Immigratsiya qonunlari va Advokatura xizmatlari ⚖️
Kanalga Telegram’da o‘tish
Admin: @Muattar_Zokirova -Himoyachilik:Sud va Immigartsiya muammolarida⚖️ -Vakillik:Davlat organlari va tashkilotlarda -Yuridik maslahatlar -Vizalar -Tarjima xizmatlari
Ko'proq ko'rsatish877
Obunachilar
-224 soatlar
+27 kun
+6830 kun
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+8
0 kanalda
Avgust '26
+106
2 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+67
0 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+29
0 kanalda
Get PRO
May '26
+42
0 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+57
0 kanalda
Get PRO
Mart '26
+60
0 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+358
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '260
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '250
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '250
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '250
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '250
0 kanalda
Get PRO
Avgust '250
0 kanalda
Get PRO
Iyul '250
1 kanalda
Get PRO
Iyun '250
0 kanalda
Get PRO
May '250
0 kanalda
Get PRO
Aprel '250
1 kanalda
Get PRO
Mart '250
1 kanalda
Get PRO
Fevral '250
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+175
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '240
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '240
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+193
1 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 08 Sentabr | 0 | |||
| 07 Sentabr | +1 | |||
| 06 Sentabr | +2 | |||
| 05 Sentabr | +2 | |||
| 04 Sentabr | 0 | |||
| 03 Sentabr | +1 | |||
| 02 Sentabr | +2 | |||
| 01 Sentabr | 0 |
Kanal postlari
D-2 TALABALIK VIZASI QOIDALARIDAGI O‘ZGARISH
Amalga kirish sanasi:
2026-yil 3-avgustdan boshlab
Homiladorlik, tug‘ruq yoki 1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish sababli universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar D-2 vizasini saqlab qolgan holda Janubiy Koreyada yashashni davom ettirishlari mumkin.
ASOSIY O‘ZGARISHLAR
- D-2 vizasi o‘z kuchida saqlanadi.
- Tibbiy sug‘urtadan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.
- Viza turini o‘zgartirmasdan, keyinchalik o‘qishni davom ettirish mumkin.
KIMLARGA TEGISHLI?
Homiladorlik,
tug‘ruq yoki 1 yoshgacha bo‘lgan farzandini parvarish qilish sababli
universitetdan rasmiy akademik ta’til olgan xorijlik ayol talabalar. (Oldingi nizom bo'yicha homiladorlik sabab ham akademik ta'til olinsa 14kun ichida Koreyadan chiqib ketishi kerak edi.)
RUXSAT ETILADIGAN MUDDAT
Koreyada qolish muddati ko‘pi bilan 1 yilgacha uzaytiriladi.
Agar 1 yildan ortiq akademik ta’til zarur bo‘lsa, viza turini o‘zgartirish yoki o‘z mamlakatiga qaytib, tegishli shartlar bajarilgandan keyin Koreyaga qayta kirish kerak.
TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR
- Homiladorlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma
- Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi
- Bolaning sog‘liq daftarchasi
- Oilaviy munosabatlarni tasdiqlovchi hujjat
- Universitetdan akademik ta’til olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (zarur hollarda)
E’TIBOR BERING
Agar akademik ta’tilga chiqish vaqtida vizaning qolgan amal qilish muddati 1 yildan ortiq bo‘lsa, yashash muddati 1 yil qilib belgilanadi.
Bunday holatda viza muddatini o‘zgartirish uchun qo‘shimcha davlat boji olinmaydi.
📌 Eslatma:
Ushbu ma’lumot hozircha alohida rasmiy hujjat yoki e’lon shaklida HiKorea saytiga joylashtirilmagan. 1345 Immigratsiya maslahat markaziga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu tartib bo‘yicha og‘zaki ma’lumot olish mumkin.
HiKorea saytida nima sababdan e’lon qilinmaganini so‘raganimda, bu ma’lumot ularga ham ichki tartibda taqdim etilgan material (내부 자료) ekanligi haqida javob berildi.
Shunga qaramay, ushbu tartib bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlab, immigratsiya idorasiga ariza topshirish mumkin.
※ Ariza topshirishdan oldin o‘z holatingiz bo‘yicha 1345 orqali yana bir bor aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.
| 2 | 📢Eski nizom. 2026.07.09gacha amal qilgan.
Avvalgi tartibga ko‘ra, 1 million vondan ortiq jarimaga ega bo‘lgan E-9 vizasi egalari E-7-4 vizasiga o‘ta olmas edi.
Shu sababli, ayniqsa yo‘l-transport hodisasi (YTH) tufayli va boshqa jinoiy ishga bog'liq jarima olgan ko‘plab E-9 viza egalari E-7-4 vizasiga hujjat topshirish imkoniyatidan mahrum bo‘layotgan edi.
✅
Agar ballaringiz yetarli bo‘lsa, 2026-yil oxirigacha til sertifikatisiz ham E-7-4 vizasiga hujjat topshirishingiz mumkin.
📌 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ballaringizni oldindan hisoblatib, E-7-4 vizasiga o‘tish imkoniyatingizni tekshirib oling.
📩 Batafsil ma'lumot va konsultatsiya uchun @Muattar_Zokirova | 600 |
| 3 | 🚨 E-9 va E-7-4 Vizasi Egalari DIQQAT! Jarima (벌금) va Immigratsiya Jarimasi (범칙금) Farqini Albatta Bilib Oling!
Ko‘pchilik 벌금 (sud jarimasi) va 범칙금 (immigratsiya tomonidan solinadigan jarima) ni bir xil deb o‘ylaydi. Aslida ular butunlay boshqa-boshqa tushunchalar.
1️⃣ 벌금 (Sud tomonidan tayinlanadigan jarima)
Bu jinoyat ishi bo‘yicha sud tomonidan chiqariladigan jarima hisoblanadi.
Masalan:
-Mast holda avtomobil boshqarish (DUI)
-Mushtlashish
-O‘g‘rilik
Sud hukmi bilan tayinlangan boshqa jarimalar
📌 2026-yil 9-iyuldan boshlab, agar 3 000 000 von yoki undan ortiq sud jarimasi (벌금) hukm qilingan bo‘lsa, E-7-4 vizasiga o‘tish yoki uni uzaytirish mumkin emas.
✅ Agar sud jarimasi 3 000 000 vondan kam bo‘lsa, boshqa talablarga javob bersangiz, E-7-4 vizasiga o‘tish yoki uni uzaytirish mumkin. Ushbu mezon 2026-yil 9-iyuldan boshlab 1,000,000wondan 3,000,000 wonga o‘zgartirildi.
2️⃣ 범칙금 (Immigratsiya tomonidan solinadigan jarima)
Bu Koreya Immigratsiya xizmati (출입국·외국인청) tomonidan Immigratsiya qonunini buzganlik uchun solinadigan jarimadir.
📌 Bu yerda jarima miqdori muhim emas.
Ammo Immigratsiya qonunini 4 marta yoki undan ko‘p buzgan bo‘lsangiz, E-7-4 vizasiga o‘tish yoki uni uzaytirish mumkin emas.
✅ Qisqacha
✔️ 벌금 (Sud jarimasi)
➡️ 3 000 000 von yoki undan ko‘p bo‘lsa, E-7-4 vizasi berilmaydi yoki uzaytirilmaydi.
✔️ 범칙금 (Immigratsiya jarimasi)
➡️ Jarima summasi ahamiyatga ega emas.
➡️ Ammo Immigratsiya qonunini 4 marta yoki undan ko‘p buzgan bo‘lsangiz, E-7-4 vizasi berilmaydi yoki uzaytirilmaydi.
⚠️ Agar siz olgan jarima sud tomonidan chiqarilgan 벌금mi yoki immigratsiya tomonidan berilgan 범칙금mi, aniq bilmasangiz, viza topshirishdan oldin mutaxassis bilan albatta maslahat qiling. | 726 |
| 4 | 🚨 E-9 va E-7-4 Vizasi Egalari DIQQAT! Jarima (벌금) va Immigratsiya Jarimasi (범칙금) Farqini Albatta Bilib Oling!
Ko‘pchilik 벌금 (sud jarimasi) va 범칙금 (immigratsiya tomonidan solinadigan jarima) ni bir xil deb o‘ylaydi. Aslida ular butunlay boshqa-boshqa tushunchalar.
1️⃣ 벌금 (Sud tomonidan tayinlanadigan jarima)
Bu jinoyat ishi bo‘yicha sud tomonidan chiqariladigan jarima hisoblanadi.
Masalan:
-Mast holda avtomobil boshqarish (DUI)
-Mushtlashish
-O‘g‘rilik
Sud hukmi bilan tayinlangan boshqa jarimalar
📌 2026-yil 9-iyuldan boshlab, agar 3 000 000 von yoki undan ortiq sud jarimasi (벌금) hukm qilingan bo‘lsa, E-7-4 vizasiga o‘tish yoki uni uzaytirish mumkin emas.
✅ Agar sud jarimasi 3 000 000 vondan kam bo‘lsa, boshqa talablarga javob bersangiz, E-7-4 vizasiga o‘tish yoki uni uzaytirish mumkin. Ushbu mezon 2026-yil 9-iyuldan boshlab 1,000,000wondan 3,000,000 wonga o‘zgartirildi.
2️⃣ 범칙금 (Immigratsiya tomonidan solinadigan jarima)
Bu Koreya Immigratsiya xizmati (출입국·외국인청) tomonidan Immigratsiya qonunini buzganlik uchun solinadigan jarimadir.
📌 Bu yerda jarima miqdori muhim emas.
Ammo Immigratsiya qonunini 4 marta yoki undan ko‘p buzgan bo‘lsangiz, E-7-4 vizasiga o‘tish yoki uni uzaytirish mumkin emas.
✅ Qisqacha
✔️ 벌금 (Sud jarimasi)
➡️ 3 000 000 von yoki undan ko‘p bo‘lsa, E-7-4 vizasi berilmaydi yoki uzaytirilmaydi.
✔️ 범칙금 (Immigratsiya jarimasi)
➡️ Jarima summasi ahamiyatga ega emas.
➡️ Ammo Immigratsiya qonunini 4 marta yoki undan ko‘p buzgan bo‘lsangiz, E-7-4 vizasi berilmaydi yoki uzaytirilmaydi.
⚠️ Agar siz olgan jarima sud tomonidan chiqarilgan 벌금mi yoki immigratsiya tomonidan berilgan 범칙금mi, aniq bilmasangiz, viza topshirishdan oldin mutaxassis bilan albatta maslahat qiling. | 1 |
| 5 | 📢 이민자 권익보호관 주소 및 연락처 안내
🛡 한국 법무부는 외국인과 이민자의 인권 보호 및 권익 증진을 위해 전국 출입국·외국인청(사무소)에 이민자 권익보호관을 운영하고 있습니다.
✅ 인권침해 상담 및 구제
✅ 외국인 권익 관련 상담
✅ 「외국인 인권보호 및 권익증진협의회」 신청·접수
📍 기관별 이민자 권익보호관 주소 및 연락처는 첨부파일을 확인하시기 바랍니다.
🇺🇿 Muhojirlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mas’ul xodimlarning manzili va aloqa ma’lumotlari
🛡 Koreya Respublikasi Adliya vazirligi chet elliklar va muhojirlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha immigratsiya idoralarida Muhojirlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mas’ul xodimlarni faoliyat yuritishini ta’minlamoqda.
✅ Inson huquqlari buzilishi bo‘yicha maslahat va himoya
✅ Chet elliklar huquqlari bo‘yicha maslahatlar
✅ Chet elliklar huquqlarini himoya qilish kengashiga ariza topshirish va qabul qilish
📎 Ilova: Immigrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar ro‘yxati (PDF)
📍 Manzil va telefon raqamlari ilova qilingan PDF faylda keltirilgan.
☎️ Yordam kerak bo‘lsa, bemalol murojaat qiling!
🤝 Sizning huquqlaringiz himoya qilinadi.
🇰🇷🇺🇿 | 730 |
| 6 | 이민자_권익보호관_현황.pdf | 564 |
| 7 | Janubiy Koreya 400 ming nafar noqonuniy maqomdagi (nelegal) muhojir ishchini legallashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda-
미등록 이주노동자 40만명 ‘양성화’ 검토
🔰🔰🔰
Janubiy Koreya hukumati mamlakatda yashayotgan qariyb 400 ming nafar ro‘yxatdan o‘tmagan muhojir ishchini qonuniy tizimga kiritish va ularga ma’lum shartlar asosida legal maqom berish masalasini muhokama qilmoqda.
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa tegishli idoralar 2025-yil oxirida maxsus ishchi guruh (TF) tashkil etib, mehnat bozori vakillari va mutaxassislar bilan birgalikda noqonuniy maqomdagi muhojir ishchilarni legallashtirish bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqishni boshlagan.
🔰Hukumatning dastlabki rejasiga ko‘ra, koreys tilini yaxshi biladigan va yuqori malakaga ega bo‘lgan ayrim muhojir ishchilarga qonuniy maqom berilishi mumkin. Buning uchun E-9 mehnat vizasi tizimini isloh qilish va tajribali ishchilarga 6 yildan ortiq muddat davomida Koreyada qolish imkonini beruvchi yangi tizim joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ma’lum talablarga javob beradigan noqonuniy maqomdagi ishchilarga ham viza berish orqali ularni qonuniy tizimga kiritish rejalashtirilmoqda. Biroq vazirliklar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli hozircha aniq qaror qabul qilinmagan.
🔰Mutaxassislarning ta’kidlashicha, noqonuniy maqomdagi muhojirlar sonining 400 mingga yetishiga bir qator tizimli muammolar sabab bo‘lgan. E-9 vizasi orqali kirgan ko‘plab ishchilar ish joyini erkin o‘zgartira olmagani sababli, zo‘ravonlik, maoshni bermaslik yoki yomon mehnat sharoitlari tufayli noqonuniy maqomga tushib qolmoqda. Bundan tashqari, ishchi kuchi yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan kichik korxonalar arzon ishchi kuchi sifatida noqonuniy muhojirlarni yollashga moyil.
Mehnat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillari esa muhojir ishchilarning yashash huquqini kafolatlash zarurligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, faqat qo‘lga olish va deportatsiyaga asoslangan siyosat samarasiz bo‘lib, har yili taxminan 30 ming kishi deportatsiya qilinsa ham, shunga yaqin miqdorda yangi noqonuniy muhojirlar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli jinoyat sodir etmagan va ma’lum shartlarga javob beradigan shaxslarni qonuniy tizimga kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Yaxshi yangiliklar yaqin orada chiqib qoladi deb umid qilamiz~! | 892 |
| 8 | Janubiy Koreyada ayrim universitetlar xorijlik talabalarni jalb qilish uchun dars jadvalini ataylab “qulay” qilib, haftasiga faqat 1–2 kun dars qo‘yib bermoqda. Qolgan kunlarda esa talabalar bemalol ishlashi mumkin. Shu sababli ko‘plab xorijlik talabalar bunday universitetlarga o‘tmoqda.
⭕️⭕️⭕️
Masalan, Gyeonggi viloyatidagi bir kollejda xorijlik talabalar soni 5092 nafarga yetgan bo‘lib, bu butun talabalarining 41 foizini tashkil qiladi. Bu hatto Yonsei University va Korea University kabi mashhur universitetlardagi xorijlik talabalar sonidan ham ko‘p.
Bu universitetlarda darslar ma’lum kunlarga yig‘ib qo‘yilgani sababli, iqtisodiy jihatdan qiynalgan yoki rivojlanayotgan davlatlardan kelgan talabalar qolgan kunlarda ko‘proq part-time ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shu tufayli ayrim universitetlar boshqa universitetlardagi xorijlik talabalarni ham o‘ziga “tortib ketayotgani” aytilmoqda.
Koreyada tug‘ilish darajasi pasayib, mahalliy talabalar soni kamayib borayotgani sababli ko‘plab universitetlar moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan. Shuning uchun ular omon qolish uchun xorijlik talabalarni faol jalb qilmoqda. Ba’zi universitetlarda hatto koreys talabalardan ko‘ra xorijlik talabalar ko‘proq.
Lekin bu holat bilan bog‘liq muammolar ham ortmoqda:
noqonuniy ishlash,
viza qoidalarini buzish,
qalbaki hujjatlar bilan o‘qishga kirish,
noqonuniy qolib ketish holatlari ko‘paymoqda.
Masalan, ayrim talabalar noqonuniy part-time ishlagani uchun immigratsiya nazoratiga tushib, jarima olgan va deportatsiya xavfi ostida qolgan. Yana bir universitet esa Xitoydan kelgan talabalar qalbaki AQSh diplomlari bilan o‘qishga kirganini keyinroq bilgan.
Koreya hukumati 2023-yildan boshlab “Study Korea 300K” loyihasi orqali 2027-yilgacha 300 ming xorijlik talabani jalb qilishni maqsad qilgan. Natijada xorijlik talabalar soni keskin oshgan. Ammo bitirgandan keyin Koreyada rasmiy ish topganlar atigi 13.8% ni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, noqonuniy qolib ketayotgan sobiq talabalar soni ham oxirgi 10 yilda 5 barobardan ko‘proq oshgan.
Mutaxassislarning aytishicha, hukumat xorijlik talabalar siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va talabalar haqiqatan ham sifatli ta’lim olib, jamiyatga foydali mutaxassis bo‘lib yetishishini ta’minlashi kerak.
Kutilayotgan o‘zgarishlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Hukumat tomonidan xorijlik talabalar vizasi nazorati kuchaytirilishi
- Universitetlarda dars qatnashuvi va ta’lim sifati qattiqroq tekshirilishi
- “Haftasiga 1–2 kun dars” kabi tizimlarga cheklov qo‘yilishi
- Noqonuniy part-time ishlariga qarshi nazorat kuchayishi
- Xorijlik talabalar hujjatlarini tekshirish tizimi yaxshilanishi
- Bitirgandan keyin rasmiy ishga joylashishni qo‘llab-quvvatlash siyosati kuchayishi
- Universitetlarni faqat talaba soni emas, ta’lim sifati bo‘yicha ham baholash
- Xorijlik talabalarni haqiqiy mutaxassis sifatida tayyorlashga e’tibor oshishi
- Noqonuniy qolib ketish holatini kamaytirish uchun yangi choralar joriy qilinishi
- Universitet va immigratsiya idoralari o‘rtasidagi hamkorlik kuchayishi | 631 |
| 9 | 📌 E-7-4 va E-7-4R vizalari haqida muhim tushuntirish
Yaqinda bir E-9 visa vizasidagi yurtdoshimiz menga qo‘ng‘iroq qilib, E-7-4R visa vizaga o‘tishda yordam so‘radilar.
Hujjatlarini tekshirib chiqqanimda, ular bemalol E-7-4 visa vizaga ham topshirishlari mumkin edi. Shunga qaramay, aynan E-7-4R vizani tanlamoqchi ekanliklarini aytdilar.
Sababini so‘raganimda, tanishlari quyidagicha maslahat bergan ekan:
👉 “E-7-4R vizani olsang, oilani chaqirish uchun koreys tili sertifikati kerak bo‘lmaydi.”
❗️ Aslida vaziyat qanday?
Men ularga tushuntirdim:
✔️ Har ikkala vizada ham oila a’zolarini uzoq muddatga olib kelish uchun koreys tili sertifikati talab qilinadi.
Farq faqat elchixona orqali beriladigan vizada.
📌 Asosiy farq:
E-7-4R visa orqali:
Oila a’zolaringiz
👉 C-3 visa (qisqa muddatli viza) bilan keladi
E-7-4 visa orqali:
Elchixona orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 👉 F-3 visa (uzoq muddatli oila vizasi) beriladi
⚠️ Eng muhim jihat
❗️ C-3 visa — bu qisqa muddatli viza
Agar oilangizni C-3 orqali olib kelsangiz:
➡️ Keyinchalik Koreyada uni F-3 visa ga o‘zgartirish uchun
👉 koreys tili sertifikati (kamida 2-daraja) baribir talab qilinadi
❗️ Agar til sertifikati bo‘lmasa:
vizani o‘zgartirib bo‘lmaydi
oila uzoq muddat qololmaydi
💡 Xulosa
“E-7-4R bo‘lsa til kerak emas” — ❌ noto‘g‘ri tushuncha
Faqat:
vaqtinchalik (C-3) kelish mumkin, lekin uzoq muddat qolish uchun baribir til sertifikat kerak
@Muattar_Zokirova | 813 |
| 10 | 🚨 Janubiy Koreyada fuqarolik olish talablari keskin kuchaytirilishi mumkin
Koreya Milliy Assambleyasiga (Parlament) fuqarolik olish mezonlarini kuchaytirish bo‘yicha kiritilgan petititsiya 50 mingdan ortiq ovoz to‘pladi (51 604 kishi). Bu esa masalaning rasmiy ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘ladi.
📌 Petititsiya mazmuni:
Muallifning ta’kidlashicha, hozirgi naturalizatsiya (fuqarolikka qabul qilish) tizimi juda yumshoq va fuqarolikning “mas’uliyat va qadriyatiga” mos emas.
Shu sababli quyidagi talablarni kuchaytirish taklif qilinmoqda:
1️⃣ Koreyada yashash muddatiga tegishli talab– 5 yildan 30 yilgacha oshirilishi(ya’ni umumiy 30yil Koreya hududida qonuniy yashagan bo’lish)
2️⃣ Mol-mulk talabi – hozirgi 60 million won o‘rniga kamida 600 million won (6억 원) yoki shunga teng iqtisodiy hissa
3️⃣ Qonunlarga rioya qilish tarixi, koreys tili darajasi, Konstitutsiya qadriyatlarini tushunish, uzoq muddatli soliq to‘lovlari va jamiyatga moslashuv bo‘yicha qat’iy tekshiruv
📎 Koreyada xalq petititsiyasi 30 kun ichida 50 mingdan ortiq ovoz to‘plasa, u parlamentning tegishli qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hozircha bu faqat petititsiya bosqichida, qonun hali o‘zgargani yo‘q.
*Qonun o’zgarsa F-6 vizadan fuqarolikka o’tmoqchi bo’lganlarga ham amal qiladi. | 786 |
| 11 | 🚨 Janubiy Koreyada fuqarolik olish talablari keskin kuchaytirilishi mumkin
Koreya Milliy Assambleyasiga (Parlament) fuqarolik olish mezonlarini kuchaytirish bo‘yicha kiritilgan petititsiya 50 mingdan ortiq ovoz to‘pladi (51 604 kishi). Bu esa masalaning rasmiy ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘ladi.
📌 Petititsiya mazmuni:
Muallifning ta’kidlashicha, hozirgi naturalizatsiya (fuqarolikka qabul qilish) tizimi juda yumshoq va fuqarolikning “mas’uliyat va qadriyatiga” mos emas.
Shu sababli quyidagi talablarni kuchaytirish taklif qilinmoqda:
1️⃣ Koreyada yashash muddatiga tegishli talab– 5 yildan 30 yilgacha oshirilishi(ya’ni umumiy 30yil Koreya hududida qonuniy yashagan bo’lish)
2️⃣ Mol-mulk talabi – hozirgi 60 million won o‘rniga kamida 600 million won (6억 원) yoki shunga teng iqtisodiy hissa
3️⃣ Qonunlarga rioya qilish tarixi, koreys tili darajasi, Konstitutsiya qadriyatlarini tushunish, uzoq muddatli soliq to‘lovlari va jamiyatga moslashuv bo‘yicha qat’iy tekshiruv
📎 Koreyada xalq petititsiyasi 30 kun ichida 50 mingdan ortiq ovoz to‘plasa, u parlamentning tegishli qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hozircha bu faqat petititsiya bosqichida, qonun hali o‘zgargani yo‘q.
*Qonun o’zgarsa F-6 vizadan fuqarolikka o’tmoqchi bo’lganlarga ham amal qiladi. | 1 |
| 12 | 🍽 Koreyada ovqatlanish shoxobchasini ochish (2025-yil 15-oktabr holatiga ko‘ra)
Koreyada chet el fuqarosi ovqatlanish shoxobchasi (kafe, restoran va h.k.) ochishi uchun tegishli yashash maqomi (viza) bo‘lishi shart.
✅ Qaysi vizalar bilan ochish mumkin?
Quyidagi yashash maqomlari bilan tadbirkorlik qilish mumkin:
🔹 F-2 (Rezident)
– Koreyada uzoq muddat yashayotgan shaxs
– Jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida biznes ochish mumkin
🔹 F-4 (Xorijdagi vatandosh)
– Avval Koreya fuqarosi bo‘lgan yoki koreys millatiga mansub shaxs
– Jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida ochish mumkin
🔹 F-5 (Doimiy yashash)
– 5 yildan ortiq yashagan va talablarni bajargan shaxs
– Jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mumkin
🔹 F-6 (Nikoh orqali yashash)
– Koreya fuqarosi bilan turmush qurgan shaxs
– Jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mumkin
🔹 D-8 (Investitsiya vizasi)
Agar sizda F-2, F-4, F-5 yoki F-6 bo‘lmasa ham:
👉 Koreyada chet el investitsiyali kompaniya ochib
👉 D-8 (korporativ investitsiya) vizasini olsangiz
ovqatlanish shoxobchasi ochishingiz mumkin.
⚠️ D-8 bilan biznes faqat yuridik shaxs (kompaniya) shaklida ochiladi.
📌eslatma- Viza turi va biznes shakliga qarab talablar farq qiladi.
Agar siz Koreyada biznes ochmoqchi bo‘lsangiz va maslahat kerak bo‘lsa, yozib qoldiring 📩
@koreyaadvokatura | 751 |
| 13 | 2026-yil / F-2-R VIZASI
E-7-4 → F-2-R o‘tsa bo’ladimi?
✅ E-7-4 vizasida 2 yil ishlagan va
✅ hozirgi ish joyida ishlashni davom ettiradigan chet elliklar
➡️ F-2-R vizasiga ariza topshirishi mumkin
📌 Eslatma:
• E-7-4 → 2 yil → F-2-R ✅
• E-7-4 → 2 yil → D-10 → F-2-R ✅
• E-7-4R → F-2-R ❗ faqat 3 yil yashagandan keyin
https://t.me/koreyaadvokatura | 1 158 |
| 14 | 🇰🇷 Koreyada noqonuniy yashayotkanlar(nelegallar) uchun muhim e’lon!
🗓 2025-yil 1-dekabrdan 2026-yil 28-fevralgacha
agar noqonuniy muhojirlar o‘z ixtiyori bilan Koreyani tark etsa, jarima bekor qilinadi va kirish taqiqi qo’yilmaydi!
⚠️ Quyidagilar bu imtiyozdan foydalana olmaydi:
• noqonuniy yo‘l bilan kirganlar (migrantlar),
• soxta hujjat ishlatganlar,
• jinoyatchilar,
• chiqish buyrug‘ini bajarmaganlar,
• 2025-yil 1-dekabrdan keyin noqonuniy qolgan shaxslar.
📄 Kerakli hujjatlar:
• Pasport
• Ixtiyoriy chiqish arizasi
• Aviabilet (chiqish chipta)
🛫 Tartib:
Chiqarishdan 3 kundan (bayram kunlaridan tashqari) 15 kungacha (bayramlar kiritilgan) oldin:
• yashab turgan joydagi immigratsiya bo‘limiga shaxsan borib oldindan xabar berish, yoki
• www.hikorea.go.kr sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish.
Chiqish kuni aeroportdagi immigratsiya bo‘limiga parvozdan 4 soat oldin borib yakuniy tasdiqdan o‘tish kerak.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
• Yagona xorijiylar axborot markazi: 1345
• Veb-saytlar:
www.hikorea.go.kr, www.immigration.go.kr
✳️ Manba: Koreya Adliya vazirligi (법무부)
Yordam va maslahat uchun: ✍️ @Muattar_Zokirova | 2 263 |
| 15 | 🇰🇷🇺🇿 E-7-4 viza bo‘yicha oilani chaqirish – Elchixona tasdiqlagan yakuniy javob
Avvalgi postimda men HiKorea rasmiy qo‘llanmasi (2024.12.20 yangilanish) asosida tushuntirib o‘tgan edim:
E-7-4 vizasida oilani chaqirish uchun koreys tili talabi – majburiy.
TOPIK yoki KIIP sertifikatisiz oilani chaqirishning imkoni yo‘qligi haqida aytgan edim.
Bugun nihoyat O‘zbekistonning Koreyadagi Elchixonasi menga rasmiy javob berdi.
Elchixona tasdig‘i:
✔️ “E-7-4 vizadagilar oilasini chaqirayotganda koreys tili sertifikati bo‘lishi majbur. Buni biz ham agentliklarga rasmiy ravishda yetkazamiz.”
⚠️ E’tiborli bo‘ling!
Shu yil TOPIK yoki KIIP darajasisiz turmush o‘rtog‘ini chaqirganlar bo‘lsa,
E-7-4 vizani uzaytirish vaqtida koreys tili sertifikatini topshirmasa,
👉 na o‘z vizasini, na oilasining vizasini uzaytira olmaydi.
Agar sizning tanishingiz TOPIK yoki KIIP sertifikatisiz turmush o‘rtog‘iga viza olgan bo‘lsa va siz ham shu holatda viza olmoqchi bo’lsangiz
➡️ menga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Elchixonaga telefon qilib murojaat qiling. Elchixona telefon nomeri:
+998 71-252-31-51
Men faqat qonuniy doirada, nizomda ko‘rsatilgan tartibda yordam bera olaman.
Agar Elchixona bundan keyin yana qo‘shimcha rasmiy ko‘rsatma chiqarsa, albatta sizlarni xabardor qilib boraman.
🌐 @koreyaadvokatura
Huquq va qonun bo‘yicha tarjimon – @Muattar_Zokirova | 1 954 |
| 16 | ⚠️ “Ish joyimni o‘zgartirib bering” deb tiz cho‘kkan migrant (E-9 vizaga ega ishchi) — ish beruvchining oilasi migrant ishchini masxara qildi va mensimadi.
📍Koreyada 22 yoshli Vetnamlik ishchi zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladigan vosk zavodida ishlagan.
• U bir yil to‘lmasdan har kuni burun qonashi (부비동염 – sinus yallig‘lanishi) bilan og‘ridi va shifokor “ish davom ettirish mumkin emas” degan.
Lekin u ish joyini o‘zgartirishni so‘raganda:
“Yordam bermayman! Koreyaliklarga ham og‘ir! Vetnamga qayt!” — dedi ish beruvchi. Hatto xo‘jayinning oilasi uni masxara qilib, kulib qo‘shiqlar kuylagan. (Video lavhada batafsil ko’rsatilgan)
🧑🔧 Boshqa Vetnamlik ishchi esa belini jarohatlagan, lekin ish joyini o‘zgartirishga ruxsat berilmagani uchun hanuz shu joyda ishlashga majbur.
“Agar ishlay olmasang — Vetnamga ket! Kontraktni uzaytirmaymiz. Noqonuniy bo‘lib yashaysan!” - dedi ish beruvchi.
💬 Koreyada E-9 (Ish ruxsatnomasi tizimi) bo‘yicha ishchi ish joyini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa:
➡️ ish beruvchining ruxsati yoki
➡️ o‘zining jabrlanganini hukumatga isbotlashi kerak.
Bu esa amalda juda qiyin.
⚠️ Ogohlantirish:
Agar ish joyingizda sog‘lig‘ingizga zarar yetkazayotgan ish, tahdid yoki ekspluatatsiya bo‘lsa —
✅ Sizga boshqa ish joyiga o‘tish huquqi bor!
✅ Agar ish beruvchi ruxsat bermasa — Mehnat vazirligi (고용노동부) yoki Immigratsiyaga shikoyat qiling. (Albatta dalillarni to’plang!)
💡 Unutmang: Hech kim sizni zo‘rlab ishlatishga yoki xavfli joyda ushlab turishga haqqi yo‘q!
📩 Agar shunga o‘xshash vaziyatga tushgan bo‘lsangiz, yuridik yordam kerak bo‘lsa —murojaat qiling!
[Videoni ko’rish] 👈 | 2 118 |
| 17 | 🇰🇷🇺🇿 Oila chaqirish bo’yicha- E-7-4 viza haqida muhim ma’lumot (2024.12.20 yangilanish asosida)
So‘nggi kunlarda menga ko‘p berilayotgan savol:
“Men E-9 vizadan E-7-4 vizaga o‘tganman, lekin TOPIK yoki KIIP darajam yo‘q edi. Boshqalar ham shunday o‘tib, oilasini chaqiribdi. Siz ham shunday qilib bera olasizmi?”
Mening javobim – yo‘q.
Sababi, 2024-yil 20-dekabrda HiKorea rasmiy saytida e’lon qilingan qo‘llanmada quyidagicha yozilgan:
“Oilani chaqirish faqat koreys tili talabi bajarilgandan keyingina mumkin.
E-7-4 vizaga o‘tgandan so‘ng 2 yil ichida koreys tili talabini bajarmagan bo‘lsa, 6 oyga vaqtinchalik uzaytirish beriladi xolos.”
Ya’ni, TOPIK yoki KIIP sertifikatisiz E-7-4 vizaga o‘tganlar oilasini chaqira olmaydi, faqat til sertifikati topshirilgachgina chaqirish mumkin.
Bu masalada tushunmovchiliklar ko‘p bo‘layotgani sababli, men 1345dan telefon qilib so’radim. Ularning javobi : “Yo’q, oilani chaqirib bo’lmaydi deyishdi. Elchixonadan so’rab ko’ring eng anig’i, chunki viza beradigan elchixona dedi.”
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi orqali ham rasmiy so‘rov berdim:
“TOPIK yoki KIIP darajasisiz ham oilaviy viza berilayaptimi?”
Elchixona arizamni qabul qildi va tekshirib ko’rib, tez orada javob berishlarini aytishdi. Umid qilamizki, aniq javobni olamiz. Agar imkoni bor deb javob berishsa yordam beramiz✅.
Men nizomda ko‘rsatilgan qonuniy doirada yordam bera olaman.
Shuning uchun iltimos, “tanishim shunday oldi, siz ham shunday qilib bera olasizmi” degan so‘rovlar bilan murojaat qilmang — bu masalada qonuniy chegaradan chiqib yordam bera olmayman.
❗️❗️❗️ 📎 Manba: HiKorea rasmiy sayti,
숙련기능인력(E-7-4) 체류자격별 안내 매뉴얼 (24.12.20 업데이트)
👆👆👆 3 va 4-sahifalarga qarang
🌐 @koreyaadvokatura
Huquq va qonun bo’yicha tarjimon @Muattar_Zokirova | 1 330 |
| 18 | 🇰🇷 Koreyada D-10 (ish qidirish) vizasi tizimi yangilanadi! 🇰🇷
🗓 Amalda bo‘lish sanasi: 2025-yil 29-oktabr
📌 Asosiy o‘zgarishlar:
1️⃣ Viza muddati uzaytiriladi
Avval D-10 vizasi faqat 6 oylik davr bilan 2 yilgacha uzaytirilgan bo‘lsa,
endi 1 yillik davr bilan 3 yilgacha cho‘zish mumkin.
2️⃣ Stajirovka (internship) muddati oshiriladi
Avval bitta kompaniyada 6 oygacha ishlash mumkin edi,
endi esa 1 yilgacha davom ettirish mumkin.
Umumiy stajirovka cheklovi bekor qilinadi.
Endi D-10 vizasi egalari Koreyada ko‘proq vaqt qolib,
bir kompaniyada 1 yilgacha ishlash tajribasini orttirishlari mumkin! 🇺🇿🤝🇰🇷
@koreyaadvokatura | 1 416 |
| 19 | 📢 WANJU (완주군) – VIZA YORDAM DASTURI
🇰🇷 Wanju hokimligi chet elliklarning uzoq muddatli yashashini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi loyiha boshladi.
✨ Dastur mazmuni:
• Kimlarga? 2025-yil 1-yanvardan keyin:
🔹 E-7-4 (숙련기능인력) vizasiga o‘tganlar
🔹 F-2-R (지역특화형 지역우수인재) vizasiga o‘tganlar
• Shart: Kamida 1 oy davomida Wanju hududida yashagan bo’lishi kerak
• Yordam: Har bir tanlangan ishtirokchiga 💵 300,000 won (1 marta)
• Soni: Faqat 40 kishi!
🗓 Ariza muddati: 2025-yil 19-dekabrgacha
📍 Ariza joyi:
• Wanju hokimligi – Inson resurslari siyosati bo‘limi (☎ 063-290-2612)
• Wanju Chet elliklarni qo‘llab-quvvatlash markazi (☎ 063-263-1033)
🗣 Wanju hokimi:
“Viza upgrade orqali chet ellik aholi barqaror yashab, jamiyat bilan hamjihat bo‘lishi uchun yordam bermoqchimiz.”
⚠️ Eslatma:
Faqat qonuniy ravishda vizasini E-7-4 yoki F-2-R ga o‘tkazganlarga tegishli.
📌 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
담당부서: 인구정책과
☎ 063-290-2612 | 1 544 |
| 20 | 🚨 MUHIM OGOHLANTIRISH! 🚨
🇰🇷 Koreyada soxta hujjatlar(집 계약서) orqali vizani uzaytirish yoki o‘zgartirishga urinayotganlarga qarshi kuchli tekshiruv va jazolar boshlandi!
👤 26 yoshli o‘zbek broker qo‘lga olindi – u soxta ijara shartnomalari tayyorlab, 133 ta talabaga yordam qilgan.
💰 Har bir hujjatdan 100,000won olib, katta foyda ko‘rgan.
👮♂️ Natija:
• 59 nafar talaba deportatsiya qilindi
• Qolganlar ham tergov ostida
• Soxta hujjat ishlatganlar jarima, deportatsiya, qayta kirish taqiqiga duch kelmoqda!
⚠️ Unutmang:
• “Tayyor hujjat”, “ijara shartnomasi” qilib beraman degan gaplarga aldanmang.
• Bu sizni ham, kelajagingizni ham xavf ostiga qo‘yadi!
👉 Faqat qonuniy hujjatlar bilan ishlang!
@Muattar_Zokirova | 1 356 |
