ar
Feedback
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

الذهاب إلى القناة على Telegram

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

تُعد قناة Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY (@namanganv_xtb) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 20 853 مشتركاً، محتلاً المرتبة 9 518 في فئة التعليم والمرتبة 3 854 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 20 853 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 28 يونيو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 912، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -45، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 11.74‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 8.21‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 2 450 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 1 713 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 0.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 29 يونيو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

20 853
المشتركون
-4524 ساعات
-457 أيام
-1 91230 أيام
أرشيف المشاركات
#Qabul_2026 #Eslatma 🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfg
#Qabul_2026 #Eslatma 🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan.
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍 Andijon viloyati 📍 Buxoro viloyati 📍 Farg‘ona viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Qashqadaryo viloyati 📍 Samarqand viloyati 📍 Sirdaryo viloyati 📍 Surxondaryo viloyati 📍 Toshkent shahri 📍 Toshkent viloyati 📍 Xorazm viloyati 👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. 📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#KelajakMarkazlari 🇺🇿🇩🇪 “Jadidlar izidan” respublika tanlovi g‘oliblari Germaniyada! 🏢 1 haftalik ta'lim sayohati davomi
+5
#KelajakMarkazlari 🇺🇿🇩🇪 “Jadidlar izidan” respublika tanlovi g‘oliblari Germaniyada! 🏢 1 haftalik ta'lim sayohati davomida o'quvchilar jadidchilik harakati tarixi va g‘oyalarini chuqur o'rganish bo'yicha treninglarda ishtirok etmoqda. 📝 Shuningdek, sayohat dasturiga binoan o'quvchilar Germaniya ta’lim va madaniyat muassasalari faoliyati bilan tanishtirilmoqda. Xususan, Berlin shahridagi Gumbold universiteti hamda Gamburg shahridagi Gamburg universitetiga ta'lim ekskursiyalari o'tkazildi. O'quvchilar germaniyalik talaba va professorlar uchun milliy madaniyatimiz, tariximiz va o'zbek jadidchilik harakati haqida taqdimot qildilar. 📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

🌀 “KITOBXONLIK FESTIVALI” NAMANGANDA ✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik
🌀 “KITOBXONLIK FESTIVALI”  NAMANGANDA ✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida har oy viloyatlar ketma-ketligida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda. 2026-yil 29-iyun kuni “Kitobxonlik festivali” Namangan viloyatida bo‘lib o‘tadi. 📚 Festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. ▶️ “Eng kitobxon maktab” ▶️ “Ijodkor bolalar” ▶️ “Eng faol kutubxonachi” ▶️ “Eng yaxshi kitobxon o'quvchi” ☝️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni 29-iyun kuni “Kitobxonlik festivali” ga chorlab qolamiz! 🏆 Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi! Boshqarma Axborot xizmati

Repost from E’zoza Karimova
Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar! Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etaman. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar, ochiqlik va shaffoflik siyosati hamda bunyodkorlik ishlarini xalqimizga yetkazishda sizning oʻrningiz va zahmatli mehnatingiz beqiyosdir. Davlatimiz rahbari bayram tabriklarida soha vakillarini yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar insonlar, oʻzlari uchun doimiy maslakdosh hamda jonkuyar doʻst deb eʼtirof etganlari bejiz emas. Milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini bajarish barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlashtiradigan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli maʼnaviy kuchdir. Biz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirishda aynan mana shunday ulkan maʼnaviy kuch – siz, azizlarning koʻmagingizga tayanamiz. Ushbu bayramda barchangizga mustahkam sogʻlik, ijodiy parvozlar, oilaviy xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

#Eksternat_imtihonlari 3695 ming nafar fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi ta’minlandi ✅ Xabaringiz bor, 9 yoki 11-sinfni tamo
+3
#Eksternat_imtihonlari 3695 ming nafar fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi ta’minlandi Xabaringiz bor, 9 yoki 11-sinfni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomani ololmagan fuqarolar uchun Respublikamiz bo'ylab eksternat tartibida yakuniy imtihonlari boʻlib oʻtdi.  
Imtihon natijalariga ko'ra 9-sinf toifasida 675 nafar, 11-sinf toifasida 3020 nafar fuqarolar eksternat imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, ularga umumiy o'rta ta'lim to‘g‘risidagi shahodatnoma berildi.
➖ Endilikda ular ushbu shahodatnoma bilan ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirishlari uchun hujjat topshirishlari yoki biror-bir kasb-hunar egallab mustaqil hayotda o‘z o‘rnilarini topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.   🔰 Videolavhada  eksternat tartibidagi imtihonni muvaffaqiyatli topshirib umumiy o'rta ta'lim shahodatnomasini qo'lga kiritgan, fuqarolarning o'z fikrlari bilan bo'lishdi. 🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.
Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Наманганда 65-халқаро "Гуллар фестивали" авж паллада давом этади: Навбатдаги катта маданий тадбир - Ўзбекистонда хизмат кўсат
+2
Наманганда 65-халқаро "Гуллар фестивали" авж паллада давом этади: Навбатдаги катта маданий тадбир - Ўзбекистонда хизмат кўсатган артист Муниса Ризаеванинг концерти бўлиб ўтади! Сана: 1 июль, чоршанба, соат 19:00 Манзил: Давлатобод тумани, “Афсоналар водийси” тематик парки. ________ Namanganda 65-xalqaro "Gullar festivali" avj pallada davom etadi: Navbatdagi katta madaniy tadbir - O‘zbekistonda xizmat ko‘satgan artist Munisa Rizayevaning konserti bo‘lib o‘tadi! Sana: 1-iyul, chorshanba, soat 19:00 Manzil: Davlatobod tumani, “Afsonalar vodiysi” tematik parki. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

Chortoqlik bitiruvchi Bristol universiteti talabasi bo‘ldi Chortoq tumanidagi 53 - umumta’lim maktabi bitiruvchisi Boburshoh
Chortoqlik bitiruvchi Bristol universiteti talabasi bo‘ldi Chortoq tumanidagi 53 - umumta’lim maktabi bitiruvchisi Boburshoh Akramov  "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori bo‘lib, dunyoning TOP-100 talik oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan Buyuk Britaniyaning Bristol (University of Bristol ) universiteti talabasiga aylandi. IELTS xalqaro til sertifikatidan 8 hamda SAT imtihonidan 1450 ball natija ko‘satgan iqtidor egasi avvalroq bir qator nufuzli universitetlardan muddatidan avval qabul takliflarini ham olgan. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining ikkinchi bosqichi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini
+9
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining ikkinchi bosqichi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–206-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining ikkinchi bosqichi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qildi. Seminar Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyati boshqarmasi hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir davomida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy sug‘urta tizimining afzalliklari hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kafolatlarni mustahkamlashdagi o‘rni yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Uchqo‘rg‘on tumanida tuman hokimi Dilshod Mirxonov ishtirokida bitiruvchi yoshlar bila
+6
Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Uchqo‘rg‘on tumanida tuman hokimi Dilshod Mirxonov ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda ta’lim, fan va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar o‘zlarining tashabbus va loyihalarini taqdim etdi. Joriy o‘quv yilida tumandagi 46 ta umumta’lim maktabini 2 388 nafar o‘quvchi tamomladi. Shundan 57 nafari oltin, 6 nafari kumush medal bilan taqdirlandi. Muloqot davomida tuman hokimi bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularni kelgusida ham bilim olish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga chorladi. Tadbir yakunida yoshlarning kelgusidagi maqsad va rejalari muhokama qilinib, ularning taklif hamda murojaatlari tinglandi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Янги Наманган туманида аъло баҳолар соҳиблари тақдирланди Янги Наманган туманида умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчил
+9
Янги Наманган туманида аъло баҳолар соҳиблари тақдирланди Янги Наманган туманида умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчилари билан тантанали учрашув ўтказилди. 2025–2026 ўқув йилида туман мактабларини 1949 нафар ўқувчи тамомлаган бўлса, уларнинг 12 нафари “Олтин” медаль, 4 нафари эса “Кумуш” медаль билан тақдирланди. Шунингдек, 115 нафар битирувчи олий таълим муассасаларига муддатидан олдин ўқишга қабул қилинган бўлиб, 5 нафари хорижий давлатлардаги нуфузли университетлар талабаси бўлди. Бугунги тадбирда битирувчиларга медаллар ва эсдалик совғалари топширилди. Сўзга чиққанлар ёшларни эришган ютуқлари билан муборакбод этиб, уларнинг келгусида юрт тараққиётига муносиб ҳисса қўшишига ишонч билдирдилар. Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати 💻 Sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺 Youtube 💡Guruh

Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Namangan shahar hokimligida shahar hokimi Ayubxon Kamalovning umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim, kasb tanlash va kelgusidagi faoliyatiga oid taklif hamda murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan shahar hokimi tomonidan batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir doirasida 2025/2026-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan 61 nafar bitiruvchiga oltin, 13 nafariga esa kumush medallar tantanali ravishda topshirildi. Ularning kelgusida oliy ta’limda muvaffaqiyatli tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishlariga tilaklar bildirildi. Ma’lumot uchun, joriy yilda Namangan shahridagi umumta’lim maktablarini 5 470 nafar o‘quvchi tamomladi. Shundan 324 nafari oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Namangan shahar hokimligida shahar hokimi Ayubxon Kamalovning umumta’lim ma
+9
Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi Namangan shahar hokimligida shahar hokimi Ayubxon Kamalovning umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim, kasb tanlash va kelgusidagi faoliyatiga oid taklif hamda murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan shahar hokimi tomonidan batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir doirasida 2025/2026-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan 61 nafar bitiruvchiga oltin, 13 nafariga esa kumush medallar tantanali ravishda topshirildi. Ularning kelgusida oliy ta’limda muvaffaqiyatli tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishlariga tilaklar bildirildi. Ma’lumot uchun, joriy yilda Namangan shahridagi umumta’lim maktablarini 5 470 nafar o‘quvchi tamomladi. Shundan 324 nafari oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

223 человека на место! Состоялся первый отборочный этап вступительных экзаменов в Президентскую школу Намангана. В этом году
+2
223 человека на место! Состоялся первый отборочный этап вступительных экзаменов в Президентскую школу Намангана. В этом году испытания проходили в десяти специально подготовленных зданиях, где были обеспечены принципы справедливости и прозрачности.   Подробнее на сайте nampravda.uz

#САЙЁР_ҚАБУЛ. Давлатобод туманидаги 95-сонли умумтаълим мактабида Мактабгача ва мактаб таълими вазири Эъзоза Каримова иштирокида сайёр қабул ўтказилди. Қабул давомида педагоглар, таълим муассасалари раҳбарлари, ота-оналар ва фуқаролар томонидан таълим сифати, мактаблардаги шарт-шароитлар, моддий-техник база ҳамда ўқитувчилар фаолиятига оид мурожаатлар кўриб чиқилди. Айрим масалалар жойида ҳал этилди, қўшимча ўрганиш талаб этувчи мурожаатлар эса назоратга олинди. Шунингдек, таълим тизимини янада такомиллаштириш ва ёшларга сифатли таълим бериш бўйича муҳим вазифалар белгилаб берилди. 🇺🇿«Орзу ва ҳаёт» ижтимоий лойиҳасининг саҳифаларига обуна бўлинг📱 ✅Telegram 💬Facebook 📹 YouTube🤖Murojaatbot

223 человека на место! Состоялся первый отборочный этап вступительных экзаменов в Президентскую школу Намангана. В этом году
+2
223 человека на место! Состоялся первый отборочный этап вступительных экзаменов в Президентскую школу Намангана. В этом году испытания проходили в десяти специально подготовленных зданиях, где были обеспечены принципы справедливости и прозрачности.   Подробнее на сайте nampravda.uz

#sayyor_qabul ✅ Xabar qilinganidek, Davlatobod tumanidagi 95 – umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova ishtirokida “Sayyor qabul” boʻlib oʻtdi. ✍️ Unda viloyatdagi taʼlim muassasalari xodimlari, ota-onalar va tadbirkorlarning soha faoliyatiga doir murojaatlari mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. 🟢 Murojaatlarda: ➡️ taʼlim maskanlari uchun qoʻshimcha oʻquv binolari qurish va ularni jihozlash; ➡️nodavlat hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish; ➡️ pedagoglarning mehnat munosabatlari va boshqa mavzularga doir qator masalalar koʻrib chiqildi. 👉 Murojaat va masalalarning asosiy qismi shu kunning oʻzida hal qilindi va o‘rganish talab etiladigan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha vazirlik mutasaddilari, hududiy masʼullar oldiga tegishli vazifalar belgilab berildi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

NAMANGANDA PREZIDENT MAKTABIGA KIRISH  IMTIHONLARINING SARALASH BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI Joriy yilgi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining saralash bosqichi viloyatdagi 10 ta binoda adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi. Mazkur jarayonlarda  umumta’lim maktablarining 4 – sinfini tamomlagan 5363 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tanlov darajasi shunchalik yuqoriki, birgina o‘rin uchun 223 nafar bola raqobatlashadi. Imtihon savollari Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi imtihon kengashi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchilar matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollarini 60 daqiqa vaqt ichida ishlashi kerak bo‘ladi. Saralash bosqich sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan 480 nafar talabgorlar 2-bosqichda qatnashadi. Unda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 40 ta masala, ingliz tilidan 40 ta test ishlanishi talab etiladi. Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 17– iyul kuni boʻlib oʻtadi Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Andijon viloyatida zudlik bilan eʼtibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta obyektda bo‘ldik. Oltinko‘
+9
Bugun Andijon viloyatida zudlik bilan eʼtibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta obyektda bo‘ldik. Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘makay” oilaviy poliklinikasini ko‘zdan kechirdik. Ushbu binodan 1988-yildan buyon foydalanib kelinmoqda, u bugungi kun standartlaridan ancha orqada qolgan. Shuningdek, 9-sonli bog‘cha va 36-sonli maktabda ham bo‘ldik. Bog‘cha 1970-yillarda qurilgan oromgoh o‘rnida joylashgan. Maktab binosi undan ham eski — 1960-yilda barpo etilgan bo‘lib, sig‘imi o‘quvchilar soniga mos kelmaydi. Har ikki obyekt yangidan quriladi. Gap tibbiyot va ta’lim haqida ketar ekan, shifokor va o‘qituvchining ish joyi, yaratilgan sharoit, farzandini maktab yoki bog‘chaga kuzatayotgan ota-onaning ko‘ngli to‘q bo‘lishi — eng muhim, birinchi galdagi masaladir. Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak. Jarayonni tezlashtirish, aniq va sezilarli natija tez fursatda amalda ko‘rinishi lozim. — Сегодня в Андижанской области посетили несколько мест, которые требуют срочного внимания и обновления. В Алтынкульском районе побывали в семейной поликлинике «Кумакай». Здание эксплуатируется с 1988 года и давно не соответствует современным требованиям. Посетили также детский сад № 9 и школу № 36. Детский сад расположен на базе бывшего лагеря, построенного ещё в 1970-е годы. Школа ещё старше — 1960 года постройки, и она не соответствует количеству обучающихся в ней учеников. Оба объекта будут построены заново. Когда речь идёт о медицине и образовании, очень важны условия, в которых работает врач, учится ребёнок, спокойны ли родители, когда оставляют детей в саду. Изменения жизни людей в лучшую сторону не должны быть растянуты на десятилетия. Нужно ускоряться, нужен видимый и понятный результат уже сейчас.