|Sibavayh Akademiyasi | أكاديمية سيبويه|
الذهاب إلى القناة على Telegram
Arab tilini ishonch va mukammallik bilan o‘rgan! Admin @Turos_ilmlari
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 820
المشتركون
-3124 ساعات
-3127 أيام
-1 73230 أيام
أرشيف المشاركات
📚 SIBAVAYH AKADEMIYASI
🌿 Arab tilini o‘rganish oddiy til o‘zlashtirish emas — klassik ilmiy asarlarni asl manbalaridan o‘qish, tushunish va tahlil qilishni o‘zlashtirishdir!
📖 Nahv • Sarf • Balog‘at • Mantiq • Matn mutolaasi va tahlili
🎓 Boshlang‘ichdan yuqori bosqichgacha bosqichma-bosqich, tizimli ta’lim jarayoni.
✨ Maqsadimiz — arab tilini biluvchi emas, arab ilmiy merosini mustaqil o‘qiy oladigan mutaxassislar tayyorlash.
📩 Qabul va murojaat: @SibavayhAkademiyasi
📚 SIBAVAYH AKADEMIYASI
🌱 BOSHLANG‘ICH GURUHGA QABUL
Arab tilini shunchaki o‘rganish emas, balki arab tilidagi klassik ilmiy kitoblarni mustaqil mutolaa qilish va grammatik tahlil qila olish darajasiga yetishni istaganlar uchun maxsus dastur.
📖 BOSHLANG‘ICH BOSQICH
Arab tilining asoslari quyidagi kitoblar orqali bosqichma-bosqich o‘rganiladi:
▫️ مبدأ القراءة — Mabda’ul-Qiroat
▫️ مبدأ الصرف — Mabda’us-Sarf
▫️ مبدأ النحو — Mabda’un-Nahv
Shundan so‘ng:
▫️ جناح الطالب — Janoḥut-Tolib
▫️ مبدأ القراءة (١–٢) — Mabda’ul-Qiroat 1–2
kitoblari grammatik tahlil asosida o‘qiladi.
🎯 Maqsad: o‘quvchida arab tilidagi klassik kitoblarni mustaqil mutolaa qilish, tushunish va grammatik tahlil qilish malakasini shakllantirish.
🕰 Darslar: haftasiga 3 kun
⏱ Har bir dars: 2 soat
━━━━━━━━━━━━━━
📚 1-BOSQICH
Bu bosqichda arab tilining grammatik kitoblariga chuqurroq kirib boriladi.
Sarf:
▫️ متن البناء — Matnul-Bino
▫️ Sharhi bilan
Nahv:
▫️ الآجرومية — Al-Ājurūmiyya
▫️ Sharhi bilan
Mutolaa va grammatik tahlil:
▫️ آداب طالب العلم — Ādābu Ṭālibil-‘Ilm
▫️ نور اليقين — Nūrul-Yaqīn
━━━━━━━━━━━━━━
📚 2-BOSQICH
Sarf:
▫️ تصريف العزي — Tasrīful-‘Izzī
▫️ Sa’duddin at-Taftazoniy sharhi bilan
Nahv:
▫️ قطر الندى وبل الصدى — Qatrun-Nadā va Ballus-Sadā
Muallif: Ibn Hishom al-Ansoriy
▫️ موصل الطلاب إلى قواعد الإعراب — Mūṣṣilut-Ṭullāb ilā Qawā‘idil-I‘rāb
Muallif: Xolid al-Azhariy
Balog‘at:
▫️ دروس البلاغة — Durūsul-Balāg‘a
Ilm va adab:
▫️ تعليم المتعلم طريق التعلم — Ta‘līmul-Muta‘allim Ṭarīqut-Ta‘allum
Muallif: Burhonuddin az-Zarnujiy
▫️ Va boshqa arab tilidagi klassik ilmiy asarlar.
━━━━━━━━━━━━━━
📚 3-BOSQICH
Bu bosqichda murakkabroq mumtoz arabcha matnlar chuqur grammatik va ilmiy tahlil asosida o‘qiladi.
Nahv:
▫️ شذور الذهب في معرفة كلام العرب — Shuzūrudh-Dhahab
Muallif: Ibn Hishom al-Ansoriy
Sarf:
▫️ شذا العرف في فن الصرف — Shazal-‘Arf fī Fannis-Sarf
Muallif: Ahmad ibn Muhammad al-Hamlaaviy
Balog‘at:
▫️ الجواهر الحسان شرح مائة المعاني والبيان
Muallif: Ibn ash-Shihna al-Hanafiy
Mantiq:
▫️ إيساغوجي — Īsāg‘ūjiy
Adab:
▫️ أدب الدنيا والدين — Adabud-Dunyā vad-Dīn
Muallif: Abu Hasan Ali ibn Muhammad al-Movardiy
▫️ Va boshqa arab tilidagi mumtoz ilmiy asarlar.
━━━━━━━━━━━━━━
🎯 SIBAVAYH AKADEMIYASINING ASOSIY MAQSADI
Bu yerda maqsad faqat nahv va sarf qoidalarini yodlash emas.
Asosiy maqsad — o‘quvchida:
📖 klassik arabcha kitoblarni mustaqil mutolaa qilish;
🔎 matnlarni grammatik tahlil qilish;
📚 sarf va nahv qoidalarini matn ustida qo‘llash;
📝 mumtoz ilmiy merosni asl arab tilida o‘qib, tushunish
malakasini shakllantirish.
Sibavayh Akademiyasi
Arab tilini o‘rganing. Ilmiy merosni asl manbasidan mutolaa qiling.
📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👨🏫 @AbuMustafo0101
https://t.me/sibavayhacademiyasi
“Ilm talab qiluvchi kishining ilm olish yo‘lidagi eng buyuk do‘sti — uning himmatidir (qat’iyati va intilishi).
Agar himmati sust bo‘lsa, uning zakovati ham, boshqalardan ajralib turishi ham unga foyda bermaydi.
Aksincha, agar himmati yuksak bo‘lsa, hatto sust fahmliligi ham uni maqsadidan to‘xtatib qo‘ya olmaydi.
Himmat esa har qanday sharaf va yuksaklikka intiluvchi inson uchun eng yaxshi hamrohdir.”
https://t.me/sibavayhacademiyasi
📚 Arab tili fanlari (12 ilm)
Arab tili ilmlari besh katta bo‘limga bo‘linadi:
1️⃣ علوم الألفاظ (So‘zlar ilmlari)
🔹 متن اللغة (Lug‘at ilmi) — so‘zlar va ularning ma’nolarini o‘rganadi.
🔹 الاشتقاق (Ishtiqoq ilmi) — so‘zlarning kelib chiqishi va yasalishini o‘rganadi.
🔹 الصرف (Sarf ilmi) — so‘zlarning tuzilishi va shakllarini o‘rganadi.
2️⃣ علوم التراكيب (Tarkiblar ilmlari)
🔹 النحو (Nahv ilmi) — gap tuzilishi va i‘rob qoidalarini o‘rganadi.
3️⃣ علوم البلاغة (Balog‘at ilmlari)
🔹 المعاني (Ma’oniy ilmi) — so‘z va gaplarning vaziyatga mos qo‘llanishini o‘rganadi.
🔹 البيان (Bayon ilmi) — tashbeh, isti’ora va boshqa badiiy uslublarni o‘rganadi.
🔹 البديع (Badi’ ilmi) — nutqning lafziy va ma’naviy go‘zalliklarini o‘rganadi.
4️⃣ علوم الشعر (She’riyat ilmlari)
🔹 العروض (Aruz ilmi) — she’r vaznlari va bahrlarini o‘rganadi.
🔹 القوافي (Qofiya ilmi) — she’r qofiyalari va ularning qoidalarini o‘rganadi.
5️⃣ علوم الأداء والأدب (Ijro va adab ilmlari)
🔹 الرسم والإملاء (Rasm va imlo ilmi) — to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rganadi.
🔹 القراءة والأصوات (Qiroat va tovushlar ilmi) — to‘g‘ri talaffuz va harf maxrajlarini o‘rganadi.
🔹 الإنشاء والأدب (Insho va adab ilmi) — adabiy matn yaratish va arab adabiyotini o‘rganadi.
🌱 Arab tili nahv va sarfdan iborat emas. U o‘n ikki ilmni o‘z ichiga olgan ulkan ilmiy xazinadir.
https://t.me/sibavayhacademiyasi
Agar kutubxonangizda Sa’olabiy (الثعالبي)ning “Fiqh al-Lug‘a va Asrār al-‘Arabiyya” kitobi bo‘lmasa, siz juda katta yaxshilikdan mahrum qolibsiz.
Bu kitob hajman kichik bo‘lsa-da, arab tili va uning nozik sirlariga oid yozilgan eng buyuk asarlardan biri sanaladi. U shunday kitobki, ba’zan bir necha jildlik asarlarning o‘rnini bosa oladi.
https://t.me/sibavayhacademiyasi
Qozi Abul Hasan rahimahullohdan rivoyat qilinadi:
"Men Nishopurda fiqh ilmini o‘rganayotgan edim. Shunda bir to‘siq paydo bo‘lib, meni ilm olish va ta'limdan chalg‘itdi.
Bu holatni ustozim Imom Abul Qosim al-Qushayriy rahimahullohga aytdim. U zot menga shunday duo qilishni tavsiya qildilar:
اللَّهُمَّ لَا تُعِقْنَا عَنِ الْعِلْمِ بِعَائِقٍ، وَلَا تَمْنَعْنَا بِمَانِعٍ، وَاخْتِمْ لَنَا بِخَيْرٍ، وَاجْعَلْ عَوَاقِبَ أُمُورِنَا كُلَّهَا إِلَى خَيْرٍ، وَاكْفِنَا هُمُومَ الدُّنْيَا وَأَحْزَانَ الْآخِرَةِ
🌿 Ma'nosi:
"Allohim, bizni ilmdan biror to‘siq bilan to‘sib qo‘yma. Bizni biror monelik sababli ilm olishdan mahrum qilma. Ishlarimizning xotimasini yaxshilik bilan yakunla. Barcha ishlarimiz oqibatini yaxshilikka aylantir. Bizni dunyo tashvishlari va oxirat g‘amlaridan kifoya qil."
📚 التدوين في أخبار قزوين (3/348)
https://t.me/sibavayhacademiyasi
📌 1. Asosiy ilm sohalari
📖 النحو – gap tuzilishi va e‘robi
📖 الصرف – so‘zning tuzilishi va vaznlari
📖 البلاغة – go‘zal va chuqur ifoda
📖 الأدب – matn va she’r amaliyoti
📖 العروض – she’r vazni
📖 فقه اللغة – so‘z ma’nosi va tarixi
📖 الإملاء – yozuv qoidalari
📖 التجويد – to‘g‘ri talaffuz
https://t.me/sibavayhacademiyasi
https://t.me/sibavayhacademiyasi
📢 MUHIM E’LON
🌿 Yangi boshlang‘ich guruh uchun qabul ochildi!
📚 Darslar tartibli manhaj asosida olib boriladi.
Sarf va Nahvdan boshlab bosqichma-bosqich o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.
🎯 Maqsad — arab tilini mustahkam poydevor bilan o‘rgatish.
https://t.me/sibavayhacademiyasi
📩 Qabulga cheklangan odam qabul qilinadi.
Qiziqqanlar pastdagi adminga murojaat qilsin.
Admin:
@Arabtilimarkaz55
📖 Til va adabni mustahkamlovchi kitoblar:
البيان والتبيين — الجاحظ
الكامل — المبرّد
أدب الكاتب — ابن قتيبة
العقد الفريد — ابن عبد ربه
جواهر الأدب — الهاشمي
الأدب الكبير — ابن المقفع
نفح الطيب — المقّري
روضة العقلاء — ابن حبان
مداواة النفوس — ابن حزم
العود الهندي — السقّاف
https://t.me/sibavayhacademiyasi
📢 MUHIM E’LON
Bismillahir rohmanir rohim.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, yaqin kunlarda manhaj asosida arab tilini chuqur o‘rgatish darslari yo‘lga qo‘yiladi.
📚 Darslar quyidagi asoslarda olib boriladi:
— Sarf va Nahvni bosqichma-bosqich o‘rganish
— Matnlar bilan ishlash (mutoala)
— Ilmiy manhaj asosida tushuntirish
— Har bir bosqich uchun tartibli va izchil o‘quv tizimi
🎯 Maqsad:
Arab tilini faqat qoidalar sifatida emas, balki Qur’on va Sunnatni to‘g‘ri tushunishga olib boradigan ilmiy vosita sifatida o‘rgatish.
🌿 Bu yo‘l — sabr, ixlos va doimiylik talab qiladigan ilm yo‘lidir. Kim Alloh roziligi uchun kirsa, Alloh unga albatta osonlik va baraka ato qiladi, in shaa Alloh.
📌 Darslar:
— Boshlang‘ichdan to yuqori bosqichgacha
— Tizimli manhaj asosida
— Har bir talaba uchun tushunarli uslubda
✍️ Tez orada darslar boshlanish sanasi va ro‘yxatdan o‘tish tartibi e’lon qilinadi.
Alloh taolo bu ishni barakali qilsin va barchamizni foydali ilm sohiblaridan qilsin.
والله ولي التوفيق
https://t.me/sibavayhacademiyasi
♦ قال أبو منصور الثعالبي رحمه الله:
«العَرَبِيَّةُ خَيْرُ اللُّغَاتِ وَالأَلْسِنَةِ، وَالإِقْبَالُ عَلَيْهَا وَعَلَى تَفَهُّمِهَا مِنَ الدِّينَةِ، إِذْ هِيَ أَدَاةُ العِلْمِ وَمِفْتَاحُ التَّفَقُّهِ فِي الدِّينِ»
🌿 Tarjimasi:
“Arab tili tillarning eng yaxshisi va eng ulug‘idir. Unga yuzlanish va uni tushunishga intilish dinning bir qismidir. Chunki u ilm vositasi va dinni chuqur tushunish vositasidir.
https://t.me/sibavayhacademiyasi
♦ قال ابن الأثير رحمه الله تعالى:
«اللُّغَةُ العَرَبِيَّةُ هِيَ سَيِّدَةُ اللُّغَاتِ»
🌿 Tarjimasi:
“Arab tili — tillarning sayyidasidir (eng ulug‘i va eng sharaflisidir).”
📚 https://t.me/sibavayhacademiyasi
♦ قال سفيان الثوري رحمه الله تعالى:
«اعْلَمْ أَنَّ العِلْمَ إِنْ لَمْ يَنْفَعْكَ ضَرَّكَ»
🌿 Tarjimasi:
“Bilginki, agar ilm senga foyda bermasa, zarar yetkazadi.”
Ya’ni, ilmga amal qilinmasa, u qiyomat kuni egasiga hujjat emas, balki qarshi dalil bo’ladi
https://t.me/sibavayhacademiyasi
📖 قال ابن القيم رحمه الله:
“Ko‘pchilik insonlar ilm lazzatining shirinligini va uning qadr-qimmatining naqadar ulug‘ ekanini bilganlarida edi, unga erishish uchun qilichlar bilan kurashgan bo‘lar edilar.
Lekin bu lazzat mashaqqatlar pardasi bilan o‘ralgan, odamlar esa undan johillik pardasi sababli to‘silganlar. Alloh esa bu ne’matni O‘zi xohlagan bandalariga xos qiladi. Alloh buyuk fazl egasidir.”
📚 مفتاح دار السعادة (١/١٠٩)
https://t.me/sibavayhacademiyasi
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته
Ushbu Sibavayh Akademiyasi arab tilini ilmiy, tizimli va mustahkam manhaj asosida o‘rganishni maqsad qilgan talabalar uchun tashkil etildi.
Bizning yo‘nalishimiz — tilni faqat o‘rganish emas, balki uni tushunish, tahlil qilish va turos matnlariga kirish darajasiga yetkazishdir.
Academiya maqsadlari:
— Arab tilini bosqichma-bosqich, ilmiy tartibda o‘rgatish;
— Nahv va sarf ilmlarini chuqur va mustahkam shakllantirish;
— Talabani klassik matnlarni mustaqil o‘qish va tushunish darajasiga olib chiqish;
— Turos ulamolari asarlariga kirish uchun ilmiy asos yaratish.
Yo‘nalishlar:
📖 Nahv
📖 Sarf
📖 Mutolaa
📖 Muhodasa
📖 Lug‘at boyligi
📖 Turos matnlari
Alloh taolo ushbu ilmiy sa’y-harakatni barakali qilsin, uni O‘zining roziligi yo‘lida qilinsin va barchamizni foydali ilm bilan rizqlantirsin.
والله ولي التوفيق
https://t.me/sibavayhacademiyasi
