uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

🌱 Eco Club TSUE

🌱 Eco Club TSUE

Kanalga Telegram’da o‘tish

🍀 TDIU "Eco Club" rasmiy kanali. 🌱 Eko-madaniyatni rivojlantiruvchi klub. ⚡️YASHIL KELAJAK UCHUN KICHIK QADAM! 📩 Murojaat uchun: @ecotsue_bot

Ko'proq ko'rsatish
2 356
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+217 kun
+2130 kun
Postlar arxiv
🌿 ECO CLUBDA TEATR — “SO‘NGGI NAFAS” 🎭 Sizni ekologik muammolar, inson mas’uliyati va tabiat kelajagi haqida hikoya qiluvch
🌿 ECO CLUBDA TEATR — “SO‘NGGI NAFAS” 🎭 Sizni ekologik muammolar, inson mas’uliyati va tabiat kelajagi haqida hikoya qiluvchi “So‘nggi nafas” nomli teatr tomoshasiga taklif qilamiz! 🗓Sana: 24-oktabr, shanba ⏰️Vaqt: 11:00 📍Manzil: Moliya kampusi, 12-bino
🍃 Tabiat bizga hayot beradi, ammo biz uni asrash uchun nima qilyapmiz? Ifloslanayotgan havo, kesilayotgan daraxtlar va yo‘qolib borayotgan tabiat bizni befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.
📎 Ishtirok etish uchun havola ‼️ Shoshiling, joylar soni cheklangan. 💚 Tabiatni asrash — o‘z kelajagimizni asrashdir! 🍀 Biz bilan bir oqimda bo‘ling! ✅ Telegram | 🌐 Instagram

🍀 Eco Clubda yana bir PLOGGING ! 🌿 17-oktabr kuni Eco club jamoamiz bilan birgalikda plogging tadbirimiz bo‘lib o‘tdi! Sayr va jismoniy faollik davomida atrof-muhit tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shdik.
Tadbir davomida nafaqat foydali harakat qildik, balki birgalikda vaqt o‘tkazib, yangi taassurotlar va unutilmas lahzalarga ham ega bo‘ldik. Chunki tabiatni asrash — har birimizning mas’uliyatimizdir.
🌱 Toza kelajak o‘z qo‘limizda! 🍀 Biz bilan bir oqimda bo‘ling! ✅ Telegram | 🌐 Instagram

💟💟💟 Har bir tomchi - hayot manbai! ☑️ TDIUning 4-sonli talabalar turar joyida 4-5-sonli talabalar turar joylari koordinatorlari hamda Eco-club hamkorlikda suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida “Suvni asrang!” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
💧Tadbir davomida suvning inson hayoti va tabiat uchun ahamiyati, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suvni isrof qilmaslikning muhim jihatlariga e’tibor qaratildi. 🌱Ishtirokchilar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiiy resurslarga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va atrof-muhitni asrash tadbirning asosiy maqsadlaridan bo‘ldi.
 🌿 Bugungi mas'uliyat - ertangi farovonlik. 🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook

Kelganlar bormi ? Biz boshlash arafasidamiz ... 🍀

‼️ Do'stlar, bugungi plogging uchun ro'yhatdan o'tgan barcha ishtirokchilarga bot orqali lokatsiya yuborildi. 🕑 Vaqt: 14:00
Kechikmasdan, o'z vaqtida kelishingizni so'raymiz.
Savollar bo‘yicha guruh adminlariga murojaat qilishingiz mumkin. Uchrashguncha! 💚

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz! 📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Rektoratga aytmoqchi bo‘lgan, ammo hali imkon topolmagan muammo yoki taklifingiz bormi? ⏺Universitetimizni qanday ko‘rishni xohlashingizni bizga ayting. Sizning fikringiz TDIUni talabalar uchun yanada qulay va foydali qilishimizga katta yordam beradi. • Qisqa, anonim so‘rovnomani to‘ldiring 📅 Muddat: 25-oktabrgacha 👉So'rovnoma uchun havola 💬Fikrlaringizni suhbatda aytmoqchimisiz? Ekspertimiz bilan onlayn uchrashuvga yoziling va barcha taklif hamda g‘oyalaringizni bevosita yetkazing. 👉 Uchrashuv uchun havola Har bir fikr muhim. Birgalikda TDIUni yanada yaxshiroq qilamiz! 🚀 #TDIU #SizningOvozingiz 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz! 📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? R
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz!
📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Rektoratga aytmoqchi bo‘lgan, ammo hali imkon topolmagan muammo yoki taklifingiz bormi?
⏺Universitetimizni qanday ko‘rishni xohlashingizni bizga ayting. Sizning fikringiz TDIUni talabalar uchun yanada qulay va foydali qilishimizga katta yordam beradi. • Qisqa, anonim so‘rovnomani to‘ldiring 📅 Muddat: 25-oktabrgacha 👉So'rovnoma uchun havola 💬Fikrlaringizni suhbatda aytmoqchimisiz? Ekspertimiz bilan onlayn uchrashuvga yoziling va barcha taklif hamda g‘oyalaringizni bevosita yetkazing. 👉 Uchrashuv uchun havola Har bir fikr muhim. Birgalikda TDIUni yanada yaxshiroq qilamiz! 🚀 #TDIU #SizningOvozingiz 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

🌍OʻZGARISHLAR BIZDAN BOSHLANADI! 🕊 🌷Darslar, topshiriqlar, imtihonlar… Biroz tanaffus qilib, foydali harakatga qo‘shilish
🌍OʻZGARISHLAR BIZDAN BOSHLANADI! 🕊 🌷Darslar, topshiriqlar, imtihonlar… Biroz tanaffus qilib, foydali harakatga qo‘shilish vaqti keldi! ✨ Plogging bilan sayr yoki yugurish davomida atrof-muhitni tozalashga hissa qo‘shamiz.Bu nafaqat jismoniy faollik, balki yangi tanishuvlar, yorqin taassurotlar va shahrimiz obodligi yo‘lida tashlangan muhim qadamdir.🍀
Faol dam olish, yangi do‘stlar va tabiat uchun foydali tashabbus — barchasi bir vaqtda
🗓 Sana: 17-oktabr ⏰ Vaqt: 14:00 ➡️ Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting ✅Siz ham o‘zgarishning bir qismi bo‘ling! 🍀 Biz bilan bir oqimda bo’ling ✅ Telegram | 🌐 Instagram

💟💟💟 Suvni asrang - kelajakni asrang! ☑️TDIU 1-sonli talabalar turar joyida Eco Club bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv isrofini kamaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Suvni asrang!” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
▶️Tadbir davomida suvning inson hayoti va tabiat uchun beqiyos ahamiyati, suv tanqisligining oldini olish hamda kundalik hayotda suvni tejashning samarali usullari haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
🌿Tadbirning asosiy maqsadi - yoshlarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va suvni tejash madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iborat. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram

⁉️ Do'stlar, sayohatga bordingizmi? Sizga yoqdi, degan umiddamiz. 💚 Tadbir haqidagi fikr va mulohazalaringizni bizga anonim tarzda yuborishingizni soʻraymiz.

🌿 ECO CLUB — Nevich: tabiat qo‘ynida unutilmas kun! 💚 📌 10-oktyabr kuni Eco Club jamoasi Nevich hududiga ekologik ekskursiya uyushtirdik! 🍃 Ekskursiya davomida ishtirokchilar:
• tabiat qo‘ynida maroqli vaqt o‘tkazishdi • jamoaviy o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali bir-birlari bilan yanada yaqindan tanishdilar • ekologik bilimlarini mustahkamlab, atrof-muhitni asrash va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini yana bir bor his etdilar
💚 Bu kun nafaqat yangi taassurotlar, balki unutilmas xotiralar, yangi do‘stliklar va umumiy maqsad sari birlashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi! Biz bilan bir oqimda bo’ling! Telegram | Instagram

❗️ Joylar soni to'ldi ✅

⛰ NEVICHGA EKSKURSIYA — TABIAT QO‘YNIDA UNUTILMAS KUN! 🌿 Shahar shovqinidan biroz uzoqlashib, tog‘lar, musaffo havo va ajoyi
⛰ NEVICHGA EKSKURSIYA — TABIAT QO‘YNIDA UNUTILMAS KUN! 🌿 Shahar shovqinidan biroz uzoqlashib, tog‘lar, musaffo havo va ajoyib manzaralar bag‘rida bir kunni o‘tkazing! 🗓 10-oktyabr ⏰ 07:00 — 19:00 💵 119 000 so‘m Sizni nimalar kutmoqda? 🍃 Nevich tog‘lari va go‘zal tabiat 🚌 Qulay borib-kelish 🎫 Kirish to‘lovi 🧭 Gid xizmati 🤝 Networking va qiziqarli o‘yinlar 📸 Unutilmas taassurotlar ⚠️ Joylar soni cheklangan! 🎫 Joy band qilish uchun: ✉️ @azimjon_qahhorov ga murojaat qiling. Shoshiling, o‘zingizga joyni oldindan band qilib qo‘ying! 🍀 🌱 ECO CLUB TSUE bilan tabiat sari! 🍀Biz bilan bir oqimda bo‘ling! ✅Telegram |🌐Instagram

📸 Mehr ulashamiz — #HayvonlargaMehr challenge! 💚 Bugun yaxshilikni birga ko‘paytiramiz! 🌿 Ko‘chada uchratgan jonivoringizga g‘amxo‘rlik qiling: unga ovqat yoki suv bering, mehr ko‘rsating, xavfsiz joy topishga yordam bering. 🐱🐶🐰 📸 Yaxshiligingizni suratga oling va ushbu post izohiga #HayvonlargaMehr heshtegi bilan joylang! Sizning birgina yaxshiligingiz bir jonivor uchun butun dunyo bo‘lishi mumkin. 🐾

🐾 Butunjahon hayvonlar kuni! Har bir jonivor — tabiatning ajralmas bir bo‘lagi. Ular ham mehr, e’tibor va himoyaga muhtoj.🦢
🐾 Butunjahon hayvonlar kuni! Har bir jonivor — tabiatning ajralmas bir bo‘lagi. Ular ham mehr, e’tibor va himoyaga muhtoj.🦢 Keling, nafaqat bugun, balki har kuni hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘laylik, ularni asraylik va ularga ozor bermaylik. 🐩🐈🐇 Chunki tabiatni asrash — undagi har bir tirik mavjudotni qadrlashdan boshlanadi. 💚 🍀Biz bilan bir oqimda bo‘ling! ✅Telegram |🌐Instagram

🟦🟦🟦 Tanishing! 👤 Menejment fakulteti BBA-85 guruhi talabasi Aymatov Azizbek Yusupovich TSUE Eco club rahbari etib tayinla
🟦🟦🟦 Tanishing! 👤 Menejment fakulteti BBA-85 guruhi talabasi Aymatov Azizbek Yusupovich TSUE Eco club rahbari etib tayinlandi. 🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook

Aziz ustoz va murabbiylar! 🌷 Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Bilim, mehr va sabringiz uchun tashakkur. Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💚 🍀Biz bilan bir oqimda bo‘ling! ✅Telegram |🌐Instagram

💧 BIR KUN SUV QOLMASA-CHI?! Suv — hayotimizning ajralmas qismi va eng bebaho tabiiy resurslardan biridir. Bugun dunyoning turli hududlarida suv tanqisligi tobora dolzarb muammoga aylanib bormoqda. 🌍 Bu muammoning oldini olish esa har birimizning kundalik odatlarimizdan boshlanadi. Suvni isrof qilmaslik, undan oqilona foydalanish va tabiiy suv manbalarini asrash — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir. 🌱
📣Keling, befarq bo‘lmaylik. Har bir tomchi suvning qadriga yetaylik va tabiatni asrashga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Chunki bugun asragan har bir tomchimiz — ertangi kun uchun bebaho merosdir!
🍀Biz bilan bir oqimda bo‘ling!   ✅Telegram  |🌐Instagram

🌿 Eco Blink - birga muammolarga qarshi! 📌26-sentabr kuni «Eco Club» doirasida «Eco Blink» tadbiri bo'lib o'tdi! 🍃 Tadbir davomida ishtirokchilar: ekologik bilimlarini boyitishdi; 💡 muammolarni bir-biri bilan bog‘lab, ularga yechim izlashdi; 🍀qiziqarli va jamoaviy o‘yinlarda ishtirok etishdi; 🤝 yangi do‘stlar orttirib, jamoa bo‘lib harakat qilishdi. Bu kun bizga yana bir narsani ko‘rsatdi: ekologik muammolarga yechim topish — bilim, hamkorlik va birgalikdagi harakatdan boshlanadi. 🌍✨ Birga o‘rganamiz, birga harakat qilamiz va birga yashil kelajakni yaratamiz! 💚 🍀Biz bilan bir oqimda bo‘ling!   ✅Telegram  |🌐Instagram

⁉️ Do'stlar, kecha “Eco Blink” tadbiriga keldingizmi? Sizga yoqdi, degan umiddamiz. 💚 Tadbir haqidagi fikr va mulohazalaringizni bizga anonim tarzda yuborishingizni soʻraymiz: https://t.me/questianonbot?start=1339431734