ar
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 720
المشتركون
-924 ساعات
-637 أيام
-1 73830 أيام
أرشيف المشاركات
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi.
– Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak,
– dedi davlatimiz rahbari. Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda.
Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi. O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi. Facebook|Instagram|X

– Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini
Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak,
– dedi Prezident. Elchilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bo‘lsa, tadbirkorlarni birinchi bo‘lib “qo‘lidan ushlab” olib borish vazifasi qo‘yildi. Eksportning 60 foizi to‘g‘ri kelayotgan 20 ta davlat va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularni o‘sha bozorga eng ko‘p eksport qilayotgan tadbirkorlarning o‘zi saylaydi. “Eksport elchilari” savdo tarmoqlari, sertifikat va marketing masalalarida boshqa tadbirkorlarga ko‘maklashadi. Ularning borish-kelish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik muammosi bo‘yicha ham yangi yengilliklar beriladi. Yil yakunigacha qarzni qoplash uchun bank hisobraqamiga valyuta qo‘yilsa, u eksport tushumi sifatida qabul qilinadi. Tovar uchun to‘lov kelmagan bo‘lsa ham eksportga cheklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tushum talabi olib tashlanadi. Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tushumini taʼminlash muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi. Facebook|Instagram|X

To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashq
To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashqi bozorda har bir dollar eksport uchun kuchli raqobat ketayotganini taʼkidladi. O‘rganishlarga ko‘ra, eksportchilarning 40 foizi xorijlik mijoz topishga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslashishga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi. Shu bois, tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulotning ro‘yxati shakllantiriladi. Har bir mahsulot bo‘yicha tashqi bozordagi raqobatchilar, tarif tizimi va logistika yechimlari ishlab chiqiladi. 2 mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtiriladi. Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun 50 ming dollargacha subsidiya ajratiladi. Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotg
Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi. “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham budjetdan qoplanadi. Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi. To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X

Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. End
Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X

Kichik tadbirkorlar uchun eng katta masalalardan biri – garov taʼminoti. Shu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredi
Kichik tadbirkorlar uchun eng katta masalalardan biri – garov taʼminoti. Shu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredit berish imkonini yaratadigan “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorning o‘ziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi. “Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sunʼiy intellekt portali ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi. Ikkinchi yo‘nalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish. Davlatimiz rahbari minglab gektar bo‘sh yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, ish o‘rni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratishini taʼkidladi. Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmali
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X

Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisq
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,
– dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahb
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyala
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!
– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin t
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. — Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах. Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как: – обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства; – расширение возможностей для бизнеса в регионах; – создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»; – наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки; – резкое сокращение административного давления на бизнес. Facebook|Instagram|X

👍 “Tashabbusli budjet” loyihasi amalda! 🇺🇿 Yangihayot tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yil 1-mavsumida g
+8
👍 “Tashabbusli budjet” loyihasi amalda! 🇺🇿 Yangihayot tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar asosida bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. 📍 Xususan, 72-sonli oilaviy poliklinika ham g‘olib loyihalar qatoridan o‘rin olgan edi. Mazkur loyiha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan to‘liq moliyalashtirildi hamda tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 🏢 Shuningdek, loyiha doirasida 3-sonli umum ta’lim maktabining binosi hamda futbol stadioni atrofi panjara bilan o‘ralib, tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, binoning tashqi qismi ta’mirlandi.

Xorazmda Yangi O‘zbekiston qiyofasi: ulkan o‘zgarishlar, yangi quvvatlar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi loyihalar. — Облик Нового Узбекистана в Хорезме: масштабные преобразования, новые мощности и проекты во имя благополучия людей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🥳Marhamat” mahallasida bayramona konsert dasturi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida “Mustaqillik to‘yi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda. 👍 Navbatdagi bayram tadbiri tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan “Marhamat” mahallasida o‘tkazildi. 🎼 Konsert dasturidan tuman madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar o‘rin oldi. Dilbar taronalar mahalla aholisi va tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 "Tashabbus" mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi 👍 Yangihayot tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni
+5
🇺🇿 "Tashabbus" mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi 👍 Yangihayot tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan tibbiy ko‘riklar izchil davom ettirilmoqda. 👍 Xususan, bugun "Tashabbus" mahallasida fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy markazi bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida o‘tkazildi. 🧑‍⚕️ Ko‘rik davomida malakali mutaxassislar tomonidan fuqarolaring salomatligi tekshirilib, fuqarolarning murojaat va shikoyatlari tinglandi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va muntazam tibbiy nazoratdan o‘tish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

#OAVvaBiz 🇺🇿 Yangihayot tumanida investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📊 Tuman hududiga Toshkent viloyatidan o‘tgan hududlarda ham ishlab chiqarish, infratuzilma va iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilib, yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda. ✅✅✅✅✅Jarayonlar OAV nigohida