uz
Feedback
KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

Kanalga Telegram’da o‘tish

Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat

Ko'proq ko'rsatish
2 760
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+3517 kun
+76130 kun
Postlar arxiv
#Kvota #AT #SI #Qabul2026 Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari 35 foizga oshirild
#Kvota #AT #SI #Qabul2026
Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari 35 foizga oshirildi
2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi. Natijada mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi. ➡️ Jumladan: ▪️ bakalavriat2 309 ta davlat granti; ▪️ magistratura621 ta davlat granti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Grant_chegarasi Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha) 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Magistratura #Masofaviy #Qabul2026 Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 892 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 832 ta; ➖rus tili – 50 ta; ➖qoraqalpoq tili – 10 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Magistratura #Kechki #Qabul2026 Magistratura kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 1 393 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 1 103 ta; ➖rus tili – 156 ta; ➖qoraqalpoq tili – 130 ta; ➖qozoq tili – 4 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2026 Bakalavriat masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.Jami: 20 810 ta. Shundan: ➖o‘zbek tili – 18 543 ta; ➖rus tili – 1 800 ta; ➖qoraqalpoq tili – 467 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2026 Bakalavriat kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 28 942 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 26 010 ta; ➖ rus tili – 2 277 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 655 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2026 Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Qabul2026 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi O‘zbekist
#Kvota #Qabul2026
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; ➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; ➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; ➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; ➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; ➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati;Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; ➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; ➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; ➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; ➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; ➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; ➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+3
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari “O‘zmetkombinat”ning Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi. O‘zbekiston hududlari va Italiyaning Toskanasi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda. Mahalla raislari va "yettilik"lar yangicha ishlaydi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı “Ózmetkombinat”tıń Quyıw-prokatlaw kompleksin iske túsirdi. Ózbekstan aymaqları hám Italiyanıń Toskanası arasındaǵı birge islesiw keńeymekte. Máhálle aqsaqalları hám “jetilik”ler jańasha is alıp baradı. — Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства дал старт работе Литейно-прокатного комплекса Узметкомбината. Расширяется сотрудничество между регионами Узбекистана и итальянской Тосканой. Председатели и «семерки» махаллей будут работать по-новому. — Weekly review of the most important events: The Head of State launched the casting and rolling complex of Uzmetkombinat. Cooperation between the regions of Uzbekistan and the Italian region of Tuscany has been expanded. Mahalla chairpersons and the “mahalla seven” will work under a new system. Facebook|Instagram|X

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosim
+9
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etib, yosh mutaxassislarni hayotlaridagi muhim va mas’uliyatli bosqich – oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar. Tadbir davomida o‘qishni a’lo baholar bilan tamomlagan, ilmiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalar hamda ularning farzandlari tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ota-onalariga alohida minnatdorlik bildirildi.

#BRIFING Sherzod Urakov - Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashi raisi Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashi va deputatlar tomonidan 2026-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan brifing. ✔️Rasmiy sahifalarimiz: 🌐Web-sayt |📱 Telegram |📱 Facebook | 📱 Instagram

🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

#Milliy_kontent Mustaqillikning bebaho ne’mati, Vatanga sadoqat va shukronalik tuyg‘ularini ulug‘lovchi, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti yo‘nalish tyutori Abbos Tojiyev ijrosidagi qo‘shiq asosida tayyorlangan videorolikni tomosha qiling.

#Qo‘llab_quvvatlash_kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati b
+2
#Qo‘llab_quvvatlash_kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati bilan talabalarning iqtisodiy bilimlarini oshirish maqsadida bahsli savol-javoblar musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada yosh tadbirkorlar uchun kredit olish tartibi, biznes yuritish sirlari hamda elektron tender va savdo platformalaridan samarali foydalanish mavzulari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.

+2
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi. Yangi fakultet faoliyati muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. "2+2" shaklida dastlab 1-2 kurslarni Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutida, 3-4 kurslarni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida davom ettirish imkoniyati. Talabgorlar matematika va ingliz tili fanalari asosida saralab olinadi. Eng zamonaviy iqtisodiy sanoat zonalarida va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyati. Kafolatlangan ish joyi va bandlik masalasi. Hamkorlik doirasida ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish metodlari va amaliy tajribalar joriy etiladi. 👉 Hoziroq hujjat topshirish uchun 📞 Qo'shimcha ma'lumot. +998979153830, +998904693830

+2
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi. Yangi fakultet faoliyati muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. "2+2" shaklida dastlab 1-2 kurslarni Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutida, 3-4 kurslarni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida davom ettirish imkoniyati. Talabgorlar matematika va ingliz tili fanalari asosida saralab olinadi. Eng zamonaviy iqtisodiy sanoat zonalarida va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyati. Kafolatlangan ish joyi va bandlik masalasi. Hamkorlik doirasida ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish metodlari va amaliy tajribalar joriy etiladi. 👉 Hoziroq hujjat topshirish uchun 📞 Qo'shimcha ma'lumot. +998979153830, +998904693830

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida 2025–2026-yillarning o‘tgan davri davomida giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar namoyish etildi. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti prorektori Shomurod Mustafayev, institut yoshlar yetakchisi, institut psixologi hamda profilaktika inspektori tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar, targ‘ibot ishlari va hamkorlikdagi faoliyat yuzasidan hisobot berilib, amalga oshirilgan ishlar taqdimot orqali yoritildi. Taqdim etilgan hisobot, amalga oshirilgan ishlarning tizimliligi yuqori baholandi.

+2
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi. Yangi fakultet faoliyati muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. "2+2" shaklida dastlab 1-2 kurslarni Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutida, 3-4 kurslarni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida davom ettirish imkoniyati. Talabgorlar matematika va ingliz tili fanalari asosida saralab olinadi. Eng zamonaviy iqtisodiy sanoat zonalarida va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyati. Kafolatlangan ish joyi va bandlik masalasi. Hamkorlik doirasida ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish metodlari va amaliy tajribalar joriy etiladi. 👉 Hoziroq hujjat topshirish uchun 📞 Qo'shimcha ma'lumot. +998979153830, +998904693830

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-m
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qaroriga muvofiq, GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan hamda belgilangan toifalarga kiruvchi talabalar navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat grantini olish maqsadida ariza topshirishlari mumkin. 📌 Ariza topshirishning oxirgi muddati – 20-iyul. 📝 Arizalar quyidagi platformalar orqali qabul qilinadi: 🔹 my.hemis.uz 🔹 kontrakt.edu.uz ⏰ Hurmatli talabalar, arizangizni belgilangan muddatda topshirishingizni so‘raymiz. ⚠️ 20-iyul – arizalar qabul qilinishining so‘nggi kuni. Asos:👉 VM-149-son Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook | You tube