𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
الذهاب إلى القناة على Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
244
المشتركون
-224 ساعات
-247 أيام
-5830 أيام
أرشيف المشاركات
244
Dars qilish jarayonida bo'shashish va malollikni quyidagi amallar bilan ketgaziladi:
1.Saqich chaynash;
2.Xonadan tashqariga ochiq havoga chiqish;
3.Bir xonadan ikkinchi xonaga ko'chib joyini almashtirish;
4.Sovuq suv yoki issiq suv ishlatib yengil hammom qilish;
5.Yoqimli ichimlik ichish;
6.Yengil taomlanish;
7.Do'sti yoki birga o'tirgan kishi bilan gaplashish;
8.She'r o'qish;
9.Ovoz chiqarib Qur'on tilovat qilish;
10.O'tirish holatini o'zgartirish;
11.Yurish yoki yuqoriga chiqish;
12.O'qilayotgan kitob yoki mavzuni almashtirish.
Shu kabi amallar bilan darsda davom etish.
Har bir jismning salohiyati va har bir tetiklikning kaliti bor.Bu narsa oqil ishtiyoqmandlarga sir emas.
“Ulamolar nazdida vaqtning qadri"kitobidan📚
03 يونيو, 04:09
244
+1
🩺💊 Hozirgi kunlarda amaliyotdaman. O‘rganish, izlanish va o‘sish jarayonida.
Har bir kun — yangi tajriba, har bir tajriba — yangi saboq. Bilim va tajriba sari qo‘yilgan har bir qadam kelajakdagi yutuqlarga zamin bo‘ladi.
ان شاء الله✨
03 يونيو, 02:24
244
Sukut qil, ko‘nglim...
Ko‘p gapirma. Kamroq so‘zla, ishimiz oldinga siljish.
Oz so‘zla, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin.
Sukut qil, ko‘nglim. Bir alif miqdoricha bo‘lsa ham sukut qil...
Bahorga oz qoldi. Chida, ko‘nglim. Bilaman, qalbing dengizdagi ko‘rinmas to‘lqinlar kabi bezovta. Agar kutishdan boshqa choramiz bo‘lganida, seni aslo to‘xtatmasdim. Lekin boshqa choramiz yo‘q.
Unutma, dori ham vaqt bilan ta'sir qiladi. Gul ham o‘z vaqtidan avval ochilmaydi.
Sukut qil, ko‘nglim. Bu qish bahorga aylanguncha. Bu tun tongga ulanguncha. Uzoq yo‘llar yaqinlashguncha. Tashvishlar ortidan farog‘at kelguncha. Va ko‘zlarimiz diydor yoshlari bilan namlanguncha...
Sukut qil, ko‘nglim.
Seni sendan ham yaxshi bilgan Robbingning hukmi voqe bo‘lguncha. Nasibing senga yetib kelguncha.
Erisha olmaganlaring nasibing emasligini anglaguningcha sukut qil. Va bilki, senga atalgan narsa hech qachon seni chetlab o‘tmaydi... 🌷🤍
02 يونيو, 12:37
244
+1
Shuni bildimki, yaxshilik qilish ham nasiba ekan. Mehr, muhabbat, pok qalb hatto insoniylik ham nasiba ekan. Avvallari yomonlik qilishayotganini ko’rsam xafa bo’lardim. Endi esa uning nasibasi shu qadar ekanda deb qo’yaman.
01 يونيو, 13:56
244
Yozning ilk kuni ham boshlab oldik...
Oldimizda 3 oylik imkoniyatlar fasli turibdi. Har bir kunni foydali va mazmunli o'tkazish uchun o'zingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz?
01 يونيو, 08:18
244
😅 Ayam: "Uyga kelsang dam olasan", degan edilar... Lekin uy ham meni kutib turgan ishlar bilan toʻla ekan. 😂
31 مايو, 08:21
244
+6
Taqdiringga yozilgan narsa uchun shoshilma. Chunki sen uchun atalgan rizq ham, baxt ham, nasiba ham sendan o‘tib boshqasiga ketmaydi. Alloh yozgan narsa o‘z vaqtida, eng go‘zal tarzda senga yetib keladi. 🤍✨
30 مايو, 13:29
244
Inson o‘zidagi ne’matlarni qadrlab, ularga shukr qilsa, boshqalarning hayotiga havas bilan qarashga ehtiyoj sezmaydi.
Bir lahza o‘ylab ko‘raylik: biz ko‘pincha yo‘qligidan noliydigan narsalardan ko‘ra, borligi uchun shukr qilishimiz kerak bo‘lgan ne’matlarimiz ancha ko‘p emasmi?
30 مايو, 06:56
244
بَعْضُ الغُرُوبِ يُشْبِهُ أَرْوَاحَنَا… هَادِئٌ وَمُمْتَلِئٌ بِالحَنِين ✨
Ba’zi shomlar ruhimizga o‘xshaydi — sokin va sog‘inchga to‘la.
30 مايو, 02:28
244
Tafakkur qiling...
Ba’zan jimlik — eng baland so‘zdir.
Ba’zan sukut — eng chuqur tafakkurdir.
Inson ko‘p gapirgan sari, yuragini eshitmay qo‘yadi.
Ammo bir daqiqa to‘xtab, o‘zingizni tinglasangiz — ichingizda bir dunyo borligini his qilasiz.
Hayot — shunchaki o‘tib ketayotgan lahzalar emas,
balki har lahzada yashirin ma’noni topishdir.
Ko‘zingizni emas, qalbingizni oching.
Atrofingizdagi har narsa sizga bir saboq, bir ishora, bir xabar olib kelmoqda.
Tafakkur qiling…
Kim edingiz, kim bo‘ldingiz, va aslida kim bo‘lmoqchisiz?
Har bir javob — Allohni tanish sari yana bir qadamingizdir.
29 مايو, 11:54
244
🎀Qalbda nima bo‘lsa – atrofga ham o‘sha taraladi!
Inson qalbi — hayotining markazi. Qalbda qanday tuyg‘u bo‘lsa, u baribir so‘zida, yuzida va atrofga bo‘lgan munosabatida sezilib qoladi. Hatto gapirmasa ham, odamning ko‘zlari va muomalasi qalbida nima yashirinayotganini bildirib qo‘yadi.
Agar qalbingizda muhabbat, rahm-shafqat, shukr va tinchlik bo‘lsa — sizning atrofingizdagi insonlar ham o‘zingizni ko‘rib yengil tortadi, huzur qiladi. Ular sizdan ijobiylikni oladi. Go‘yo quyoshning nuri hammani isitgani kabi, sizning qalbingizdagi iliqlik ham boshqalarga yetadi.
Lekin qalbda g‘azab, hasad, nafrat yoki alam bo‘lsa, bu ham yashirinib qolmaydi. So‘zlar qo‘pol, muomala sovuq bo‘ladi. Atrofdagilar sizning yoningizda o‘zini noqulay his qiladi. Shuning uchun qalbni doim poklash, yaxshi fikr va yaxshi niyatlar bilan to‘ldirish zarur.
Payg‘ambarimiz ﷺ aytganlar:
“Inson tanasida bir go‘sht bo‘lagi bor. Agar u sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. Agar u buzilsa, butun tana buziladi. U – qalbdir.” (Imom Buxoriy rivoyati)
Demak, qalbimizni asrash – nafaqat o‘zimiz uchun, balki atrofimiz uchun ham katta mas’uliyatdir. Chunki qalbda nima bo‘lsa, hayotimizga ham o‘sha tarqaladi.
28 مايو, 12:35
244
+1
Hayitlik… 😄✨
Eshitilishi bilan kayfiyat ko‘tarilib ketadigan so‘z-da… 🤭💸
27 مايو, 05:17
244
Koʻp-koʻp hayitlik olgim bor… 😄✨
Kimningdir berish niyati yo‘qmi… 🤭📚
Hayit kelishi bilan ichimizdagi “kichkina bola” uyg‘onib ketadi shekilli. 🌙🤍
26 مايو, 00:25
244
Arafa kuni…
Qalbdagi eng yashirin niyatlar ham duo bo‘lib osmonga ko‘tariladigan muborak kun.
Arafa kuni aytiladigan mustahab zikr va duolar bilan tilingizni band qiling. Arafa kuni peshindan asrgacha boʻlgan vaqt duo ijobat boʻladigan vaqtlardan hisoblanadi. Nima hojatingiz, mushkulotingiz boʻlsa Alloh taolodan soʻrang. Gunohlarimizni kechirishini soʻrab duo qiling. Va biz musulmon birodarlaringizni ham unutmang. Allohim duoyingizni ijobat qilsin. ✨
Iloji boricha roʻzador holatda oʻtkazishga harakat qiling.
Alloh taolo sizu bizdan solih amallarimizni qabul qilsin. Amiyn ya robbal a’lamiyn.
Arafa muborak boʻlsin!
Bizni ham duolaringizda eslab qo‘yishni unutmang. 🤲
25 مايو, 18:09
244
Alloh satrni ko'tarib qo'ysa,
Gunohlarimiz hammaga oshkor bo'lsa,
Hamma sharmanda bo‘lib, hech kim bir biriga qaray olmasdi.
Insonlarni aybini ko'rishdan oldin oynaga qarang.
O'zingiz aybsiz, farishtamisiz?
Isloh qilishimiz kerak bo‘lgan avvalo o‘zimizmiz.
Nafsimiz...
O'zim va boshqalarga.
25 مايو, 12:01
