cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

NamMQI Live

Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatidan jonli lavhalar

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
751
Obunachilar
-424 soatlar
-97 kunlar
-5730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Institutda Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi Joriy yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yosh turizm elchilari kengashi raisi Komiljon Suyarov hamda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuv davomida turizmning ushbu tarmogʻini yanada rivojlantirish va bu yondashuv orqali yoshlar turizmini ommalashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Namangan viloyati Yosh Turizm elchilari kengashiga avgust oyida boʻlib oʻtadigan "Yoshlar Kelajak bunyodkorlari" 3-xalqaro Qurultoyi boʻyicha maʼlumotlar va dasturga oid topshiriqlar berildi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
Institutda muhandislik texnika fan tarmog'idagi ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqotchilarining faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi Avval xabar berganimizdek, institutda tadqiqotchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazib kelinmoqda. Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi. Tasdiqlangan reja-jadval asosida har bir doktorantning yakka tartibdagi rejasi doirasida 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyati samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Institut magistranti yana gʻoliblar safida... Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yosh qalamkashlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Respublika yosh ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Xalq banki va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 3-5 iyul kunlari seminarning joriy yilgi mavsumi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, Namangan muhandislik-qurilish instituti Bino va inshootlar kafedrasi magistranti Ahmadjon Muxtorjonov hududiy va mintaqaviy bosqichlar gʻolibi sifatida seminarda ishtirok etdi. Taniqli yozuvchi va shoirlar, maʼsul vakillar ishtirokida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolib ishtirokchilar maxsus statuetka, sertifikat, pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Talabamizning keyingi faoliyatiga ham omad va zafarlar tilaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
🥰 1
Institutda doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi. Muloqot davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejasi 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan 3-kurs doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
Institut rektori boshchiligida yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullari bilan seminar-yig'ilishi o'tkazildi Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev rahbarligida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Odiljon Jakbarov, institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, yoshlar ittifoqi kengashi raisi va a’zolari bilan o‘quv yili yakunlari hamda iyul-avgust oylarida talabalar bilan doimiy onlayn muloqot olib borish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tashkiliy seminar o‘tkazildi. Seminar-yig‘ilishida ta’tildagi xodimlarning maroqli dam olishlari uchun institut tomonidan kerakli yordamlar berilishi, yangi o‘quv yiliga yangi kuch-g‘ayrat bilan qaytishlariga ko‘maklashish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib o‘tildi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.