cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

TIPI_Ilmiy bo'limi

Mazkur kanal Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutining rasmiy ilmiy kanalidir. Murojaat uchun: https://t.me/PhD_doctorM (Ma'rufjon Dustmurodov)

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
381
Obunachilar
+124 soatlar
+37 kunlar
+330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Xorijiy_stajirovka🇺🇿🇯🇵 ✔️ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti o'qituvchisi Shohruz Sharipov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Waseda Universitetida stajirovka oʻtamoqda. ✔️Stajirovka dasturiga binoan yosh olim tarix fanidagi yangiliklar, iqtisodiy tarixni o'rganish bo'yicha yapon tajribasi va yangi tarixiy tadqiqot usullar borasida tadqiqot olib bormoqda. Stajirovka davomida olingan ilmiy-tadqiqot natijalarini olim oʻzining ilmiy ishida foydalanishni maqsad qilgan. Institut rasmiy sahifalari: 🌐Web-site Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 Youtube |🕊 Twitter
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Toshkent viloyati https://us06web.zoom.us/j/81014998563?pwd=pU6NtKGbizCdAGTqhQNtw1JPYEoWT5.1 Идентификатор конференции: 810 1499 8563 Код доступа: 2024
Hammasini ko'rsatish...
Join our Cloud HD Video Meeting

Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution used around the world in board, conference, huddle, and training rooms, as well as executive offices and classrooms. Founded in 2011, Zoom helps businesses and organizations bring their teams together in a frictionless environment to get more done. Zoom is a publicly traded company headquartered in San Jose, CA.

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 1
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#Institut_kengashi ✔️ Joriy yilning 1-iyul kuni bosh bino majlislar zalida Institut Kengashining 11-sonli HISOBOT yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✔️ Dastavval institut rektori Sh.Janikulov Respublika Prezidentining iyun oyi davomida tarmoqlar va soha vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida axborot berdi. ✔️Keyin 2023-2024-o‘quv yili davomida hujjatlarning yuritilishi, o‘quv, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy sohalarda olib borilgan ishlar, yil yakunlari va rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida Devonxona va arxiv bo'limi boshlig' Sh.Toxirov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor N.Aliyeva, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat bo'limi boshlig'i M.Mamatova hamda Ilmiy bo'lim boshlig'i M.Dustmurodovlarning hisobotlari tinglandi. Hisobotlar tanqidiy va tahliliy ruhda bo‘lib o‘tdi. Bu, albatta, institut rivojiga xizmat qiladi. ✔️ Institutning ilm-fan va innovatsion faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida tashkil qilingan "Rektor stipendiyasi" tanlovi natijalari bo'yicha Ilmiy bo'lim boshlig'i M.Dustmurodov axboroti eshitildi. ✔️ Institut o‘quv va ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida dissertatsiya mavzusi tasdiqlanayotgan tadqiqotchilar hujjatlarini OAKga yuborish bo'yicha qaror qabul qilindi. ✔️ Shuningdek, o'quv ishlari bo'yicha prorektor N.Aliyevaning institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Muvofiqlashtiruvchi Kengashda ko‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop etish haqidagi axboroti a’zolar tomonidan ma'qullandi. 🔔Onlayn hujjat topshirish: https://tipi-qabul.uz/register2324 @Tipi_qabul_bot ✔️Sizlar bilan institutimizning talabasi sifatida uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz! 🤗 Batafsil ma'lumot uchun👇 📲 +998702007007 Institut rasmiy sahifalari: 🌐Web-site Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 Youtube |🕊 Twitter
Hammasini ko'rsatish...
kengash 01.07.2024 (video-converter.com) (1).mp427.80 MB
👍 1
Бугун, 2 июль – Ўзбекистон Республикаси Давлат герби қабул қилинган кун! 1992 йил 2 июль куни “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги қонун қабул қилинган. Унга кўра, Ўзбекистон Республикаси Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир. Биласизми, давлат гербидаги Ҳумо тимосли ўзбек (туркий)лар тарихининг шонли даври бўлмиш Турк хоқонлиги (522-744)нинг ҳам ҳокимият (легитимлик) рамзларидан бири бўлган. Хусусан, хоқонлик бош вазири, мамлакат асосчиларидан бўлган Билга Тўнюқуқ (645-726)нинг бош кийимида Ҳумо (қадимги туркча Ума(й)нинг тимсоли бор. Айштиш лозимки, Ҳумо сўзи асли қадимги туркча Ума ёки Умай сўзининг ўзгаришли шаклидир. Кейинги даврда унли билан бошланган туркча сўзлар олдидан ҳ товушини қўшиб талаффуз қилиш ҳолати кузатилади. Масалан, ўкуз~ҳўкуз, овуч~ҳовуч, оппа~ҳўппа каби. Ума(й) ўзи ким ёки нима? Ума(й) қадимги туркларнинг оналик сифатига эга бўлган маъбудидир. Турк хоқонлигида хоқон рафиқалари (қатун~хотунлар) Ума(й) сўзи билан эпитетлаштириган (сифатлантириган). Яъни қатун сўзи тилга олинганда улар олдидан Ума(й) онам, Ума(й)дек онам каби ифодалар ишлатилган. Бу нафақат олий ҳукмдор – хоқоннинг ҳокимияти Кўк Тангри (исломлашувга қадар мавжуд бўлган эътиқод, қадимги турклар дини)дан берилгани, балки мамлакат қатун – қироличаси (асли туркча қирол+эчи (эши), яъни қирол (умр) йўлдоши)нинг ҳам ҳокимияти илоҳа Ума(й)дан берилганлигини англатиб туришга хизмат қилган. Бир сўз билан айтганда, Ума(й) ёки Ҳумо бундан қарийб бир ярим минг йил аввал туркийлар ҳокимият рамзини билдирган ва ҳозир мустақил туркий давлат бўлган ўзбеклар Ўзбекистонининг ҳам ҳокимият белгисидир. Ва ҳозирги Ўзбекистоннинг легитимлик ҳуқуқи кеча ёки ўтган куни шаклланиб қолмаган, илдизи минг йиллар қаърига бориб етади. Хулоса, эндигина (1991 йил) мустамлака мафкурасидан озод бўлган Республика раҳбарияти, мутахассисларнинг, хусусан, Ислом Каримовнинг тарихий билими қанчалик юқори бўлганлигини шонли хоқонлик давлат рамзининг минг йиллар ўтиб янги Республика давлат гербига айлантирилганлиги исботлайди. Ҳумо қушинг бутун Ер узра учаверсин озод элим! Маъруфжон Дустмуродов - филология фанлари бўйича фалсафа (PhD), доцент, турколог
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 2
Repost from ITIM_UZ
01:01
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Sizlarni “Yangi O‘zbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida qisqa muddatli o'quv kurslariga taklif etamiz! ⏰ Kurs 2024-yil 15-20-iyul kunlari "ZOOM" platformasi orqali yetakchi mutaxassislar ishtirokida masofaviy (online) tarzda olib boriladi. 📕Kurs yakunida tinglovchilar maxsus Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi. 🔹Mazkur o'quv kursi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17.05.2024-yildagi №278118-sonli Tasdiqnomasiga asosan o'tkazilmoqda. Qo'shimcha ma'lumot uchun: 👉 Batafsil I Ro'yxatdan o'tish
Hammasini ko'rsatish...
Telegram.mp416.48 MB
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июнь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Rektor_tabrigi #30_iyun_Yoshlar_kuni Ma'lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari yoshlarda bilim va yangi g‘oyalar ko‘pligi, ularga sharoitlar yanada kengaytirilishini ta’kidladi va mamlakatimizda soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʻlganini, yoshlarga koʻmaklashish, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish eng xayrli ishligini alohida taʼkidladi hamda yoshlarga qarata: “Har biringiz hayotda munosib oʻrningizni topishingiz uchun biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni toʻliq ishga solamiz”, dedilar. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti rahbariyati ham yurtboshimiz olib borayotgan ishlarga hamohang oliygohimiz talaba-yoshlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyordir! Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz Oʻzbekiston yoshlari!  Shakarboy Janikulov - Institut rektori Institut rasmiy sahifalari: 🌐Web-site Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 Youtube |🕊 Twitter
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
Ассалому алайкум! Ректор стипендияси бўйича Комиссия аъзоларини эртага соат 10:00 да А бино 113-хонада йиғилишини сўраймиз!
Hammasini ko'rsatish...
Диққат! Илмий Кенгаш душанба (1 июль) 15:00 га кўчирилди!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.