Booktopia nashriyoti
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kitobsevarlar uchun yangi olam! 🌀Klassik va zamonaviy adabiyotlar 🌀Maqsadimiz: Sizning tafakkur olamingizni boyitish. 🌀Bog’lanish uchun: 77-016-44-55 ❇️ Batafsil: www.booktopia.uz 🚚 Buyurtma uchun: @Booktopiapress_bot
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
205
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
+1
😮💨Hayotimizning qadrini o'lchash uchun nimalarni qurbon qilardingiz? 🐈⬛
🛍Bugun siz bilan adabiyotdagi eng noodatiy va shu bilan birga, eng og'riqli "savdo-sotiq" haqida gaplashamiz. Genki Kavamuraning "Mushuklar dunyodan g'oyib bo'lsa" asari o'lim bilan yuzma-yuz kelgan insonning o'zi bilan qilgan ichki hisob-kitobi.
🔔Bu kitob qanday tug'ilgan?
Muallif Genki Kavamura kinoprodyuser sifatida muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa-da, hayotning "tezligi" uni yutib yuborayotganini his qilgan. U o'zining shaxsiy tajribasi va yaqinlaridan ayrilish qo'rquvi, hayotning o'tkinchiligi haqidagi achchiq haqiqatlarni aynan shu asar orqali ifoda etgan. Kitobdagi bosh qahramon – yosh, o'limga mahkum yigit, aynan Kavamuraning o'zini anglash jarayonidagi "oynasi" deyish mumkin.
💬Tasavvur qiling, sizga bir kunlik umr berilgan. Lekin bir shart bilan: dunyodan bir narsani butunlay o'chirib tashlaysiz. Telefonmi? Kino? Balki... mushuklarmi?
Kavamura bizga shunday savol qo'yadiki, unda javob yo'q:
📌"Dunyo yanada mukammal bo'lishi uchun nimanidir yo'qotishga tayyormisan, o'sha narsa sening hayotingning bir bo'lagi bo'lsa hammi?"@Booktopia_press
"Javob bitta, lekin uni aniqlash yo‘li turlicha." ✨
Skott Yangning "Ultrabilim" kitobi — murakkab narsalarni tez va samarali o‘zlashtirish sirlarini ochib beradi. Bilim olishni yangi bosqichga olib chiqing! 🧠💡
📚Kitob nomi: Ultrabilim ✍️Muallif: Skott Yang 📖Betlar soni: 352❓Ultrao’rganuvchilar safiga qo’shilishga tayyormisiz?
🟠 "Murvatli apelsin": Shaxsiy fojia ortida yozilgan dahshatli asar
🏃Ba’zan adabiyot shunchaki hayolot emas, u yozuvchining yuragidagi o‘tib bo‘lmas yaralarning aksi bo‘lib chiqadi. Entoni Byorjessning "Murvatli apelsin" asari haqida gapirganda, ko‘pchilik uni sotsiologik tajriba yoki antiutopiya deb biladi. Ammo bu kitob ortida adibning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan mudhish bir xotira yotadi.
🌑 O‘sha qora kun
1944-yil. Ikkinchi jahon urushi avjida. Byorjessning homilador rafiqasi Linnet Londondagi ko‘chalardan birida to‘rt nafar amerikalik askar tomonidan vahshiylarcha kaltaklanadi va talon-toroj qilinadi. Bu mudhish voqea nafaqat ayolning sog‘lig‘iga, balki ularning bo‘lajak farzandiga ham o‘chmas zarar yetkazadi — ayol homilasidan ayriladi.
Byorjess bu dahshatli voqeadan so‘ng g‘azab va ojizlik hissiyotlari orasida qoldi. U o‘zini himoya qila olmaganlik azobini, insoniy shafqatsizlikning cheksiz ekanligini anglab yetdi.
😭Kitobdagi aksi
"Murvatli apelsin"dagi bosh qahramon Aleks va uning "do‘stlari" tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik sahnalari shunchaki yozuvchi fantaziyasi emasdi. Bu Byorjessning o‘z o‘tmishi, o‘sha qorong‘u ko‘chalar va inson qiyofasidagi yirtqichlarga bo‘lgan nafrati bo’lgan. Muallif kitob orqali bir savolni o‘rtaga tashlaydi:
"Agar inson o‘z irodasi bilan yomonlik qilmasa, u haqiqatan ham inson bo‘lib qoladimi? Yoki u shunchaki dasturlangan mexanizm — murvatli apelsinmi?"@Booktopia_press
🎯Har bir kitobxonning javonidan joy olishi kerak bo‘lgan, qayta-qayta mutolaa qilsangiz ham zeriktirmaydigan asarlar bular 📚✨
⚓️Martin Iden 🥹Usta va Margarita 🎨Askanio💫Bu kitoblar hayotga, muhabbatga va insoniylikka bo‘lgan qarashingizni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan o’zgacha olamlar. 📌 Sizning javoningizda bu uchlikdan qaysi biri bor? Yoki hali xarid qilishga ulgurmadingizmi?
🤔O‘tmishdan qochib, o‘zini topgan ayol 🏠
💔Ba'zida hayotimizda shunday pallalar bo‘ladiki, hamma narsani qaytadan, butunlay yangi sahifadan boshlashni istaymiz. Anna Brontening "Ijarachi" asarini o‘qiyotganda aynan shu hissiyotni tuyasiz.
🏃Bu kitobdagi Xelen Grem ismli ayolning taqdiri sizni ancha o‘ylantirib qo‘yadi. U qayerdandir qochib, o‘g‘li bilan qarovsiz bir qasrga ko‘chib keladi. Atrofdagilar esa uni turli mish-mishlar bilan o‘rab olishadi.
❓Nima uchun bu kitobni o‘qib ko‘rishingiz kerak? Sirli muhit: Kitob boshidan oxirigacha sizni "Xelen o‘zi kim va u nimalardan qochib yuribdi?" degan savol bilan ushlab turadi. Hayotiy darslar: Unda faqat romantika emas, balki hayotdagi qiyinchiliklarga qarshi turish, o‘z qadr-qimmatingni saqlab qolish va eng muhimi — noto‘g‘ri tanlovlardan keyin ham o‘zingni qayta kashf etish haqida samimiy fikrlar bor. Samimiy qalam: Anna Bronte juda nozik psixolog. U qahramonlarning ichki dunyosini shunchalik ishonarli tasvirlaydiki, o‘qiyotib ularning dardini o‘zingiznikidek his qilasiz.💡Agar sizga shunchaki ertak emas, insonning qulashi va qayta tiklanishi haqidagi haqiqiy, biroz og‘ir, lekin juda hayotiy asarlar yoqsa, "Ijarachi"ni albatta o‘qib ko‘ring.
"O'tgan kunlar" — endi jahon tillarida! 📖✨
⭐️O‘zbek adabiyotining durdona asari bo‘lmish "O‘tgan kunlar"ni ingliz tilida, ya'ni "Bygone Days" nomi ostida mutolaa qilish o‘zgacha hissiyot. Milliy qadriyatlarimiz va o‘lmas sevgi qissasi endi kengroq auditoriyaga yetib bormoqda. 🌍
📚Kitob nomi: Oʻtkan kunlar (Bygone Days) ✍️Muallif: Abdulla Qodiriy 🇺🇸Ingliz tili tarjimoni: Mark Edvard Riz 📖Betlar soni: 488💬Siz bu asarni ingliz tilida o‘qib ko‘rdingizmi? O‘z taassurotlaringiz bilan izohlarda o‘rtoqlashing! 👇
✉️Ba’zida hayot bizga shunday savollar beradiki, ularga javob topish uchun butun umr ham yetmaydi... 🌧️
⚡️Genki Kavamuraning bu asari sizni hayotga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qiladi. Juda ta’sirli va o‘ziga xos hikoya.
📚Kitob nomi: Mushuklar dunyodan g'oyib bo'lsa ✍️Muallif: Genki Kavamura 📖Betlar soni: 208❓Siz bu kitobni o‘qiganmisiz yoki o‘qishni rejalashtiryapsizmi? 🐈⬛📚
💎 "O‘tgan kunlar": O‘zbek adabiyotining o‘lmas tayanchi
⭐️Tasavvur qiling, 1920-yillar. O‘zbekiston yangi davr ostonasida, ammo xalq o‘zligini, o‘tmishini va qalbini aynan bir asar orqali qaytadan kashf etmoqda. Bu — Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar"i.
💬Xalq uni qanday kutib olgan?
O‘sha davr uchun "O‘tgan kunlar" portlovchi yangilik bo‘lgan. Odamlar ko‘chada, choyxonalarda kitobni qo‘lma-qo‘l qilib o‘qishgan. Bu asar o‘quvchini o‘zi yashayotgan davrdan uzib, XIX asrning murakkab va jozibali tarixiy muhitiga olib kirgan.
❓O‘zbek kitobxoni ilk bor o‘z adabiyotida shunchalik mukammal, ruhiy tahlilga boy va milliy ruh bilan sug‘orilgan sevgi qissasini ko‘rib, hayrat va cheksiz muhabbat bilan kutib olgan. Otabek va Kumush timsollari xalqning eng sevimli qahramonlariga aylangan.
#️⃣Sovet "qamchisi" va asar taqdiri
Biroq, asarning yorqin istiqboli sovet mafkurasi uchun xavfli edi. Mustabid tuzum milliy o‘zlikni anglashni, o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday sog‘inchli xotirani "eski dunyo sarqiti" deb atadi.
😰Abdulla Qodiriyning bu asari va undan keyingi ijodi qatag‘on qilindi. Yozuvchi o‘zining buyuk asari uchun "xalq dushmani" degan tamg‘a oldi. Asar uzoq yillar davomida senzura ostida qoldi, uning ruhiyatini o‘ldirishga, kitobxon xotirasidan o‘chirishga harakat qilishdi. Ammo haqiqat o‘lmaydi.
🌪Bugun esa "O‘tgan kunlar" o‘zining yangi renessansini boshdan kechirmoqda. Asarning ingliz tiliga tarjima qilinib, xalqaro kitobxonlar ommasiga yetib borishi — bu o‘zbek adabiyotining jahon adabiy xaritasidagi munosib o‘rnini tasdiqlashdir. Dunyo endi Otabekning sadoqati, Kumushning pokligi va Qodiriyning betakror qalamiga oshno bo‘lmoqda.
❓Ushbu asarning qaysi voqeasidan eng ko’p ta’sirlangansiz?
😠Ba’zida adabiyot inson ruhiyatining eng og‘riqli qirralariga ko‘zgu tutuvchi vositaga aylanadi. 📖
🔥Entoni Byorjessning «Murvatli apelsin» asari — bu shafqatsizlik va tanlov erkinligi haqidagi eng og‘ir romanlardan biri. Ayniqsa, asarning 37-38-betlarida tasvirlangan voqealar o‘quvchini larzaga solishi, inson tabiatining qorong‘u tomonlari haqida chuqur mushohada yuritishga majbur qilishi shubhasiz. Bu sahifalarni o‘qish — o‘ziga xos jasorat talab etadi.
📚Kitob nomi: Murvatli apelsin ✍️Muallif: Entoni Byorjess 📖Betlar soni: 264💬Siz bu asar bilan tanishmisiz? Asarning ruhiy ta’siri haqida o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang. 👇
💎Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" asari oddiy fantastik kitob emas, muallifning o‘z taqdiri bilan qon-qardosh bo‘lgan tengsiz romanlardan biri.
❌Bulgakov asarni yozish jarayonida o‘z davrining eng og‘ir senzura va cheklovlariga duch keldi. U yozuvchi sifatida tizim tomonidan butunlay yakkalab qo‘yilgan, asarlari chop etilmas edi. Hatto tarixiy bir fakt bor: Bulgakovning Stalin bilan bo‘lgan mashhur telefon suhbati yozuvchining ruhiy holati va kelajagiga qattiq ta’sir o‘tkazgan. U o‘zining qo‘lyozmalarini yashash va ijod qilish imkonsizligini tushunib, o‘tga tashlab, yoqib yuborgan edi. Biroq, u yodidan asarni qayta tikladi va vafotigacha – so‘nggi nafasigacha uni tahrirlashda va mukammallashtirishda davom etdi.
✏️Kitobdagi "Usta" obrazi – bu aynan Bulgakovning o‘zidir. Ustaning Pilat haqidagi romani nashriyotlar va tanqidchilar tomonidan qanday "ta’qib" qilingan bo‘lsa, Bulgakovning hayoti ham aynan shunday tushkunlik va kurash ichida o‘tdi. Asardagi senzura va tizim o‘yinlari – bu nafaqat Moskva adabiy muhitining satirik tasviri, balki yozuvchining o‘z ichki iztiroblari edi.
🔥Usta ham, Bulgakov ham tizimga qarshi o‘z qalamini "qalqon" qilib olgan edilar. Asardagi "Qo‘lyozmalar yonmaydi!" iborasi esa, bu haqiqiy san’atning totalitar tuzumlar va vaqt sinovidan o‘tib, baribir tirik qolishi haqidagi yozuvchining so‘nggi vasiyati va e’tiqodidir.
📚Kitob nomi: Usta va Margarita ✍️Muallif: Mixail Bulgakov 📖Betlar soni: 584✔️Ushbu kitobni sifatli oq qog'ozda va qattiq muqovada izlayotgan bo'lsangiz @Booktopia_press tomonidan nashr etilganini tanlang!
🤔Ba'zan o‘zimizni yolg‘iz, dunyodan uzilib qolgandek his qilamiz...
Go‘yo mayoq qarshisidagi kimsasiz sohil kabi. Ammo, Virjiniya Vulfning "Mayoq sari" asari bizga o‘sha yolg‘izlik aslida o‘z haqiqatimizga yetaklovchi ko‘prik ekanini eslatadi. 🕯️🌊
📚Kitob nomi: Mayoq sari ✍️Muallif: Virjiniya Vulf 📖Betlar soni: 304❓Siz ham ichki dunyongizga sayohat qilishga tayyormisiz?
💫Inson imkoniyatlarining chegarasi qayerda?
🧠Biz ko'pincha cho'qqilarga intilamiz, ammo eng katta cho'qqi — bu bizning ongimiz.
"Ultrabilim" bu tafakkur chegaralarini kengaytirish san'ati. U miyangizdagi neyronlar zanjirini yangicha uyg'otib, oddiy aql yuritishdan tizimli tafakkurga o'tishga yordam beradi.
📚Kitob nomi: Ultrabilim ✍️Muallif: Skott Yang 📖Betlar soni: 352🧠Agar siz ham o'z imkoniyatlaringizni cho'qqiga olib chiqmoqchi bo'lsangiz, bu kitob – sizning intellektual yo'l xaritangiz bo’la oladi.
📈Dostoyevskiy: Qatl maydonidan adabiyot cho‘qqisigacha. 🖋️
#️⃣Bu azoblar kelajakdagi buyuk asarlar uchun poydevor edi. Aynan shu qorong‘u davrlardan o‘tib, inson ruhiyatini chuqur anglagan yozuvchi "Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar" asarini dunyoga taqdim etdi.
✍️Dostoyevskiy nima uchun aynan shu mavzuni yozdi? Chunki u xo‘rlanganlar dardini o‘z tanasida his qilgan edi.
📌 "Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar" — Tez kunda
@booktopia_press
🔖 O‘z fikrlaringizni mustahkamlash uchun kuchli manba izlayapsizmi? Ba’zida shunchaki o‘qish yetarli bo‘lmaydi, tahlil qilish kerak.
🔔Kamoliddin Rabbimovning "Erkin millat poydevori" asari — davlatchilik, siyosiy onglilik va erkin jamiyat qurish yo‘lidagi muhim xulosalar haqida bizga muhim fikrlar bera oladi. Bu kitob nafaqat voqelikni tushunishga, balki kelajakka bo‘lgan qarashlaringizni tubdan o‘zgartirishga yordam beradi. Undagi har bir bob sizni chuqur mulohazaga chorlaydi. 🏛
📚Kitob nomi: Erkin millat poydevori ✍️Muallif: Kamoliddin Rabbimov 📖Betlar soni: 352✔️ Jamiyatdagi o‘zgarishlarga qanday qaraysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
🔖Hech bir kitob ta’sir qila olmayaptimi? Demak, hali o‘zingizga mosini topmagansiz.
📚Jek Londonning 'Martin Iden' asari — maqsad va o‘zligini izlash yo‘li. Agar hayotda o‘zgarish va yangi fikrlar izlayotgan bo‘lsangiz, bu asar aynan siz uchun. 🌊
📚Kitob nomi: Martin Iden ✍️Muallif: Jek London 📖Betlar soni: 528✔️Siz Martin Idenni o‘qiganmisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
+1
🎨"Askanio": San’at ichidagi kurash yoki shunchaki bir sevgi qissasi?
🌸Kecha videoda ko‘rganimiz — faqatgina go‘zal kadrlargina emas, Uyg‘onish davrining g‘alayonli muhabbat atmosferasini o'z ichiga olgan Askanio asari bilan bog'liq edi. Aleksandr Dyuma "Askanio"da sevgi haqida yozganda, uni shirin va yengil tasvirlamaydi. Aksincha, uni qizigan temirdek, san’atning o‘tkir tili va saroyning sovuq hisob-kitoblari orasida “toblangan” holatda ko‘rsatadi.
❤️🔥Nega bu roman boshqa sevgi qissalaridan farq qiladi?
Ko‘pchilik sevgi qissalarida qahramonlar faqat bir-biri uchun yashaydi. "Askanio"da esa sevgi — bu hayotning bir bo‘lagi. Bu yerda ijod, ustozlik va shogirdlik, o‘sha davrning shafqatsiz muhiti va eng muhimi — erkinlikka bo‘lgan chanqoqlik muhabbat bilan yonma-yon yuradi. Askanioning sevgisi o‘zligini, o‘z san’atini saqlab qolish uchun kechilgan kurashdek gap edi.
💌Bu qissada sevgi gohida haykaltaroshning qo‘lidagi loyga o‘xshaydi: u nozik, sindirib qo‘yish oson, lekin uni shakllantirish uchun juda katta jasorat kerak. U yerdagi hissiyotlar shunchalik realki, bugungi kunning o‘tkinchi tuyg‘ularidan biroz charchagan odam uchun bu kitob haqiqiy "jonli" tuyg‘ularni eslatib qo‘yadi.
🕯Bu sevgi — qaysar, biroz xavfli va nihoyatda samimiy. Aynan shu uchun ham u o‘quvchini o‘z domiga tortishi aniq.
Odatiy sevgi qissalaridan zerikdingizmi? 🥀
💔Ko‘pchilik uchun kitoblardagi sevgi — bu faqat ko‘z yoshlar va ayriliqdan iborat. Ammo Aleksandr Dyumaning "Askanio" asari bu qolipni sindirib tashlaydi.
💗Bu yerda muhabbat oddiy tuyg‘u emas — u Uyg‘onish davri Parijining xavfli intrigalari va saroy o‘yinlari girdobida omon qolish uchun eng kuchli qalqon. Bu yerda san’at va sevgi bir tan bo‘lib, vaqtni yengadi.
📚Kitob nomi: Askanio ✍️Muallif: Aleksandr Dyuma 📖Betlar soni: 640🫴Agar sizga o’zgacha tuyg’ular va voqeliklarga to’la kitob kerak bo’lsa, san’at va qon bilan sug‘orilgan haqiqiy tarixiy "vibe" kerak bo‘lsa, "Askanio" — siz izlagan asar.
Taqiqlar uni yo’q qila olmadi, aksincha, abadiylashtirdi. ✨
✍🏻"Usta va Margarita" — o‘z davrida yozuvchisi tomonidan qayta-qayta o‘chirilgan, taqiqlangan, lekin baribir yo‘q bo‘lib ketmagan asar. Muallif ilk qo‘lyozmasini yoqib yuborgandir, lekin haqiqiy asar kuldan ham qayta yozilaveradi.
📚Kitob nomi: Usta va Margarita ✍️Muallif: Mixail Bulgakov 📖Betlar soni: 584👀Siz bu durdonani o‘qib chiqdingizmi? Agar yo‘q bo‘lsa, kitob javoningizda turishi shart bo‘lgan asar aynan shu!
Repost from Nodirabegim
Romanni o'qishda qiyinchiliklarga duch kelish tabiiy hol va bu asarning o'ziga xos uslubi bilan bog'liq. Vulf voqealarni tashqi tomondan tasvirlash o'rniga, qahramonlarning miyasidagi chalkash fikrlar, xotiralar va tuyg'ularni tartibsiz holda beradi. O'quvchi personajning ongiga to'satdan sho'ng'ib ketishi kerak bo'ladi, bu esa an'anaviy hikoyalarga o'rganganlar uchun tushunarsiz tuyulishi mumkin.
Personajlar o'zlarining yashirin istaklari va qo'rquvlari haqida o'ylashar ekan, Vulf ularning fikrlarini bir-biriga chalkashtirib yuboradi. Bunda qaysi fikr qaysi qahramonga tegishli ekanini ajratish uchun o'quvchidan yuqori diqqat va sabr talab etiladi. Shu bois, asarni bir o'qishda hammasini tushunish qiyin. U ko'proq mulohaza qilishni talab qiluvchi intellektual asar hisoblanadi.
To'liq o'qish: https://literature.uz/article/mayoq-sari
Hamma narsa biz o'ylagandan ko'ra tezroq o'tib ketadi... ⏳
🍁Genki Kavamuraning "Mushuklar dunyodan g'oyib bo'lsa" asari aynan shu haqida — vaqtning qadri, o'lim va hayotning ma'nosi haqida. Bu hayotga bo'lgan qarashingizni o'zgartirib yuboradigan ta’sir asardir.
📚Kitob nomi: Mushuklar dunyodan g'oyib bo'lsa ✍️Muallif: Genki Kavamura 📖Betlar soni: 208🕰Siz hayotingizning qaysidir lahzasida "yashashga ulgurolmayapman" deb o'ylaganmisiz? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring. 👇
