Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari
Kanalga Telegram’da o‘tish
Murojaat uchun Tel: 71-207-31-75 Fecebook: https:/www.facebook.com/share/1Fqry3ULeH/?mibextid=wwXIfr Instagram: https:www.instagram.com/olmazor_depigsh=MTQxdTYwa2Nxc2hoag%3D%3D&utm_source=qr YouTube: https://www.youtube.com/@umidfayzullayevich4761
Ko'proq ko'rsatish988
Obunachilar
-424 soatlar
-177 kunlar
-6630 kunlar
Postlar arxiv
#Olmazor_tumani #kengash_faoliyati #deputatlar_nazorati
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda↗️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat xodimlari B.Xoliqjonova va U.Shopotixovlar bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi ustidan Kengash nazoratini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 📁 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-25-26-14-197-K/26-sonli qaroriga muvofiq, Jamoatchilik fikri asosida 2026-yil 1-mavsumida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Mazkur qaror asosida jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari yo‘naltirilgan. 🇺🇿 Shu munosabat bilan tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan tuman ijro hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda joylarda o‘rganishlar tashkil etilmoqda. O‘rganishlar davomida 2026-yil I-mavsum “Open budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan 15-sonli Oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, xususan fasad qismi va bino tomining 600 m2 qismini joriy ta'mirlash yuzasidan obyektdagi mavjud holatlar o‘rganildi. 📈 Mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi qurilish me’yorlari asosida amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Ta’kidlash joizki, aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatlari yuzasidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida ham o‘rganish ishlari olib borildi. Deputat va tuman ijro hokimiyati vakillarining o‘zaro hamkorligi natijasida aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar izchil hayotga tatbiq etilib, hududlardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda. ✅ Kelgusida ham mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi deputatlar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube
#doimiykomissiya#Olmazordeputatlari#deputatlikfaoliyati#
🔹Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
KUN TARTIBI: 1-masala: Yoshlar uchun yozgi tatilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to`g`risida. 2-masala: Olmazor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirlgan ishlar to‘g‘risida. 3-masala: Tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan ishlari, Ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish to‘g‘risida hamda Olmazor tumanidagi “Ziyo” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida. 4-masala: Olmazor tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishda olib borayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida. ⚡️ Yig'ilish kun tartibiga muvofiq 4, ta muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya raislari va a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi va ma'qullandi hamda navbatdagi sessiyaga kiritildi.
#doimiykomissiya#Olmazordeputatlari#deputatlikfaoliyati#
🔹Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
KUN TARTIBI: 1-masala: Yoshlar uchun yozgi tatilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to`g`risida. 2-masala: Olmazor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirlgan ishlar to‘g‘risida. 3-masala: Tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan ishlari, Ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish to‘g‘risida hamda Olmazor tumanidagi “Ziyo” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida. 4-masala: Olmazor tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishda olib borayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida. ⚡️ Yig'ilish kun tartibiga muvofiq 4, ta muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya raislari va a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi va ma'qullandi hamda navbatdagi sessiyaga kiritildi. 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube
#Olmazor_tumani #kengash_faoliyati #deputatlar_nazorati
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi xodimi Sh.Inaganova hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K.Qo'chqoro ishtirokida Yoshlik MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy kommunal xizmatlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya, yoshlar va xotin-qizlar masalalari hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ijrosi muddat talab qiladigan masalalar tegishli tashkilot va mutasaddilar nazoratiga olinib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, qabul davomida aholi bilan samimiy muloqot o‘rnatilib, hududni yanada obod qilish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning farovon turmushini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Bunday sayyor qabullar aholining dardu tashvishlarini joyida o‘rganish, murojaatlarga tezkor munosabat bildirish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube
+4
#doimiykomissiya#Olmazordeputatlari#deputatlikfaoliyati#
🔹Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
🤝 Yig‘ilish interfaol savol-javoblar va ochiq muloqot tarzida o‘tib, komissiya a'zolari va ishtirokchilar tomonidan mablag‘ yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
⚡️ Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya raisi va a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi va ma'qullandi hamda navbatdagi sessiyaga kiritildi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube
#Olmazor_tumani #kengash_faoliyati #deputatlar_nazorati
📍 Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar yetarliligi deputat nazoratida❗️ Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat mutaxassislari va tuman ma'sul vakillar ishtirokida "Gulsaroy" MFY hududidagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi bo'yicha Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.
📉 O‘rganish davomida kundalik ehtiyojdagi asosiy mahsulotlar (go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, donli va poliz mahsulotlari)ning sifati, zahirasi hamda sotuvchilar tomonidan belgilangan narxlarning barqarorligi ko‘zdan kechirildi. Rastalarda mahsulotlarning yetarliligi va aholi uchun qulay sharoitlar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi. ⚖️ Xususan, Sh.Umarxodjayeva bozor xodimlari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning ishlash sharoitlari, savdodagi mavjud masalalar va iqtisodiy muammolarini ham tingladi.📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube
#Olmazor_tumani #kengash_faoliyati #deputatlar_nazorati
❗️Umumta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tumandagi 249-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasadagi bolajonlar uchun tashkil qilingan yozgi sog'lomlashtirish oromgoh faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🌸 Tashrif davomida o‘quvchilarning yozgi ta'tilida davomida sifatli ta’lim, tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv va o‘yin maydonchalari holati, sanitariya-gigiyena talablari, oziqlantirish tizimi hamda pedagog xodimlarning faoliyati muhokama qilindi.
🌈 Shuningdek, yozgi Sog'lomlashtirish maydonchasida rassomchilik, mental arifmetika, shaxmat, IT sohasi, mobilografiya, teatr san'ati, gimnastika, rus va ingliz tillari to'garaklari tashkil etilganligi yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.
👨👩👧👦 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muassasa rahbariyati va pedagoglar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.
💬 Shaxnoza Umarxodjayeva umumta’lim muassasasi tizimi kelajak avlodga ta'lim-tarbiya berishdagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni doimiy deputatlik nazoratida ushlab borish muhimligini qayd etdi.
🔎 Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
