cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'zMU YOSHLAR ITTIFOQI

📌 @Muhriddin_Saydmurodov 🏛 O'zMU YOSHLAR ITTIFOQI #RASMIY ✍🏻 Oʻzbekiston Milliy Universitetining Rasmiy boti: @nuuz_rasmiy_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 002
Obunachilar
-324 soatlar
-97 kunlar
-8430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Vazir o‘rinbosari akademiklar bilan uchrashdi Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat olib borayotgan akademiklar bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan O‘zMU rektori Inom Madjidov o‘z kirish so‘zida, ilm-fan sohasini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda akademiklarning hissasi katta ekanini ta’kidlab o‘tdi. Vazir o‘rinbosari akademiklar bilan suhbatlashib, ularning sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini tingladi, uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan yechim berib, munosabat bildirdi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
#LIVE #Xalqaro_konferensiya Jurnalistika va media sohasi vakillari ishtirokida ilmiy anjuman bo'lib o'tmoqda ⏺Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar XXI asrda: rivojlanish tendensiyalari, ta'lim va texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. ⏺Mazkur anjuman 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda 2022-yil 27-iyunda imzolangan "Ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash hamda O‘zMUning 106 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. ⏺Konferensiyada jurnalistika, publitsistika, kommunikatsiya, sun'iy intellekt, internet media, jamoatchilik bilan aloqalar, dizayn, mediasavodxonlik, reklama va medialingvistika sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlarga akademik doiralar va keng jamoatchilik diqqatini jalb etish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistika fakultetlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
Tegma noziklar o‘qimasin! 📌 Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib,  o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan! Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq! O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir! O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan! Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq! Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL! @uzmu_ittifoq
Hammasini ko'rsatish...
🔥 15👍 8👏 4🍾 1
Tegma noziklar o‘qimasin! 📌 Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib,  o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan! Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq! O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir! O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan! Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq! Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL! @uzmu_ittifoq
Hammasini ko'rsatish...
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

Tegma noziklar o‘qimasin! 📌 Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan! Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq! O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish ⡢⢌⣀⡊⢤⣈⡊ ⠸⢔⠋⡑⡅⡑⠦ ⠔⠇⡡⣠⠕⡁ ⢢⠰⢌ ⠅⡰⡒⡃⠤⠱⡊⢄ ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir! O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini…

#MirzoUlug'bek_630 O‘zMUda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda ⏺O‘zbekiston Milliy universitetida buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. ⏺Xalqaro anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘nggi yillarda buyuk allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi va qomusiy olim sifatidagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tishdi. ⏺Konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar, ya’ni Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, shuningdek, respublikaning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa muassasalarning ilmiy xodimlari, tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Batafsil 👉 nuu.uz На русском In English Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Nakamura Katsuxiro, Yaponiyaning Osaka universiteti faxriy professori
Mirzo Ulug‘bek va Xorazmiy avlodlari tomonidan astrofizika sohasida O‘zbekistonda ilg‘or ilmiy maktablar yaratilib, ularning merosi munosib davom ettirilmoqda. Men ayni vaqtda O‘zbekistondagi Maydanak observatoriyasi haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Avvalo, mazkur inshoot bugungi kunda o‘zining noyob astroiqlimi bilan jahonning eng yetakchi beshta observatoriyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu observatoriyada yaponiyalik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Guragoniy” hamda “To‘rt ulus tarixi” asarlari taqdimot bo'lib o'tdi ⏺O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, t.f.d. Ashraf Ahmedov, O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Abror Xidirov tomonidan Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Guragoniy” hamda “To‘rt ulus tarixi” asarlari taqdimot qilindi. ⏺“Ziji jadidi Guragoniy” Mirzo Ulug‘bekning shoh asari bo‘lib, u o‘zidan keyingi fundamental bilimlar rivojiga salmoqli ta’sir o‘tkazgan. Mazkur asar o‘z tarkibiga ko‘ra VIII-IX asrlarda boshlangan astronomik an’anani davom ettirsa ham, ilmiy darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. ⏺Taqdimot qilingan asarlar Mirzo Ulug‘bek iste’dodining yana bir qirrasi – tarixchilik sohasidagi faoliyatining mahsulidir. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Jesus Gil Fuensanta, Madrid Avtonom universiteti professori, Ispaniya Sharqshunoslari uyushmasi bosh kotibi:
Bugun unutilmas kun. “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etayotganimdan juda xursandman. Shuni ishonch bilan ayta olish mumkinki, Temuriylar Renessansi nafakat O‘zbekiston, balki dunyo sivilizatsiyasini rivojlantirishga ham sezilarli ta’sir o‘tkazgan. Mirzo Ulug‘bek nafakat hukmdor, balki fan arbobi, ilm-fan xomiysi hamda qomusiy olimdir. Ulug‘bek observatoriyasi nafakat o‘z davrining katta kashfiyoti bo‘lgan, balki bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan katta voqelikdir.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman start oldi Xalqaro anjumanni O'zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, Yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotganiga to'xtalib o'tdi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda allomalarimiz merosini, jumladan, jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olim Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay 1394-1449)ning hayoti va ijodiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu ma’noda 1995 yili O‘zbekiston Milliy universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomi berilishi chuqur ramziy ma’noga ega. Universitet bir asrlik faoliyati davomida 100 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, iqtisodiyotning barcha sohalarini yetuk kadrlar bilan ta’minlashda katta xizmat qildi va ilm-fanning turli sohalarida jahon e’tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...
#MirzoUlug'bek_630 #LIVE Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev o‘z nutqida:
Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar Yangi O‘zbekiston poydevorini qurish uchun asos bo‘lmoqda. Buyuk allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish, milliy ta’lim tizimida keng amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar tariximiz bilan uyg‘un mohiyat kasb etadiki, Mirzo Ulug‘bek ham davlat arbobi, ham olim, ham madrasalar qurib, o‘zi ham talabalarga ta’lim bergan. Shu jihatlari bilan Mirzo Ulug‘bek jahondagi boshqa hukmdorlardan ajalib turadi. Ulug‘bekning ilmga qiziqqanligi va mamlakatning ravnaqini ko‘zlaganligi tufayli yangi usuldagi bilim yurti – maktab va madrasalar barpo qilishga qaror qilib, deyarli bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro va Gʻijduvonda uchta Madrasa barpo etadi.
Darhaqiqat, 40 yilga yaqin hukmronlik qilib, rasadxona qurgan va 1018 ta yulduzning jadvalini tuzgan Mirzo Ulug‘bekdek hukmdor jahon tarixida kam uchraydi. Uning asosiy ilmiy asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” bo‘lib, 1437 yilda astronomik yilning uzunligini 365 kun, 6 soat 10 daqiqa 8 soniya o‘lchamda aniqlagan, noaniqlik atigi 58 soniyani tashkil etadi.
Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube ✅Talabalar kanali
Hammasini ko'rsatish...