IDAedu_NAHV
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 093
المشتركون
+224 ساعات
+217 أيام
+23230 أيام
أرشيف المشاركات
1 093
Repost from IDA edu
Ilmda uzoqqa borgan insonlarning hayotiga nazar tashlasangiz, ularni birlashtiradigan muhim bir sifatni ko‘rasiz: ular ilmni o‘z hayotlariga moslashtirmaydi, aksincha hayotlarini ilmga moslashtiradi.
Ustoz qaysi vaqtni belgilasa, o‘sha vaqtni qadrlaydi. Boshqa ishlarini esa imkon qadar ilm atrofida rejalashtiradi.
Aynan mana shunday munosabat ilmning barakasini olib keladi. Chunki ilm fidoyilikni yaxshi ko‘radi. Qulaylikni emas.
قال بعض السلف:
مَنْ صَدَقَ فِي طَلَبِ الْعِلْمِ فُتِحَتْ لَهُ أَبْوَابُهُ
“Kim ilm talabida rostgo‘y va sidqidildan bo‘lsa, uning uchun ilm eshiklari ochiladi.”
1 093
Repost from IDA edu
Ilm yo‘lida muvaffaqiyat tasodifan nasib bo‘ladigan ne’mat emas. Uning ortida ixlos, sabr, odob va intizom yotadi.
Ko‘p insonlar ilm olishni xohlaydi. Ammo ilm har bir xohlovchiga emas, uning haqqini ado qilgan kishiga nasib etadi. Ilmning haqqi esa ustozni hurmat qilish, belgilangan tartibga rioya etish va ilmni dunyoviy mashg‘ulotlardan ustun qo‘ya olishdir.
Ilmga odob bilan kirgan insonning ilmi barakali bo‘ladi. Chunki odob — ilmning eshigidir.
قال الإمام مالك رحمه الله:
تَعَلَّمِ الْأَدَبَ قَبْلَ أَنْ تَتَعَلَّمَ الْعِلْمَ
“Ilmdan oldin odobni o‘rgan.”
