ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|

|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|

الذهاب إلى القناة على Telegram

Arab tilini ishonch va mukammallik bilan o‘rgan! Admin @Turos_ilmlari

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 820
المشتركون
-3124 ساعات
-3127 أيام
-1 73230 أيام
أرشيف المشاركات
📚 الكتاب، والباب، والفصل o‘rtasidagi farq Ilmiy kitoblarda «kitob», «bob» va «fasl» so‘zlari shunchaki bo‘lim nomlari emas. Ularning har biri masalalar o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasini bildiradi. 1️⃣ الكتاب — Kitob الكتاب: هو الجامع لمسائل متحدة في الجنس مختلفة في النوع. Ma’nosi: Kitob — jinsi bir xil, ammo turlari turlicha bo‘lgan masalalarni o‘zida jamlagan katta bo‘lim. 🔹 Sharh: Masalalar umumiy jihatdan bitta katta sohaga tegishli bo‘ladi, lekin uning ichidagi mavzular turli xil bo‘ladi. Masalan, fiqhda: كتاب الصلاة — «Namoz kitobi». Uning ichida tahorat, namoz vaqtlari, namozning shartlari, farzlari, sunnatlari va boshqa turli masalalar kelishi mumkin. ⸻ 2️⃣ الباب — Bob الباب: هو الجامع لمسائل متحدة في النوع، مختلفة في الصنف. Ma’nosi: Bob — turi bir xil, ammo navlari turlicha bo‘lgan masalalarni o‘zida jamlagan bo‘lim. 🔹 Sharh: Bu «kitob»ga qaraganda torroq bo‘limdir. Undagi masalalar bir turga mansub bo‘ladi, lekin ular o‘z navlari bilan farqlanadi. Masalan: باب أوقات الصلاة — «Namoz vaqtlari bobi». Bu bob ichida bomdod vaqti, peshin vaqti, asr vaqti, shom vaqti va xufton vaqti kabi turli masalalar keladi. ⸻ 3️⃣ الفصل — Fasl الفصل: هو الجامع لمسائل متحدة في الصنف، مختلفة في الشخص. Ma’nosi: Fasl — nav jihatidan bir xil, ammo shaxs jihatidan turlicha bo‘lgan masalalarni jamlovchi bo‘lim. 🔹 Sharh: Bu «bob»dan ham torroq bo‘lib, bir xil navga mansub bo‘lgan alohida masalalarni ajratib ko‘rsatadi. Masalan, bir faslda namozning muayyan bir masalasi haqida so‘z yuritilib, uning turli holatlari yoki alohida ko‘rinishlari bayon qilinishi mumkin. 📌 Qisqacha tartib: الكتاب → الباب → الفصل Ya’ni: Kitob → Bob → Fasl Kattaroq umumiy doiradan kichikroq va aniqroq masalalarga tomon boriladi. 📖 Manba: Mu‘jam al-Furuq al-Lug‘aviyya, 446-bet. https://t.me/sibavayhacademiyasi

📚 Nahvdan kichik sinov! Quyidagi jumlaga diqqat bilan qarang: الثعلب الذي يصيد دجاجة أحمر 🤔 Savol: دجاجة أحمر birikmasida أحمرning i‘robi qanday? Va nega دجاجة muannas bo‘lsa ham, أحمر muzakkar shaklda kelgan? 👇 Kim to‘g‘ri javob bera oladi? https://t.me/sibavayhacademiyasi

🧠 Nahv ahllari, diqqat! Videodagi latifaning nozik joyini kim tushundi? 😄 https://t.me/sibavayhacademiyasi Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇

🔥 TANLOV QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA! Hozircha O‘rta guruh talabalari tanlagan Aliy Tantoviyning “Tarixdan qissalar” kitobi oldinda bormoqda. 🏆 Ammo 50 kishilik marraga hali yetishlariga ancha bor. 👀 📚 Boshlang‘ich guruhlar soni kam bo‘lib qolsa ham, 10–15 kishilik guruhlar shaklida tashkil qilinishi mumkin. Darslar tizimli manhaj asosida, nahv, sarf, mutolaa, balog‘at kabi fanlar bo‘yicha bosqichma-bosqich olib boriladi. 📌 Ushbu formatdagi darslar pullik asosda tashkil etiladi. 🔥 Qaysi guruh birinchi bo‘lib 50 kishilik marraga yetadi? @AbuMustafo0101

أخي لن تنال العلم إلا بستة سأنبئك عن تفصيلها ببيان ذكاء وحرص واجتهاد وبلغة وصحبة أستاذ وطول زمان Tarjimasi: Ey birodarim, ilm
أخي لن تنال العلم إلا بستة سأنبئك عن تفصيلها ببيان ذكاء وحرص واجتهاد وبلغة وصحبة أستاذ وطول زمان Tarjimasi: Ey birodarim, ilmga olti narsasiz erisha olmaysan. Men ularning tafsilotini senga bayon qilib beraman: Zehn-zakovat, ilmga kuchli ishtiyoq, jidd-u jahd, yetarli mablag‘, ustoz bilan suhbat va uzoq vaqt. 📚 Ilmga eltuvchi olti yo‘l: 🧠 Zakovat 🔥 Ishtiyoq 💪 Mehnat 💰 Yetarli ta’minot 👨‍🏫 Ustoz ⏳ Uzoq vaqt Albatta, bularning barchasi to‘g‘ri niyat va ixlosdan keyingi sabablardir. Agar bu sifatlarning ayrimlari hali bizda mukammal bo‘lmasa, ilm yo‘lida to‘xtab qolmasligimiz kerak. Balki Allohga bo‘lgan muhabbat, ixlos va yaxshi niyat bilan yo‘lda davom etishimiz lozim. Zero, ilm yo‘li — bir kunda tugaydigan yo‘l emas. Muhimi, mukammal bo‘lish emas, yo‘ldan chiqib ketmaslikdir. 🌿 https://t.me/sibavayhacademiyasi

📚 SIBAVAYH AKADEMIYASI 🌱 BOSHLANG‘ICH GURUHGA QABUL Arab tilini shunchaki o‘rganish emas, balki arab tilidagi klassik ilmiy kitoblarni mustaqil mutolaa qilish va grammatik tahlil qila olish darajasiga yetishni istaganlar uchun maxsus dastur. 📖 BOSHLANG‘ICH BOSQICH Arab tilining asoslari quyidagi kitoblar orqali bosqichma-bosqich o‘rganiladi: ▫️ مبدأ القراءة — Mabda’ul-Qiroat ▫️ مبدأ الصرف — Mabda’us-Sarf ▫️ مبدأ النحو — Mabda’un-Nahv Shundan so‘ng: ▫️ جناح الطالب — Janoḥut-Tolib ▫️ مبدأ القراءة (١–٢) — Mabda’ul-Qiroat 1–2 kitoblari grammatik tahlil asosida o‘qiladi. 🎯 Maqsad: o‘quvchida arab tilidagi klassik kitoblarni mustaqil mutolaa qilish, tushunish va grammatik tahlil qilish malakasini shakllantirish. 🕰 Darslar: haftasiga 3 kun ⏱ Har bir dars: 2 soat ━━━━━━━━━━━━━━ 📚 1-BOSQICH Bu bosqichda arab tilining grammatik kitoblariga chuqurroq kirib boriladi. Sarf: ▫️ متن البناء — Matnul-Bino ▫️ Sharhi bilan Nahv: ▫️ الآجرومية — Al-Ājurūmiyya ▫️ Sharhi bilan Mutolaa va grammatik tahlil: ▫️ آداب طالب العلم — Ādābu Ṭālibil-‘Ilm ▫️ نور اليقين — Nūrul-Yaqīn ━━━━━━━━━━━━━━ 📚 2-BOSQICH Sarf: ▫️ تصريف العزي — Tasrīful-‘Izzī ▫️ Sa’duddin at-Taftazoniy sharhi bilan Nahv: ▫️ قطر الندى وبل الصدى — Qatrun-Nadā va Ballus-Sadā Muallif: Ibn Hishom al-Ansoriy ▫️ موصل الطلاب إلى قواعد الإعراب — Mūṣṣilut-Ṭullāb ilā Qawā‘idil-I‘rāb Muallif: Xolid al-Azhariy Balog‘at: ▫️ دروس البلاغة — Durūsul-Balāg‘a Ilm va adab: ▫️ تعليم المتعلم طريق التعلم — Ta‘līmul-Muta‘allim Ṭarīqut-Ta‘allum Muallif: Burhonuddin az-Zarnujiy ▫️ Va boshqa arab tilidagi klassik ilmiy asarlar. ━━━━━━━━━━━━━━ 📚 3-BOSQICH Bu bosqichda murakkabroq mumtoz arabcha matnlar chuqur grammatik va ilmiy tahlil asosida o‘qiladi. Nahv: ▫️ شذور الذهب في معرفة كلام العرب — Shuzūrudh-Dhahab Muallif: Ibn Hishom al-Ansoriy Sarf: ▫️ شذا العرف في فن الصرف — Shazal-‘Arf fī Fannis-Sarf Muallif: Ahmad ibn Muhammad al-Hamlaaviy Balog‘at: ▫️ الجواهر الحسان شرح مائة المعاني والبيان Muallif: Ibn ash-Shihna al-Hanafiy Mantiq: ▫️ إيساغوجي — Īsāg‘ūjiy Adab: ▫️ أدب الدنيا والدين — Adabud-Dunyā vad-Dīn Muallif: Abu Hasan Ali ibn Muhammad al-Movardiy ▫️ Va boshqa arab tilidagi mumtoz ilmiy asarlar. ━━━━━━━━━━━━━━ 🎯 SIBAVAYH AKADEMIYASINING ASOSIY MAQSADI Bu yerda maqsad faqat nahv va sarf qoidalarini yodlash emas. Asosiy maqsad — o‘quvchida: 📖 klassik arabcha kitoblarni mustaqil mutolaa qilish; 🔎 matnlarni grammatik tahlil qilish; 📚 sarf va nahv qoidalarini matn ustida qo‘llash; 📝 mumtoz ilmiy merosni asl arab tilida o‘qib, tushunish malakasini shakllantirish. Sibavayh Akademiyasi Arab tilini o‘rganing. Ilmiy merosni asl manbasidan mutolaa qiling. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👨‍🏫 @AbuMustafo0101 https://t.me/sibavayhacademiyasi

🌿 Eslatib o‘tamiz: Darslar boshlanishi uchun siz tanlagan kitob g‘olib bo‘lishi kerak. 📚 Shuning uchun do‘stlaringizni ham taklif qiling va o‘zingiz tanlagan kitobning g‘olib bo‘lishiga hissa qo‘shing! 🤝✨ 📩 Do‘stlaringizga yuborishni unutmang! https://t.me/sibavayhacademiyasi

Nahv o‘rganganlar tushunadi 😂 https://t.me/sibavayhacademiyasi

📖 كُلَّمَا قَرَأْتَ أَكْثَرَ، اكْتَشَفْتَ أَنَّكَ لَا تَعْرِفُ شَيْئًا… Qanchalik ko‘p kitob o‘qisang, shunchalik aslida hech narsani bilmasligingni anglay boshlaysan… فَالْكِتَابُ لَا يَمْنَحُكَ المَعْلُومَاتِ فَقَطْ، بَلْ يُغَيِّرُ طَرِيقَةَ نَظَرِكَ إِلَى الحَيَاةِ. Kitob senga faqat ma’lumot bermaydi, balki hayotga qarash tarzingni ham o‘zgartiradi. وَرُبَّ صَفْحَةٍ وَاحِدَةٍ قَرَأْتَهَا فِي وَقْتٍ مُنَاسِبٍ، غَيَّرَتْ فِيكَ شَيْئًا لَمْ تَسْتَطِعْ أَنْ تُغَيِّرَهُ سِنُونَ مِنَ التَّجَارِبِ… Ba’zan o‘z vaqtida o‘qilgan birgina sahifa, yillar davomida boshdan kechirgan tajribalaring o‘zgartira olmagan narsani senda o‘zgartirishi mumkin… فَلَا تَسْأَلْ: «كَمْ كِتَابًا قَرَأْتَ؟» بَلْ اسْأَلْ نَفْسَكَ: «كَمْ كِتَابًا غَيَّرَنِي؟» Shuning uchun: “Nechta kitob o‘qidim?” deb so‘rama. O‘zingdan: “Qancha kitob meni o‘zgartirdi?” deb so‘ra. https://t.me/sibavayhacademiyasi

📚 Boshlang’ich va 1-guruh uchun qabul boshlandi! Arab tilini shunchaki o’rganmang — uni tushunishni boshlang. Agar siz klassik arab tilini puxta o’rganishni, matnlarni mustaqil o’qishni va grammatik tahlil qilishni maqsad qilgan bo’lsangiz, bu kurs aynan siz uchun. Ta’lim qanday olib boriladi? 🔹 Har bir o’quvchi avvalo suhbatdan o’tkaziladi va bilim darajasiga mos guruhga joylashtiriladi. 🔹 Boshlang’ich guruh o’zbek tilidagi sodda Sarf va Nahv darsliklari bilan mustahkam poydevor yaratadi. 🔹 Shundan so’ng kitob tarjimasi va grammatik tahlil bo’yicha dastlabki amaliy ko’nikmalar shakllantiriladi. 🔹 Keyingi bosqichlarda esa klassik arab tilidagi kitoblar bosqichma-bosqich o’rganiladi. Kitoblar murakkabligi izchil oshib boradi va talaba o’zlashtirishiga mos ravishda rivojlanadi. Kurs yakunida siz: ✅ Klassik matnlarni mustaqil o’qiy olasiz. ✅ Grammatik tahlil qila olasiz. ✅ Matnni to’g’ri va mazmuniga mos tarjima qilish ko’nikmasiga ega bo’lasiz. Darslar haqida 🖥 Onlayn 📅 Haftasiga 3 kun 🕒 Har bir dars 1,5 soat Bu kurs kimlar uchun? • Klassik arab tiliga qiziqqanlar. • Arab tilini chuqur o’rganishni istaganlar. • Universitet, madrasa va boshqa ta’lim muassasalariga tayyorlanayotganlar. • Kelajakda arab tilidagi manbalarni mustaqil o’qishni maqsad qilganlar. Bilimingiz qaysi darajada ekanini suhbat orqali aniqlang va o’zingizga mos guruhdan joy band qiling. Bugun qo’yilgan mustahkam poydevor ertangi ilmiy yuksalishingizning asosiga aylanadi. 📌 Kurs narxi 350 000 so’m / oy 📚 Haftasiga 3 kun onlayn dars 🕒 Har bir dars — 1,5 soat Ilmga kiritilgan sarmoya — eng qimmatli sarmoyadir. 📩 Ro’yxatdan o’tish va murojaat uchun 👨‍🏫 Administrator: @AbuMustafo0101 📚 Telegram kanali: https://t.me/sibavayhacademiyasi 🔗 Arab tiliga qiziqqan do’stlaringizga ushbu e’lonni ulashishni unutmang. Balki bu ularning ilm yo’lidagi ilk qadami bo’lar. Sibavayh Akademiyasi — arab tilini chuqur va tizimli o’rganish sari ishonchli qadam.

قَدْ تَقْرَأُ صَفَحَةً وَاحِدَةً مِنْ كِتَابٍ، فَتَجِدُ فِيهَا مَا لَمْ تَجِدْهُ فِي مِئَاتِ الصَّفَحَاتِ… Ba’zan bir kitobdan atigi bir sahifa o‘qiysan-u, unda yuzlab sahifalardan topmagan narsangni topasan… وَلَيْسَ السِّرُّ فِي كَثْرَةِ مَا قَرَأْتَ، بَلْ فِي كَيْفَ قَرَأْتَ… Sir sen qancha o‘qiganingda emas, balki qanday o‘qiganingdadir… https://t.me/sibavayhacademiyasi

العِلْمُ لَيْسَ مَا حَفِظْتَهُ، بَلْ مَا غَيَّرَكَ. Ilm — yodlab olgan narsang emas, balki seni o‘zgartirgan narsadir. https://t.me/sibavayhacademiyasi

رُبَّ كَلِمَةٍ فَتَحَتْ لِصَاحِبِهَا بَابًا مِنَ العِلْمِ. Ba’zan birgina so‘z inson uchun ilmning butun bir eshigini ochadi. https://t.me/sibavayhacademiyasi

🎉 SIBAVAYH AKADEMIYASIDAN MAXSUS AKSIYA! 🎓 Al-Azhar universiteti bitiruvchisi ustoz bilan Arab tilini MUTLAQO BEPUL o‘rgani
🎉 SIBAVAYH AKADEMIYASIDAN MAXSUS AKSIYA! 🎓 Al-Azhar universiteti bitiruvchisi ustoz bilan Arab tilini MUTLAQO BEPUL o‘rganing! 📚 Quyidagi kitoblardan o‘zingizga mosini tanlang: 🟢 Boshlang‘ich — Mabda’ul Qiroat 🟢 Boshlang‘ich–o‘rta — Qisosul Anbiyo 🟡 O‘rta — قصص من التاريخ (Ali Tantoviy) 🔴 Yuqori — جدد حياتك (Muhammad G‘azzoliy) 📩 O‘zingizga yoqqan kitobni tanlang va administratorga murojaat qilib ro‘yxatdan o‘ting. ━━━━━━━━━━━━━━ 🏆 Aksiya shartlari ✅ Aksiya amalga oshishi uchun kamida 50 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tishi shart. 🗳 7 kun yakunida eng ko‘p ovoz to‘plagan kitob g‘olib bo‘ladi. 🎁 Mutlaqo bepul darslar faqat g‘olib bo‘lgan kitob bo‘yicha haftasiga 3 kun online tarzda olib boriladi. 🤝 Siz tanlagan kitob g‘olib bo‘lishini xohlaysizmi? Unda arab tiliga qiziqqan do‘stlaringizga ham ushbu e’lonni yuboring va birgalikda o‘zingiz yoqtirgan kitobni g‘olib qiling! ━━━━━━━━━━━━━━ 📢 Pullik guruhlarga ham qabul ochiq! 👥 Har bir guruh — 10 nafargacha. 📚 Yo‘nalishlar: • Harf maxrajlari • Jazariyya (ijozaga tayyorlov) • Nahv • Sarf • Arab adabiyoti • Balog‘at ━━━━━━━━━━━━━━ 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👨‍🏫 @AbuMustafo0101 📚 Telegram kanalimiz: https://t.me/sibavayhacademiyasi

📊 Sizni ko’proq qaysi fan qiziqtiradi? Kanalimizda qaysi fan bo’yicha ko’proq ilmiy va amaliy foydalar ulashishimizni istaysiz?
Anonymous voting

📢 Muhim yangilik! Endilikda Sibavayh Akademiyasi kanalida arab tilining asosiy fanlari bo’yicha muntazam ilmiy va foydali materiallar ulashib boriladi. 📚 Jumladan: • Sarf • Nahv • Balog’at Ushbu fanlardan qisqa, amaliy va tafakkurni boyitadigan ilmiy foydalar muntazam e’lon qilinadi. Arab tilini chuqurroq anglashni istasangiz, kanalimizni kuzatib boring va ilmga qiziqqan do’stlaringiz bilan ham ulashing. https://t.me/sibavayhacademiyasi

📚 Boshlang’ich va 1-guruh uchun qabul boshlandi! Arab tilini shunchaki o’rganmang — uni tushunishni boshlang. Agar siz klassik arab tilini puxta o’rganishni, matnlarni mustaqil o’qishni va grammatik tahlil qilishni maqsad qilgan bo’lsangiz, bu kurs aynan siz uchun. Ta’lim qanday olib boriladi? 🔹 Har bir o’quvchi avvalo suhbatdan o’tkaziladi va bilim darajasiga mos guruhga joylashtiriladi. 🔹 Boshlang’ich guruh o’zbek tilidagi sodda Sarf va Nahv darsliklari bilan mustahkam poydevor yaratadi. 🔹 Shundan so’ng kitob tarjimasi va grammatik tahlil bo’yicha dastlabki amaliy ko’nikmalar shakllantiriladi. 🔹 Keyingi bosqichlarda esa klassik arab tilidagi kitoblar bosqichma-bosqich o’rganiladi. Kitoblar murakkabligi izchil oshib boradi va talaba o’zlashtirishiga mos ravishda rivojlanadi. Kurs yakunida siz: ✅ Klassik matnlarni mustaqil o’qiy olasiz. ✅ Grammatik tahlil qila olasiz. ✅ Matnni to’g’ri va mazmuniga mos tarjima qilish ko’nikmasiga ega bo’lasiz. Darslar haqida 🖥 Onlayn 📅 Haftasiga 3 kun 🕒 Har bir dars 1,5 soat Bu kurs kimlar uchun? • Klassik arab tiliga qiziqqanlar. • Arab tilini chuqur o’rganishni istaganlar. • Universitet, madrasa va boshqa ta’lim muassasalariga tayyorlanayotganlar. • Kelajakda arab tilidagi manbalarni mustaqil o’qishni maqsad qilganlar. Bilimingiz qaysi darajada ekanini suhbat orqali aniqlang va o’zingizga mos guruhdan joy band qiling. Bugun qo’yilgan mustahkam poydevor ertangi ilmiy yuksalishingizning asosiga aylanadi. 📌 Kurs narxi 350 000 so’m / oy 📚 Haftasiga 3 kun onlayn dars 🕒 Har bir dars — 1,5 soat Ilmga kiritilgan sarmoya — eng qimmatli sarmoyadir. 📩 Ro’yxatdan o’tish va murojaat uchun 👨‍🏫 Administrator: @AbuMustafo0101 📚 Telegram kanali: https://t.me/sibavayhacademiyasi 🔗 Arab tiliga qiziqqan do’stlaringizga ushbu e’lonni ulashishni unutmang. Balki bu ularning ilm yo’lidagi ilk qadami bo’lar. Sibavayh Akademiyasi — arab tilini chuqur va tizimli o’rganish sari ishonchli qadam.

Arab tilini 2–3 yil o’qigan bo’lsangiz ham, klassik matnni mustaqil tahlil qilish siz uchun qiyinmi? Muammo vaqt kamligida em
Arab tilini 2–3 yil o’qigan bo’lsangiz ham, klassik matnni mustaqil tahlil qilish siz uchun qiyinmi? Muammo vaqt kamligida emas. Ko’p hollarda so’zlar va qoidalar ularning mohiyati anglanmasdan yodlanadi. Yodlangan ma’lumot vaqt o’tishi bilan unutiladi. Ammo malaka unutilmaydi. Shuning uchun biz darslarda faqat qoidalarni o’rgatmaymiz. Ularni matn ustida amalda qo’llashni, grammatik tahlil qilishni va ma’noni mustaqil anglashni o’rgatamiz. Chunki haqiqiy natija — ko’p yodlash emas, mustaqil o’qish va tahlil qila olishdir. Boshqalarga havolani ulashish uchun https://t.me/sibavayhacademiyasi Admin @AbuMustafo0101