ar
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 754
المشتركون
-224 ساعات
+1 6867 أيام
+3 49130 أيام
أرشيف المشاركات
Tarixiy lahzalar: O‘zbekiston Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini boshlandi! 🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!

YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI 📍 Bugun Yakkasaroy tumanidagi Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 319-sonli maktabda 17-iyun – Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🟢 Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ullari, “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi hamda “Yoshlar qanoti” faollari, pedagoglar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. ✔️Tadbir davomida oilada ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishda xotin-qizlarning o‘rni, yoshlar orasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. ⭐️ Tadbir yosh avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbat, ekologik mas’uliyat va yashil turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

🎬 BACKSTAGE 🎯 "Yashil hayot formulasi" podkastining navbatdagi soni uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. 🎬 Ushbu son davomida ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri, havo va suv sifati, ekologik muammolarning bugungi kundagi dolzarbligi hamda ularning oldini olish masalalari mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinadi. ⚡️ Qiziqarli va foydali muloqotni o‘tkazib yubormang!

🇺🇿Yoshlar oyligida doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yangi avlod” bolalar dam olish oromgohida "Ona tabiatni asrash" shiori ostida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida keng ko‘lamli ekologik-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 👥 Tadbirda 150 nafarga yaqin bolalar faol ishtirok etib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar uchun “Tabiat – bizning uyimiz” mavzusida seminar-trening, qiziqarli ekologik o‘yinlar, jamoaviy mashg‘ulotlar va rasmlar tanlovi tashkil etildi. 🏆 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar O‘zbekiston Ekologik partiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🤝 Kelajak avlod uchun musaffo va yashil muhitni birgalikda yaratamiz!

🇺🇿⚽️ O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda “Yosh ekologlar” qanoti jamoasi yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi! Bir maqsad, bir jamoa, bir g‘alaba sari!Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

#Fraksiya_yigilishi Fraksiyamizning bu galgi yig‘ilishida ham qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi. Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb
+5
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Dastlab, suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyilini keng joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlangandek, keyingi yillarda mamlakatimizda suv resurslarini samarali boshqarish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, irrigatsiya va melioratsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda sohani raqamlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha muhokama qilinib, fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.

FRAKSIYA YIG'ILISHI Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi Oliy Majlis Qonunchilik pal
+5
FRAKSIYA YIG'ILISHI Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyilini keng joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Eko Debat” loyihasi doirasida Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi. 🎙 Semin
+7
🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Eko Debat” loyihasi doirasida Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
🎙 Seminar davomida Yoshlar ishlari agentligining Raqamli xizmatlarni muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ul xodimi Boymurod Yunusov tomonidan loyiha doirasida o‘tkaziladigan debatlarni samarali tashkil etish, moderatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ishtirokchilar bilan ishlash hamda zamonaviy media vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
📍 O‘quv-seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan mas’ullar ham ishtirok etib, “Eko Debat” loyihasi doirasidagi bahs-munozaralarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

#Fraksiya_yigilishi Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Eko Debat” loyihasi doirasida Respublika o‘quv - seminari tashkil etiladi. 🎙 Se
🌿 O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Eko Debat” loyihasi doirasida Respublika o‘quv - seminari tashkil etiladi. 🎙 Seminar spikeri — Boymurod Yunusov - Yoshlar ishlari agentligining Raqamli xizmatlarni muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ul xodimi. 📍 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi 🕑 Vaqt: 14:00 🎓 Seminar davomida “Eko Debat” loyihasi doirasidagi debatlarni samarali tashkil etish, ishtirokchilar bilan ishlash, moderatorlik ko‘nikmalari hamda zamonaviy media vositalaridan foydalanish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar beriladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Yosh ekologlar” qanoti tomonidan yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari va ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli loyihalar va tanlovlar e’lon qilinadi. Yurtimiz taraqqiyoti, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yosh avlodning tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishni istagan barcha faol va tashabbuskor yoshlarni ushbu loyihalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
💚 Kelajak uchun mas’uliyatni his qiladigan, ekologik muammolarga yechim taklif eta oladigan va Yangi O‘zbekiston rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi! 📌 Tez kunlarda loyihalar shartlari, ishtirok etish tartibi hamda qabul muddatlari haqida batafsil ma’lumotlar O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Yosh ekologlar” qanotining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!Mustaqillikning 35 yilligini munosib nishonlashda ekologik tashabbuslarimiz bilan faol ishtirok etaylik!

Orolga hayot qaytmoqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev har doim xalqaro nufuzli anjumanlarda, har gal Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy darajadagi yig‘ilishlarida ishtirok etar ekan, Orol muammosini ham albatta, ko‘taradilar va bu yo‘nalishda muhim tashabbuslarni ilgari surib, dunyo hamjamiyati e’tiborini mintaqaga qaratadilar.
Bugun ana shu tashabbuslar doirasida olimlarimiz tomonidan misliko‘rilmagan ishlar olib borilib, quvonchli samaradorlikka erishilmoqda. Tarix o‘z sahifalaridan o‘chirishga urinayotgan buyuk Orol dengizi fusunkorligi yana o‘ziga qaytmoqda.
Ayni maskanlar 20 yil muqaddam ko‘rgan odam uchun tamomila o‘zgacha manzara kasb etgan. Bu jahon tarixida birinchi marta qurigan dengizning qutqarilishi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmas. Quyidagi videoda yanada to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lasiz👇 https://www.youtube.com/watch?v=VQ4h4z1Eu0E

🟢“Yoshlar oyligi”ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, 20 ga yaqin loyiha va tadbirlar o‘tkazish tasdiqlandi. 🟢Respublika miqyosida “Yoshlar oyligi”, 30-iyun – Yoshlar kuni hamda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida hududlarda “Yoshlar oyligi” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ekologik loyihalar, sport musobaqalari, ochiq muloqotlar va turli tashabbuslar keng ko‘lamda tashkil etiladi.
🟢Mazkur tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, vatanparvarlik va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

🟢Ekologik islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi 🟢Oliy Majlis Qo
+6
🟢Ekologik islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi 🟢Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kengaytirilgan tadbir tashkil etildi. Unda deputatlar, olimlar, Parlament tadqiqotlari instituti mutaxassislari, qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi. ✔️Tadbir davomida ekologik islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish va bu jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌱 Bugungi kunda ekologik muammolarni hal etishda yoshlarning tashabbuskorligi, innovatsion g‘oyalari va fuqarolik mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar nafaqat ekologik madaniyatni yuksaltirish, balki mamlakatimizda “yashil” taraqqiyot tamoyillarini qaror toptirishda ham muhim kuch hisoblanadi. 🟢Kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo atrof-muhitni yaratish yo‘lida yoshlarning faolligi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — barqaror rivojlanishning eng muhim omillaridan biridir. #Ekologiya #YoshlarFaolligi #YashilKelajak #EkologikIslohotlar #YoshlarParlamenti #AtrofMuhitniMuhofazaQilish

Jamoat transportidan foydalanish nafaqat manzilga yetib borish vositasi, balki zamonaviy va mas’uliyatli turmush tarzining muhim qismidir. ✔️Vaqtni tejaydi — maxsus yo‘laklar va samarali yo‘nalishlar orqali tirbandliklarda vaqt yo‘qotish kamayadi. ✔️Xarajatlarni qisqartiradi — yoqilg‘i, avtoturargoh va transport vositasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar talab etilmaydi. ✔️Atrof-muhitni asraydi — bir avtobus yoki metro o‘nlab avtomobillar o‘rnini bosib, havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini kamaytiradi. ✔️Yo‘l harakati yuklamasini kamaytiradi — shahar ko‘chalaridagi tirbandliklar qisqarishiga xizmat qiladi. ✔️Qulay va xavfsiz — zamonaviy jamoat transporti tizimlari aholining kundalik harakatlanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratmoqda. 🌱 Jamoat transportini tanlash — bu nafaqat shaxsiy qulaylik, balki toza havo, sog‘lom muhit va barqaror kelajak uchun qo‘shilgan munosib hissadir.

🟢Bugun mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” tashabbusi doirasida ko‘plab davlat xizmatchilari, jamoat tashkilot
🟢Bugun mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” tashabbusi doirasida ko‘plab davlat xizmatchilari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda turli soha mutaxassislari jamoat transportidan foydalanib, ushbu ekologik aksiyani qo‘llab-quvvatladilar. Mazkur tashabbus atmosfera havosining tozaligini saqlash, zararli chiqindilar hajmini kamaytirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining ushbu jarayondagi faol ishtiroki jamiyatda ekologik qadriyatlarni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik muammolarni hal etish faqat yirik loyihalar bilan emas, balki har bir fuqaroning kundalik hayotdagi mas’uliyatli yondashuvi bilan ham chambarchas bog‘liq. Jamoat transportidan foydalanish, piyoda yurish va ekologik xavfsiz transport vositalarini tanlash orqali har birimiz tabiatni asrashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. 🟢Yashil taraqqiyot va barqaror kelajak sari intilish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. “Avtomobilsiz kun” ana shu maqsadlar yo‘lida ekologik ong va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlovchi muhim tashabbus sifatida ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan nuroniy onaxon holidan xabar olindi. 🟢Bugungi nuroniyimiz — madaniyat sohasi faxriysi, elimiz suygan nuroniy Kiyik opa Abdireymova! Ma’lumot o‘rnida, Kiyik opa uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘iston televideniyesida fidokorona mehnat qilib, madaniyat va san’at rivojiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, marhum taniqli aktyor Quvvatbay Abdireymovning sodiq umr yo‘ldoshidir.
Suhbat davomida Kiyik opaning hayot yo‘li, boy tajribasi va uzoq yillik sermahsul faoliyati yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanligi alohida ta’kidlandi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari onaxonga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab, soha faxriylarini e’zozlash hamda ularning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash har doim e’tiborda bo‘lishini qayd etdilar.
🌿 Keksalarni qadrlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish xalqimizning asriy qadriyatlaridan biri bo‘lib, bunday xayrli tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaydi. 🌱Tabiat uchun birlashaylik !

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yakka yolg‘iz istiqomat qiluvchi nuroniy onaxon holidan xabar olindi. Ez
+5
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yakka yolg‘iz istiqomat qiluvchi nuroniy onaxon holidan xabar olindi. Ezgulik va mehr-muruvvat qadriyatlarini ulug‘lash maqsadida tashkil etilgan tashrif davomida nuroniy onaxon bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, uning hol-ahvoli, yashash sharoiti va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuvda yurtimizda keksalarni e’zozlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va munosib turmush sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, onaxonga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi. 🌿 Keksalarni qadrlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish xalqimizning asriy qadriyatlaridan biri bo‘lib, bunday xayrli tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaydi. 🌱Tabiat uchun birlashaylik !

🌿Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Nukus shahridagi “Hunarmand” markazida faol xotin-qizlar faoliyati bilan ta
+8
🌿Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Nukus shahridagi “Hunarmand” markazida faol xotin-qizlar faoliyati bilan tanishildi Xizmat safari doirasida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Hunarmand” markazi xotin-qizlarning mehnat faoliyati va ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishildi. Ayollar tomonidan yaratilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari, ularning ishlab chiqarish jarayonlari hamda kasb-hunar orqali bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, markazda tashkil etilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishilib, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🌸 Hunarmand ayollarning fidokorona mehnati, ijodkorligi va tashabbuskorligi nafaqat oilalar farovonligiga, balki milliy madaniyatimiz va iqtisodiyotimiz rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. 🌱Tabiat uchun birlashaylik !