cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yoshlar ittifoqi AndMI boshlang‘ich tashkiloti

Hurmatli talabalar! Yoshlar ittifoqi AndMI boshlang‘ich tashkilot Kengashida faoliyat olib borish istagida bo‘lgan yoshlarni safimizga chorlab qolamiz.

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
692
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-147 kunlar
-8930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
💫 Andijonlik yoshlar mukofotlandi ⚡️ Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmoniga muvofiq bir guruh faol yoshlar davlat mukofoti va medal bilan taqdirlandilar. 🎖Jumladan, Andijondan "Mard oʻgʻlon" davlat mukofoti bilan: 😎Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy o'g'li - O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasining Bojxona instituti 4-bosqich kursanti. 😎Samandarov Nuriddin Maxammatjon o'g'li - Andijon davlat universitetining 4-bosqich talabasi. ⭐️"Kelajak bunyodkori" medali bilan: 😎Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi «Academy IT Star» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari. 😎Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi. 😎Tulanova Sevaraxon Bahodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti uslubchisi. 🇺🇿 Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi yoshlarni mukofot bilan qutlab, ularning kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyat tilaydi! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi. Bu yil 60 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Endilikda har bir viloyatda 2 tadan tumanda Yoshlar kooperatsiyasi tashkil qilinadi, ularga kerakli texnika, uskunalar va urug‘lik yetkazib beriladi. Tadbirkorlar ham yoshlar uchun bunday loyiha qilaman desa, jamg‘arma ularning kredit foizini qisman qoplab beradi. Ushbu maqsadlarga ham 10 million dollar ajratiladi. Shuningdek, dehqonchilikni yangidan boshlagan 150 ming yoshlarga tajribali fermerlar va usta dehqonlar biriktirilib, serdaromad va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘rgatiladi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi. Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi. Bu orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin. Yoz oylarida “qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish muhimligi qayd etildi. Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. “Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi. Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi. Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3-yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi. Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi. Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda: - “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi; - “Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi; - 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi. Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.
Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak,
- dedi Prezident. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi. Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi. Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi. Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi. Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi. Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1-yil imtiyozli davr bilan 10-yilga ijaraga beriladi. Markazlarning o‘quv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi. Jamg‘arma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi. Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7-yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun to‘lov undirilmaydi. #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.