Nilufar Matkarimova | Rasmiy
الذهاب إلى القناة على Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 757
المشتركون
+1 78224 ساعات
+1 6637 أيام
+3 46630 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
E’LON
O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 12-avgust kuni “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roʻli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan soha olimlari, amaliyotchi mutaxassislar va eko faol fuqarolar o‘zlarining ilmiy-tahliliy materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.
SHO‘BA YO‘NALISHLARI: 1. Ekologik barqarorlikni ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishda parlamentning roli: - ekologik qonunchilikni rivojlantirish; - milliy va xalqaro huquqiy standartlarni implementatsiya qilish; - ekologik huquq sohasidagi islohotlar. 2. Parlament nazorati va davlat ekologik siyosati samaradorligi: - parlament nazorati mexanizmlari; - davlat ekologik dasturlari ijrosini monitoring qilish; - ekologik xavfsizlikni ta’minlashda parlamentning institutsional o‘rni. 3. Iqlim o‘zgarishi, yashil iqtisodiyot va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlament faoliyati: - iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish; - yashil iqtisodiyotni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; - BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini milliy darajada amalga oshirish. 4. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ishtiroki va parlament diplomatiyasi: - ekologik ta’lim va tarbiya; - fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik; - ekologik masalalarda parlamentlararo hamkorlik va xalqaro tajriba almashinuvi.Konferensiya materiallari “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ilmiy-elektron jurnalining maxsus sonida chop etilishi rejalashtirilgan. JURNAL QUYIDAGI ILMIY PLATFORMALARDA INDEKSLANADI: ✅ OAK ✅ ISSN ✅ DOI ✅ Google Scholar
TEZIS RASMIYLASHTIRISH TALABLARI: Muallifning F.I.Sh. to‘liq ko‘rsatilishi; Ish joyi (OTM yoki tashkilot), ilmiy darajasi va lavozimi yozilishi; Muallifning rasmiy fotosurati ilova qilinishi (ixtiyoriy); Telefon raqami ko‘rsatilishi; ORCID identifikatori keltirilishi; 3 ta tilda annotatsiyasi; Maqola matni; Foydalanilgan adabiyotlar [1], [2], [3] ko‘rinishida rasmiylashtirilishi. MAQOLA RASMIYLASHTIRISH TALABLARI: Muallifning F.I.Sh. to‘liq ko‘rsatilishi; Ish joyi (OTM yoki tashkilot), ilmiy darajasi va lavozimi yozilishi; Muallifning rasmiy fotosurati ilova qilinishi (ixtiyoriy); Telefon raqami ko‘rsatilishi; ORCID identifikatori keltirilishi; 3 ta tilda annotatsiyasi; Imrad talablari asosida bo‘lishi; Maqola matni; Foydalanilgan adabiyotlar [1], [2], [3] ko‘rinishida rasmiylashtirilishi.MATERIALLARNI YUBORISH VA MUROJAAT UCHUN: Telegram: @iqtisodiyot_77 Telefon: +998 93 718 40 07 📍KONFERENSIYA O‘TKAZILADIGAN MANZIL: Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 1-uy. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 1-binosi. Materiallar 2026-yil 3-avgustga qadar qabul qilinadi. Konferensiya o‘tkazilganidan so‘ng o‘z maqolangizni quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin: https://t.me/yait_2100 ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
+3
🟢 “Eko-Debat” loyihasi yuzasidan hududlarga batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hududiy partiya tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirokida "Eko Debat" loyihasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida loyiha nizomi va uni o‘tkazish tartibi yuzasidan hududiy mas’ullarga batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tanlovni barcha hududlarda yagona yondashuv asosida tashkil etish, ishtirokchilarni saralash, baholash mezonlariga qat’iy amal qilish hamda jarayonlarning ochiq va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. "Eco Debate" loyihasi yoshlarning ekologik bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, ularda atrof-muhit muammolariga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va bahs-munozara madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.✔️ Hududlarda loyiha bosqichlari yaqin kunlarda start oladi. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz! #EcoDebate #EkologikPartiya #Yoshlar #Ekologiya #Debat #YashilKelajak
🌿 TABIAT BILAN BIR KUN
Tabiatni sevuvchi, ekologiyaga befarq bo'lmagan xotin-qizlarni ajoyib amaliy treningga taklif qilamiz!
Sizni nimalar kutmoqda? -Botanika bog'ida amaliy ekologik mashg'ulot; -Tabiat bilan yaqindan tanishish; -Foydali bilim va yangi tanishuvlar; -Unutilmas taassurotlar.Eng yaxshi yangilik! -Ishtirokchilar uchun Botanika bog'iga kirish mutlaqo BEPUL! 📅 Sana: 31-iyul (Juma) 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Botanika bog'i, Toshkent. 🌱 Agar siz ham tabiat qo'ynida mazmunli kun o'tkazishni istasangiz, bizga qo'shiling! 📩 Ishtirok etish uchun: 👉 @Feruza_Norkulova Joylar soni cheklangan. Shoshiling! Telegram | Instagram | Facebook
#ILM_FAN
2026-yilda ilmiy darajasi tasdiqlanganlar: oylar kesimida.
Oliy attestatsiya komissiyasining ochiq ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2026-yil 10-iyul holatiga 3 056 nafar talabgorning ilmiy darajasi tasdiqlangan.
Oylar kesimida:
✔️ Yanvar — 429 nafar
✔️ Fevral — 0 nafar
✔️ Mart — 803 nafar
✔️ Aprel — 553 nafar
✔️ May — 535 nafar
✔️ Iyun — 631 nafar
🔹 Iyul — 105 nafar
Eng ko‘p ilmiy daraja mart oyida — 803 ta, iyun oyida — 631 ta va aprel oyida — 553 ta tasdiqlangan.
E’tiborli jihati, tasdiqlashlarning asosiy qismi mart–iyun oylariga to‘g‘ri kelgan. Iyul oyi bo‘yicha ma’lumotlar 2026-yil 10-iyul holatiga keltirilgan.
Manba: Oliy attestatsiya komissiyasining ochiq ma’lumotlar bazasi
#Ilm_fan
2026-yilda ilmiy darajasi tasdiqlanganlar: oylar kesimida.
Oliy attestatsiya komissiyasining ochiq ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2026-yil 10-iyul holatiga 3 056 nafar talabgorning ilmiy darajasi tasdiqlangan.
Oylar kesimida:
🔹 Yanvar — 429 nafar
🔹 Fevral — 0 nafar
🔹 Mart — 803 nafar
🔹 Aprel — 553 nafar
🔹 May — 535 nafar
🔹 Iyun — 631 nafar
🔹 Iyul — 105 nafar
Eng ko‘p ilmiy daraja mart oyida — 803 ta, iyun oyida — 631 ta va aprel oyida — 553 ta tasdiqlangan.
E’tiborli jihati, tasdiqlashlarning asosiy qismi mart–iyun oylariga to‘g‘ri kelgan. Iyul oyi bo‘yicha ma’lumotlar 2026-yil 10-iyul holatiga keltirilgan.
Manba: Oliy attestatsiya komissiyasining ochiq ma’lumotlar bazasi
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
+4
O‘zbekiston ekologik partiyasi yoshlari MDH forumida
23–26 iyul kunlari Armaniston Respublikasining Kapan shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining «Yoshlar poytaxti – 2026» xalqaro loyihasi doirasida «MDH mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashda yoshlarning o‘rni» mavzusida xalqaro forum hamda MDH davlatlari Yoshlar ishlari bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbir MDH mamlakatlari o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/889 ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Repost from Аbdushukur Xamzayev
O‘zbekiston tashabbusi — jahon parlament minbarida qo‘llab-quvvatlandi!
❗️24-iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan "Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida"gi tarixiy rezolyutsiyani qabul qildi.
☝️Bu shunchaki hujjat emas. Bu O‘zbekiston ovozi bugun butun dunyoda eshitilayotganining, mamlakatimiz tashabbuslari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yorqin dalilidir. Rezolyutsiyaga dunyoning barcha mintaqalarini ifodalovchi 61 ta davlat hammuallif bo‘ldi, shuning o‘zi ko‘p narsani anglatadi.
Rezolyutsiya nimalarga chorlaydi? ▪️ 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish; ▪️ Milliy qonunchilikni takomillashtirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash; ▪️ Kambag‘allikni qisqartirish, munosib bandlik va sifatli ta’limni ta’minlash; ▪️ Xotin-qizlar va yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini oshirish; ▪️ Ijtimoiy rivojlanish uchun raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan foydalanish.Ayni damда hujjatda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi va qabul qilingan Toshkent Deklaratsiyasi ham alohida e’tirof etildi. Bu poytaxtimiz global parlament diplomatiyasining muhim markaziga aylanayotganining tasdig‘idir. Rezolyutsiya qabul qilinishidan avval O‘zbekiston BMTdagi Doimiy vakolatxonasi keng ko‘lamli siyosiy-diplomatik ishlarni amalga oshirdi, ko‘plab maslahatlashuv va ikki tomonlama muzokaralar barcha a’zo davlatlar manfaatini hisobga oladigan muvozanatli matnni kelishib olish imkonini berdi. Barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat va inklyuziv taraqqiyot — bular ekologik farovonlik bilan uzviy bog‘liq g‘oyalardir. Parlamentlar rolining kuchayishi kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizning mustahkamlanishi demakdir. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
+5
Yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirish ustuvor vazifa
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Zomin tumanidagi "Zomin bolalar oromgohi"da dam olayotgan bolalar ishtirokida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodning ekologik bilim va dunyoqarashini boyitish, ularda tabiatga mehr-muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.Tadbir doirasida bolalar uchun qiziqarli shaxmat va shashka musobaqalari, ekologiya mavzusiga bag‘ishlangan interaktiv so‘rovnomalar hamda turli viktorinalar o‘tkazildi. Ishtirokchilar atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash bo‘yicha o‘z bilim va fikr-mulohazalarini namoyon etdilar. Bellashuvlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan g‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное приоритетным задачам топливно-энергетической отрасли.
#Mirziyoyev #videoselektor #energetika #tahlil
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Fraksiya_yigilishi
Harbiy va idoraviy formali kiyim-boshlardan noqonuniy foydalanishga javobgarlik belgilanmoqda
Fraksiyamiz yig‘ilishida davlat tuzilmalari xodimlarining formali kiyim-boshidan noqonuniy foydalanishning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, harbiy va idoraviy formali kiyim-boshlarga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash kiyim-boshlarni joriy etish yoki ulardan foydalanish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Bunday huquqbuzarlik uchun formali kiyim-bosh musodara qilinib, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln so‘mdan 4,1 mln so‘mgacha) jarima qo‘llaniladi.
Mazkur qonun fuqarolarni chalg‘ituvchi holatlarning oldini olish, formali kiyim-boshlardan qonunga xilof foydalanishga chek qo‘yish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nufuzi va obro‘sini mustahkamlashga xizmat qilishi aytilmoqda.
📌 Kapan shahridagi intensiv bog'larda yuqori hosildor daraxt navlari bilan tanishdik.
Har bir daraxt tagida yorliq mavjud — unda daraxtning nomi, yoshi va sug'orish bo'yicha aniq instruksiya ko'rsatilgan.
Bu esa har bir ko'chatga individual yondashuv va nazoratni ta'minlaydi.
Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi! 🌳🍎
🇦🇲 Forum tashkilotchisi —MDHga a’zo davlatlar yoshlar ishlari bo‘yicha kengash raisi, Armaniston Respublikasi Ta’lim, fan, madaniyat va sport vazirining o‘rinbosari A.M. Martirosyanga Milliy bosh kiymimiz bilan O’zbekiston Ekologik partiyasining ramziy sovg’asi taqdim etildi.
A.Martirosyan tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e’tirof etilib, alohida hurmat ko’rsatildi.
+3
Kapan madaniyat va san’at muzeyining alohida “Tabiat” zalida Armanistonning tabiati musavvirlar tomonidan yaratilgan ijod na’munalari bilan boyitilganligi juda quvontirdi.
Yashil tabiatni qo’llab-quvvatlash va asrash g’oyalari har bir ijod na’munalarida aks etgan ajoyib muzeydan katta taassurotlar oldik.
+1
MDH mamlakatlari yoshlari bilan bir davrada🤩
Yoshlar jamoasi — tashabbuskor, iqtidorli liderlardan iborat.
Bizni birlashtirgan Forum davomida yosh liderlarni O’zbekiston Ekologik partiyasiga bo’lgan qiziqishlari, loyihalarimizga bo’lgan munosabati meni juda quvontirdi.
Yoshlar bilan yangi hamkorlik sari🤩
+5
"MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" xalqaro loyihasi doirasida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🔹Dasturda faol qatnashgan delegatsiyalar vakillariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
🔹Tashkilotchilar oʻz nutqlarida xalqaro hamkorlik, tajriba almashish va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi bunday uchrashuvlarning ahamiyatini alohida taʼkidladilar.
✔️Marosim yakunida loyiha natijalari sarhisob qilinib, MDH davlatlari oʻrtasida yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashildi.
+8
Oʻzbekiston delegatsiyasi Kapan tarixiy muzeyi bilan tanishdi
🔹"MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" loyihasining madaniy dasturi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Kapan shahridagi tarixiy muzeyga tashrif buyurdi.
🔹Delegatsiya aʼzolari muzey fondida saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, arxeologik topilmalar hamda Armaniston madaniy merosini aks ettiruvchi noyob namoyishlar bilan yaqindan tanishdilar.
✔️Bu tashrif nafaqat tarixiy bilimlarni boyitdi, balki xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalar va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
+8
"MDH Yoshlar poytaxti – Kapan 2026" loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etildi.
🔹Ishtirokchilar avval ishchi guruhlarga boʻlinib, loyiha metodologiyasi va ish yoʻnalishlari bilan tanishtirildi.
🔹Soʻngra "MDH davlatlarida sogʻlom turmush tarzi" mavzusida guruhli muhokamalar oʻtkazilib, yoshlar dolzarb masalalar boʻyicha oʻz taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.
🔝Har bir guruh oʻz ishlanmalarini taqdim etdi, yakunda esa istiqboldagi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.
