uz
Feedback
Korean Step

Korean Step

Kanalga Telegram’da o‘tish

🇰🇷 Muzaffar 선생님 bilan Koreys tilini 0 dan mukammalgacha bosqichma-bosqich 📘 Oson tushuntirish 🗣 Gapirishga urg‘u ✍️ Hangul + grammatika 🎧 TOPIK & EPS-TOPIK 💯Real koreyscha 📩 Savollar va darslar uchun: @M_sonseng 🔗 t.me/korean_step

Ko'proq ko'rsatish
224
Obunachilar
-124 soatlar
-57 kunlar
-930 kunlar
Postlar arxiv
Bu juda ham muhim! 2020-yildan so‘ng insoniyat hayoti haqiqiy ma‘noda o‘zgarib yangi darajaga chiqdi.Xususan,koreya va koreys tili tomonlama qaraydigan bo‘lsak,K-POP va KDRAMAlarga qiziqish ortishi bilan birga K-POP guruhlari va KDRAMAlar ham ko‘paydi va oldingiga nisbatan anchagina o‘zgardi. Avvalari Koreys dramalari real hayotga va tarixga asoslangan bo‘lsa,hozirgi kundagi seriyallar asosan fantastika,utopiyaga asoslangan,real hayotdan ancha uzoq,kuchli psixologik ta‘sirga ega hisoblanadi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: "Biz ko‘rayotgan dramalar bizga qanday ta‘sir qilishi mumkin?" Bir nusulmon o‘laroq sizlarga shuni aytmoqchimanki,turli afsonalardagi ilohlar,hayotda mavjud bo‘lmagan super kuchga ega bo‘lgan mavjudotlar,ruh va arvohlar tog‘risidagi seriyallar ruhiyatimizga,psixologiyamizga,eng asosiysi aqidamizga salbiy ta‘sir etmasdan qolmaydi! Koreya va Koreys tiliga qiziquvchi uka-singillarimizdan iltimos qilar edikki,ko‘rayotgan seriyalingiz,ergashayotgan "qahramon"laringizga e‘tiborli bo‘ling va ularga nisbatan FANATIZMdan saqlaning! "Haa,bu shunchaki kinoku!" deb o‘ylasangizda,anashu kinodagi sohta ilohga bo‘lgan zarracha qiziqish o‘zingiz bilmagan holda imoningizga putur yetkazib qo‘yishi hech gap emas! Shuning uchun til o‘rganish va qaysidir mamlakatga borishdan maqsadingizni aniqlab oling va maqsadingiz hosil bo‘lgach albatta vataningizga qayting! Allaqanday qo‘shiqchi,aktyor-aktrisalar va ular kinoda ko‘rsatib berayotgan sohta "sevgi-muhabbat" va yigit va qiz o‘rtasidagi extirosli munosabatlar siz o‘ylaganchalik emas! Ularga aldanmang va ergashmang! Ishoning,real hayot va drama umuman boshqa-boshqa narsalardir! Haqiqiy koreys sizga drama orqali ko‘rsatilgandan ancha farq qiladi.Drama va K-POP bu-shunchaki kuchli marketing xolos! Musulmon sifatida biz sizni ana shu marketing qurboniga aylanib qolishingizni istamaymiz! Hurmat bilan @M_sonseng @korean_step

record.ogg16.76 MB

Boshladik Topik 1 49-50dan

Topik 1 test tahlil qilamiz.5 daqiqada boshlaymiz.

Chatga kirib chiqib ketayotganlarga eslatma! Bu bekorchilikdan gaplashib o‘tiradigan chatmas! Mavzu tanlasangiz dars o‘tib beraman deb yozib qo‘yganman lekin hali birontasi mana bu mavzuni o‘tib bering deb aytmadi! Koreyada salkam bir soatdan beri chat yoniq turipti lekin faqat kirdi chiqdi bo‘lyapti xolos.Gaplashgingiz kelsa boshqa chatlar ko‘p.Kanal bekorchi maqsadda ochilmagan.Sabrli va maqsadi borlar uchun bu kanal.Shunga e‘tibor bering iltimos!!!

Assalomu alaykum! Xo‘sh,bugun 초급dan qaysi mavzu bo‘yicha dars o‘tib beray? Komentariyada yozing va chatga kiring.

Assalomu alaykum👋 Bu safar Shanba kuni soat 20:00da 초급 darajadagilar uchun dars bo‘ladi In Shaa Alloh! Siz 초급dan qaysi mavzuga qiynalasiz? Qaysi mavzuni yaxshi tushunmayapsiz? Komentariyada yozib qoldiring.Eng ko‘p so‘ralgan mavzu bo‘yicha dars optib beraman!

🔝 TOPIK imtihonida eng ko‘p tushadigan iboralar (관용 표현) 🔥 ​Koreys tili TOPIK (읽기 va 듣기) imtihonlarida yuqori ball olishni istasangiz, ushbu iboralarni albatta yodlab oling! 🚀 ​1. 발을 벗고 나서다 🏃‍♂️ ​Asl tarjimasi: Yalangoyoq bo‘lib oldinga chiqmoq ​O‘zbekcha muobili:Yeng shimarmoq/ Jonbozlik ko‘rsatmoq ​Ma’nosi: Biror ishni bajarishga juda faol, sidqidildan va bor kuchi bilan kirishish. ​2. 귀를 기울이다 👂 ​Asl tarjimasi: Qulog‘ini burmoq (engashtirmoq) ​O‘zbekcha muobili: Quloq solmoq /Quloq tutmoq ​Ma’nosi: Boshqalarning fikri, maslahati yoki gapiga jiddiy e’tibor qaratish. ​3. 눈이 높다 👀✨ ​Asl tarjimasi: Ko‘zi balandda bo‘lmoq ​O‘zbekcha muobili: Burni osmonda / Injiq / Dimiqog‘i baland ​Ma’nosi: Narsalar yoki odamlarni tanlashda juda injiq bo‘lish, faqat eng yaxshisini xohlash. ​4. 고개를 숙이다 🙇‍♂️ ​Asl tarjimasi: Boshini egmoq ​O‘zbekcha muobili: Taslim bo‘lmoq / Aybini tan olmoq / Bo‘yin egmoq ​Ma’nosi: Mag‘lubiyatni tan olish, bo‘yin egish yoki xatosini qabul qilish. ​5. 마음에 두다 🧠❤️ ​Asl tarjimasi: Yuragiga qo‘ymoq ​O‘zbekcha muobili: Ko‘ngliga olmoq / Diliga tugib qo‘ymoq ​Ma’nosi: Biror gap yoki voqeani unuta olmay, ichida saqlab yurish yoki u haqida qayg‘urish. ​6. 가슴에 와닿다 💘 ​Asl tarjimasi: Yurakka tegib ketmoq ​O‘zbekcha muobili: Yurakka yetib bormoq / Qalbni larzaga keltirmoq ​Ma’nosi: Biror gap yoki voqea insonning his-tuyg‘ulariga juda qattiq va chuqur ta’sir qilishi. ​7. 손을 떼다 🙅‍♂️ ​Asl tarjimasi: Qo‘lini tortib olmoq ​O‘zbekcha muobili: Qo‘l yuvib qo‘ltiqqa urmoq / Ishni to‘xtatmoq ​Ma’nosi: Shug‘ullanayotgan ishini butunlay to‘xtatish, undan voz kechish. ​8. 발이 넓다 🌍🤝 ​Asl tarjimasi: Oyog‘i keng bo‘lmoq ​O‘zbekcha muobili: Tanish-bilishi ko‘p / Qo‘li uzun ​Ma’nosi: Ko‘p odamlar bilan aloqada bo‘lish, keng ijtimoiy doiraga ega bo‘lish. ​9. 눈감아 주다 🫣 ​Asl tarjimasi: Ko‘zini yumib bermoq ​O‘zbekcha muobili: Ko‘z yummoq / Ko‘rmaganga olmoq ​Ma’nosi: Boshqa biror kishining xatosi yoki aybini bilib turib, uni kechirish yoki jazolamaslik. ​10. 한술 더 뜨다 📈 ​Asl tarjimasi: Yana bir qoshiq ko‘proq olmoq ​O‘zbekcha muobili: Oshirib yubormoq / Hammasidan o‘tib tushmoq ​Ma’nosi: Allaqachon yomon yoki jiddiy bo‘lgan vaziyatni o‘zining harakati yoki gapi bilan yanada bo‘rttirmoq. @korean_step

record.ogg17.15 MB

Assalomu alaykum! Topik 2 읽기 o‘tamiz.Aynan qaysi shaklda qiynalyapsiz? Kommentga yozing va darsga kirsangiz tushuntirib beraman In Shaa Alloh!

Bunaqa paytda sayt ishlamasligi tabiiy hol chunki nechta davlatda imtihon o‘tkazilsa hammasining natijasi bir vaqtda chiqadi shuning uchun sabr qilib turinglar.Kechga borib ancha oson bo‘lib qoladi In Shaa Alloh!

Tekshira olmayotganlar bo‘lsa @M_sonseng ga yozing harakat qilib ko‘raman.

Xo‘sh xo‘sh... TOPIK 105 imtihonini topshirganlar kim necha 급 oldi? Komentariyada maqtaninglarchi😉

Assalomu alaykum👋 Shanba kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:00da TOPIK 2 읽기 darsi bo‘ladi.읽기da aynan qaysi shaklni yechishda qiynalyapsiz? Komentariyada yozib qoldiring shu bo‘yicha dars o‘tamiz In Shaa Alloh!

Assalomu alaykum Hammani kirib kelgan Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklayman.O‘ylagan barcha niyatlaringga yetishni Alloh nasib qilsin.

​🌙 아라파 날과 쿠르반 아이트 (이드 알 아드하) 안내 ​1. 아라파 날 (Day of Arafah) ​의미: 쿠르반 아이트(이슬람 희생절) 바로 전날로, 이슬람력에서 가장 신성한 날 중 하나입니다. ​의의: 이 날은 메카의 아라파트 산에 모인 성지순례자들이 기도와 회개를 드리는 날이며, 성지순례에 참여하지 못한 무슬림들은 이날 단식(금식)을 하며 죄의 사함을 기원합니다. ​2. 쿠르반 아이트 (Kurban Eid / Eid al-Adha) ​의미: 이슬람의 가장 큰 두 가지 명절 중 하나인 '희생절'입니다. 선지자 이브라힘이 하나님의 명령에 순종하여 아들을 제물로 바치려 했던 확고한 믿음을 기리는 날입니다. ​전통: ​아침 일찍 모여 명절 기도(Eid Prayer)를 드립니다. ​양, 염소, 소 등의 가축을 제물로 바치고(쿠르반), 그 고기를 가족, 이웃, 그리고 특히 가난한 소외계층과 함께 나눕니다. ​새 옷을 입고 친척들을 방문하며 서로의 평화와 축복을 기원합니다. ​✨ 명절 인사말 (Koreyscha tabriklar): ​행복하고 축복 가득한 쿠르반 아이트 보내세요! (Baxtli va barakali Qurbon hayiti tilayman!) ​즐거운 명절 되시기를 바랍니다. (Bayramingiz quvonchli o‘tsin.) ​Eid Mubarak! 🌙✨ @korean_step