jumla ustunlik qilaveradi. Menda yana boshqa savol ham bor. Qanday qilib, 2022-yilda imzolangan Hukumat qarorida Prezident farmoniga zid yozuvlar ketib qolgan? Hech kim "hoy, baraka topgurlar, qarorda hech qanaqa hujjat topshirish talab etilmayapti, nega ariza namunasida bunaqa gap bo‘lishi kerak" degan savolni bermaganmi? Adliya vazirligi hujjatni ekspertizadan o‘tkazmaganmi? Va asosiy savol: xo‘p, endi xotin-qizlardan noqonuniy hujjatlar talab qilish davom etaveradimi yoki bu to‘xtaydimi? 👉 @xushnudbek 👈
66 574184Loading...
02
Kasanachilik asosida asalari yetishtirishni rivojlantirish orqali 1000 ta oilani ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda. Natijada 50 milliard soʻmlik qoʻshimcha daromad olish hamda 2 million dollarlik mahsulotni eksport qilish mumkin boʻladi. Shuningdek, Yevropaga har bir asalari qutisini 100 dollardan yetkazib berish boʻyicha amaliy harakatlar olib borilmoqda. Asalarichilik markazini tashkil qilish bo'yicha qo‘yilayotgan ilk qadamlar natijasi va istiqbollarni tadbirkor talqinida ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
78 188118Loading...
03
"Toshkent-3" terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda. 2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
93 772191Loading...
04
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak: ● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari. ✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
131 638977Loading...
05
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari test shaklida bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
122 681202Loading...
06
Renessans ta'lim universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi RTU’da 40 ga yaqin ta'lim yoʻnalishlari mavjud Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ➖ grant asosida oʻqish; ➖ Koreya, Xitoy kabi mamlakatlardagi xalqaro universitetlarda ta'limni davom ettirish dasturi; ➖ kontraktdan 25 foiz chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa); ➖ kontrakt pulini 1 yil davomida 4 ga bo‘lib to‘lash; ➖ xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish. 📋 Arizalar www.renessans-edu.uz sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. 📄 Litsenziya (№150241 18.11.2022) 📞 Murojaat uchun: 55-506-70-07, 55-506-70-08 📍Toshkent shahri Samarqand darvoza ko‘chasi Charxnovza 17. Telegram | Instagram | Veb-sayt Reklama
123 250259Loading...
07
Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida tashkil etiladi. ❗️2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 @xushnudbek 👈
169 5272 384Loading...
08
Bugun Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi boshlandi. 13-14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda 30 dan ortiq davlatlardan 81 nafar nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Forumni Senat raisi Tanzila Norboyeva ochib berib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash, mustahkamlash borasida yuqori o‘rinlarda ekanligi alohida qayd etildi. 👉 @xushnudbek 👈
153 47892Loading...
09
“Bishimbayev ishi” bo’yicha hukm o’qildi Qozog‘istonning sobiq Milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev qotillik va qiynoqqa solish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi va 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sobiq amaldorning qarindoshi – Gastro-markaz direktori Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ma’lumot uchun, 2023-yilning 8-noyabr kuni kechqurun Bishimbayev “Bau” restoranida rafiqasi Saltanat Nukenova bilan janjallashib qolgan va uni kaltaklagan. Buning natijasida ayol vafot etgandi. Mazkur ish nafaqat Qozog‘iston jamoatchiligi, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta rezonans uyg‘otganligi sababli sud jarayoni to‘liqligicha jonli efirda namoyish etildi. 👉 @xushnudbek 👈
151 640856Loading...
10
Davlat grantini faqat 1 yil uchun berilishi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplashdik. Albatta, ushbu yangilik atrofida fikrlar turlicha. Kimdir yaxshi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy ta’limdagi korrupsiya darajasi oshib ketishida bo’lyapti. Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, to’qima gap emas. Lekin sizga qanchalik g’alati eshitilmasin, men aynan mana shu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy ta’limda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Chunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatchilik nazorati paydo bo’ladi. Hozir oliy ta’limdagi korrupsiyaning jabrlanuvchisi yo’q. Jabrlanuvchi — jamiyat kelajagi. Lekin bu umumiy gap, konkret shaxs bundan jabr chekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq shaxslar paydo bo’ladi. Kimgadir soxta “5” baho qo’yish, boshqalarga zarar yetkazishni boshlaydi. Va o’z-o’zidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shikoyat qilish, norozi bo’lish boshlanadi. Chunki jamiyat kelajagi uchun kurashadiganlar sanoqli, shaxsiy manfaat uchun kurashadiganlar son-sanoqsiz. To’g’ri, yangi tizim yaxshi ishlashi uchun hali ko’p o’zgarishlar qilish kerak bo’ladi. Va ayna o’sha o’zgarishlar bo’lishi uchun ham mana shu yangilik kerak edi! 👉 @xushnudbek 👈
156 915569Loading...
11
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi! 📈 Toshkent Menejment va iqtisodiyot instituti bilan o’z maqsadlaringizni amalga oshiring! ▫️Zamonaviy muhit; ▫️Хorijiy hamkor universitetlar; ▫️Xalqaro universitetlar bilan akademik mobillik; ▫️Malakali ustozlardan bilim olish; ▫️Oʻzbekistonda tan olinadigan diplom; ▫️Work & Travel dasturida qatnashish. Oʻz orzularingiz uchun asosiy qarorni qabul qiling. 📲 Shoshiling. Hoziroq qoʻngʻiroq qiling: +998712009005 | @timeedubot 💻 Online ro'yxatdan o'tish (Litsenziya №240963-son, 15.03.2024y) Telegram |Instagram |Youtube Reklama
144 017225Loading...
12
Jurabek laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3-yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi, evaziga Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘radi O‘zbek-arab qo‘shma korxonasi hisoblangan Jurabek laboratories O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million so‘m miqdoridagi ma’naviy zararni 3 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi. Bunday iltimosnomani korxonaning ayni kundagi direktori Munira Kariyeva (u Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi va apellyatsiya instansiyasiga kiritgan. Munira Kariyeva Jurabek laboratories ta’sischilaridan biri sifatida bu mablag‘larni korxona daromadidan dividend sifatida yechib olishini, bunga esa ko‘proq muddat ketishini, MCHJ hisobidan birdaniga 75 mlrd so‘mni yechib olish imkoni yo‘qligini aytgan. "Evaziga esa o‘g‘lim S.Kariyevga nisbatan qonunning insonparvarlik prinsipini qo‘llab, unga nisbatan tayinlangan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida yengillik berilishi va uni ozodlikka chiqarilishidan umidvorman. Sizdan ushbu maqsadga erishishimga yordam berishingizni iltimos qilaman", — deydi Munira Kariyeva. Eslatib o‘tamiz, sud hukmi bilan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, unga 2 yilu 6 oy muddatda davlat idoralarida rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilish tarzdagi qo‘shimcha jazo belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
143 193371Loading...
13
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan. E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi. Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan. Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan. Lekin regulation.gov.uz sayti serverlari javob bermayotgani uchun izohlarni o‘qish imkoni bo‘lmadi. Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈
188 7232 366Loading...
14
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 👉 @xushnudbek 👈
243 9304 450Loading...
15
Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universitetida yangi o'quv yili uchun qabul boshlandi Osiyo Xalqaro universiteti talaba boʻlish istagida boʻlgan abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 20 ta bakalavr va 7 ta magistratura yoʻnalishi mavjud. Tez orada universitetga kirish imtihonlariga start beriladi. Siz ham universitet talabalari safidan joy olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin. 📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun: qabul.oxu.uz Osiyo xalqaro universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi! 📞 Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun bogʻlaning: +998553050009 📂 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y) Telegram | Instagram | Facebook | Ta'lim reklamasi
148 811137Loading...
16
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi) Xoliyor Safarov. Birov bilmasin… (hikoya) Izoh: Inson o‘z maqsadlariga erishish uchun ba’zan uning yo‘llari anchayin qiyin bo‘ladi. Lekin bu yo‘l mashaqqatini inson o‘ziga yutadi. Tashiga chiqarmaydi. Atrofidagilar esa uning chekkan yoki chekayotgan mashaqqatlarini ba’zan sezmaydi. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/xoliyor-safarov-birov-bilmasin 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/RENKqFQZrCA 💬 Muhokama bu yerda. 🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 👉 @xushnudbek 👈
158 572464Loading...
17
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahridagi uchta muassasada boʻlib, ularning tajribasini oʻrgandi. Jumladan, Shanxay bolalar tibbiyot markazida pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha, Ulitsyao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazining qiyin vaziyatga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati yuzasidan fikr almashilgan. Shuningdek, Shanxay reabilitatsiya uskunalari koʻrgazmasi markazida nogironlar va keksalarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan keng turdagi uskunalar bilan tanishilgan. 👉 @xushnudbek 👈
167 86191Loading...
18
9-MAY G'ALABA KUNI EMAS — Lolazor podkast Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik. 📹 https://youtu.be/MsT1iNdg_lU Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
166 879141Loading...
19
Bandlik vazirligi O‘zbekiston bo‘yicha 2024-yil yanvar–aprel oylarida mehnat qonunchiligida eng ko‘p buzilish bo‘lgan sohalarni ma’lum qildi: ● Xalq ta’lim muassasalari – 5 ming 612 ta;  ● Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 ming 173 ta;  ● Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 ming 215 ta;  ● Qurilish tashkilotlari – 266 ta;  ● Qishloq xo‘jaligi – 452 ta. 👉 @xushnudbek 👈
159 418136Loading...
20
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni magʻlub etdi! 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 🇵🇱Polshada oʻtkazilayotgan Superbet Poland 2024 turnirining blits yoʻnalishi 3-turidan oʻrin olgan bahsda 🇳🇴norvegiyalik Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi. Karlsen farzinni boy berib qoʻyganidan soʻng magʻlubiyatni tan olishga majbur boʻldi. Blits bahslarida 9 turdan soʻng Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-oʻrinda borayotgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko jamgʻargan holda 4-oʻrinni band qilib turibdi. Rapid yoʻnalishida esa Nodirbek 8 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda. Yosh grossmeysterimiz norvegiyalik raqibini bundan avval 2023-yil yanvarda 🇳🇱Niderlandiyadagi Tatar Steel Chess-2023 turnirida ham magʻlubiyatga uchratgan edi. Yodingizda boʻlsa, oʻsha turnirda Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda 🇳🇱Yorden van Forestga yutqazib qoʻyib, chempionlikni boy berganiga qaramay, jahonning Top-20 grossmeysterlari roʻyxatiga qoʻshilgandi. 👉 @xushnudbek 👈
165 515335Loading...
21
🏢 Target International School’ning 9 yillik yubileyi nishonlanmoqda Xalqaro biznes va IT maktabi Target International School oʻzining 9 yillik yubileyini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan, ayni damda Panorama kinosaroyida maxsus bayram tadbiri boshlanmoqda. Tadbir dasturidan bir qator uchrashuvlar, mashhur tadbirkorlar ishtirokidagi treninglar, qiziqarli konkurs hamda shou dasturlari oʻrin olgan. Tadbirni quyidagi havola orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin: https://youtube.com/live/Ri_-QtwRqtQ?feature=share ☎️ 712000737 Telegram | Facebook |YouTube | Instagram Reklama
181 21792Loading...
22
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi Mukofotni Bangkokda bo’lib o’tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 43-Bosh Assambleyasida OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx topshirdi. 👉 @xushnudbek 👈
167 98996Loading...
23
Bugungi davrda matbuot – nafaqat ko‘zgu, balki mudofa, xavfsizlik masalasi darajasidagi institut Nodavlat telekanallar vakillari bilan uchrashuvda Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov matbuot erkinligi reytingidagi o‘rnimiz pasayishi sabablari bo‘yicha fikr bildirdi. "Albatta, muammolar ko‘p. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda o‘zgarish bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal bo‘lishiga erishmas ekanmiz, taraqqiyot o‘rniga xaos paydo bo‘lishi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, shantaj, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘yilishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolar soni ortib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Afsuski, bunday holatlar bo‘ldi. Reyting tuzilishida shu kabi hodisalar ham ta’sir qildi deb o‘ylayman", - deb yozadi Allamjonov. Shuningdek, u o‘yin qoidasi aniq-ravshan va hamma uchun teng bo‘lsagina, rivojlanish bo‘lishi, so‘z erkinligi – bu barchaning, jumladan, matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham huquqi ekanligini ta’kidladi. 👉 @xushnudbek 👈
190 82079Loading...
24
Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz jami 1 tonna 15 kg go‘sht savdosining oldi olindi ➖ “Darband” YPX maskanida 7-may kuni Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro M.Sh. avtomashinasi yukxonasida 140 kg mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan; ➖ 8-may kuniga o‘tar kechasi shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.A. avtomashinasi yukxonasida 475 kg mol go‘shti olib ketayotganligi aniqlangan; ➖ Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro N.J. avtomashinasi yukxonasida 400 kg mol go‘shti olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan. Barcha holatlarda go‘sht tegishli veterinariya hujjatlarisiz olib ketilayotgan bo‘lgan. Laboratoriya tekshiruvida mahsulotlar iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan. Go‘sht egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan va go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan. 👉 @xushnudbek 👈
181 890306Loading...
25
“Volida” bolalar bog‘chasida qabul davom etmoqda 🎉 3-7 yosh oralig‘idagi bolajonlar uchun mo‘ljallangan yangi “Volida” bolalar bog‘chasida qabul jarayonlari davom etmoqda.  Bog‘chaning afzalliklari: • 4 mahal issiq taom (taomnomalar nutrisiologlar tomonidan nazorat qilinadi) • Bolajonlardagi muhim ko‘nikmalarni shakllantirish; • Iqtidorni aniqlash bo‘limi mavjudligi; • Ingliz va arab tilidan boshlang‘ich ta’lim; • Har oylik ota-onalar yig‘ilishi; • Sport to‘garaklari va qulay sharoit. ⭐️ Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand o‘qisa, qo‘shimcha chegirmalar mavjud.  Joylar soni chegaralangan. 📍 Manzil: Тоshkent shahar, Chilonzor (Oqtepa mavzesi), Xumdonsoy ko’chasi 7-uy. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998781137818 @volidakids Reklama
173 320131Loading...
26
Podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 👉 @xushnudbek 👈
177 969211Loading...
27
Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi kamaytirildi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalarining tirkamalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim BHMning 10 foizi (34 ming soʻm) miqdorida etib belgilandi. ❗️BU MUHIM: qayta ro’yxatdan o’tkazish bu o’zganing nomidagi mashinani sotib olish emas! Qayta ro’yxatdan o’tkazishda mashina bir kishining nomida qolaveradi, begonaning nomiga o’tmaydi, faqat ayrim sabablarga ko’ra (masalan, mashinaga gaz qo’yilgani) “texpasport” almashadi yoki o’zgaradi. Agar mashina o’zganing nomiga begonalashtirilsa (masalan, sotilsa) yoki salondan yangi mashina sotib olinsa, unda bu ro’yxatdan o’tkazish hisoblanadi va 1-apreldan boshlab, elektromobillar uchun 1,5 BHM (510 ming so‘m), qolgan barcha avtomobillar uchun 6,84 BHM (2,32 mln so‘m)ni tashkil etadi. ✅ Maʼlumot uchun, transport vositalari va ularning tirkamalari quyidagi hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi: — mulkdorning (jismoniy shaxsning) ismi, familiyasi yoki otasining ismi oʻzgarganda; — mulkdor (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda; — avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda; — yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda; — avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati oʻzgarganda; — avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda; — avtomototransport vositasini yoki roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yoʻqolganda. 👉 @xushnudbek 👈
191 557952Loading...
28
🏢 Profi University’ga qabul boshlandi! 6 000 000 so'mgacha stipendiya sohibi bo'ling! Nima uchun aynan Profi University? Nima uchun 6000 dan ziyod talaba bizga ishonch bildirdi? - 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda o’qish imkoniyati; - 2 ta diplomga ega bo’lish imkoniyati; - Zamonaviy tibbiyot laboratoriyalari; - O‘qish vaqtida amaliyot; - Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash; - Sifatli ta'lim; - Davlat granti va stipendiya. “Profi University”da 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul rasman boshlandi. Imkoniyatni qoʻldan boy bermang, hoziroq “Profi” oilasiga qo'shiling! Batafsil ma'lumot uchun: 📲 78-777-11-11 yoki @profiqabul Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.) Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇 Telegram|Facebook|Instagram | Youtube Reklama
163 286352Loading...
29
Endilikda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilishga subsidiya olish uchun tomorqa yer egasi bo‘lish talab etilmaydi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Shuningdek, qaror bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalarning aniq miqdori bekor qilindi. Endilikda subsidiya miqdori agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi. 👉 @xushnudbek 👈
159 898227Loading...
30
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi) Anton Chexov. Vanka (hikoya) Izoh: Yaqindan shaharda yashay boshlagan 9 yoshli bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. To‘g‘ri, yana bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda. Bolaning o‘zidek sof xayollari, kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/anton-chexov-vanka 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/PvXDw_ynJyk 💬 Muhokama bu yerda. 🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 👉 @xushnudbek 👈
186 226564Loading...
31
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik! Yaqinda o‘g‘limning bog‘chasida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan bir kun oldin bog‘cha ma’muriyati va ota-onalar o‘tiradigan Telegram guruhda “bolalarga Georgiy tasmasini taqmanglar, agar tasma kerak bo‘lsa faqat O‘zbekiston bayrog‘i shaklidagisini taqinglar” deb ogohlantirib yozdim. Xayriyatki, bog‘cha ma’muriyati ham urush va qonxo‘rlikni ifodalaydigan barcha ramzlardan mutlaqo foydalanmasligini aytdi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligidan ham bu borada bog‘chalarga alohida topshiriq tushgan ekan (bundan juda xursand bo‘ldim). Bugun 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi. Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan. Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan. “Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan. Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi. ❌ Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman. ✅ Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq. 👉 @xushnudbek 👈
208 572717Loading...
Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ogohnoma yuboribdi Yodingizda bo‘lsa, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli boshlangani, lekin ushbu jarayonda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi talabgorlardan Prezident farmonlari bilan taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqida yozgan edim. Bugun Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi va mazkur holat qonunchilikka zidligi, shu sababli Qo‘mitaga ogohnoma yuborilganini ma’lum qildi. ❓Qo‘mita nima uchun qonunchilikka zid ravishda bunday hujjatlarni so‘rayapti? Masalaning ichiga biroz chuqurroq kirsangiz, qiziq holatga duch kelasiz. Tavsiyanomalar berish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorda talabgor xotin-qizlardan hech qanday hujjat so‘rash nazarda tutilmagan. Aksincha, Hukumat qarorida aniq va tiniq qilib, talabgorlarning ma’lumotlari «Elektron hukumat» tizimidan tekshirilishi yozib qo‘yilgan. Ammo mana shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasida talabgorlar topshiradigan ariza namunasi keltirilgan. Ariza namunasida esa "Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:" deya 3 ta hujjat ro‘yxati sanab o‘tilgan. Katta ehtimol bilan, Qo‘mita aynan arizadagi mana shu gapdan kelib chiqib, 3 yildan buyon xotin-qizlardan ortiqcha hujjat so‘rayapti. Bizning byurokratlarga maydagina asos bo‘lsa, yetadi. Bir emas, ikkita Prezident farmonidan ko’ra, Hukumat qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning ilovasidagi bittagina jumla ustunlik qilaveradi. Menda yana boshqa savol ham bor. Qanday qilib, 2022-yilda imzolangan Hukumat qarorida Prezident farmoniga zid yozuvlar ketib qolgan? Hech kim "hoy, baraka topgurlar, qarorda hech qanaqa hujjat topshirish talab etilmayapti, nega ariza namunasida bunaqa gap bo‘lishi kerak" degan savolni bermaganmi? Adliya vazirligi hujjatni ekspertizadan o‘tkazmaganmi? Va asosiy savol: xo‘p, endi xotin-qizlardan noqonuniy hujjatlar talab qilish davom etaveradimi yoki bu to‘xtaydimi? 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
02:07
Video unavailableShow in Telegram
Kasanachilik asosida asalari yetishtirishni rivojlantirish orqali 1000 ta oilani ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda. Natijada 50 milliard soʻmlik qoʻshimcha daromad olish hamda 2 million dollarlik mahsulotni eksport qilish mumkin boʻladi. Shuningdek, Yevropaga har bir asalari qutisini 100 dollardan yetkazib berish boʻyicha amaliy harakatlar olib borilmoqda. Asalarichilik markazini tashkil qilish bo'yicha qo‘yilayotgan ilk qadamlar natijasi va istiqbollarni tadbirkor talqinida ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
"Toshkent-3" terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda. 2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak: ● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari. ✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari test shaklida bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Renessans ta'lim universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi RTU’da 40 ga yaqin ta'lim yoʻnalishlari mavjud Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ➖ grant asosida oʻqish; ➖ Koreya, Xitoy kabi mamlakatlardagi xalqaro universitetlarda ta'limni davom ettirish dasturi; ➖ kontraktdan 25 foiz chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa); ➖ kontrakt pulini 1 yil davomida 4 ga bo‘lib to‘lash; ➖ xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish.
📋 Arizalar www.renessans-edu.uz sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
📄 Litsenziya (№150241 18.11.2022) 📞 Murojaat uchun: 55-506-70-07, 55-506-70-08 📍Toshkent shahri Samarqand darvoza ko‘chasi Charxnovza 17. Telegram | Instagram | Veb-sayt Reklama
إظهار الكل...
Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida tashkil etiladi. ❗️2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Bugun Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi boshlandi. 13-14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda 30 dan ortiq davlatlardan 81 nafar nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Forumni Senat raisi Tanzila Norboyeva ochib berib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash, mustahkamlash borasida yuqori o‘rinlarda ekanligi alohida qayd etildi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“Bishimbayev ishi” bo’yicha hukm o’qildi Qozog‘istonning sobiq Milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev qotillik va qiynoqqa solish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi va 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sobiq amaldorning qarindoshi – Gastro-markaz direktori Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ma’lumot uchun, 2023-yilning 8-noyabr kuni kechqurun Bishimbayev “Bau” restoranida rafiqasi Saltanat Nukenova bilan janjallashib qolgan va uni kaltaklagan. Buning natijasida ayol vafot etgandi. Mazkur ish nafaqat Qozog‘iston jamoatchiligi, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta rezonans uyg‘otganligi sababli sud jarayoni to‘liqligicha jonli efirda namoyish etildi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
03:47