cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

"Qurilish fakulteti" dekani | DAVLYATOV SHOXRUX MURATOVICH

FarPI Qurilish fakulteti dekani Blog 🌐 Telegram: https://t.me/davlyatovshohruh 🌐 Facebook: https://www.facebook.com/shohruh.davlyatov 🌐 Instagram: https://instagram.com/shohruh_davlyatov?utm_medium=copy_link Murojat uchun: 🤖 @FarPiQurilishbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
323
المشتركون
-124 ساعات
-37 أيام
-1030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Edu.uz
#xizmat_safari Vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov Farg‘ona politexnika institutida bo‘ldi Vazir o‘rinbosari dastavval talabalarga mustaqil ta’lim uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori faoliyatini o‘rgandi. Shundan so‘ng institut qoshida tashkil etilgan “Qurilish-sinov laboratoriyasi” hamda “Ilmiy-tadqiqot, o‘quv ishlab chiqarish kompleksi” bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/13271 👉На русском 👉In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
30:04
Video unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #uzbekiston24 “O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.
Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.
02:55 ➡️Kasbiy ijodiy imtihonlar bu yil qanday o‘tadi? 05:22 ➡️Chet tili imtihonlarida qanday o‘zgarish bor? 06:18 ↪️Kvotalar taqsimlanishi joriy yilda qanday amalga oshiriladi? 09:25 ➡️Joriy yilda talabalarga qanday qo‘shimcha imtiyozlar beriladi? 10:35 ➡️Ijtimoiy grant nima degani? 12:55 ↪️OTMga kira olmaganlar professional ta’lim tashkilotlariga qanday qabul qilinadi? 14:00 ↪️Davlat grantini bir o‘quv yili uchun ajratish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 15:38➡️ Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi? 16:58 ➡️Bu yil qancha abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda? 17:35 ↪️Yoshlar qaysi sohalarda ko‘proq qiziqish bildiryapti? 18:30 ➡️Nima uchun abituriyentlar soni yildan yilgacha oshib bormoqda? 19:14 ➡️OTMlari va talabalar soni nechta? 22:10 ↪️O‘zbekiston OTMlarining QS reytingiga kirishining ahamiyati nimada? 25:40 ↪️Magistraturaga qabulda qanday o‘zgarishlar kiritildi? 27:03 ➡️Qabul jarayonida abituriyentlar nimalarga e’tibor qaratishi kerak?
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
888888.mp495.26 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #FanlarMajmuasi 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi. 👉 Yuklab olish ___ Направления образования и комплекс дисциплин, по которым будут проходить тестовые испытания (профессиональные (творческие) экзамены) в соответствии с направлениями бакалавриата на 2024/2025 учебный год утверждены с соответствующими изменениями. 👉 Скачать
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Фарғона шаҳридаги “Экошаҳар” массиви ҳудудида ўрнатиладиган стелла лойиҳасининг меъморий концепциясини ишлаб чиқиш бўйича Очиқ танлов эълон қилинади Фарғона шаҳридаги “Экошаҳар” массиви ҳудудида барпо этилаётган “Янги Ўзбекистон” боғи марказий қисмига “Янги Ўзбекистон монументи” лойиҳасининг меъморий концепциясини ишлаб чиқиш мақсадида очиқ танлов эълон қилинади. Танловни ўтказишдан асосий мақсад Фарғона шаҳридаги “Экошаҳар” массиви ҳудудида жозибадор меъморий санъат объектини барпо этиш, Фарғона шаҳрининг ўзига хос бўлган имижини яратишдан иборат. Фарғона шаҳридаги “Экошаҳар” массиви ҳудудида ўрнатиладиган стелла лойиҳасининг меъморий концепциясини ишлаб чиқиш бўйича очиқ танловда жисмоний шахслар (архитекторлар, дизайнерлар, тегишли соҳа бўйича олий таълим муассасалари талабалари) ҳамда юридик шахслар (лойиҳа ташкилотлари, дизайн бюролари, архитекторлар жамоалари) иштирок этиши мумкин. Танлов бўйича ишлар вилоят Қурилиш ва уй-жой комунал хўжалиги бошқармасида қабул қилинади. (онлайн тарзда иштирок этмоқчи бўлганлар [email protected] электрон почтаси орқали). Танловда қатнашиш учун тақдим этиладиган ҳужжатлар ҳамда танловнинг бошқа шартлари билан батафсил танишинг 👉 fergana.uz/uploads/auksion/213-11-0-F_24.pdf Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Call_center Abituriyentlar diqqatiga! 📍 Fargʻona politexnika institutda 2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularning savollariga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi. Fuqarolar quyidagi telefon raqami orqali “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. “Call-center”ning ish vaqti: Dushanbadan — shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha; Tushlik – soat 12:00 dan 13:00 gacha. Murojaatlar uchun: 📞 +998954000082 📞 +998954000085 📞 +998954000086 Manzil: Farg'ona shahar, Farg'ona ko'chasi 86-uy На Русском In English Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt
إظهار الكل...
#Yigʻilish #Ilmiy_kengash Mazkur yig'ilishda institut rektori O'.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi. Dastlab, institut rektori O'.Salomov yig'ilish ishtirokchilarini bugungi kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so'ng, ijro intizomi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “edo.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida Jismoniy va yuridik shaxslaming murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i M.Tojiboyev axborot berib o'tdi. Yig'ilishda qo'shimcha masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi. Ushbu boshqaruv yig'ilishida kun tartibidagi barcha masalalar ko'rib chiqilib, mas'ullarga topshiriq berildi.
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Японияни Япония қилганлар бугун қандай яшаяпти? Японияда қисқа вақтда эришилган жуда катта иқтисодий юксалиш – 20-асрнинг иқтисодий мўжизаларидан бири. Япон жамияти бугунги фаровонликка кимларнинг хизматлари эвазига эришилганини яхши тушунган ҳолда, қарияларни парваришлашга катта эътибор қаратади. Яъни миллатни оёққа турғизган авлод – ҳозирги авлоднинг эъзозида. Kun.uz ижодий жамоаси Японияга сафари давомида энг кекса мамлакатдаги кексалар билан ишлаш тизимини ўрганди. 📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
إظهار الكل...
👍 2
Farg‘ona politexnika instutining navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Yig‘ilishda, institut rektori O‘ktam Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kengash a’zolari hamda bo‘lim boshlig‘lari ishtirok etdi. Mazkur yig'ilishda kun tartibidan o‘rin olgan 6 ta muhim hamda 20 ga yaqin turli ilmiy va tashkiliy masalar keng muhokama etildi. Bugungi yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Korrupsiyaga_qarshimiz 🔹Xabaringiz bor, Farg‘ona politexnika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat yuritib kelmoqda. 🖇Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, tamagirlik, tanish bilishchilik, mahalliychilik va boshqa shunga o‘xshash korrupsion holatlarni oldini olish hamda unga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida talaba-yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz! ❗️Agarda siz ta’lim jarayonida, yakuniy nazorat ishlarini topshirish chog'ida, bitiruv malakaviy ishlarining bajarilishida va boshqa holatlarda korrupsion vaziyatlarga duch kelsangiz, https://t.me/farpiantikorrupsiyabot telegram bot yoki +998913272425 telefon raqamiga anonim xabar qoldirishingizni so'raymiz. Xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi. Barchamiz “Korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida birlashaylik! На Русском In English Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Tabrik 🔹Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar! Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz maktabni tark etyapsiz. Sizlarni hayot ostonasidagi muhim qadamingiz – mustaqil bosqichga o‘tayotganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman! ♻️Bugun yurtimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shunday ekan, kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi bo‘lishingizga aminman. Ishoning, egallab bo‘lmaydigan bilim, o‘zlashtirish mumkin bo‘lmagan ko‘nikmaning o‘zi yo‘q. Kelajakka ishonch bilan boqing! Orzularingiz yo‘lida izlaning, mashaqqatli yo‘l faqatgina omad sari boshlanishini aslo unutmang! ✨Fursatdan foydalanib, barcha bitiruvchilarga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, shijoat va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.   Hurmat bilan, Farg'ona politexnika instituti rektori Salomov O'ktam Rahimovich!
إظهار الكل...