cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Transport universiteti | Qabul komissiyasi

Тошкент давлат транспорт университети Кабул комиссияси Приёмная комиссия Ташкентского государственного транспортного университета 📞call center: ☎️ +998712990191

إظهار المزيد
Uzbekistan15 357لم يتم تحديد اللغةالتعليم35 005
مشاركات الإعلانات
3 828
المشتركون
-424 ساعات
-187 أيام
-1730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi 📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ 14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Tuzatish: xorijdan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham. Yuqoridagi postda xorijiy oliygohlarning yurtimizdagi filiallari nazarda tutilgan edi. Ya’ni yurtimizdagi xususiy/nodavlat oliygohlar hamda xorijiy OTMlarning O’zbekistondagi filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishiga o’qishni bir martalik “super-kontrakt” to’lab, imtihonsiz ko’chirish mumkin. Lekin xorijdagi oliygohlardan bunday imkoniyat yo’q. Xorijdagilar faqat mos va turdosh yo’nalishga hamda test orqali o’qishini ko’chiradi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
❓Imtihonsiz "perevod" qilsa bo‘ladimi? #perevod Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida aytilgan. Buni ko‘rgan minglab talabalarning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, halovati yo‘qoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga o‘qishimni ko‘chira olsam?” deya shirin orzularga berilishdi. Lekin bu yerda siz bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta masala bor: 1️⃣ Birinchidan, videodagi gaplar yangilik emas, ushbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, ya’ni 2 yildan buyon amalda. 2️⃣ Ikkinchidan, xususiy oliygohlardan hamda yurtimizdagi xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bir martalik "super-kontrakt" to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin. Ya’ni bu yo‘nalishga qarab 50 mln so‘mdan 250 mln so‘mgacha bo‘ladi. O‘tgan yilgi "super-kontrakt" narxlari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/21116 ❗️Tuzatish: lekin xorijdan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham. 3️⃣ Uchinchidan, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan o‘qishni boshlaydi. Chunki o‘quv rejasidagi fanlardagi farqlar soni ko‘p bo‘ladi. Masalan, 1-kursni xususiy oliygohda o‘qib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uchun pul topgan taqdirda ham, davlat universitetiga borganda 1-kursni yana qaytadan o‘qiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boshqacha aytganda 1 yil yo‘qotadi. Agar yuqori kurs bo‘lsa, unda 2-3 yil yo‘qotishi ham mumkin. O‘zi umuman o‘qishni ko‘chirayotganda shunga alohida e’tibor bering. Agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bo‘lsa, unda siz bitta kurs pastga tushishingiz mumkin. Xullas, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishni xohlayotganlar mana shu jihatlarni inobatga olishi kerak. Agar bu shunchalar oson ish bo‘lganda, 2 yildan buyon hamma shunaqa qilgan bo‘lar edi. Xorijdan esa umuman noturdosh yo’nalishga o’qishni ko’chirish taqiqlangan. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Ўзбекистонда 15 июлдан ўқишни “перевод” қилиш бўйича аризалар қабул қилиш бошланди Бугун, 15 июлдан ОТМларда ўқишни кўчириш жараёнлари бошланади. Қайд этилишича, ўқишни кўчириш учун аризалар 5 августга қадар давом этади ва қуйидаги 2 та платформа орқали қабул қилинади: ➖transfer.edu.uz — давлат ОТМнинг биридан бошқасига; ➖my.uzbmb.uz — хорижий мамлакатларда ёки республикада фаолият юритаётган хорижий ва нодавлат ОТМдан давлат ОТМларига.
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#o‘qishni_ko‘chirish #o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi. Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi. Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆 👉 PDF shaklida yuklab olish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Ўзбекистонда дипломлари тўғридан-тўғри (махсус синовларсиз) тан олинадиган хорижий ОТМларнинг 2024 йил учун рўйхати
إظهار الكل...
Reyting 2024-yil uchun (TOP-1000).pdf1.34 MB
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
❓Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga qayta topshirsa, kontrakt bo‘ladimi? #abituriyent ❗️JAVOB: Ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan:
Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz.
Shu bo‘yicha izoh bermoqchiman. Prezidentning 25-maydagi farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:
ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.
Farmonning mazkur bandidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham bor edi. Ya’ni ikkinchi mutaxassislik doim to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi, unga davlat granti ajratilmaydi. Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bo‘lib turganlarga taalluqli edi. Ya’ni endilikda oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi. ❓Bu nima degani? Eng avvalo, bu yerda to‘liq kontraktda o‘qish haqida gap ketmayotganini ta’kidlash kerak. Faqat talaba grantda o‘qigan bosqichi uchungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqichga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topshirsa, u 1-bosqichda albatta kontraktda o‘qiydi, lekin o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, 2-bosqichdan davlat grantiga o‘tishi mumkin. Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida o‘qib, keyin fikri o‘zgarib, boshqa yo‘nalishga qayta topshirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda o‘qishga majbur bo‘ladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga o‘tishi mumkin. ❗️Xulosa: Fikrimcha, bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Chunki gap davlat byudjetidan sarflanadigan mablag‘ haqida ketayotgan ekan, unda fikrini o‘zgartirgan talaba uchun davlat qayta-qayta xarajat qilmasligi kerak. Boz ustiga u birinchi o‘qishini yarmidan tashlab ketgani hisobiga davlat sarflagan mablag‘iga kuyib qolishi ham adolatdan bo‘lmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik ⚡️Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. ▪️Bunda nomzodlar platformada: ➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; ➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar. ☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
Ikkinchi_va_undan_keyingi_ta’lim_bo’yicha_o’qishga_kirish_uchun.mp46.20 MB
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
02:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.