cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Farrux Muxtarov | TATU Farg'ona filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali direktorining rasmiy telegram sahifasi Manzil: Farg’ona shahar, 150118, Mustaqillik ko’chasi, 185-uy Direktorga murojaat @tatuffgamurojaat

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 799
Obunachilar
-424 soatlar
-347 kunlar
-71830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Digital.uz
Farg‘onada “Audiotele” kompaniyasi autsorsing xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib boradigan, call-markaz autsorsingi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha peshqadam bo‘lgan “Audiotele” kompaniyasi rahbari Dmitriy Faleleyev bilan uchrashdi. Kompaniya tomonidan Toshkent shahridan so‘ng Farg‘onada ham call-markaz autsorsingi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha o‘z filialini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishi uchun Farg‘ona shahar markazidan joy tanlab olingan.  Birinchi bosqichda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida viloyatdan ishga kirish uchun tanlab olingan 45 nafardan ortiq nomzodlarni o‘qitish va malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda. Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/16213/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Hammasini ko'rsatish...
🏆 1
Vazir TATU Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishdi hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Vebsayt|Youtube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
2🏆 1
Repost from Digital.uz
🎓 Vazir TATU Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishdi hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi Strategiya markazida bo‘lib, ilmiy ishlanmalar, xalqaro hamkorlik hamda filial talabalarining xalqaro va respublika miqyosidagi turli tanlov va musobaqalarda qo‘lga kiritgan yuqori natijalari bilan tanishdi. Vazir u yerda talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Filialning “Axborot xavfsizligi” kafedrasi qoshida ochilgan “Murakkab jarayonlarni modellashtirish” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati hamda laboratoriyadagi sharoitlar, shuningdek, filialda tashkil etilgan “Student ofis” faoliyati hamda ofisda talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi hamda Vazir ushbu laboratoriya hamda “Student ofis” faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/16182/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Hammasini ko'rsatish...
🏆 1
🔘Farg‘ona shahrida nemis tiliga ixtisoslashgan “WEGWEISER” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi Tashrif davomida so‘nggi yillarda ijtimoiy hayotimizda, faoliyatimizda raqamli texnologiyalar katta o‘rin tutayotganligi, o‘z navbatida, bu sohada malakali kadrlarga talab ortayotgani va ushbu o‘quv markazi nafaqat ta’lim, balki IT yo‘nalishida yoshlarning tahsil olishlari uchun katta imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.  Shuningdek, markazda ta'lim olayotgan yoshlar bilan suhbatda chet tillarini yaxshi o‘zlashtirgan yoshlarimiz ishsiz qolmasligi, masofaviy xizmat ko‘rsatishga yetarli malakaga ega bo‘lishsa, shu yerning o‘zida bemalol yuqori daromad topishlari mumkinligi aytib o‘tildi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/16127/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
Repost from Digital.uz
Vazir Farg‘ona shahridagi “Premiumsoft” MChJ faoliyati bilan tanishib, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida takliflarini berdi U yerda Vazir kompaniya imkoniyatlari, uni yanada kengaytirish, yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish, duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi. “PremiumSoft” kompaniyasi raqamlashtirish yo‘nalishida turli platformalarni ishlab chiqishda, davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish borasida dasturiy yechimlar va maxsus tizimlarni yaratishda katta tajribaga ega hisoblanadi. Mazkur kompaniya 2024-yil yakuniga qadar 1,2 mln AQSh dollari miqdorida dasturiy mahsulotlarni eksport qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/16064/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2 1👏 1
🇺🇳 UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan IT-ta’lim yo‘nalishini yanada rivojlantirish maqsadida amaliyot dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Kastijio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muhokama chog‘ida ta’limni raqamlashtirishning bugungi holati, yoshlar va ayniqsa, IT yo‘nalishida tahsil olayotgan qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv avvalida Regina Kastijio O‘zbekistonning ko‘p jabhalarda jadal rivojlanish yo‘lida qo‘lga kiritgan, aholi turmushini sezilarli darajada yaxshilagan yutuqlar, shuningdek, IT sohasida yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.
📝O‘z navbatida, vazir Sh.Shermatov UNICEF vakillariga vazirlikning asosiy maqsadlaridan biri yosh avlodni tayyor ish o‘rinlari bilan ta’minlash va bu orqali boshqa davlatlarga migratsiya foizini kamaytirib, yoshlarni shu yerning o‘zida yuqori maoshli ishlarga jalb qilish ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, vazir O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoniyati cheklangani, bundan tashqari, yuqori daromodli ish o‘rni yaratish zarurati mavjudligi, IT orqali esa bu muammoni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilayotganiga to‘xtalib o‘tdi. Shu munosabat bilan vazirlik AKT sohasini faol rivojlantirmoqda, bu esa IT-xizmatlari eksportini jadal oshirishga xizmat qilmoqda.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/16006/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
#Rektorlar_kubogi #Stol_tennisi 🏛 “Central Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetida Fargʻona viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʻrtasida sportning “Stol tennisi” turi boʻyicha “Rektorlar kubogi” musobaqa jarayonidan fotolavhalar. Vebsayt|Youtube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
3🔥 3🏆 2 1👏 1🎉 1
Repost from CAMU l Rasmiy
Fargʻona shahrida joylashgan “Central Asian Medical University”xalqaro tibbiyot universitetida Fargʻona viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʻrtasida sportning “Stol tennisi” turi boʻyicha “Rektorlar kubogi” tashkil etildi. Ushbu musobaqada barcha rektorlar va Fargʻona viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Boymatov Toʻychiboy Alijonovichlar ishtirok etdilar. Musobaqa yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali direktori Nizom Tuxtaboyev, TATU Fargʻona filiali direktori Farrux Muxtorov, Fargʻona politexnika instituti rektori Oʻktam Salomov, Fargʻona shahridagi ISMA universiteti rektori Xamzaxoʻja Abduraxmonov, Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti prorektori Dilmurod Darmonovlar faol ishtirok etdilar. Tadbir yakunida bunday musobaqalar har oyda bir marotaba tashkil etilishiga kelishib olindi va keyingi musoba Fargʻona politexnika institutida sportning “Voleybol” turi boʻyicha oʻtkazilishi belgilandi. Telegram 💻Instagram 🎞Youtube
CAMU l Press service✅
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1👏 1🎉 1🏆 1
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.