cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bo‘tayeva FARIDA AFRO‘Z rasmiy kanali

O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shoira, Nosir, Dramaturg, Tarjimon Bo‘tayeva FARIDA AFRO‘Z rasmiy kanali Telegram: t.me/FARIDA_AFRUZ_Botayeva Murojaat uchun: @Nilufar_Ruxillayeva

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 026
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️ Endi hokimlar Kengashlarga raislik qilmaydi ✅ Yig‘ilishda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Maʼlumki, yangi Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi belgilangan. Shu munosabat bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilyapti.
📃 Qonun loyihasidagi hokim va mahalliy Kengash raisi vazifalarining ajratilishi bilan bog‘liq qoidalar viloyatlar va Toshkent shahrida 2024-yilgi saylovlar yakunlari bo‘yicha, tuman va shaharlarda esa, 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. 👉 UMIDA RAHMONOVA
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat,yangilik🥳🤩 Ustozimiz Farida AFRO’Z ning yangi „Ruhumun çiçeği” nomli kitoblari Turkiyaning mashhur nashryoti Baygençda turk tilida chop etildi🤩 Aytgancha,ushbu kitobni Turk book-storelaridan topishingiz mumkin🥳 Yaqinda linklarinida yuboraman. Диққат,янгилик🥳🤩 Устозимиз Фарида АФРЎЗ нинг янги „Ruhumun çiçeği” номли китоблари Туркиянинг машҳур нашрёти Байгенçда турк тилида чоп этилди🤩 Айтганча,ушбу китобни Турк боок-стореларидан топишингиз мумкин🥳 Яқинда линкларинида юбораман.
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 2
Photo unavailableShow in Telegram
#mujda Yangi son mundarijasi bilan tanishing! @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
00:52
Video unavailableShow in Telegram
IMG_3893.MP44.48 MB
9👍 8😘 4🥰 3👏 1💘 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
  Соғина,  соғина, соғинмай қўйдим, Энди менга барибир келсанг, келмасанг, Қўлингдан келса гар осмонни ташла, Энди менга барибир,  севсанг, севмасанг! Соғина, соғина, соғинмай қўйдим, Хўп телба кўнгилга чўпчаклар айтдим. Алдашни ўргандим юракни боплаб, Дарёга  обориб суғормай   қайтдим. Соғина, соғина, соғинмай қўйдим, Тили бўлса айтсин шу тўрт деворни. Энди мен сира ҳам йиғламай қўйдим, Қўлимга олмайман қайтиб ишқ-торни. Соғина, соғина, соғинмай қўйдим, Ахир не орттирдим куйиб, куйиниб. Яшайман энди мен бир одам бўлиб, Устум бут,   қорним тўқ,  шунга суюниб. Соғина, соғина, соғинмай қўйдим, Кўксимга бир муштлаб, охир унитдим. Энди сен кимсану недир муҳаббат, Бу ўт  пешонамни қисматга тутдим. Соғина, соғина, соғинмай қўйдим!..     Фарида АФРЎЗ
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3877.MOV1.32 MB
9👍 7🥰 2
00:17
Video unavailableShow in Telegram
IMG_3824.MP41.45 MB
8🥰 2 1🕊 1
00:18
Video unavailableShow in Telegram
Бургут бўлсанг, самовий парвозингда уч, Охумисан, тоғу тош қояларинг қуч, Эй, сен, фитна, разолат – ҳаёллари пуч, Билгинки, ғолиблар тахлил қилинмас.   Сен магарки, шамолсан, ортингга қайтма, Қуёш бўлсанг, шафақнинг қўшиғин айтма, Мардмисан, жўмардлик тахтидан кетма, Билгинки, ғолиблар тахлил қилинмас.   Майдасанки, чил-парчин бўлишинг тайин, Тегирмонда янчарлар, янчилган сайин, Эй, дунёси хароба, умри бетайин, Билгинки, ғолиблар тахлил қилинмас.   Зўрмисан,  гар, зўрлигинг кўрсатиб ўтгил, Ғўрмисан, бас, пешонанг қисматга тутгил, Ночормисан, ночорлик шаробин ютгил, Билгинки, ғолиблар тахлил қилинмас.   Фарида АФРЎЗ❤️‍🔥 @FARIDA_AFRUZ_Botayeva
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3796.MP41.56 MB
7👍 4🥰 3🔥 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
* * * Nega jimsan, nega darak yo‘q, Xat tashuvchi kabutar qani? Uzoqdirsan, kiprigimdan ham, Chak-chak oqar sochlarim qoni. Xiyonatga to‘yganmas dunyo, U ajdardir, yamlamay yutar. Mening, sening dardimizsiz ham, Tonglar otar, quyoshlar botar. Endi bizga sinovlar bekor, Tog‘ bo‘lsa ham nuraydi toqat. Yolg‘oningga ishontir meni, Ne desang ham jim turma, faqat. ©️Farida Afroʻz https://t.me/FARIDA_AFRUZ_Botayeva ❤️‍🔥
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3788.MP41.21 MB
👍 8🔥 3 1🥰 1
O’zbekistonda ilk bora chop etilayotgan creative antalogiya to’plamga qabul boshlandi🥳 📰O’zbek(ingliz-rus)tilida ijodiy ishingiz ommalashishi uchun ajoyib imkoniyat🔥 -O’zbek tilida taqrizdan o’tgan holda ishingiz chop etiladi; -O’zbekiston Milliy Kutubxonasidan Griff olinadi; -O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining eng zo’r ijodkoridan taqriz beriladi; -Amazon.com va boshqa 20dan ortiq xalqaro bookstorelarda sotuvga qo’yiladi; -To’plam glansoviy listda,rangli,professional dizayner tomonidan ishlanib chop etiladi; -To’plamda ishlar o’zbek tilida chop etiladi va ayni muqoboli ingliz yokida rus(muallif ixtiyoriga asosan) Xalqaro saytga yuklanadi va linki jurnaldan QR-kod shaklida joy oladi! -Undan tashqari,taqdimot Toshkent shahrida tantanali o’tkaziladi(Estrada yulduzlari bilan birga🌟) 💣Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermaslik uchun hoziroq ro’yxatdan o’ting:💻 Chunki joylar soni cheklangan 🔐 @FaridaAfruz_admin @N1lufarxonim
Hammasini ko'rsatish...
🥰 6👍 2 1🔥 1
00:25
Video unavailableShow in Telegram
#Afruz_oqshomlari @FARIDA_AFRUZ_Botayeva
Hammasini ko'rsatish...
IMG_2883.MOV8.84 MB
11🥰 3👍 1👏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.