uz
Feedback
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Samarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi rasmiy kanali. Aloqa uchun: +998939990040

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
7 904
Obunachilar
-3524 soatlar
-2557 kunlar
-1 16830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

O'xshash kanallar
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyun '26
Iyun '26
+13
6 kanalda
May '26
+3
11 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+1 555
12 kanalda
Get PRO
Mart '26
+12 587
2 kanalda
Get PRO
Fevral '260
7 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+178
2 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
25 Iyun0
24 Iyun0
23 Iyun0
22 Iyun0
21 Iyun0
20 Iyun0
19 Iyun0
18 Iyun+1
17 Iyun0
16 Iyun0
15 Iyun+3
14 Iyun+5
13 Iyun+3
12 Iyun0
11 Iyun0
10 Iyun+1
09 Iyun0
08 Iyun0
07 Iyun0
06 Iyun0
05 Iyun0
04 Iyun0
03 Iyun0
02 Iyun0
01 Iyun0
Kanal postlari
📱PREMYERA! Xabaringiz bor, 5-30 may kunlari respublikamiz boʻylab “Kasblar festivali” oʻtkazildi. Festival haqidagi film premyerasi 26-iyun 10:20 da “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatiladi. 🔥Festivalning yorqin lahzalarga boy taassurotlari ko‘rsatiladigan maxsus filmni Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy YouTube sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Telegram |📷Instagram

2
Bugun futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tari
Bugun futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda ushbu bahs Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekran orqali jonli namoyish etilmoqda. Bu yerda tashkil etilgan katta ekran orqali minglab muxlislar uchrashuvni jonli tomosha qilmoqda. Viloyat hokimi Adiz Boboyev, jamoatchilik vakillari va faol yoshlar, barcha futbol ishqibozlari mazkur maskanda jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Har bir vaziyat katta hayajon bilan kuzatilmoqda. Bugungi bahs natijasi qanday yakun topishidan qat’iy nazar, muxlislarning milliy terma jamoamizga bo‘lgan ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi kuchli ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda. ✈️Бизни кузатинг Telegram |📷Instagram
1 538
3
⚽ "JCh-2026": Yana bir necha daqiqadan so‘ng futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston va Portugaliya milliy te+2
⚽ "JCh-2026": Yana bir necha daqiqadan so‘ng futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv boshlanadi. Ushbu o‘yin Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekran orqali namoyish etiladi. Yurtdoshlarimiz mazkur uchrashuvni tomosha qilish uchun amfiteatrda yig‘ilmoqda. ✈️Бизни кузатинг Telegram |📷Instagram
1 539
4
Ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi Bir necha soatdan soʻng Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatr
Ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi Bir necha soatdan soʻng Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida konsert dasturlari hamda futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv namoyishi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan,  jamoat tartibi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun soat 19:00 dan tadbir yakuniga qadar Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Universitet xiyobonidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismi hamda Bobur Mirzo ko‘chasining Rim ko‘chasi kesishmasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
1 456
5
Президент журналистларга Миллий жамоамизнинг бугунги ўйини ҳақида гапирди. Эслатиб ўтамиз, Португалияга қарши ўйин бугун соат
Президент журналистларга Миллий жамоамизнинг бугунги ўйини ҳақида гапирди. Эслатиб ўтамиз, Португалияга қарши ўйин бугун соат 22:00 да бошланади. ✈️Бизни кузатинг Telegram |📷Instagram
1 522
6
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yang+6
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yangi yoʻlovchi terminali qurilishini koʻzdan kechirdi. — Началась поездка Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область. Глава нашего государства осмотрел ход строительства нового пассажирского терминала международного аэропорта Намангана. #Mirziyoyev #safar #aeroport #terminal Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 458
7
23-iyun — Davlat xizmati kuni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini
23-iyun — Davlat xizmati kuni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natija berishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz hamda kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va yuksak marralar tilaymiz. Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin! Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 341
8
Har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so‘m ajratib boriladi. Prezidentimizga taqdim etilgan xususiy kasbiy ta’li
Har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so‘m ajratib boriladi. Prezidentimizga taqdim etilgan xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha taqdimotda, kelgusi uch yilda xususiy sektor ulushini oshirish orqali xalqaro standartlarga mos o‘quv va baholash markazlari sonini 50 tadan 200 taga yetkazish hamda har yili 500 ming nafar aholini kasbiy ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirildi. Hozirda bu ko‘rsatkich 45 ming nafarni tashkil etadi. Buning uchun 300 dan ortiq o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtiriladi. Kamida 1 ming nafar o‘qituvchi va ta’lim ustalarining malakasi oshiriladi. Ushbu dasturlarni moliyalashtirish uchun Bandlik jamg‘armasidan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun yil yakunigacha ularni jihozlash dasturiga 100 million dollar jalb qilinadi. Bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 million dollarlik “Venchur jamg‘armasi” tashkil etiladi. Shu yildan boshlab har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so‘m ajratib boriladi. Taqdimotda xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlari uyushmasini tashkil etish, uning faoliyatini moliyalashtirish hamda “Ko‘nikmalar parki” ekotizimini yaratish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Soha muammolarini davlat idoralari bilan birgalikda tezkor hal qilish uchun doimiy ishlaydigan raqamli muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
1 447
9
Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Пре+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития частного профессионального образования. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 245
10
Tadbirkorlarga texnikumlardagi boʻsh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi Taqdimotda tadbirkorlar bilan oʻtkazilg
Tadbirkorlarga texnikumlardagi boʻsh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi Taqdimotda tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida: ➖bildirilgan taklif va muammolar; ➖ xususiy kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni bojxona bojidan ozod qilish; ➖ xorijiy oʻqituvchilar, mutaxassis va ustalar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash kabi masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bino qurilishi va taʼmiri, zarur uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 7 foizi qoplab beriladi. ⏏️Xorijiy mutaxassislar va malakali oʻqituvchilarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Kasbiy malakani baholash uskunalari va dasturiy mahsulotlar xarajatlarining 30 foizi, xorijda tan olinadigan va milliy kasbiy malaka sertifikatlari xarajatlarining 50 foizi miqdorida kompensatsiya toʻlanadi. Shu bilan birga, bunday imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalangan tadbirkorlar qurilgan yoki ijaraga olingan binolarning kamida 60 foizida kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishi va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishi shart boʻladi. 📌 Tadbirkorlarga sotilgan yer uchun toʻlovni 5 yilgacha foizsiz boʻlib toʻlash, boʻsh turgan davlat obyektlarini kamida 5 yilga ijaraga olish, texnikumlardagi boʻsh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi. Prezidentimiz taqdim etilgan choralarni maʼqullab, xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish, oʻquv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, aholini talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
1 340
11
⚽️ Tarixiy uchrashuvga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 23-iyun kuni soat 22:00 da futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida
⚽️ Tarixiy uchrashuvga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 23-iyun kuni soat 22:00 da futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida Oʻzbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekran orqali jonli namoyish etiladi. Barcha hamshaharlarimiz va futbol muxlislarini mazkur tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilish hamda milliy terma jamoamizni faol qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz. 🇺🇿 Birgalikda gʻalaba sari! Olgʻa, Oʻzbekiston! Olgʻa, Oq boʻrilar! 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
2 406
12
⚡️Texnikum bitiruvchilari uchun oliy ta’limning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish ro‘yxati tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalarida o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari boʻyicha tegishli ro‘yxat tasdiqlandi. Unga ko‘ra, texnikum bitiruvchilari oliy ta'limga quyidagi tartib va imtiyozlar asosida qabul qilinadi: ➖ oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, faqat yakka tartibdagi suhbat orqali; ➖ o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan boshlab; 📌Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
4 596
13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jom+2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi. Muloqot davomida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalari, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, Qozog‘iston O‘zbekiston uchun shunchaki qo‘shni davlat emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Uchrashuv chog‘ida Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi qardoshlik va birodarlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi hamda iliq qabul uchun minnatdorlik bildirildi. 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
1 758
14
#Sport_boks Nigina O‘ktamova Jahon kubogi g‘olibasi! -57 kg vazn toifasidagi vakilamiz Nigina O‘ktamova Jahon kubogi finalida+1
#Sport_boks Nigina O‘ktamova Jahon kubogi g‘olibasi! -57 kg vazn toifasidagi vakilamiz Nigina O‘ktamova Jahon kubogi finalida hindistonlik Prachiga qarshi ringga ko‘tarildi. Har uch raundni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan O‘ktamova raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozongan Nigina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi! Ma’lumot uchun, Ishtixon tuman sport maktabi tarbiyalanovchisi Nigina O‘ktamova yoshlar o‘rtasida ham jahon chempionatida zafar quchgandi. —— 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
1 714
15
SAMARQAND YANGILIKLARI | "YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI" KASBIY MAHORAT MILLIY TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQD
SAMARQAND YANGILIKLARI | "YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI" KASBIY MAHORAT MILLIY TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI 20.06.2026-YIL 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
2 365
16
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahba
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi! Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom! 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
1 705
17
📊 559 nafar yosh o‘z mahoratini namoyon etdi “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Samarqand v+6
📊 559 nafar yosh o‘z mahoratini namoyon etdi “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Samarqand viloyati bosqichida 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 559 nafar yosh ishtirok etdi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, kasbiy mahorat borasida munosib raqobat olib bordilar. Tadbirda xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, yoshlarning salohiyatiga yuqori baho berdilar. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
3 069
18
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi Samarqand shahridagi “Nurafshon” san+6
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat rahbariyati, kasbiy ta’lim tizimi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.Tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va xalqaro maydonlarga munosib kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
2 638
19
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi Samarqand shahridagi “Nurafshon” san+6
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat rahbariyati, kasbiy ta’lim tizimi vakillari, ustozlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va xalqaro maydonlarga munosib kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
1
20
Video xabar
1 880