cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Rasmiy kanali

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
26 628
Obunachilar
-4124 soatlar
+1 5577 kunlar
+2 73830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

👆👆👆👆👆👆👆👆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024y 25-26 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida «Namangan-Chodak-Namangan» shaharlararo poyezdi yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan 16.05.2024y kuni Namangan temir yo‘l vokzalida tantanali ochilish marosimi karnay-surnay sadosi ostida bo‘lib o‘tdi. Yo‘lovchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qo‘qon MTU filiali boshlig‘i B.P.Milladjanov, Farg‘ona transport prokurori adliya maslahatchisi I.A.Akbarovlar shaharlararo poyezd harakatidan oldin barcha xavfsizlik choralari ko‘rilganligini, yo‘lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar oldi olinganligi yuzasidan kerakli barcha nazorat tekshiruvlarini o‘tkazishdi. Maʼlumot uchun: 6351-"Namangan-Chodak" yo‘nalishi soat 08:10 Namangan shahri temir yo‘l vokzalidan yo‘lga chiqib, soat 11:16 da Chodak temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. 6352-"Chodak-Namangan” yo‘nalishi soat 19:20 da Chodak temir yo‘l vokzalidan yo‘lga chiqib, soat 22:31 da Namangan shahriga yetib keladi. 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 25
2024-yil 16-maydagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 20-soni mutolaa uchun havola qilinadi. 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
01:11
Video unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston” lokomotiv deposida bo‘lib o‘tgan harakat xavfsizligi kunidan videolavha. 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
👆👆👆👆👆👆👆👆 Joriy yilning 15 - may kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari Qarshi lokomotiv depo filialida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida nazorat safari uyushtirdi. Jumladan, depo majlislar zalida lokomotiv mashinist va mashinist yordamchilari bilan suhbat o'tkazish maqsadida uchrashuv o'tkazildi. Unda lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ul rahbarlarga topshiriqlar berildi. Kunning ikkinchi qismida, Qarshi lokomotiv depo filiali boshlig'i va o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari ishtirokidagi yig'ilishda Uzel rahbari tomonidan korxona iqtisodiy samarodrligini oshirish, ishchi-xodimlarni foydali mehnatga yo'naltirish, ijtimoiy masalalar ko'rib chiqildi hamda Qarshi lokomotiv depo filiali lokomotivlar holati, ularga texnik xizmat ko'rsatish jarayonlari, ta'mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirilidi. 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 19
👆👆👆👆👆👆👆👆 Joriy yilning 15-may Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbari boshchiligida va tegishli xodimlar ishtirokida hududlarda poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha joylarda o'rganishlar olib borildi, shu jumladan “Buxoro — Urganch — Xiva” va “Miskin — Nukus” temir yoʻl liniyalarini elektrlashtirish loyihasi borasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va qurilish ishlariga jalb qilingan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat, ovqatlanish va yotoq sharoitlari ko'zdan kechirildi hamda Tinchlik lokomotiv deposida lokomotivlarni unumdorligini yaxshilash, ta'mirlash jarayonlarini sifatli amalga oshirish va lokomotivlarni o'z vaqtida foydalanishga chiqarish bo'yicha o'rganishlar olib borildi. Hududlar kesimida olib borilgan o'rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf qilish bo'yicha kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi. 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 16
Harakat xavfsizligi kuni "O'zbekiston lokomotiv deposi"da harakat xavfsizligini ta'minlashda uchrayotgan nostandart holatlar muhokama qilindi va "Mashinistning elektron marshruti axborot tizimi" taqdimoti bo'lib o'tdi. 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 20
👆👆👆👆👆👆👆👆 "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining tegishli buyrug'iga asosan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ hamda “Temiryo'linfratuzilma” AJ rahbariyati boshchiligidagi bir guruh komissiya a'zolari tomonidan “Temiryo'linfratuzilma” AJning Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli filialiga qarashli korxona, tashkilot va stansiyalarda xo'jaliklar holati, mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, ish texnologiyasining bajarilishi, shuningdek mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur bo'lgan choralarni ko'rish, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi bo'yicha profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektrta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston - Bekobod temir yo'l uchastkasida joylashgan temir yo'l bekatlarida bahorgi ko'rik o'tkazildi. 👍👍👍👍👍👍👍👍 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 48👏 3
Po'stilar arxiv