cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Zakovat harakati

Zakovat — bu nafaqat o'yin

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 143
Obunachilar
+324 soatlar
+997 kunlar
+34330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Zakovatchi Temur Madalimov falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi! Zakovat o‘yinining uzoq yillik ishtirokchisi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Temur Madalimovga Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi. Temur Madalimovni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Zakovatchilar tez-tez shaxsiy yutuqlarga erishayotganidan xursandmiz! #zakovatliman @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
👍 12🔥 5👏 3 1
Repost from Alisher Sadullaev
02:46
Video unavailableShow in Telegram
Aziz yoshlar! Bilimli, isteʼdodli, oʻzining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorugʻ boʻladi. Biz Oʻzbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini gʻanimat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuygʻusi bilan yashasangiz albatta kam boʻlmaysiz. 30 iyun – Yoshlar kuni muborak bo'lsin! @alisher_sadullaev
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7190.MP433.01 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Zakovat xodimi Baymurza Bazarbayev – “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi! Zakovat klubining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi koordinatori yordamchisi Baymurza Bazarbayev Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Baymurza Bazarbayevni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz! Biz Zakovat nafaqat o‘yin ekanligini ta’kidlaganda, bilimdonlarimiz nafaqat muvaffaqiyatli, balki jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ham nazarda tutamiz. Mana shunday jonkuyar xodimlarimiz borligidan faxrlanamiz! #zakovatliman @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
🔥 16👍 9❤‍🔥 4👏 2💯 2😁 1
Samarqandda Global Youth Festival Uzbekistan-2024 doirasida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi Zakovat xalqaro doiraga chiqqanini yana bir isbotladi! Biz endi Zakovatni xalqaro fenomen darajasiga olib chiqish ustida ishlayapmiz! 🌍 Butunjahon yoshlar festivali doirasida dunyo yoshlari ishtirokida ingliz tilida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Malayziya, Hindiston, Germaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, AQSh, Zambiya kabi o‘nlab davlatlardan kelgan yoshlardan tuzilgan jamoalar 8 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishdi 🤩 Zakovatdagi savollar va o‘yin atmosferasi xorijlik yoshlarda katta qiziqish uyg‘ota oldi @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
👍 6❤‍🔥 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Zakovatchi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, Zakovat klubining faol a’zosi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bahodir Anorovni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan ham katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz! Biz klubimizda shunday bilimdonlar borligidan faxrlanamiz va bundan keyin ham klub a’zolarining muvaffaqiyatlarini yoritishda davom etamiz. #zakovatliman @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 11👍 8🔥 6🤬 6👏 4
00:14
Video unavailableShow in Telegram
Zakovatchilar yana nimani boshlashdi? 🤫🧐 Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring 😉 @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
4.81 MB
👍 14👎 7🤔 2🔥 1👏 1
00:55
Video unavailableShow in Telegram
Oila yoki karyera. Bittasini tanlash kerakmi? 🧐 “Diqqat, savol!” podkastining bu sonida mashhur zakovatchi Rushana Rajabova hamda tadbirkorlar - “Testo” kafesining asoschisi Nargiza Ulugova hamda agroeksportchi Dildora Otajonova bilan ayollarning tadbirkorlikdagi o‘rni, sohadagi muammolar va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining kelajagi haqida so‘z yuritdik. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
12.46 MB
👍 11👎 10 3❤‍🔥 2🔥 1
00:55
Video unavailableShow in Telegram
Oila yoki karyera. Bittasini tanlash kerakmi? 🧐 “Diqqat, savol!” podkastining bu sonida mashhur zakovatchi Rushana Rajabova hamda tadbirkorlar - “Testo” kafesining asoschisi Nargiza Ulugova hamda agroeksportchi Dildora Otajonova bilan ayollarning tadbirkorlikdagi o‘rni, sohadagi muammolar va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining kelajagi haqida so‘z yuritdik. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
12.46 MB
Photo unavailableShow in Telegram
@zakovattanlov_bot botidan foydalanish yo‘riqnomasi Yozgi mavsumdan boshlab har o‘yinda boshlovchi tomonidan muxlislar uchun alohida 2 ta savol o‘qib borilishidan xabardorsiz. Ammo ushbu tanlovda qanday tartibda qatnashishni bilmayapsizmi? Unda bu post aynan Siz uchun! Muxlislar tanlovda faqat @zakovattanlov_bot boti orqali ishtirok etishlari mumkin. Boshqa joyga (masalan, Zakovat klubining elektron pochta manziliga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga) jo‘natilgan javoblar inobatga olinmaydi. Botga javob jo‘natishdan oldin unda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
❗️Bu muhim: Botga kirganingizda ro‘yxatdan o‘tishdan avval sahifada ko‘rsatilgan havola orqali tanlovda ishtirok etish shartlari (oferta) bilan tanishib chiqish lozim.
Botda ro‘yxatdan o‘tish uchun dastlab /start buyrug‘ini bosish talab etiladi. Shundan so‘ng, ishtirokchidan ismi, sharifi va familiyasini, undan keyin telefon raqamini kiritish talab etiladi. So‘ng ishtirokchi har ikkala javobini bitta xabarda jo‘natishi lozimligi haqida ogohlantiriladi. Shundan keyingina ishtirokchi o‘z javoblarini jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishtirokchi har ikkala savolning javoblarini botga bitta xabar ko‘rinishida yuborishi lozim bo‘ladi. 2 ta savolga 2 ta xabar ko‘rinishida yuborilgan alohida javoblar qabul qilinmaydi. Har ikkala savolga to‘g‘ri javobni eng birinchi bo‘lib yuborgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Ishtirokchilar bir necha marta javob jo‘natishi ham mumkin. Faqat bunda har safar javob jo‘natishdan avval yuqorida keltirilgan ketma-ketlikda ma’lumotlarni qayta jo‘natishi talab etiladi. Bot orqali javoblarni qabul qilish “Zakovat” teleo‘yini efiri tugagandan keyin 24 soat o‘tgach to‘xtatiladi. Bir efir o‘yinida faqat 1 nafar g‘olib aniqlanadi. Tanlovda faqat O‘zbekiston Respublikasi ichida bo‘lib turgan ishtirokchilargina qatnasha oladi. G‘olib maxsus sovg‘a – 4 mln so‘m (daromad solig‘i bilan birga) bilan mukofotlanadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
Zakovatli bilimdon qidirilmoqda 🤫 Yangi shablonlarimizdan Siz ham foydalanib ko‘ring 😉 @zakovatharakati
Hammasini ko'rsatish...
👍 11🤣 5🔥 3
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.