cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Аbdushukur Xamzayev

Xamzayev Аbdushukur Xudoyqulovich O`zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi • www.ecouz.uzFacebook.com/abdushukur.hamzaevInstagram.com/abdushukurhamzaevYouTube.com/c/ecouz@A_Xamzayevga_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
18 246
المشتركون
-8124 ساعات
-1 0137 أيام
-2 94830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

01:41
Video unavailableShow in Telegram
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugun poytaxtimizda “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha IX Forum” boshlandi. Unda Partiya Markaziy kengashi rahbariyati, a’zolari va olimlar qanoti vakillari faol ishtirok etishmoqda. Mazkur tadbir 12-iyulga qadar davom etishi rejalashtirilgan. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
IMG_1792.MP419.54 MB
03:20
Video unavailableShow in Telegram
Abdushukur Xamzayev O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, professor:
Bugun butun dunyoda tuproq degradatsiyasining kuchayishi, cho‘llanish darajasining oshishi, suv taqchilligining ortishi, oziq-ovqat mahsulotlari tannarxi ko‘tarilish tendensiyasi ketayotganligi hammamizga ma’lum. Mazkur muammolarni bartaraf etishda eng avvalo yangi, ilg‘or texnologiyalar hamda ularning amaliyotga joriy etadigan kadrlarga ta’lab juda yuqori. Bugungi forum esa aynan shu masalalarga bag‘ishlangani, sohada faoliyat olib borayotgan, davlat arboblari, siyosatchilar, olimlarni bir platformaga jamlagani bilan ham barcha ishtirokchi davlatlar vakillari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
IMG_1790.MP439.71 MB
Оlimlar hamkorligi dunyoni qutqaradi Bugun Toshkentda o‘z ishini boshlagan “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha IX Forumi va Ipak yo‘li Alyansining yillik yig‘ilishi”da men ham ishtirok etdim. Yig‘ilishda Alyansga a’zo bo‘lgan 10 dan ortiq davlatlarning qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha 50 ga yaqin oliy ta’lim muassalarining rahbarlari va yetakchi olimlari qatnashmoqda. Aytish mumkin-ki, olimlar hamkorligi dunyoni qutqaradi. Bunga misol tariqasida butun dunyoni talvasaga solgan, millionlab insonlarni halok qilgan koronovirus pandemiyasini mamlakatimizda tarqalishini to‘xtatishda O‘zbekistonlik va Xitoylik olimlar hamkorligida yaratilgan vaksinaning millionlab yurtdoshlarimiz joniga oro kirganini keltirishimiz mumkin. Endi shunday hamkorlik qishloq xo‘jaligi ilmi sohasida ham davom etmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik I.Abduraxmonov boshchiligida o‘tayotgan yuqori salohiyatli mazkur xalqaro ilmiy-amaliy Forumda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ilmiy kadrlar va texnologiyalar almashinuvi bo‘yicha ham O‘zbek-Xitoy olimlari muhim kelishuv va hamkorliklarga erishishmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligining xorijiy-zamonaviy ilm-fan yutuqlarini sohada qo‘llashga qaratilgan shu kabi tashabbuslarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
Raqamli texnologiyalar atrof-muhitni asrashda muhim ahamiyat kasb etadi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida yosh dasturchilar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda partiya rahbari Abdushukur Xamzayev so‘zga chiqib, dunyodagi bugungi ekologik holat, mintaqamiz, xususan, mamlakatimizda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlari, ularning oldini olish borasida partiya tomonidan olib borilayotgan yangi yondashuvlar haqida gapirdi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlashda yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligi, ayniqsa, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslari muhim ekanligini qayd etdi. Tadbir doirasida partiya faoliyatini rivojlantirish, yashil hududlarni asrash, aholining ekologik bilim va madaniyatini yuksaltirishda yangi texnologiya va dasturlarni joriy etish, raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Yosh dasturchilar tomonidan ekologiyani asrash, partiya faoliyatini raqamlashtirish orqali yanada rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar bildirildi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
Kuni kecha Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumining “Markaziy Osiyo ekologik muloqoti: hamkorlik, rivojlanish va barqarorlik” mavzusidagi konferensiyasida ishtirok etdim. Konferensiyada ekologik barqarorlikni saqlashga qaratilgan  qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Biz “Markaziy Osiyo ekologik ittifoqi”ni tuzish taklifini bildirdik. Mintaqaviy ekologik muammolarni hal etishda bu juda muhim. Anjuman bugungi ekologik vaziyat uchun zarur muloqot platformasi bo‘ldi. Albatta, bu kabi muloqotlar o‘z samarasini beradi, bunday tadbirlarni ko‘paytirish kerak. Chunki ekologik muammo bir mamlakatga taalluqli emas, unga qarshi qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda kurashilsagina maqsadga erishiladi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha yoshlarni muborakbod etaman. Bugun mamlakatimiz ekologik siyosiyatni yuritish, qulay atrof-muhit yaratishda o‘zining tashabbuskorligi va faolligi bilan ilg‘orlar safida borayotgan yoshlarimizning soni tobora ortib borayotgani biz, ekologlarni juda quvontiradi. Aziz yoshlar, Vatanimizning ertangi kuni, taraqqiyoti, porloq kelajagi bevosita sizga bog‘liq ekanligini his qilgan holda bir soniya bo‘lsada olg‘a intilishdan to‘xtamang. Yana bir bor bayram muborak! Abdushukur Xamzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi
إظهار الكل...
01:51
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Ekologik partiyasining yoshlar qanoti faoli Dilmurod Yo‘ldoshevning xalqaro strategiyani ishlab chiqish va bosh qarorgohi O‘zbekistonda bo‘ladigan Xalqaro ekologik yoshlar qo‘mitasini tuzish takliflarini davlat rahbari qo‘llab-quvvatladi.Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
Talaba_3_tg.mp429.09 MB
Sariosiyo tumani hokimi ekologik muammoga jiddiy e’tibor qaratdi Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan tumanidan oqib o‘tuvchi To‘plang daryosi yoqasida chiqindilar to‘plangani, bu ham yetmagandek, daryoga oqava suvlar kelib qo‘shilayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari tomonidan tezkorlik bilan o‘rganish ishlari olib borilib, mutasaddilarni jalb qilgan holda chiqindilarni zararsizlantirish choralari ko‘rildi. Tuman hokimining topshirig‘iga binoan daryoga tashlanayotgan oqava suv tarmog‘i oqava suv tozalash inshootiga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi ushbu muammoga mas’uliyat bilan qaragan tuman hokimiga minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, barcha mutasaddilardan katta-yu kichik ekologik masalalarga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz. Zero, bu sog‘lom kelajak masalasidir. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
video_2024-06-27_19-46-12.mp455.95 MB
01:10
Video unavailableShow in Telegram
O’RMON Adbulla Oripov she’ri O’rmon xo’jaligi agentligi boshqarma boshlig’i O’ktam Davronov o’qidi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
💻Instagram😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
إظهار الكل...
C0001_11.mp482.76 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Tanqidiy va tahliliy maqolalari, jurnalistik surishtiruvlari va chiqishlari bilan ona tabiatimizni, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga katta hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni bugungi kasb bayrami, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan tabriklayman. Atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi ijodiy faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Abdushukur Xamzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi ___________________________________________ По случаю сегодняшнего профессионального праздника 27 июня — Дня работников печати и средств массовой информации от лица многочисленных членов Экологической партии Узбекистана поздравляю всех работников СМИ, журналистов и блогеров, внесших большой вклад в сохранение нашей родной природы и природных ресурсов с их критическими и аналитическими статьями, журналистскими запросами и выступлениями. Желаю Вам больших успехов и побед в Вашей творческой деятельности в области охраны окружающей среды. С праздником Вас! Председатель Центрального Совета Экологической партии Узбекистана Абдушукур ХамзаевFacebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.