uz
Feedback
Startup Ambassadors | Samarkand

Startup Ambassadors | Samarkand

Kanalga Telegram’da o‘tish

Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
329
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kun
-1630 kun
Postlar arxiv
Repost from Yoshlar Ventures
Startap tushunchasi qachon global trendga aylanadi⁉️ ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
+6
Startap tushunchasi qachon global trendga aylanadi⁉️ ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

⚡️Startaplar dunyosiga kirishni xohlaysizmi? ⚡️ Startup Ambassadors Agar g‘oyangiz bor bo‘lsa-yu startap qurishni bilmasangiz
⚡️Startaplar dunyosiga kirishni xohlaysizmi? ⚡️ Startup Ambassadors
Agar g‘oyangiz bor bo‘lsa-yu startap qurishni bilmasangiz, “Startup Ambassadors” yordam beradi! Guruhlarga qo‘shiling va startap qurish asoslarini o‘rganing. Batafsil: @startup_ambassadors
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
MVP tayyormi? Uni “UzCombinator” bilan birga o‘stiring! 45 kun ichida mahsulotingizni takomillashtirib, global bozorga chiqishni o‘rganasiz. Hozirda darslar qizg‘in davom etmoqda. Batafsil: @uzcombinator
⚡️ Yoshlar Ventures
Agar startapingizga 5 milliardgacha investitsiya kerak bo‘lsa Yoshlar Ventures ga ariza topshiring. Batafsil: yoshlarventures.uz @yoshlarventures
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🌘 Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin! ❤️ 🤍 Butun Samarkand Startup Ambassadorlar siz azizlarni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan chin qalbdan tabriklaydi! 🤲 Ushbu muqaddas oy xonadoningizga tinchlik, qalbingizga sokinlik, hayotingizga esa baraka olib kelsin. Tutgan ro‘zalaringiz, qilgan duolaringiz va barcha ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin! ✨ Ramazon shukuhi har bir kuningizni nurga to‘ldirsin va qalblaringizni yanada yaqinlashtirsin 🤍 Startup Ambassadors | Samarkand

Repost from Yoshlar Ventures
11-fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining PQ–59-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat startapning ilk bosqichidan tortib xal
+1
11-fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining PQ–59-son qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat startapning ilk bosqichidan tortib xalqaro miqyosga chiqishigacha bo‘lgan jarayonni tizimli, shaffof va prognoz qilinadigan model asosida yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Endilikda tadbirkorlar uchun: — qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yanada tushunarli, — rivojlanish bosqichlari aniq belgilangan, — mahalliy va global miqyosda o‘sish imkoniyatlari kengaytirilgan bo‘ladi. 2030-yilgacha belgilangan maqsadlar: • 5 000 ta startap • 2 milliard dollar investitsiya • 20 000 dan ortiq yangi ish o‘rni • yuzlab loyihalarning xalqaro bozorga chiqishi Bu qaror — shunchaki hujjat emas, balki startap ekotizimining yangi bosqichga o‘tishi demakdir.
On February 11, Presidential Decree No. PP–59 was adopted, establishing a structured and predictable framework that guides startups from early-stage development to international scaling.
For founders, this means: — more transparent support mechanisms, — clearly defined growth stages, — expanded opportunities to build and scale both locally and globally. By 2030, Uzbekistan aims to achieve: • 5,000 startups • $2 billion in venture investment • 20,000+ new jobs • hundreds of startups entering international markets This marks a significant milestone in strengthening a founder-centered startup ecosystem.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligiga bag’ishlanadi! @startup_ambassadors

Repost from UzCombinator
🚀 Birinchi o’zbek yigiti Y Combinatorga qabul qilindi twolabs.ai asoschisi Sardor Y Combinator(x26)ga qabul qilindi. 🇺🇿 Bu
🚀 Birinchi o’zbek yigiti Y Combinatorga qabul qilindi twolabs.ai asoschisi Sardor Y Combinator(x26)ga qabul qilindi. 🇺🇿 Bu nafaqat O’zbekiston balki Markaziy Osiyo uchun ham juda katta yutuq. @uzcombinator

🖌 “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l...” Bugun buyuk davlat arbobi, sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Mu
🖌 “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l...”
Bugun buyuk davlat arbobi, sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi. Bobur Mirzo hayoti — oddiy g‘alabalar emas, balki qulashlar va qayta boshlashlar tarixidir. U taxtni yo‘qotdi, yurtidan ayrildi, lekin maqsadidan voz kechmadi. Jasorat bilan yangi hududlarga chiqdi va tarixda ulkan saltanat — Mughal Empire ni barpo etdi. Ammo uning buyukligi faqat zabt etgan yerlarida emas, tafakkurida edi. U kuzatdi, tahlil qildi, yozdi. “Boburnoma” — bu strategik fikrlash va tajribani kelajak uchun saqlab qolish namunasi.
Founder uchun eng muhim saboq: buyuk natija jasorat + sabr + doimiy o‘rganish orqali keladi.
Savol shuki: biz uni faqat eslaymizmi, yoki uning jasorati va bilimga chanqoqligini hayotimizda davom ettiryapmizmi? Startup Ambassadors | Samarkand

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar! Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi: 1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi; 2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi; 3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi; 4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi; 5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi; 6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi; 7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi; 8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi; 9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi; 10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi; 11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi; 12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi; 13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi; 14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi; 15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi; 16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi; 17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi; 18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi; 19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi. 20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi; 21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi; 22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi; 23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi; 24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi; 25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi; 26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi. Manba: PQ-60 (11.02.2026) @alisher_sadullaev

Startup Club siz uchun qaysi formatda eng foydali bo‘ladi?
Anonymous voting

⚡️ Samarqanddan Startap Sari! 🚀
Agar sizning tumanda/shaharda: ▶️ Qiziqarli g‘oya bo‘lsa ▶️ Jamoa tuzmoqchi bo‘lsangiz ▶️ Loyihangizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz ▶️ Pitch qilishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz
Unda o‘z tumaningiz kanallariga obuna bo`ling va tez orada e`lon qilinadigan yangiliklardan habardor bo`ling ❗️ 📍 Samarqand shahar 📍 Payariq tumani 📍 Urgut tumani 📍 Kattaqo‘rg‘on tuman 📍 Oqdaryo tumani 📍 Ishtixon tumani 📍 Jomboy tumani 📍 Nurobod tumani 📍Qo`shrabot tumani 📍 Toyloq tumani 📍Kattaqo`rg`on shahar 📍Pastdarg`om tumani Oldinda muhim rejalar bor. Bizni kuzatib boring! ✈️Telegram || 🌐Instagram

Repost from Yoshlar Ventures
🌐Global startup qilish uchun, Silicon Valley’da tug‘ilish shart emas! 19 yoshli Iqbol Temirkhojaev Tojikistonda tug‘ilib o‘s
🌐Global startup qilish uchun, Silicon Valley’da tug‘ilish shart emas! 19 yoshli Iqbol Temirkhojaev Tojikistonda tug‘ilib o‘sgan hamma kabi yigit edi. U bugun Y Combinator’ga qabul qilingan Wayco startapining asoschisi va CEOsi. U 1,5 mln dollar pre-seed investitsiya ko‘targan va YCga kirgan birinchi tojikistonlik solo-founder bo'ldi.
U 11 yoshida dasturlash bo‘yicha musobaqalarda qatnashib uch karra olimpiada chempioni bo‘lgan. 13 yoshida ilk VC-backed startapini ishga tushirgan va 1 yildan so'ng bu startapni BMT tizimidagi dasturga sotib, o‘smir yoshida haqiqiy “exit” qilgan, 16 yoshida esa Tojikiston Prezidenti tomonidan faxriy medal bilan taqdirlangan. Hozirda Iqboljon Wayco orqali AQShdagi yuristlar uchun AI yordamchi qurmoqda: bu xizmat advokatlik firmalariga mijozlarni qabul qilish jarayonini to‘liq avtomatlashtirib beradi.
Uning yo‘li shuni ko‘rsatadiki, Tojikistondagi oddiy muhitdan chiqib ham, ko‘pchilikga imkonsizdek tuyuladigan Y Combinator'dan millionlab investitsiya olib, global startap qurish mumkin ekan. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Qaysi mavzuda eventlar sizga eng kerak va foydali bo‘lardi?
Anonymous voting

Sizning tanlovingiz biz uchun juda muhim. Hozir sizga nima yetishmayotganini ayting. 👇
Anonymous voting

⚡️ URGUTDA STARTUP AMBASSADORLARINING KEYINGI YURISHI! 🚀 📍 Ikkinchi manzil: Urgut tumani, Istiqlol mahallasi, 1- son texnik
+4
⚡️ URGUTDA STARTUP AMBASSADORLARINING KEYINGI YURISHI! 🚀 📍 Ikkinchi manzil: Urgut tumani, Istiqlol mahallasi, 1- son texnikum. 🌍 Bugunning o'zida 60 dan ortiq yonib turgan o'quvchilar bilan Startaplar haqida muhokama qildik! Avval aytganimizdek, bu shunchaki o'rganish emas, balki Mindset (Fikrlash) o'zgarishidir, va haqiqatdan ham hamma uchun Kelajakdagi 🚀Katta Startupning birinchi qadami bo‘ldi. Biz kengayishda davom etamiz, siz qolib ketmang! ✊ 👇 Rasmiy kanalga ulaning: @samarkandstartup @samarkandstartup @samarkandstartup Urgut Startup community: @urgut_startup

Siz hozir qaysi bosqichdasiz?
Anonymous voting

⚡️ URGUTDA STARTUP AMBASSADORLARINING NAVBATDAGI YURISHI! 🚀 📍 Manzil: Urgut tumani, Ko‘tarma mahallasi, 4-son texnikum. Bug
+5
⚡️ URGUTDA STARTUP AMBASSADORLARINING NAVBATDAGI YURISHI! 🚀 📍 Manzil: Urgut tumani, Ko‘tarma mahallasi, 4-son texnikum. Bugun oddiy uchrashuv emas, balki Texnikum yoshlarini Startap Ekotizimiga olib kirish bo‘yicha tarixiy qadam tashlandi! 👣 ⚡️ Startup Ambassadors loyihasining ambassadorlaridan biri Azizbek Safarov va hamkorlar bilan haqiqiy Innovatsion Muhit yaratildi. 💡 30 dan ortiq yonib turgan talabalar bilan nimalarni muhokama qildik? ☑️ Startap vs Oddiy Biznes: Nega endi somsa xona emas, balki IT kompaniya qurish kerak? ☑️ G‘oyadan — Startapgacha: 0 dan qanday boshlash formulasi. ☑️ Xatolar maktabi: Startapda qoqilmaslik uchun nimalarni bilish shart? ☑️ Real keyslar: Yoshlar o‘z g‘oyalarini taqdim etdi va birinchi feedback'larni oldi. 🔴 Bu shunchaki boshlanishi... Oldinda bizni Workshoplar, Problem Hunt ekspeditsiyalari va Pitch Day kutib turibdi! Bugungi uchrashuv — kimdir uchun shunchaki suhbat, lekin ko‘pchilik uchun Kelajakdagi Katta Startupning birinchi qadami bo‘ldi. Siz hali ham kuzatuvchisiz? Safimizga qo‘shiling, o‘zgarishni bugundan boshlang! ✊ 👇 Rasmiy kanalga ulaning: @samarkandstartup @samarkandstartup @samarkandstartup Urgut Startup community: @urgut_startup

Repost from Founders Circle
Biz 21-fevralda navbatdagi tadbirni oʻtkazishga tayyormiz, siz-chi? Tadbirda ishtirok etish uchun nimalar kerak bo‘ladi? 🔥Ag
Biz 21-fevralda navbatdagi tadbirni oʻtkazishga tayyormiz, siz-chi? Tadbirda ishtirok etish uchun nimalar kerak bo‘ladi? 🔥Agar startapper bo‘lsangiz — pitchdeck’ingizni ko‘zdan kechirib, tayyorlab oling. Bu safar sahna sizniki. 👀Agar kuzatuvchi bo‘lsangiz — yangi g‘oyalar, real tajribalar va founderlar bilan yaqinroq tanishish uchun tayyor turing. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: joinfounders.uz 📅Qachon: 21-fevral, 13:00 (UTC+5) 📍Qayerda: Raqamli texnologiyalar vazirligi @founders_circle

⚡️Startup ambassadorlarimiz hokim bilan uchrashuvda! 📌Samarqand viloyati Payariq tumanida bo‘lib o‘tgan hokim va yoshlar uch
+2
⚡️Startup ambassadorlarimiz hokim bilan uchrashuvda!
📌Samarqand viloyati Payariq tumanida bo‘lib o‘tgan hokim va yoshlar  uchrashuvida startup ambassadorlarimiz ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ambassadorlar tumanda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, tashabbuslar hamda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan klublar haqida ma'lumot berib o'tishdi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar ushbu rejalar bilan tanishib, ularga katta qiziqish bildirdi. Yoshlar orasida tashabbuslarga bo‘lgan qiziqish yuqori ekani uchrashuv davomida yaqqol sezildi.
✍️Uchrashuv yakunida esa kelgusida ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirishda ko‘maklashishlari aytib o‘tildi. Bu esa Payariq tumanida startup ekosistemasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi! Oldinda muhim rejalar bor.Bizni kuzatib boring! ✈️Telegram | 🌐Instagram

Repost from Yoshlar Ventures
❗️Siz bu ma’lumotni bilishingiz shart! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
+2
❗️Siz bu ma’lumotni bilishingiz shart! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

🦄 Unicorn startuplar haqida bilarmidingiz? 📎 UNICORN startup — bahosi 1 milliard dollardan oshgan, ammo hali birjada (IPO)
🦄 Unicorn startuplar haqida bilarmidingiz?
📎 UNICORN startup — bahosi 1 milliard dollardan oshgan, ammo hali birjada (IPO) chiqmagan kompaniya.
📱Airbnb bir vaqtlar investorlar tomonidan rad etilgan. Sababi oddiy edi:
“Odamlar begonalarning uyida yashamaydi.”
Bugun esa millionlab insonlar begonalarga uy kalitini ishonib topshiryapti. 📱WhatsApp 450 million foydalanuvchiga atigi 55 ga yaqin xodim bilan yetgan.
❌ Reklama yo‘q ❌ Marketing yo‘q ✔️ Faqat kuchli mahsulot
📱Instagram avval rasm ilovasi emas, balki joy belgilash (check-in) uchun yaratilgan edi. Rasm joylash keyinchalik asosiy funksiyaga aylangan. 📱Slack muvaffaqiyatsiz chiqqan video o‘yin startapi ichida yaratilgan. O‘yin yopildi, lekin ichki chat butun dunyoga tarqaldi. ✈️Telegram | 🌐Instagram