cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

25 jours 🇲🇫

Bu kanalda fransuz tiliga oid, o'rganishni o'rganishga oid ma'lumotlar, maqolalarni ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, ayrim shaxsiy fikrlar ham yozib boriladi. YouTube kanalimiz : https://www.youtube.com/@Murodbek_blogi Bog'lanish uchun : @murodbek30

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
302
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-1230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Biografiyaga investitsiya qiling. Biz qaysidir davrgacha yashash uchun kurashganmiz. Yashash uchun zaruriy koʻnikmalarni oʻrganganmiz, takror-takror qilganmiz, qiynalganmiz va oxiri egallaganmiz. Misol uchun, chaqaloqlik davrimizdan boshlayman. Biz faqat osmonga qarab yotardik, keyin yuztuban yotishni oʻrgandik(yoki yerga qorinni qoʻyib yotish). Keyinchalik oʻtirishni, emaklashni, yurishni oʻrgandik. Gapirish, qoshiq ushlash, velosiped minish, yozish va boshqa koʻnikmalarni qiyin boʻlsa-da, harakat qilganimiz uchun oʻrganolganmiz. Orqa bilan yotishdan yurishni oʻrganguncha boʻlgan jarayon jismoniy qiyinchiliklarsiz kechmagan. Hozir esa qaysidir maʼnoda, yashash qolish uchun dastlabki talablar, ya'ni yurish, ovqatlanish, qaysidir tilda gapirish kabi mahoratlarni oʻzlashtirdik. Natijada Comfort zona'mizga qulay joylashib oldik. Biroq, negadir, ba'zi insonlar kamchiliklarsiz, oʻziga toʻq hayot kechirayotgan boʻlsa ham: - dunyodagi eng katta choʻl bo'lgan Sahara choʻlini kesib oʻtishyapti; - "50, 50, 50" ni qilishyapti; - 5 ta qitʼada ham triathlon'ni amalga oshirishyapti. - Antarktidada triathlon'ni qilishyapti; - sayohat qilishga borgan payti issiqqina oʻrnini tark etib 1450m balandlikka velosipedda koʻtarilishmoqda; Toʻgʻri, balki men misol qilganlarim omon qolganlardir, yaʼni harakat qilib, qandaydir sabab tufayli bunday natijaga erisholmaganlar ham boʻlishi mumkin. Bu boshqa masala. Umuman, ayrim toifa insonlar nega bu kabi qiyin ishlarni qilishadi? Ularga nima yetishmayapti? Hayotiy tajriba. Hikoyalar yigʻish Siz har kuni bir xil manzillar va yoʻllar bilan oʻtgan hayotingizni, monoton umringizni bir kun kelib farzandlaringizga, nevaralaringizga hikoya qilib berolasizmi? Albatta, javob "yoʻq". Ertalab turasiz, nonushta qilasiz, ishga yoki oʻqishga borasiz, tushlik, ish yoki oʻqish, uy va ertaga "yangi" kun. Dam olish kunlari uydagi yigʻilib qolgan, tugamaydigan mayda-chuyda ishlar. Hikoya qilishga arzigulik biron qiyin ish boʻlmasa, yuqoridagi singari "qotib qolgan" turmush tarzi sizga eslanadigan xotiralarni olib kelmaydi. Shu paytgacha kechirgan hayotingizdan qay bir voqeani eslamang, oʻsha onda siz qiynalgansiz, qiyinchilik boshingizdan oʻtgan. Biografiyaga investitsiya qiling, hayotingizga ma'no-mazmun kiradi. Qiyin ishlarni qilish esa xotiralar kafolati. Xotiralar yigʻishni boshlash uchun Antarktidaga borishimiz shart emas. Hozirda oddiygina 10 km piyoda yurish biz uchun goʻyoki qilib boʻlmaydigan ishmi? Olgʻa, shundan boshlaylik. Keyin 20, 30, 40 va h.k. Siz bu masofani qaysidir shaharni aylanish uchun, sayohat qilish uchun bosib oʻtishingiz mumkin. Velosiped haydashni yoqtirasizmi, marhamat, velosipedda sayohatga chiqing. Oddiy jamoat transportlaridan foydalangan holda boshqa viloyatga sayohat qiling. Choʻlda yoki togʻda uch-toʻrt kunlab qolib keting. Hiking'ga qiziqib koʻring. Marafon, velomarafon, backpacking, triathlon. Har birini qilganimizda biz shuni anglab yetamizki, inson koʻplab ishlarni qilishga qodirligi, imkoniyatlarimiz chegarasi yoʻqligi, borini ham oʻzimiz miyamizda sunʼiy ravishda oʻrnatib olganimiz ayon boʻladi. Qilishga ikkilanyapsizmi, bolalik davringizda velosiped haydashni oʻrganish uchun necha marta yiqilganingiz, qancha joyingiz qonaganini, shunga qaramasdan ortga qaytmaganingizni eslang. Endi oʻzingiz ikki xil shablondagi hayotni solishtiring. Qay biri qiziqarliroq, mazmunliroq? Xulosani berdim. Tanlov o'zingizdan. @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
"Qishloq hayotidan lavhalar" rukni Onam aytib qoldi: "Tomorqada oʻsib yotgan begona oʻtlar koʻp, terib olmayapmiz, qoramollarga bermayapmiz. Negaki, tomda kuzda yigʻilgan quruq oʻtlar koʻp. Oʻsha yem-xashaklar bilan kifoyalanyapmiz. Ammo hozir ozgina mehnat qilib, begona oʻtlarni terib olib qoʻy-mollarga berishimiz kerak. Tomorqa tozalanadi, ekinlarga berilayotgan kuch ularning aynan oʻziga yetib boradi va hosildorlik oshadi". Maktabda boshqa oʻqituvchilar kabi minimal yoki oʻrtacha oylik maosh olamiz, hammada shundayku, deymiz va oʻz ustimizda ishlamaymiz, begona oʻtlarni yulib tashlamaymiz. Turli xil bahonalar topamiz, tomda zaxiraviy quruq oʻtlar bor, deymiz. Vaholanki, ozgina oʻz ustimizda ishlab, har qanday ustama beradigan imtiyozlarni olishga harakat qilsak, shuning oʻzi olishimiz mumkin boʻlgan maksimal oylik maoshga yetkazib qoʻyadi, berilayotgan oʻgʻitlar oʻz joyiga yetib borardi va ekinlar unumdor boʻlardi. Oʻqishga topshiryapmiz, hech boʻlmasa, "grant"ga ilsaydim, "grant"ga yetadigan ballni toʻplasaydim, deya keragidan kamroq harakat qilamiz. Maksimal ballga intilmaymiz. Vaholanki, maksimal ball olishga yetarlicha sabab va imkoniya, tayyorlanish uchun 10 oydan koʻproq vaqt bor edi. Ammo boshqalarga qaraganda eng past balli "grant"i bor oliygohga kirishga ham qanoat qilib ketaveramiz. Universitet paytida qandaydir sertifikatlarni olishga harakat qilmaymiz, chunki hamma "universitetga 4 yil qatnadi, uzr, oʻqidi", degan diplomi bilan ishga kirayotgandi. Endi esa xos sohalarda ishga kirish uchun sertifikat majburiy qilindi, oliygohga, tegishli yoʻnalishlarga topshirish uchun sertifikat majburiy qilindi, tomda yem-xashaklar qolmadi. Istasak, tomdagi quruq oʻtlar bilan kifoyalanib, bor hosildorlik va undan keladigan kam daromad bilan cheklanib qolamiz. Istasak, qachondir, tomdagi quruq oʻtlar tugagach qoramollar uchun yem-xashaklarni izlashga, terishga, albatta, majbur boʻlamiz. Maqsad, avvalo, hosildorlikni oshirish, undan soʻng esa qoramollarga yem-xashaklar toʻplash. Aytishingiz mumkin: "Murodbek, inson shukr qilib yashashi kerak, noshukr boʻlmasligi zarur". Toʻgʻri, biz toʻrt muchamiz sogʻlom ekaniga, koʻrayotganimizga, eshitayotganimizga, telefonimiz borligi orqasidan mana shu postni oʻqiyotganimizga shukr qilishimiz lozim. Biroq bor imkoniyatlardan foydalanmay, boriga qanoat qilish, ularni erinchoqlik va dangasalik ortidan yoʻqqa chiqarish toʻgʻrimi? @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
5🔥 5
Matn kuchli Blogimda faqat matn chiqadi. Dumoloq video, ovozli xabar, rasm, hatto stiker ham qo’ymayman. Bugun sababini aytish vaqti keldi. Tylerning tilshunos bilan intervyusi 80 daqiqa. Intervyu matnini esa 30 daqiqada o’qib bo’ldim. Matn barakali. Medianing o’z tezligi bor. Uni o’sha tezlikda ko’rishingiz, eshitishingiz kerak. Matn o’quvchining tezligida yuradi. Demak tasavvur to’liq ishlaydi. Tasavvur - eng kuchli media. Matn ta’sirli. Jiddiy ish qilayotganlar band bo’lishadi. Bandlar videolar ko’rishga vaqti kam bo’ladi. Ular matnni tanlashadi. Matn tanishish qiyin bo’lganlar bilan tanishtiradi. Audioga ovoz yetarli. Videoga yaxshi sur’at yetarli. Matn esa fikrsiz bo’la olmaydi. Shu sababli suniy intellekt video, rasm, ovoz yasayotgani bitta pallada, matn yozayotgani boshqa pallada turibdi. Matn kuchli. @azizrakhimov_blog
Hammasini ko'rsatish...
4👍 3
Issiq havo harorati o’limga sabab bo’lishi mumkin Nima qilish kerak? Issiq urishi bor narsa. Qariyalar va bolalarda buni xavfi katta. Issiq keldi, terlaymiz, suv ichamiz, qancha ichsak ham chanqoq bosilmaydi, terlayveramiz, bosh og’riydi, holsizlanamiz. Inson tanasi to’g’ri ishlashi uchun ma’lum bir haroratni bir xilda ushlab turishi kerak. Huddi go’sht aynib qolmasligi uchun sovutgich bir xilda sovuq haroratni ushlab turganidek. Havo issiq bo’lishi tana haroratini ortishiga sabab bo’ladi, buni nazorat qilish uchun tana ter orqali issiqlikni tashqariga chiqarib yuborishga harakat qiladi. Natijada tanadagi suv miqdori kamayadi va chanqoq hissi paydo bo’ladi. Buni qondirish uchun biz suv ichamiz. Mana shu joyda eng muhim narsaga e’tibor bermaymiz. Tanadan chiqayotgan ter ta’mi sho’r bo’lishi bor narsa. Terlaganimizda biz suv bilan qo’shib tuzlarni ham chiqarib yuboramiz. Ya’ni natriy, kaliy va hokazolarni. Bular umumiy nomi elektrolitlar deyiladi. Bu tuzlar esa yurak, miya, buyrak kabi eng muhim a’zolar funksiyasini bir me’yorda ushlab turish uchun juda-juda muhim. Biz esa bularni terlash orqali yo’qotganimizda faqat suv qismini qoplaymizda, yo’qolgan tuz qismini qoplashga e’tibor bermaymiz. Aslida bunday issiq kunlarda yo’qolgan tuz o’rnini qoplash chanqoqni qondirishdek muhim. Nega yozning issiq kunlarida sho’r ayron yaxshi ketishi sababi ham shunda. Tuzga bo’lgan ehtiyoj yuqori bo’lgani bois shunday. Issiqda, chanqaganda bosh og’rishi bor narsa. Chunki miya suvsizlanishga eng sezuvchan a’zo. Hujayralar esa tuzsizlanishga sezuvchanligi juda yuqori. Hujayra-ichi degidratatsiyasi degan tushuncha bor. Unda hujayralar qurib, puchayib qoladi va o’z faoliyatini to’liq bajara olmaydi. Bu paytda ularga suyuq qilingan namakob (1 litr suvga 0,5 choy qoshiq oddiy osh tuzi) juda katta foyda beradi. Buni fan tilida gipotonik eritma ham deyiladi. Chanqoqni qondirish bilan birga, bosh og’rig’i va umumiy holsizlik tez ketsin desak suvsizlanishda suv ichish bilan tuzlarni ham o’rnini qoplash muhim. Natriy va kaliy tuzlarining qondagi miqdori o’ta pasayib ketishi holsizlik, mushaklar bo’shashidan tortib yurak to’xtashigacha olib borishi mumkin. Yevropa tomondagi o’quvchilar uchun bunga yechim ancha osonroq. Har qanday sport do’koniga kirib oddiy ichgani elektrolit ber desangiz topib beradi. 1 litrga eritiladigan tabletkadan 10 tasini 2€ ga beradi. Buni marafon yugurganda yoki uzoq masofada veloturga chiqqanda ishlatamiz misol uchun. O’zbekistonda aynan shu turdagi elektrolitli tabletka yoki kukunlar borligidan bexabarman, ammo Uzbda aptekadan regidron kukuni so’ralsa topib berishadi. Regidron bu bolalar ichi ketganda beriladigan tuzli eritma. Bitta paketchasini 1 litrli suvga solinadi va ichiladi. Bularning afzallik jihatlari suvsizlanishdan keyin miya va tana faoliyatini tez o’ziga kelishini ta’minlaydi. Ramazonda iftorlikda yaxshi yordam bersa, yoz oylarida sizda issiqdan bosh qaynab og’rimasligiga yordam beradi. Yozning issiq kunlarida suv ichish bilan birga tuzlarni o’rnini qoplashni ham unutmaslik zarur. Oddiy yechim bu tekin namokob yoki arzon regidronli suv. Bek Olimjon 22.06.24 Norvegiya
Hammasini ko'rsatish...
Omon qolganlar effekti yoxud medianing insonga ta'siri Atrofimizda, asosan, mediada ko'pchilik muvaffaqiyatga erishgan insonlarni eshitsak, ba'zilari bu natijaga erishish uchun kamroq uxlab, ko'proq mehnat qilganini ta'kidlashadi. Ammo, ko'pincha bitta narsani esdan chiqaramiz. Biz hech qachon "omon qolmaganlar" hikoyasini tinglaganmizmi? Biror sohada, biznesda, kasbiy hayotda boshqalar bilan bir xil harakat qilishganiga qaramasdan natija qilolmagan insonlar nisbatan ko'prodir. Nima uchun IELTS ga 5-10 marta topshirib, Overall 8, 9 ball ololmayotganlar yoki DALF C1 ga 4-5 marta topshirib, natija qilolmayotganlar bilan biror kim intervyu qilmaydi? Biroq, 15 yoshida IELTS dan 8.5 olgan o'quvchi bilan suhbat yoki 4-sinf o'quvchisi ingliz tilidan B2 olgani "YouTube rekomendatsiya"da chiqib kelaveradi. To'g'ri, bu marketing strategiyasi bo'lishi mumkin. Ammo bu holat hayot tarzimizda ham ko'p-ko'p uchrab turadi. Bu tirik qolganlar effekti deyiladi, ya'ni dengizga cho'kib ketganlarni emas, orolga chiqib, tirik qolganlarni ko'ramiz. Aslida, biznesda bankrot bo'lganlar, imtihondan yiqilib, o'qishga kirolmaganlar, kasbiy hayotda professional bo'lolmay, oddiy ishchi bo'lib yurganlar ko'proq dars bo'lmasmikin? Masalaning bu tarafiga ham e'tibor qaratish qarorlaringizni va harakatlaringizni hayotiyroq qilishga imkon beradi. P.S. Rasmning ma'nosi, tarixi haqida o'rganishni o'zingizga qoldiraman. @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Omon qolganlar effekti @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#blague Vous devriez faire cette activité afin d'avoir beaucoup d'idées et d'arguments pour un essai sur quelque thème 8-) J'ai fait beaucoup de temps ce travail pendant la leçon en école à cause d'être ennuyé :-). Et vous? Écrivez en commentaire. @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
#shaxsiyfikr Biror-bir musiqiy tanlovlarda shedevr qoʻshiqlarga, vaqt sinovidan oʻtgan va oʻtib kelayotgan ashulalarga yo tegmaslik zarur, yo inson aqlini shoshirib qoʻyadigan darajada, umuman boshqacha koʻrinishda tinglovchiga yetkazib berish, eshitganda yurak "jiz" etishi zarur, deb hisoblayman. Menimcha, Eʼtibor Muzrobova bu ishni qoyillatdi. Yana bilmadim. Eʼtibor Muzrobova - Je t'aime (Lara Fabian) @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
Artist - E'TIBOR MUZROBOVA JE T'AIME.mp33.90 MB
Nazariyani samarali o'zlashtirish usullari Odatda, ko'pchiligimiz ona tilidan qaysidir mavzuni o'zlashtirmoqchi bo'lganimizda quyidagi ikki ishni qilamiz. 1. Mavzuni o'qiymiz, qandaydir jumlalar tagiga chizamiz, tamom. Tagiga chizilgan qoida yoki istisnolar o'sha joyda qolib ketaveradi. Keyinchalik e'tibor ham bermaymiz. 2. O'qigan mavzumiz asosida qanchadir mavzulashtirilgan test ishlaymiz. Bo'ldi, endi keyingi mavzuni o'qiymiz va yana test. Bu jarayon imtihon kunigacha davom etadi. Ayrimlarimizda bunday o'rganish usullari oqibatida biroz vaqtdan keyin, aytaylik, 10 kun, 1 oy, 2 oydan keyin mavzuning ba'zi joylari, qoidalar yoki istisnolar esdan chiqib ketish holati kuzatiladi.
Bu kabi holatlarni bartaraf qilish zarur va buning uchun turli xil usullar taklif etaman.
Agar sizda ham shu muammo bo'lsa, biz bilan qoling. Bu postning davomi bugun kechqurun shu kanalda chiqadi. @onatili_harkun - temir intizomlilar hamjamiyati.
Hammasini ko'rsatish...
- Nima deyapti? - Materializmga qurilgan hayotni xohlamayman, deyapti. Limuzin, Eyfel minorasi, qandaydir brend mahsulotlarni nima qilaman, deyapti. Hashamatli hayot kerakmas ekan. - Nima xohlayapti unda? - Haqiqiy sevgi, quvonch, yaxshi kayfiyatni xohlayapti. Faqatgina sizning pullaringiz uni baxtli qilmas ekan. Yuqoridagi narsalar ham bo'lishi kerak ekan. @fr_25jours
Hammasini ko'rsatish...
ZAZ - Je veux (Clip officiel).mp34.15 MB
🔥 5👍 2 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.