cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BUYUK TURKIYLAR TARIXI

УШБУ КАНАЛДА ТУРКИЙЛАРНИНГ ЭНГ КАТТА ЭЛАТИ САНАЛМИШ ЎЗБЕК ХАЛҚИ, МИЛЛАТИНИНГ ҚАДИМ ТАРИХИ, ЎЗБЕКЛАР ТУЗГАН ҚУДРАТЛИ ИМПЕРИЯЛАР, УЛУҒ АЖДОДЛАРИМИЗ ҲАҚИДАГИ ТАРИХИЙ ФАКТЛАР ВА МИЛЛАТНИНГ БУЮК ИСТИҚБОЛИ ҲАҚИДА МУНТАЗАМ ЁРИТИБ БОРИШГА ЖАЗМ ЭТДИК.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 875
Obunachilar
-124 soatlar
+7607 kunlar
+1 87430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi 5–6-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan siyosiy tadbirda tashkilotga aʼzo davlatlar Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda. Озарбайжоннинг Шуша шаҳрида Туркий давлатлар ташкилоти саммити бўлиб ўтади 5–6 июль кунлари бўлиб ўтадиган сиёсий тадбирда ташкилотга аъзо давлатлар Ўзбекистон, Озарбайжон, Туркия, Қозоғистон, Қирғизистон президентлари иштирок этиши кутилмоқда.
Hammasini ko'rsatish...
👍 23 1🥰 1
OʻZBEK SOʻZINING KELIB CHIQISHI 2-qism. A.Yu.Yakubovskiyning shunday qarashi, afsuski keyinchalik koʻpgina oʻzbek tarixchi olimlari tomonidan (jumladan, akademik A.A.Asqarov va boshqalar tomonidan ham) mexanik ravishda qayta-qayta takrorlana bordi va oxir-oqibatda, oʻzbeklarning Movarounnahr tarixidagi rolini inkor qilishgacha yoki buzib koʻrsatishgacha borib yetmoqda. Aslini olganda, maʼlumki, oʻzbek millati boshqa har xil qoʻshilmalardan tashqari, asosan uchta katta turkiy xalqlar komponentidan (qismlaridan) tashkil topgan. Bular 1) qarluq —chigil komponenti (turk — barlos ham shunga qoʻshiladi), 2) qipchoq komponenti (bular qadimgi davrlardan beri “oʻzbek” nomi bilan atalib kelgan), 3) oʻgʻiz komponenti. Bular ham qisman oʻzbek nomi bilan, yoki “oʻgʻuz” “xorazmlik”, “urganchi” degan nomlar bilan atalib kelingan. Oʻzbek millatining bu komponentlari ayniqsa turkolog-tilshunos olimlarning ishlarida qayta-qayta eʼtirof qilingan va yoritib kelingan. Eski oʻzbek adabiy tilining shakllanishidan tortib butun taraqqiyoti davomida bu komponentlarning xar biri sezilarli darajada qissa qoʻshgan. Karluq-chigil komponenti bilan oʻgʻiz komponentining hozirgi Oʻzbekiston territoriyasida qadimgi davrlardan beri yashab kelayotganligiga ilmiy adabiyotlarda eʼtiroz yoʻq. Lekin qipchoq komponentining bu territoriyada qadimgi davrlardan beri yashab kelayotganligi haqida hozirgi davrda ham har xil qarashlar va munozaralar davom etib kelmoqda. Aslida bu munozara Shayboniyxonning XVI asrning boshlarida butun Oʻrta Osiyoni, jumladan hozirgi Oʻzbekiston territoriyasini zabt qilib olishi bilan bogʻliq ravishda davom etib kelmoqda. Chunki Shayboniyxonning qoʻshini tarkibida qatnashgan qavmlarning asosiy qismi oʻzbeklar (qipchoq-oʻzbeklar)dan iborat edi va shu vaqtgacha ular Sirdaryo boʻylarida oʻzlarining “Mamlakati Oʻzbekiya” (yoki “Dashti qipchoq”) deb atalgan kuchli davlatini tashkil qilgan edilar. Shuning uchun ham baʼzi bir tarixchilar ularni umuman “oʻzbek” nomi bilan atab kelgan va Oktyabr revolyutsiyasigacha oʻzbek nomi bilan koʻpincha shular tushunilgan. Marhum tilshunos olim, muhtaram professor Hamdam Berdiyorovning qayta-qayta taʼkidlab aytishicha: “XI asrda yashagan arab sayyohi Yoqut oʻzining sayohatnomasida Movarounnahrda va Xorazmda «oʻzbek” nomi bilan yashagan qavmlarni uchratgan»ligi haqida hikoya qilgan. Demak, “oʻzbek” soʻzi kishi nomi sifatida ham, el nomi sifatida ham aniq tarixiy manbalarning guvohlik berishicha XI asrda yuzaga kelgan. Криллда бу ерда👇👇👇 https://telegra.ph/%D0%8EZBEK-S%D0%8EZINING-KELIB-CHI%D2%9AISHI-07-04
Hammasini ko'rsatish...
ЎЗБЕК СЎЗИНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ

2-қисм. А.Ю.Якубовскийнинг шундай қараши, афсуски кейинчалик кўпгина ўзбек тарихчи олимлари томонидан (жумладан, академик А.А.Асқаров ва бошқалар томонидан ҳам) механик равишда қайта-қайта такрорлана борди ва охир-оқибатда, ўзбекларнинг Мовароуннаҳр тарихидаги ролини инкор қилишгача ёки бузиб кўрсатишгача бориб етмоқда. Аслини олганда, маълумки, ўзбек миллати бошқа ҳар хил қўшилмалардан ташқари, асосан учта катта туркий халқлар компонентидан (қисмларидан) ташкил топган. Булар 1) қарлуқ —чигил компоненти…

👍 11
03:21
Video unavailableShow in Telegram
БУЮКЛИК ГЕНИ БЎЙ ЧЎЗМОҚДА Эслатиб ўтамиз: Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Париж-2024да иштирок этадиган таркиби эълон қилинди. 3 нафар ёши катта футболчи сифатида мусобақага Ҳусниддин Алиқулов, Остон Ўрунов ва Элдор Шомуродов олиб борилади. Легионерлардан Абдуқодир Ҳусанов, Ҳусниддин Алиқулов, Иброҳимхалил Йўлдошев, Умарали Раҳмоналиев, Остон Ўрунов ва Элдор Шомуродовнинг олимпиада иштирок этишига клублари рухсат берди. "Ал-Ваҳда" эса Ҳожимат Эркиновни турнирга қўйиб юбормади. Ўзбекистон U23 терма жамоасининг олимпиада гуруҳ босқичидаги тақвими: 24 июль. Ўзбекистон - Испания 27 июль. Ўзбекистон - Миср 30 июль. Ўзбекистон - Доминикан
Hammasini ko'rsatish...
Буюклик гени.mp455.25 MB
👍 14🔥 1
00:07
Video unavailableShow in Telegram
BUYUK TURON ORZUSI... BIZ UCHUN FAQAT TURK BIRLIGI!
Hammasini ko'rsatish...
БУЮК ТУРОН.mp43.04 MB
👍 23🔥 4 1👏 1
Abdulla Qodiriyni aynan shu gaplari uchun otib tashlashgan...
Hammasini ko'rsatish...
😢 10
01:00
Video unavailableShow in Telegram
7.96 KB
😢 24👍 8 3
03:34
Video unavailableShow in Telegram
Turkiy sadolar... Musiqa va ohang sehri. Bu jozibador kuy qadim turkiy elatlarning kuch va ijod erkinligini, koinotning hayotbaxsh energiyasini, tabiatga boʻlgan mehr-muhabbatini tarannum etmoqda goʻyo...
Hammasini ko'rsatish...
Куй Чанқовуз.mp439.09 MB
👍 16 1
OʻZBEK SOʻZINING KELIB CHIQISHI 1-qism. Avvalo shu narsani aytish kerakki, “oʻzbek” soʻzining lugʻaviy maʼnosi “oʻzi bek”, “oʻzimizning bek”, “oʻziga mustaqil — oʻzi xon” degan maʼnolarni anglatadi. Bu fikrni taniqli olim Boʻrivoy Ahmedov va boshqa tarixchilarimiz ham qayd etishgan. Xalq orasida ham bu soʻz asosan shu maʼnoda qoʻllaniladi. Lekin baʼzi bir manbalarda “oʻzbek” soʻzi “yengilmas — qaysar”, “sher” (arslon) maʼnolarini, hatto “xudoga yaqinlashuvchi” soʻzi bilan bogʻliq maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar ham bor. Lekin ular ilmiy adabiyotda yetarli darajada isbot qilinmagan. Oʻrni kelganda aytish kerakki, baʼzi bir gʻarazgoʻy chalamullalar soʻnggi vaqtlarda oʻzbek xalqi nomiga otila boshlangan tuhmat toshlaridan ilhomlanib, “oʻzbek” soʻzining “oʻzbek” shaklida qoʻllanilishini oʻzlaricha salbiy boʻyoqda tushunib, har xil baland-past gaplarni tarqatishga urinmoqdalar. Chunki ularning asosiy maqsadi oʻzbek millatini ikkiga boʻlib koʻrsatish va ularning orasiga oʻzaro nifoq urugʻini sepishdan iboratdir. Aniqroq qilib aytganda, baʼzi bir tarixiy adabiyotlarda hanuzgacha “oʻzbek” nomi bilan tanilib kelgan qavmlarni goʻyo Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston territoriyasida qadimdan yashab kelmagan va madaniyatining yaratilishiga hissa qoʻshgan emas, degan gaplar aytilib kelinmoqda. Soʻnggi vaqtlarda, oʻzbeklarga nisbatan oʻzini gʻarazgoʻy tutuvchi kishilar goʻyo oʻzbeklarning Samarqand va Buxoro shaharlarida yaratilgan mashhur yodgorliklarga hech qanday aloqasi yoʻq emish, degan (mish-mish tarzidagi) daʼvoni taʼmagirlik bilan tarqatmoqdalar. Masalan, oʻtgan yili Butunittifoq telekoʻrsatuvining “Vzglyad” (“Nigoh”) programmasi vaqtida jurnalist Borovik ana shunday asossiz daʼvoni surbetlarcha takrorladi, lekin, afsuski, tarixchi olimlarimiz tomonidan, bunday asossiz daʼvolarga hanuzgacha yetarli darajada zarba berilgan emas. Tarixga bunday qarash aslida mashhur rus tarixchisi professor A.Yu.Yakubovskiyning 1941-yilda yozilgan “Oʻzbek xalqining kelib chiqishi masalasiga doir” degan kitobchasidan boshlanadi. Mazkur kitobchada professor A.Yu.Yakubovskiy quyidagilarni yozgan edi: “Biror xalqning shakllanish sharoitini uning nomlanish tarixidan farqlay bilish kerak, «Oʻzbek” nomining oʻzi faqat XIV asrdagina kelib chiqqan… Koʻchmanchi oʻzbeklar hozirgi Oʻzbekistonning hamma territoriyasida boʻlmaganida ham, har holda uning asosiy qismida turkiy tilda gaplashuvchi, yaʼni turk va turklashgan zich aholiga toʻgʻri keldilar (va)… ushbu turkiy tilli aholiga faqat uning oxirgi qismi sifatidagina qoʻshilib unga oʻzlarining nomlarinigina berdilar, xolos». Криллда бу ерда👇👇👇 https://telegra.ph/%D0%8EZBEK-S%D0%8EZINING-KELIB-CHI%D2%9AISHI-07-03
Hammasini ko'rsatish...
ЎЗБЕК СЎЗИНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ

1-қисм. Аввало шу нарсани айтиш керакки, «ўзбек» сўзининг луғавий маъноси «ўзи бек», «ўзимизнинг бек», «ўзига мустақил — ўзи хон» деган маъноларни англатади. Бу фикрни таниқли олим Бўривой Аҳмедов ва бошқа тарихчиларимиз ҳам қайд этишган. Халқ орасида ҳам бу сўз асосан шу маънода қўлланилади. Лекин баъзи бир манбаларда «ўзбек» сўзи «енгилмас — қайсар», «шер» (арслон) маъноларини, ҳатто «худога яқинлашувчи» сўзи билан боғлиқ маъноларни англатади, деган фикрлар ҳам бор. Лекин улар илмий адабиётда етарли даражада…

👍 9😁 3 2🤔 2🤝 2
Photo unavailableShow in Telegram
Vasiliy Veregashin chizgan surat XIX asrga tegishli. Rasmda Turkistonni zabt etishda ishtirok etgan ruslarning kesilgan boshlarini tekshirayotgan amir yoki sardarka ko'rsatilgan. Kimligiga rassom izoh bermagan... P.S.Vereщagin janglarda shaxsan qatnashgan. Samarqandni ruslar olgandan keyin Vereщagin oʻsha yerda joylashadi. Buxoro amiri Samarqandni qaytarib olish uchun ruslarning ustiga yana bir bor qoʻshin tortadi. Oʻshanda Samarqand ustida Buxoro askarlari bilan boʻlgan jangda Vereщagin shaxsan qatnashadi va yaralanadi. Kaufman unga Muqaddas Georgiy ordenini beradida, yarasini davolash uchun Peterburgga qaytarib yuboradi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 18 1
Photo unavailableShow in Telegram
SHERMUHAMMAD MUNIS O‘ZINING “FIRDAVS UL-IQBOL” ASARIDA YOZISHICHA: “Arabmuhammadxon (1602-1623) otasidan so‘ng Xivaq dorussaltanatida taxtga o‘tiradi. U taxtga o‘tirganidan olti oy o‘tib, o‘risdin lashkar kelib, Urganchga kirdi, ming kishini shahid etdi va yetti kun talon-taroj uyushtirdi, ko‘tarib bo‘lmaydigan o‘ljaga o‘t qo‘ydi. Arabmuhammad Xivadan Urganchga otlandi va Urganch ostonasida 2 kun jang qildi. Uchinchi kuni zo‘r qilib o‘tdi, yana islom cheriki oldig‘a chiqib, yetti kun qamal qilib, qatliom etdilar. O‘ruslardan 100 kishi qutulib daryoga yetib oldilar va yog‘ochdan qo‘rg‘on tiklab himoyalanmoqchi bo‘ldilar. Ularni ham jahannamga yubordilar” deyiladi. Demak, ruslarning Xorazmga bosqinlari 17-asrda ham kuzatilgan va bu paytda Rusiyaning buyuk knyazi Godunovlar sulolasi vakili Boris Fedorovich Godunov edi. Olloqulixon, Sherg‘ozixondan oldin Arabmuhammadxon ham o‘rus lashkarini yerparchin etgandi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 22❤‍🔥 4
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.