cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

GALAKTIKA GOLDEN STAR o'quv markazi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
389
المشتركون
+324 ساعات
+17 أيام
-730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi. Bayonot yolg‘on va safsatadan iborat Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan: 1) qonun hujjatlaridan savol tuzishimiz mumkin — bu YOLG‘ON; 2) savollarimiz "chyotkiy", hech qanaqa muammosi yo‘q — bu SAFSATA. Birinchi yolg‘onga kelsak, UzBMB saytida huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi. Ushbu manbalarda mavjud bo‘lmagan birorta savol berishga UzBMBning haqqi yo‘q. Pastda kichkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Ya’ni izohda savollar eng oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzishga haqqimiz bor, degani emas. Bu shunchaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qaraymiz degani. Masalan, 3 yil oldin chiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tushgan. Demak, shunaqa payti darslikdagi eski ma’lumotdan savol tuzilmaydi, degani. Ammo UzBMBdagi "aqllilar" o‘zicha bu izohni istalgan qonun hujjatidan savol tuza olamiz, deb o‘ylashibdi. Lex.uz saytida 132 mingdan ortiq hujjat bor. Sal kallani ishlatsanglar bo‘lmaydimi? Qanaqa qilib, abituriyent 132 mingta hujjatni o‘qib chiqadi? Abituriyent Yer kodeksidan yoki Byudjet qonunidan savol tushishini qayerdan bilsin? Xullas, UzBMBning bu ishi huquqiy asosga ega emas va bu qonun buzilishi, deb baholanishi kerak. Ikkinchi safsataga kelsak, UzBMB savolda qaysidir qilmish uchun Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qanaqa jazo berilgani, ya’ni sanksiyasi so‘ralganini to‘g‘ri deb hisoblashini aytibdi. Bo‘pti, kelishdik, bitta ish qilamiz. Agar Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Oliy sud raisi Baxtiyor Islamov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov JK va MJtKdagi hamma moddaning sanksiyasini yoddan bilsa, men shunchaki qoyil qolaman va adashibman deb uzr so‘rayman. Agar ular ham yoddan bilmasa, unda UzBMB xatosini tan oladi, kelishdikmi? Bilaman, men aytgan ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu misolni shunchaki bironta sudya, prokuror yoki tergovchi kodekslardagi sanksiyalarni yodlamasligini tushuntirish uchun aytdim. Sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmaydi, sanksiyalar sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham so‘ralmaydi. Umuman yuristlar orasida sanksiya yodlash degan amaliyot yo‘q, baraka topgurlar! Qaysi "farzandi yo‘q" ekspert abituriyentlar uchun bunaqa savollarni tuzdi, qaysi "miyasi o‘tlagan" kottakon bunaqa savollarni tasdiqladi, hayronman. Bu Yangi O‘zbekistonda yangicha muhit olib kirishni maqsad qilgan yangi davr test tizimi uchun sharmandalikdan boshqa narsa emas. O‘zimiz yoshlarga shunaqa ahmoqona savollarni beramiz-da, keyin PISA kabi xalqaro imtihonlarda o‘quvchilarimizning fikrlashi eng oxirgi o‘rinlarda ekanidan hayron bo‘lamiz. Aslida mana shunaqa savollar tushayotgan test tizimi yoshlarimizni zombiga aylantirib, mantiqiy fikrlashini o‘ldiryapti. Uyalinglarey... Yana o‘zini oqlashiga o‘lamanmi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👏 2
❓NATIJALARNI QANDAY BILISH MUMKIN? ✅ 14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot Eng oson va tez bilish usuli — telegram botlari orqali bilishdir. Saytga baribir kira olmaysiz, unrinib ham ko'rmang.
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
Ikkita yangi universitet tashkil etiladi Shavkat Mirziyoyev bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi. Yig’ilishda 2 ta universitet ochilishi haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan: ➖Hozir Surxondaryoda Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti bor. Ularni yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi. Unga bilimi yuqori talabalar tanlov asosida olinib, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi; ➖Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda. Uning faoliyati 2024/25-o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalariga umumiy davlat buyurtmasini, ya’ni kvotalarni tasdiqlash, bunda mamlakatimiz rivoji va mehnat bozori talablariga e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Demak, kvotalar tez orada chiqib qolsa kerak. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Ana shu saytdan testni online kuzatish mumkin
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Test 2024

Test sinovi jarayonlarining onlayn kuzatuvi

Test natijalari J Botir 7/14 G'iyosbek 5/14 Husan 6/14 Nozima 4/14 K Jahongir 10/14 Nargiza 7/14 S Javohir 7/14 Hakimbek 7/14 Feruz 6/14 Sharopov Jahongir 7/14 B Sevdiyor 1/14 N Azizbek 5/14 #Matematika
إظهار الكل...
🔥 2👍 1
Test natijalari Mironshoh 6/10 Behruz 5/10 Shamsiya 4/10 Umid T 4/10 X Aziz 2/10 D Muhammad Ali 4/10
إظهار الكل...
Assalomu alaykum. Barcha o‘quvchilarimizga test sinovlarida omad tilayman. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Yuzingiz yorug‘ bo‘lsin. Biz va ota-onangiz ishonchini oqlaysiz deb sizlarga ishonamiz! Hurmat bilan N.Rafiqov
إظهار الكل...
🔥 23👍 7👏 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.