cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ozodlik Radiosi

Ozodlik haqqoniy va eksklyuziv axborotni cheklovsiz yetkazib beruvchi vositadir. https://telegram.me/joinchat/AAAAAD9ocVtUHjvQRO_GxQ https://telegram.me/ozodlik_radiosi @ozodnews va @ozodtelegram ga xabarlar fotosuratlar audiolar va videolarni yo'llang!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 053
المشتركون
-224 ساعات
-157 أيام
-4430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from OZODLIK KANALI™
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Озодлик суриштируви. Янги эксклюзив видео. Ҳозироқ YouTube'да 🔥 #OzodlikEksklyuziv #OzodlikSurishtiruvi #AzizNur #uzbekgas ❗️Озодликнинг ЯНГИ эксклюзив суриштирувини ҳозироқ YouTube каналида кўринг ❗️Кўриш учун линк 👉 https://youtu.be/o0Kz0wWIMBI
إظهار الكل...
Storie 1 StandUP (video-converter.com).mp43.26 MB
إظهار الكل...
Enter Engineering: ko‘pmilliardlik loyihalarni olgan shirkat ishchilariga oylik bermayapti

Ўзбекистонда ҳукуматнинг йирик пудратчиси Enter Engineering (ЕЕ) ширкати ишчилари сўнгги кунлар ичида кетма-кет намойиш қилди. Ширкат 50 мингдан ортиқ ишчисининг маошини 4 ойлаб кечиктиргани ишчилар норозлигига сабаб бўлмоқда. Исён қилган ишчилар орасида 12 мингга яқин қозоғистонлик, ҳиндистонлик, туркиялик ва россиялик бор. Совуқни совуқ, иссиқни иссиқ демай ишлаётган ишчиларга маошини беролмаётган Enter Engineering ширкати эса - Ўзбекистон бўйлаб 200 дан ортиқ катта-кичик объектларда қурилиш,таъмир, қайта таъмир ёки модернизация лойиҳаларини давлатдан олган энг катта икки пудратчининг биридир. Яна бири эса айрим лойиҳаларни Enter Engineering билан бўлишган ёки шерикликда қилаётган Eriell ширкати. На бу икки ширкат ва на уларнинг эгаси Бахтиёр Фозилов ўн минглаб ишчининг ойлиги 4 ойлаб кечикаётганини изоҳламаётир. 🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉

https://t.me/ozodlikkanali

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉

https://t.me/ozodnews

O‘zbekistonda hukumatning yirik pudratchisi Enter Engineering (EЕ) shirkati ishchilari so‘nggi kunlar ichida ketma-ket namoyish qildi. Shirkat 50 mingdan ortiq ishchisining maoshini 4 oylab kechiktirgani ishchilar norozligiga sabab bo‘lmoqda. Isyon qilgan ishchilar orasida 12 mingga yaqin qozog‘istonlik, hindistonlik, turkiyalik va rossiyalik bor. Sovuqni sovuq, issiqni issiq demay ishlayotgan ishchilarga maoshini berolmayotgan Enter Engineering shirkati esa - O‘zbekiston bo‘ylab 200 dan ortiq katta-kichik obyektlarda qurilish,ta’mir, qayta ta’mir yoki modernizatsiya loyihalarini davlatdan olgan eng katta ikki pudratchining biridir. Yana biri esa ayrim loyihalarni Enter Engineering bilan bo‘lishgan yoki sheriklikda qilayotgan Eriell shirkati. Na bu ikki shirkat va na ularning egasi Baxtiyor Fozilov o‘n minglab ishchining oyligi 4 oylab kechikayotganini izohlamayotir. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #mirziyoyev #enterengineering

Repost from OZODLIK KANALI™
Озодлик суриштируви: “Газли” Путиннинг бир қўлидан иккинчисига ўтди ❗️Озодликнинг ЯНГИ видеосини ҳозироқ YouTube каналида кўринг ❗️Кўриш учун линк 👉 https://youtu.be/l-aDDWvJpt4 Ўтган ой Тошкент ҳукумати ва маҳаллий матбуот Ўзбекистондаги энг йирик Газли газ омборининг эгаси бўлган Gazli gas storage МЧЖ таъсисчиси ўзгаргани ҳақида ëзди. Фақат на униси¸ на буниси омборнинг кимдан кимларга ўтганини ëзмади. Озодликнинг навбатдаги суриштирувидан Ўзбекистон газ тизими юрагининг кимдан кимларга¸ нима мақсадда ўтказилганини билиб оласиз. 🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://youtu.be/l-aDDWvJpt4
إظهار الكل...
Ozodlik surishtiruvi: “Gazli” Putinning bir qo’lidan ikkincisiga o’tdi

Ўтган ой Тошкент ҳукумати ва маҳаллий матбуот Ўзбекистондаги энг йирик Газли газ омборининг эгаси бўлган Gazli gas storage МЧЖ таъсисчиси ўзгаргани ҳақида ëзди. Фақат на униси¸ на буниси омборнинг кимдан кимларга ўтганини ëзмади. Озодликнинг навбатдаги суриштирувидан Ўзбекистон газ тизими юрагининг кимдан кимларга¸ нима мақсадда ўтказилганини билиб оласиз. 🔴

https://t.me/ozodlikkanali

kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews O‘tgan oy Toshkent hukumati va mahalliy matbuot O‘zbekistondagi eng yirik Gazli gaz omborining egasi bo‘lgan Gazli gas storage MCHJ ta’sischisi o‘zgargani haqida yozdi. Faqat na unisi¸ na bunisi omborning kimdan kimlarga o‘tganini yozmadi. Ozodlikning navbatdagi surishtiruvidan O‘zbekiston gaz tizimi yuragining kimdan kimlarga¸ nima maqsadda o‘tkazilganini bilib olasiz. ozodlik #uzbekistan #tashkent #surishtiruv #mirziyoyev #putin

إظهار الكل...
Karimova-Tillayevlarning Beverli Hillzdagi qimmatbaho Le Palais qasri sotildi

Wall Street Journal нашрига кўра, уни Лола Каримова-Тиллаева - Ўзбекистон биринчи президенти Ислом Каримовнинг қизи сотган. 2011 йилда қурилган қаср Беверли Ҳилздаги гавҳарлардан бири. Калифорния кўчмас мулк реестрига кўра, тахминан 4459 квадрат метрлик қаср 36 миллион долларга сотилган. Variety.com нашрига кўра, эр-хотин 4460 метр квадратлик бу виллани 33 миллион долларга сотиб олган эди. Каримова-Тиллаев жуфтлигининг бу қимматбаҳо қасри, айтилишича¸ Лола Каримованинг Лос Анжелесдаги The Harmonist деб номланган атир дўконидан бир неча минутлик масофада жойлашган. Собиқ президент қизи ва собиқ дипломат Каримова-Тиллаева ҳозир хайриячи. Harmonist Maison de Parfum парфюмерия компанияси асосчиси. Ҳар ҳолда компания сайтида шундай дейилган. 🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉

https://t.me/ozodlikkanali

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉

https://t.me/ozodnews

Wall Street Journal nashriga ko‘ra, uni Lola Karimova-Tillayeva - O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi sotgan. 2011 yilda qurilgan qasr Beverli Hilzdagi gavharlardan biri. Kaliforniya ko‘chmas mulk reyestriga ko‘ra, taxminan 4459 kvadrat metrlik qasr 36 million dollarga sotilgan. Variety.com nashriga ko‘ra, er-xotin 4460 metr kvadratlik bu villani 33 million dollarga sotib olgan edi. Karimova-Tillayev juftligining bu qimmatbaho qasri, aytilishicha¸ Lola Karimovaning Los Anjelesdagi The Harmonist deb nomlangan atir do‘konidan bir necha minutlik masofada joylashgan. Sobiq prezident qizi va sobiq diplomat Karimova-Tillayeva hozir xayriyachi. Harmonist Maison de Parfum parfyumeriya kompaniyasi asoschisi. Har holda kompaniya saytida shunday deyilgan. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #lolakarimova #islamkarimov #gulnorakarimova #mirziyoyev

Repost from Ozodlik
إظهار الكل...
Ozodlik filmi: Toshkent Tolibon bilan Qo‘shtepa borasida kelisha olmayapti

Толибон cувдан сиёсий ричаг сифатида фойдаланилаётгани ҳақида тахминлар бор. Бироқ таҳлилчиларга кўра, Ўзбекистон ёки минтақадаги бошқа бирор давлат Қўштепа канали қурилишига вето қўя олмайди. Чунки ҳеч бир давлат Толибон билан зиддиятга боришни истамайди. Озодлик қўлга киритган Ўзбекистон Сув хўжалиги вазирлигиниинг махсус ҳужжатида қайд қилинишича, Қўштепа канали сув сероб пайти Амударёдан 10 млрд кубгача сув олиш хавфи бор. The Economist нашри прогнозига кўра, агар Қўштепа канали қуриб битказилса, сув борасидаги кескинлик кучайиб шундоқ ҳам мураккаб муносабатлар янада ёмонлашиши ва минтақавий можароларга сабаб бўлиши мумкин. 🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉

https://t.me/ozodlikkanali

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉

https://t.me/ozodnews

Tolibon suvdan siyosiy richag sifatida foydalanilayotgani haqida taxminlar bor. Biroq tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston yoki mintaqadagi boshqa biror davlat Qo‘shtepa kanali qurilishiga veto qo‘ya olmaydi. Chunki hech bir davlat Tolibon bilan ziddiyatga borishni istamaydi. Ozodlik qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirliginiing maxsus hujjatida qayd qilinishicha, Qo‘shtepa kanali suv serob payti Amudaryodan 10 mlrd kubgacha suv olish xavfi bor. The Economist nashri prognoziga ko‘ra, agar Qo‘shtepa kanali qurib bitkazilsa, suv borasidagi keskinlik kuchayib shundoq ham murakkab munosabatlar yanada yomonlashishi va mintaqaviy mojarolarga sabab bo‘lishi mumkin. #ozodlik #uzbekistan #suv #suvsizlik #mirziyoyev #tashkent #amudaryo

إظهار الكل...
Ozodlik Surishtiruvi: Gulnoraning pulini olishga borgan chopar Hong Kongda qamoqqa olindi

Ўзбекистон ДХХсининг махсус операцияси барбод бўлди - Гулнора Каримованинг Гонгконгдаги банк ҳисобидаги ўнлаб миллион долларни бошқа хусусий ҳисобларга ўтказиш учун олиб борилган Рустам Мадумаров қамоққа олинди. Каримованинг собиқ эрини бу пулларни давлат қолиб, жорий ҳокимият тепасидагилар чўнтагига ўтказишга мажбурлаш операцияси тепасида, Озодлик манбалари таъкидича, ДХХ Ўз Хавфсизлиги бошқармаси бошлиғи ва у бевосита ҳисоб берадиган президентнинг куëви Отабек Умаров турибди. 🔴

https://t.me/ozodlikkanali

kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews O‘zbekiston DXXsining maxsus operatsiyasi barbod bo‘ldi - Gulnora Karimovaning Gongkongdagi bank hisobidagi o‘nlab million dollarni boshqa xususiy hisoblarga o‘tkazish uchun olib borilgan Rustam Madumarov qamoqqa olindi. Karimovaning sobiq erini bu pullarni davlat qolib, joriy hokimiyat tepasidagilar cho‘ntagiga o‘tkazishga majburlash operatsiyasi tepasida, Ozodlik manbalari ta’kidicha¸ DXX O‘z Xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i va u bevosita hisob beradigan prezidentning kuyovi Otabek Umarov turibdi. Uzbek | Uzbekistan | O'zbekiston | O'zbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ozodliksurishtiruv #investigation #surishtiruv #uzbekistan #mirziyoyev #karimova #karimov #dxx #hongkong

Repost from OZODLIK KANALI™
🔥EKSKLYUZIV: “Amirlik ichidagi davlat”🔥 📌 Qarzga botgan “O‘zbekiston temir yo‘llari”da restrukturizatsiya - kompaniya yettita shirkatga bo‘linmoqda. Kompaniyaning jami qarzi qanchaligi ochiqlanmadi, biroq qarzlarni to‘lash muddati yana 5 yilga uzaytirildi va millionlab dollarlik yangi kreditlar olinmoqda. Qarzdan qutulish uchun kompaniyaning 6500 ishchisi ishdan bo‘shatildi, hozirda qisqartirishning ikkinchi bosqichi ketyapti. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25- sentabrida temir yo‘l tizimidagi kamchiliklarni keskin tanqid qildi va oradan ikki hafta o‘tib ushbu sohani tubdan isloh qilishga oid yangi qarorni imzoladi. Bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Transport vazirligi yo‘lovchi poyezdlarda chipta narxlari oshirilishini e’lon qildi. Ozodlik hozirlagan navbatdagi EKSKLYUZIV FILM! ❗️O‘tkazib yubormang, do‘stlaringizga ulashing! Ozodlikning EKSKLYUZIV videosini hoziroq YouTube kanalida ko‘ring ❗️Кўриш учун линк 👉 https://youtu.be/YUePMrbj284
إظهار الكل...
Ramatovning temir qo‘llari: “Shovvozsoy”ni qurganlar qarzga botdi

Қарзга ботган “Ўзбекистон темир йўллари”да реструктуризация - компания еттита ширкатга бўлинмоқда. Компаниянинг жами қарзи қанчалиги очиқланмади, бироқ қарзларни тўлаш муддати яна 5 йилга узайтирилди ва миллионлаб долларлик янги кредитлар олинмоқда. Қарздан қутулиш учун компаниянинг 6500 ишчиси ишдан бўшатилди, ҳозирда қисқартиришнинг иккинчи босқичи кетяпти. Президент Шавкат Мирзиёев жорий йилнинг 25 сентябрида темир йўл тизимидаги камчиликларни кескин танқид қилди ва орадан икки ҳафта ўтиб ушбу соҳани тубдан ислоҳ қилишга оид янги қарорни имзолади. Бир вақтнинг ўзида Ўзбекистон Транспорт вазирлиги йўловчи поездларда чипта нархлари оширилишини эълон қилди. 🔴

https://t.me/ozodlikkanali

kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews Qarzga botgan “O‘zbekiston temir yo‘llari”da restrukturizatsiya - kompaniya yettita shirkatga bo‘linmoqda. Kompaniyaning jami qarzi qanchaligi ochiqlanmadi, biroq qarzlarni to‘lash muddati yana 5 yilga uzaytirildi va millionlab dollarlik yangi kreditlar olinmoqda. Qarzdan qutulish uchun kompaniyaning 6500 ishchisi ishdan bo‘shatildi, hozirda qisqartirishning ikkinchi bosqichi ketyapti. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25- sentabrida temir yo‘l tizimidagi kamchiliklarni keskin tanqid qildi va oradan ikki hafta o‘tib ushbu sohani tubdan isloh qilishga oid yangi qarorni imzoladi. Bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Transport vazirligi yo‘lovchi poyezdlarda chipta narxlari oshirilishini e’lon qildi. Uzbek | Uzbekistan | O'zbekiston | O'zbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #uzbekistan #tashkent #temiryul #amirlik #mirziyoyev #ramatov #qarz

Repost from Ozodlik
إظهار الكل...
OZODLIK FILMI: Ukraina urushi va o‘zbeklar (2 qism)

Бири ошпаз, бири шаурмачи, бири қурувчи, яна бири бозорчи - Украинада минглаб ўзбекистонлик ракета хавфи остида қолиб бўлса ҳам, тирикчилик қилмоқда. Бир ярим йилдан бери уруш ичида қолаётган бу давлатни тарк этмаган ўзбек кўп. Россия босқини бошланганда, ишини ташлаб чиққанларнинг ҳам кўпи қайтган. Постсовет ҳудудида меҳнат муҳожирларини ўзига тортган - Россиядан кейинги иккинчи давлат - Украинадир. Айрим ўзбеклар фронтда, аммо аксари фронт ортида. Зотан, ўзбекистонлик миллионлаб муҳожир ҳамда уларнинг бутун бошли оилаларини боққан даромад манбаи - хорижда топиладиган қора иш. Сентябрь ойи бошида Украинага сафар қилган Озодлик мухбири Барно Анвар у ерда кўплаб ўзбекистонлик ва марказий осиёликлар билан суҳбатлашди. Озодлик Украинадан ҳозирлаган фильмлардан бири фронтдаги жангчи ўзбеклар, яна бири Россия ишғолининг илк кунларида Бучада бедарак кетган сурхондарёлик 9 нафар меҳнат муҳожирининг тақдирига бағишланади. Озодлик фильмларини ўтказиб юборманг! Уларни томоша қилинг, тармоқларда бўлишинг ва фикр билдиринг. 🔴

https://t.me/ozodlikkanali

kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews Biri oshpaz, biri shaurmachi, biri quruvchi, yana biri bozorchi - Ukrainada minglab o‘zbekistonlik raketa xavfi ostida qolib bo‘lsa ham, tirikchilik qilmoqda. Bir yarim yildan beri urush ichida qolayotgan bu davlatni tark etmagan o‘zbek ko‘p. Rossiya bosqini boshlanganda, ishini tashlab chiqqanlarning ham ko‘pi qaytgan. Postsovet hududida mehnat muhojirlarini o‘ziga tortgan - Rossiyadan keyingi ikkinchi davlat - Ukrainadir. Ayrim o‘zbeklar frontda, ammo aksari front ortida. Zotan, o‘zbekistonlik millionlab muhojir hamda ularning butun boshli oilalarini boqqan daromad manbai - xorijda topiladigan qora ish. Sentabr oyi boshida Ukrainaga safar qilgan Ozodlik muxbiri Barno Anvar u yerda ko‘plab o‘zbekistonlik va markaziy osiyoliklar bilan suhbatlashdi. Ozodlik Ukrainadan hozirlagan filmlardan biri frontdagi jangchi o‘zbeklar, yana biri Rossiya ishg‘olining ilk kunlarida Buchada bedarak ketgan surxondaryolik 9 nafar mehnat muhojirining taqdiriga bag‘ishlanadi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin #ukraine #warinukraine #ukrainaurushi #uzbekistan #uzbek #uzbeks

إظهار الكل...
G'AZODAGI KASALXONA: "YUZLAB" QURBON

Ғазодаги “Ал Ахли” шифохонасида юзлаб инсоннинг ўлимига сабаб бўлган портлаш фонида АҚШ президенти Жо Байден Исроилга етиб борди. Ҳамас ва Исроил шифохонадаги портлашда бир-бирини айбламоқда. 🔴

https://t.me/ozodlikkanali

kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews G‘azodagi “Al Axli” shifoxonasida yuzlab insonning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash fonida AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga etib bordi. Hamas va Isroil shifoxonadagi portlashda bir-birini ayblamoqda.

إظهار الكل...
Ozodlik surishtiruvi: O‘zbeklarning Amerikaga xatarli yo‘li

Озодлик ижодий гуруҳи “Америка орзуси”да узоқ ва таҳликали сафарга отланган ўзбекистонлик ва марказий осиёлик бошқа муҳожирларнинг тақдирини ўрганиш мақсадида Мексика ва Қўшма Штатларга сафар қилди. Бугун сизга тақдим қилинаётган ҳужжатли фильмда муҳожирларнинг Ўзбекистондан Мексика орқали АҚШгача бўлган хатарли йўлининг харитаси тўлиқ чизиб берилади. Фильмда қуйидаги эпизодлар мавжуд: Боласини қутқараман деб Кариб денгизига чўкиб кетган эр-хотин; Картел қароқчилари томонидан ўғирланиб, асирликда ўтирган йигитлар; Тимсоҳларга тўла сувга тушган самарқандлик ҳикояси; Жунгли ўрмонларида шерга учраган муҳожирлар; АҚШ чегарасида оч-ночор тунаётган тошкентлик 70 яшар қария; Рейносада кўприк тагида ётган андижонлик йигитлар; Машинаси ва уйини сотиб йўлга чиққан, аммо қароқчилар томонидан туналганлар; АҚШга ўтиб “бомж” каби яшаётган муҳожирлар; Бу ва бошқа ҳикоялар учун Озодлик фильмини томоша қилинг! Фильмни тасвирга олиш жараёнида Озодлик мухбирлари Мексикада ўлим таҳдидига учради. Улар хавфдан қандай қутулди? Буни ҳам Озодлик суриштируви орқали билиб оласиз. 🔴

https://t.me/ozodlikkanali

kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews Ozodlik ijodiy guruhi “Amerika orzusi”da uzoq va tahlikali safarga otlangan o‘zbekistonlik va markaziy osiyolik boshqa muhojirlarning taqdirini o‘rganish maqsadida Meksika va Qo‘shma Shtatlarga safar qildi. Bugun sizga taqdim qilinayotgan hujjatli filmda muhojirlarning O‘zbekistondan Meksika orqali AQSHgacha bo‘lgan xatarli yo‘lining xaritasi to‘liq chizib beriladi. Filmda quyidagi epizodlar mavjud: Bolasini qutqaraman deb Karib dengiziga cho‘kib ketgan er-xotin; Kartel qaroqchilari tomonidan o‘g‘irlanib, asirlikda o‘tirgan yigitlar; Timsohlarga to‘la suvga tushgan samarqandlik hikoyasi; Jungli o‘rmonlarida sherga uchragan muhojirlar; AQSH chegarasida och-nochor tunayotgan toshkentlik 70 yashar qariya; Reynosada ko‘prik tagida yotgan andijonlik yigitlar; Mashinasi va uyini sotib yo‘lga chiqqan, ammo qaroqchilar tomonidan tunalganlar; AQSHga o‘tib “bomj” kabi yashayotgan muhojirlar; Bu va boshqa hikoyalar uchun Ozodlik filmini tomosha qiling! Filmni tasvirga olish jarayonida Ozodlik muxbirlari Meksikada o‘lim tahdidiga uchradi. Ular xavfdan qanday qutuldi? Buni ham Ozodlik surishtiruvi orqali bilib olasiz. #ozodlik_surishtiruvi #aqsh_meksika #amerika_orzusi

اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.