cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Kitobchi

• Kitoblar; • Kino va filmlar; • Sanʼat, musiqa haqida gaplashamiz. «Yozganlarim orasida eng qadrlisi — his qilingani».

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
366
Obunachilar
+1524 soatlar
+207 kunlar
+2030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Premium foydalanuvchilari, ovoz berib yuboringizlar.
Hammasini ko'rsatish...
2 1 1
Hammasini ko'rsatish...
Kitobchi

Bu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.

#arxiv Bugun xayolimga bir narsa keldi: bir maktub yozib, uydan chiqib ketish. Bir oymi, undan koʻpmi izsiz yoʻqolib ketishni rejalashtirgandim. Ammo qila olmadim. Oʻylar bunga yoʻl bermadi. Toʻgʻri, dunyo men bilan toʻlishib qolmaydi. Mensiz ham oʻsha qadim charxpalak aylanaveradi. Eng koʻp onam sabab keta olmayman! Men koʻp narsadan tezda voz kecha olaman. Qandaydir munosabatlardan, ishlardan, bizneslardan va hokazo. Ammo onamni yoʻlimga intizor qilib keta olmayman. Onam men uchun hamma. Ammo hamma onam boʻla olmaydi. Onam haqida koʻp yozaman. Yozishimga arziydigan kam sonli insonlarning avvalida zikr etadiganim — onam. Nima ish boshlasam, xayrixohlik qiladigan, meni doim qoʻllaydigan inson — onam. Doim bir narsani oʻylayman: negadir Xudo meni doim yaxshi insonlarga yoʻliqtiradi. Nima amalim yoqibdiki, buncha yaxshilik ustidan chiqaveraman, deb tez-tez oʻzimga savol beraman. Balki, onam sababdir. Onamning duolari sababdir. ona, oʻgʻling boʻlmadi sendek, u biroz gʻalati va yana sarkash. beqarorlik qiladi tez-tez, sabrining kosasi qolgan teshilib. sendek doʻsti yoʻqdir gʻarib bolangning, sen-ku suyanchigʻi, sen-ku hamrohi. yoʻlimni yoʻqotsam, borar manzilim va qolar manzilimsan oʻzing, onajon. © Behzod Sherzod oʻgʻli @kitobchi_blogi
Hammasini ko'rsatish...
bozorga atrofida joylashgan gaz quyish shaxobchasidan katta hajmdagi gaz osmonga koʻtarildi va lop etib yonib ketdi. oʻshanda bola edim. bozorda non sotayotgandim. birdan ur-toʻpolon boshlanib qoldi. hamma oʻng kelgan tomonga qarab qochyapti. men ham olamonga qoʻshildim. yugurdim. bor kuchim bilan qochdim. qochmasam, yonib ketadigandek edim. harorat juda kuchli edi. bunaqa qoʻrquvni hali hech his qilib koʻrmagandim. keyin oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni bostirishdi. oʻshanda bir doʻstim menga shunday degani hali hamon yodimda: — xudoga ishonasanmi? — ha. — nega xudo kelmadi? nega odamlarni qutqarmadi. u yoʻq. — unday dema. oʻshanda badanim vagʻillab ketgan. nahot xudo yoʻq boʻlsa? — deb ancha vaqt davomida oʻylanib yurganman. hozir oʻylab qarasam, men doʻstimning xudoni inkor qilganini qabul qila olmaganman. chunki men xudoga ishonardim-da. hozir menda ancha oʻzgarishlar boʻlgan. odamlarning u yoki bu eʼtiqodda ekanini tabiiy qabul qilaman. yoki, umuman, eʼtiqod qilmasligi ham — tabiiy. faqat bir narsa ich-etimni yeydi: bizning jamiyatimizda katta qatlam oʻzlariga oʻxshamaganlarni yutib yuborishga tayyor. ommaviy rad etib, ularni — oʻzlari bilan bir eʼtiqodda boʻlmaganlarni chetga chiqarib qoʻyishadi. qoʻrqishadi ulardan. xuddi ular odam emasdek. eʼtiqod — shaxsiy masala. unga aralashishga hech kimda haq-huquq yoʻq. bir tomondan, koʻpchilik odamlar musulmon oilada tugʻilgani uchungina musulmon va yoki Hindistonda tugʻilgani uchun budga sigʻinadi. bu ongsiz ravishda boʻladigan jarayon. lekin kimdir oʻzi yashab turgan jamiyatdagi odamlardan boshqa eʼtiqodni tutsa, bu — fojea. yoʻq, azizlar. biz odamlarning ichini bila olmaymiz. ular nega bu yoʻlda ekani ham bizga qorongʻi. faqat shunisi ayonki, ular ham odam. ular ham siz his qilgan narsalarni his qilishadi. ular ham siz nafas olayotgan havodan oʻpkasini toʻyintirishga haqli. hech qanday eʼtiqod oradagi munosabatlarga putur yetkaza olmasligi kerak. © Behzod Sherzod oʻgʻli @kitobchi_blogi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4❤‍🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
kimga mazza?
Hammasini ko'rsatish...
🔥 8❤‍🔥 4🕊 1🤗 1
qaytyapman. 😊
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 10🤗 1
🔥 14❤‍🔥 4
boshqa viloyatda qolish gʻalati boʻlarkan.
Hammasini ko'rsatish...
00:13
Video unavailableShow in Telegram
qaysi kitobni tugallagach shunday yigʻlagansiz?
Hammasini ko'rsatish...
1.94 MB
❤‍🔥 5🔥 4💔 3
Photo unavailableShow in Telegram
EN AVANT!👀 Qish, bahor, yoz va kuz... Bari tez o'tadi, ba'zan bu to'rtlikning birortasidan taskinlik va camfort topa olmaymiz, ammo biz sizga beshinchi mavsumni taklif qilamiz, o'z uyingizdagidek his qiling (balki, u yerdan yaxshiroqdir) 👇 https://t.me/addlist/1vRb8_ziusYzYTAx
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.