Nurobod yoshlari
الذهاب إلى القناة على Telegram
Nurobod tumanidagi yoshlarga oid barcha yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring.
إظهار المزيد798
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-87 أيام
+430 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+14
في 1 قنوات
يونيو '26
+34
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '26
+8
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+40
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '26
+14
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+33
في 5 قنوات
Get PRO
يناير '26
+37
في 4 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+24
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+9
في 1 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+7
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+13
في 1 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+14
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+27
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+156
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '25
+1 111
في 3 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+10
في 2 قنوات
Get PRO
مارس '25
+28
في 5 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+1 147
في 1 قنوات
Get PRO
يناير '25
+1 521
في 2 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+21
في 2 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+15
في 2 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+47
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+25
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+43
في 4 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+37
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+46
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '24
+1 697
في 3 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+41
في 3 قنوات
Get PRO
مارس '24
+61
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+40
في 5 قنوات
Get PRO
يناير '24
+14
في 3 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+172
في 1 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+14
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+18
في 2 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+20
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+16
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+127
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+43
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+45
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+37
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+24
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+159
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+397
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+130
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+126
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+21
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+48
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+41
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+12
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+21
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+48
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+72
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+55
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+42
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+172
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+44
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+42
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+107
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+85
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+111
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+75
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+3 444
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+209
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 11 يوليو | 0 | |||
| 10 يوليو | +1 | |||
| 09 يوليو | +1 | |||
| 08 يوليو | 0 | |||
| 07 يوليو | +1 | |||
| 06 يوليو | +1 | |||
| 05 يوليو | +2 | |||
| 04 يوليو | 0 | |||
| 03 يوليو | +1 | |||
| 02 يوليو | +7 | |||
| 01 يوليو | 0 |
منشورات القناة
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Yosh moda ixlosmandlari diqqatiga!
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar akademiyasi tomonidan yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan “Moda yo‘li” ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor dizaynerlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mahalla, tuman-shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.
🏆G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari, moda sohasida rivojlanish hamda chet eldagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.
Arizalar 15-iyulga qadar @moda_yoli_bot orqali qabul qilinadi.Moda yo‘li — iste’dodingizni namoyon etish sari yangi imkoniyat! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
| 2 | ⚡️ “Hech bir ayol davlat e’tiboridan chetda qolmasligi lozim”
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Dilnozaxon Kattaxanovani qutlab, xotin-qizlar yo‘nalishidagi muhim vazifalarga e’tibor qaratdi.
Qayd etilganidek, 19 milliondan ziyod ayollarimiz — bu ulkan kuch. Davlat ularning ehtiyojlarini qanchalik teran anglasa, har bir oila shunchalik farovon bo‘ladi. Ayollar bandligini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish hamda og‘ir hayotiy vaziyatdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash vaqtinchalik choralar emas, balki “tizimli yondashuvni talab etadigan” ustuvor vazifalardir.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 76 |
| 3 | . | 1 |
| 4 | ⚡️Bilimdonlar — yangi mavsumga tayyormisiz?
Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati;
👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati.
Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
1. @yoshkitobxon_bot
2. @kitobxonoila_bot
Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz!
@alisher_sadullaev | 30 |
| 5 | Nurobodlik yosh ijodkor Respublika miqyosida munosib e'tirof etildi
Yurtimizda iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh qalamkashlarni rag‘batlantirish maqsadida har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari bu yil ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur nufuzli adabiy anjumanda Nurobod tumanining Chorvador mahallasi yoshlar yetakchisi, iste'dodli shoir Nizomiddin Eshmurodov ham faol ishtirok etib, "Nazm" yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand viloyati sharafini munosib himoya qildi.
Seminar davomida yosh ijodkorlar taniqli shoir va yozuvchilar bilan ijodiy muloqotlarda qatnashib, she'riyatning zamonaviy yo‘nalishlari, badiiy mahorat sir-asrorlari hamda adabiyotning bugungi taraqqiyot bosqichlari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Bu esa ishtirokchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.
Nizomiddin Eshmurodovning mazmunan teran, badiiy jihatdan pishiq ijod namunalari seminar ishtirokchilari va ustoz adiblar tomonidan munosib e'tirof etildi.
Seminar yakunida u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu e'tirof yosh ijodkorning izlanishlari, ijodga bo‘lgan sadoqati va kelgusidagi ulkan yutuqlari uchun muhim rag‘bat bo‘ldi.
Bu yutuq nafaqat Nizomiddin Eshmurodovning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Nurobod tumani yoshlarining ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasidagi salohiyati yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
🧡@nur_press | 58 |
| 6 | Bolalik kulgusi jaranglayotgan maskan — "Qo‘shchinor" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Bolalik — inson hayotidagi eng beg‘ubor, eng quvonchli va unutilmas davr. Ayniqsa, yozgi ta'til bolajonlar uchun nafaqat hordiq chiqarish, balki yangi do‘stlar orttirish, iste'dodini namoyon etish va yorqin xotiralar bilan boyish faslidir.
Nurobod tumanining so‘lim tabiat bag‘rida joylashgan "Qo‘shchinor" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ana shunday quvonch va baxt ulashayotgan maskanlardan biridir. Bu yerda har bir kun bolalar uchun yangi taassurot, yangi bilim va yangi imkoniyatlar bilan boshlanadi.
Bugungi kunda oromgohda 90 nafar bolajon yozgi ta'tilni mazmunli va maroqli o‘tkazmoqda. Ularning xavfsiz, sog‘lom va mazmunli dam olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Oromgohda bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida:
📚 fan va bilim to‘garaklari;
💻 zamonaviy kompyuter xonalari;
📖 kutubxona;
⚽️ sport musobaqalari va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari;
🎭 sahna ko‘rinishlari;
🎤 musiqiy kechalar;
🇺🇿 milliy o‘yinlar;
🎨 ijodiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda intellektual tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
Shuningdek, kitobxonlik kechalari, qiziqarli viktorinalar, davra suhbatlari va ma'naviy uchrashuvlar orqali bolalarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, jamoada ishlash madaniyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
Oromgohning musaffo tog‘ havosi, betakror tabiati, shinam yotoqxonalari hamda vitaminlarga boy va sifatli ovqatlanish tizimi bolalarning sog‘lom dam olishi uchun barcha qulayliklarni yaratgan. Malakali tarbiyachilar va mutaxassislar esa har bir bolaning sog‘lig‘i, xavfsizligi va mazmunli hordiq chiqarishiga alohida e'tibor qaratmoqda.
Bugun "Qo‘shchinor" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi nafaqat yozgi dam olish maskani, balki bolalar iste'dodi kamol topadigan, orzulari qanot yozadigan, do‘stlik va mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanadigan haqiqiy tarbiya va kamolot maskaniga aylangan.
Bu yerda bolalar faqat dam olmaydi — ular o‘rganadi, izlanadi, sport bilan shug‘ullanadi, ijod qiladi va eng muhimi, bolalikning eng go‘zal lahzalarini mazmunli o‘tkazadi.
"Qo‘shchinor" — bolalar kulgusi jaranglaydigan, quvonch va baxt hukm suradigan maskan!
Farzandlarimizning bugungi baxtli bolaligi — ertangi Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevoridir.
🧡@nur_press | 45 |
| 7 | QABUL - 2026
OTA-ONALAR VA YOSHLAR DIQQATIGA!
Energetika sohasida xalqaro kompaniyalarda ishlashni istaysizmi?
Unda ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi Shirin energetika texnikumiga qabul boshlandi.
Texnikumda quyidagi :
• Qayta tiklanuvchi energiya manbaalariga xizmat ko‘rsatish ;
• Bug‘-gaz qurilmalarini ishlatish yo‘nalishlari mavjud.
O‘quv kursi davomiyligi — 2 yil.
Tahsil oluvchilarga har oy 1 million so‘m stipendiya to‘lanadi. Shuningdek, talabalar kuniga uch
mahal bepul ovqat, bepul yotoqxona hamda maxsus kiyim-bosh (forma) bilan ta’minlanadi.
Ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ACWA POWER va boshqa xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qabulga 18–30 yoshdagi o‘g‘il-qizlar taklif etiladi.
Imtihon va suhbat o‘tkaziladi:
• 15-iyul, soat 10:00 — Sazag‘an hududidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida;
• 16-iyul, soat 10:00 — Olg‘a hududidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida.
Abituriyentlar ID-karta yoki pasport bilan kelishlari so‘raladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun https://t.me/Al_Jabr_2026 telegram guruhiga qo‘shilish lozim.
Qabul jarayoniga oid barcha ma’lumotlar mazkur guruh orqali berib boriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
+998 99 460 11 31
+998 94 919 05 22
+998 70 025 52 02 (qabul komissiyasi raisi).
Каналга қўшилинг:👇
👉 @Nurnews_uz | 68 |
| 8 | #Yangilanish_shiddati | 07.07.2026
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 92 |
| 9 | ⚡️Bilimdonlar — yangi mavsumga tayyormisiz?
Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati;
👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati.
Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
1. @yoshkitobxon_bot
2. @kitobxonoila_bot
Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz!
@alisher_sadullaev | 1 754 |
| 10 | #Nurobod_tumani
#Beshtashabbus_olimpiadasi
#Tuman_bosqichi
✨Nurobod tumanida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Yengil atletika” sport musoboqalarining tuman bosqichlari bo'lib o'tdi.
♻️ Musobaqa belgilangan nizom asosida bo'lib o'tdi .
🏆 Gʻolib boʻlgan yoshlar musoboqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
▶️ Bizni kuzatishda davom eting:
Kanalga aʼzo boʻlish: t.me/nuryoshlar | 437 |
| 11 | 🎶 Har bir mahallada bir ovoz bor…
Har bir yurakda esa Vatanga muhabbat bor.
Siz she’r yozasizmi?
Kuy yaratasizmi?
Yoki Vatan haqida kuylasangiz, yuraklar jo‘sh uradimi?
Unda aynan siz uchun!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan "Mahalladan yangragan Vatan sadosi" vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi!
Bu oddiy tanlov emas.
Bu — Vatanga bo‘lgan mehrni qo‘shiqqa aylantiradigan maydon.
Tanlovda shoir, bastakor va xonandadan iborat ijodiy uchlik ishtirok etadi.
Qo‘shig‘ingiz orqali yurtga muhabbatni, milliy g‘ururni, istiqlol qadrini butun O‘zbekistonga yetkazing.
🗓 Hujjatlar 2026-yil 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
Eng sara ijodkorlar Respublika finalida ishtirok etadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook | 178 |
| 12 | #Beshtashabbus_olimpiadasi
#Tuman_bosqichi
#Voleybol
✨ Nurobod tumanida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Voleybol” musoboqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
🏅Musoboqa 16-21 va 22-30 yosh toifasida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.
🏆 Gʻolib boʻlgan yoshlar musoboqaning viloyat bosqichi yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
▶️ Bizni kuzatishda davom eting:
Kanalga aʼzo boʻlish: t.me/nuryoshlar | 417 |
| 13 | 🟦🟦🟦🟦🟦
Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga!
Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitiladi va qonuniy bartaraf etiladi.
🕊Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tomonidan yoshlar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus 🕊Telegram raqam ishga tushirildi.
Endi har bir yosh:
💬O‘z murojaatlarini quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin:
📞 +998 50 159 37 93
✈️ Telegram havola➡️@YIASVB
Yuborilgan murojaatlar Boshqarma tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi.
🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz!
#Murojaat #YoshlarBilanMuloqot
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube | 134 |
| 14 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🔴 Hurmatli Nurobod tumani aholisi!
Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda.
⏩ Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yicha “my.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda.
Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Nurobod tumanida tezkor shtab tashkil etildi.
👥 Farzandingizni 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda 77-363-49-07, 93-356-46-70 raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
⚡️ Xatolik tez fursatlarda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
❗️ Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim.
🧡@nur_press | 86 |
| 15 | Yosh tadbirkorlar bilan muloqot: tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov tumanning Ag‘ron va Novbahor mahallalarida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yosh tadbirkorlarning faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalari, kelgusidagi rejalari hamda biznesni yanada rivojlantirish borasidagi fikr va tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman rahbari har bir murojaat va taklifni alohida tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi hamda yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ta'kidladi.
Mazkur uchrashuv yosh tadbirkorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda hududda tadbirkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🧡@nur_press | 88 |
| 16 | Yoshlar kelajagi – tuman taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi
Bugun "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida Nurobod tumanida yoshlarning muammo va takliflarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi rejalarini muhokama qilish maqsadida tuman hokimi Maxsud Buranov yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Dasturxon atrofida tashkil etilgan ochiq va samimiy muloqot davomida tuman rahbari bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishining muhim ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, hokim yoshlarni o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yishga, tashabbuskor, vatanparvar va mas'uliyatli bo‘lishga, tuman ravnaqi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi. U har bir yoshning g‘oya va tashabbusi e'tibordan chetda qolmasligi, ularni qo‘llab-quvvatlash tuman hokimligining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan faol yoshlar ham tumanning ertangi istiqboli yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Bandlikni ta'minlash, sport va madaniyatni rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasblarga o‘qitish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi. Yoshlar o‘z tengdoshlarini ham jamiyat hayotida faol bo‘lishga, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorladilar.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar, muammo, taklif va tashabbuslar birma-bir tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikrini eshitish, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va davlat hamda yoshlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Nurobod tumanida "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasidagi bunday uchrashuvlar muntazam davom ettiriladi.
🧡@nur_press | 73 |
| 17 | Nurobodda bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda: tuman hokimi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi
Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov qurilish sohasi mutasaddilari hamrohligida tuman markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab tuman markazida joylashgan sun’iy ko‘l hududida bo‘lib, mazkur maskanni zamonaviy dam olish va sayilgoh hududiga aylantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.
Ko‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish, zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish, yashil hududlarni kengaytirish, landshaft dizayni asosida ko‘kalamzorlashtirish hamda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘l atrofi bo‘ylab xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qurilishi rejalashtirilgan savdo va servis obyektlari, oilaviy dam olish maskanlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda boshqa investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishildi.
O'rganishlar davomida ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tuman hokimi tomonidan barcha loyihalarni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida, yagona me’moriy konsepsiya asosida amalga oshirish, har bir obyektning estetik qiyofasi, sifati va funksionalligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ullarga loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng tuman rahbari "Mehnat" o‘yingohida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Stadionda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari, sport infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, tomoshabinlar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda sportchilarning mashg‘ulot o‘tkazishi uchun barpo etilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Qurilish ishlari sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va obyektning kelgusidagi foydalanish samaradorligi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Tuman hokimi loyiha yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirib, ishlarni jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish hamda barcha qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalarni belgilab berdi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, investitsiyalarni jalb etish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, turizm salohiyatini yuksaltirish hamda aholi uchun yanada qulay va farovon yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
🧡@nur_press | 51 |
| 18 | Qo‘shrabotda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda yoshlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat hamda sport sohalarini rivojlantirishga oid qator tashabbus va takliflar o‘rtaga tashlandi.
Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim vazifalar belgilab olindi.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube | 80 |
| 19 | Hamma bunga mahalladagi barcha yoshlarni ulangizlar. | 1 |
| 20 | t.me/nuryoshlar | 1 |
