Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 720
المشتركون
-924 ساعات
-637 أيام
-1 73830 أيام
أرشيف المشاركات
#OAVvaBiz
🇺🇿 Yangihayot tumanida investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📊 Tuman hududiga Toshkent viloyatidan o‘tgan hududlarda ham ishlab chiqarish, infratuzilma va iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilib, yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
✅✅✅✅✅Jarayonlar OAV nigohida
🌿 Mahallalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
🏡 Yangihayot tumanidagi mahallalarda hududlarni obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yo‘ldosh” mavzesi hududidagi ko‘chalar va yo‘l bo‘ylari supurilib, to‘plangan chiqindilar olib chiqilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 Yangihayot tumanining o‘z madhiyasi bor!
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
👍 11-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanining o‘z madhiyasi mavjud bo‘lib, uning so‘zlari shoira Zulfiya Mo‘minova tomonidan yozilgan.
👍 Madhiya tumanning taraqqiyoti, bunyodkorlik ruhi va Vatanga sadoqat g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, turli tantanali tadbirlar va bayramlarda ijro etib kelinadi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
🤼 Oramizda yosh sportchilarni tarbiyalab, ularning yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan kasb egalari ham bor.
🥋 Sezganingizdek, “Kasbim faxrim” loyihasining navbatdagi sonida yangihayotlik yoshlar bilan kikboks bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borayotgan murabbiy Sherzod Yuldashev bilan yaqindan tanishamiz.
👍 Loyiha qahramonimiz suhbat davomida sportga kirib kelish yo‘li, murabbiylik faoliyati, shogirdlar bilan ishlash tajribasi, intizomning o‘rni hamda erishilgan yutuqlari haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
🧹 “Yangi Turmush” mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi
📍 Bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yangi Turmush” mahallasidagi ko‘chalar va yo‘l yoqalari tozalanib, qurigan o‘tlar o‘rildi hamda qarovsiz hududlar tartibga keltirildi.
🌳 Shuningdek, hududdagi daraxt shoxlariga shakl berilib, to‘plangan chiqindilar ham olib chiqib ketilmoqda.
Jarayonlar videomizda
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
❗️Hurmatli yangihayotliklar!
🛠 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining ma’lum qilishicha, hududdagi eskirgan gaz taqsimlash punkti va yerosti gaz quvurini almashtirish ishlari toliq yakunlandi.
📍Shu munosabat bilan bugun, 15-avgust soat 17:00 dan boshlab, “Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Olchazor”, Xushnud, “Navqiron”, “Yorqinhayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, Al-Farg‘oniy, “Do‘stlik”, “Zarbdor”, “Toshkent”, “Fayzli” va “Chortoq” mahallalarining ayrim qismlarida gaz ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari boshlanadi.
🏠 Shu o‘rinda, gaz ta’minoti tiklangach, xonadonlaringizdagi ichki gaz qurilmalari va jihozlarining holatiga alohida e’tibor berishingizni so‘raymiz.
⚠️ Agar biror nosozlik yoki gaz sizib chiqishi holatini aniqlasangiz, darhol 104 qisqa raqamiga murojaat qiling.
🌿 "Yangi Darxon" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi
🏡 Yangihayot tumanidagi mahallalarda hududlarni obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Xususan, bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yangi Darxon” mahallasi hududidagi ko‘chalar va yo‘l bo‘ylari supurilib, to‘plangan chiqindilar olib chiqib ketilmoqda.
🌳 Shu bilan birga, boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari tomonidan daraxt shoxlari butalanib, yashil hududlarda tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
◻️"Yangi Umid" mahallasida hashar tashkil etildi
🧹 Hashar davomida mahalla hududi, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘chalar, yo‘laklar va bolalar maydonchalari tozalanib, tartibga keltirildi.
📌 Unda mahalla aholisi hamda katta-yu kichik birdek faol ishtirok etib, hududni yanada ozoda va tartibli saqlashga o‘z hissasini qo‘shdi.
Jarayonlar videomizda
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
🔶 “Viqor” mahallasida hashar tashkil etildi
🌱 Hashar — xalqimizga xos ezgu an’analardan biri bo‘lib, mahallalarni obod qilish, atrof-muhitni ozoda saqlash va aholi o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
📍Bugun erta tongdan tumanimizning barcha mahallalarida, xususan, “Viqor” mahallasida ham hududda yashovchi aholi ishtirokida hashar tashkil etildi.
Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, yo‘laklar va atroflar tartibga keltirilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🤝 Mahallalarimizni yanada obod va ozoda qilishda har birimizning hissamiz muhim. Yurtdoshlarimizni ham o‘z mahallalaridagi hasharlarda faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishga chorlaymiz.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
🇺🇿 “Fayzli” mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi
✂️ Tumanimizning “Fayzli” mahallasida hududning ozoda va obod ko‘rinishini ta’minlashga qaratilgan obodonlashtirish ishlari olib borildi.
🧹 Unda Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla hududidagi ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari va yo‘l bo‘ylari tozalanib, to‘plangan chiqindilar olib chiqib ketildi.
⚡️ Bu kabi tozalash va obodonlashtirish ishlari barcha mahallalarda tizimli davom ettirilmoqda.
+5
🇺🇿 Aholiga qulay va sifatli xizmat ko’rsatish borasida vazifalar belgilab olindi
🔸️ Bugun erta tongdan tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
📌 Saf yig‘ini davomida kunlik bajarilishi lozim bo’lgan mahallalarda, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish, aholidan tushayotgan murojaatlarni o’z vaqtida sifatli bartaraf etish hamda tuman aholisiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
+6
🥳 “Gulshanobod” mahallasida bayramona konsert dasturi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida “Mustaqillik to‘yi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.
👍 Navbatdagi bayram tadbiri tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan “Gulshanobod” mahallasida o‘tkazildi.
🎼 Konsert dasturidan tuman madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar o‘rin oldi. Dilbar taronalar mahalla aholisi va tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
🇺🇿 Yangihayot tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Yangihayot tumani hokimi hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar ishtirokida navbatdagi qabul tashkil etildi.
👍 Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, uy-joy ta’miri, tibbiyot hamda ishga joylashish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
👍 Murojaatlar mas’ul idora vakillari ishtirokida har tomonlama ko‘rib chiqildi. Natijada, muammolarning bir qismi ijobiy yechim topdi. Vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
👍 Fuqarolar murojaatlarini tinglash, muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🌿 Mahallalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
🏡 Yangihayot tumanidagi mahallalarda hududlarni obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Xususan, bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yo‘ldosh” mavzesi hududidagi ko‘chalar va yo‘l bo‘ylari supurilib, to‘plangan chiqindilar olib chiqilmoqda.
🌳 Shu bilan birga, boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari tomonidan daraxt shoxlari butalanib, yashil hududlarda tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:
– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;
– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;
– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;
– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;
– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;
– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.
Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.
Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X
+4
🇺🇿"Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda
📌 "Yo‘ldosh" mavzesida boshqaruv servis kompaniyalari hamda obodonlashtirish xodimlari tomonidan qurigan o‘t-o‘lanlar o‘rilib, to‘planib qolgan shox-shabba hamda maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmoqda. Shuningdek, hududdagi daraxt shoxlari butalanib, qarovsiz maydonlar tartibga keltirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Anhor.uz | Rasmiy kanal
Kabinetdan tashqaridagi hokim: Shavkat Umurzoqov Anhor.uz'ga intervyu berdi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 11-avgust kuni Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida Anhor.uz'ga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbatda renovatsiya va qurilishlardan tortib tirbandlik, kommunal infratuzilma, tanqid va hokimning shaxsiy javobgarligigacha bo‘lgan masalalar ko‘tarildi. Ayrim savollar, xususan, faoliyatidagi eng qiyin qarori va bugun boshqacha yo‘l tutgan bo‘larmidi, degan savollar poytaxt rahbarini ancha o‘ylantirdi.
▶️ Video: https://youtu.be/umFaXO2XyKA
Batafsil: https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/shavkat-umurzoqov-anhoruz-intervyu
@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
🇺🇿 Yangihayotda oilalar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar maskani qayta ochildi!
🥳 Yangihayot tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida maskan qayta ochildi.
👍 Kuni kecha maskanning qayta ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga yangilangan maskanning moddiy-texnik bazasi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
👍 Endilikda maskanda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda oilaviy munosabatlar madaniyatini shakllantirish, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish, shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot va ta’lim ishlari tizimli yo‘lga qo‘yiladi.
👍 Shuningdek, aholiga oilaviy maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, oilada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, xotin-qizlar hamda oila a’zolariga zarur huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish xizmatlarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
+7
🇺🇿 Aholiga qulay va sifatli xizmat ko’rsatish borasida vazifalar belgilab olindi
🔸️ Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
📌 Saf yig‘ini davomida kunlik bajarilishi lozim bo’lgan mahallalarda, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish, aholidan tushayotgan murojaatlarni o’z vaqtida sifatli bartaraf etish hamda tuman aholisiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
