cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝓞𝓼𝓱𝓾𝓯𝓽𝓪 𝓴𝓸ʻ𝓷𝓰𝓲𝓵𝓵𝓪𝓻🖊

FAQAT MUALLIFLIK SHE'R VA HIKOYALAR...✍️ © Muallif LOCHINBEK...✍ YOQSA BIZ BILAN QOLING...😊 YOQMASA YAXSHI BORING...😉

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
431
Obunachilar
+224 soatlar
+297 kunlar
-69330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Mana yana bir ajoyib ijodkor 😊
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
🦋🍃🌸 Kapalaklar odamlardan mehribon🦋🍃🌸 (Muhammad Yusufning "Kapalaklar odamlardan mehribon" she'riga boģlangan nazira) Ģamdan qochib intilaman siz tomonga, Mittilarim menga hamroh begumon. Tikilaman umid ila keng jahonga, Kapalakalr odamlardan mehribon. Yoģdirishsa malomat-u  tuxmatlar, Bir biriga dalda bòlar yuraklar Yomģirlardan saqlar meni qanotlar, Kapalaklar odamlardan mehribon. Umri qisqa talashmaslar hech ham jon, Tortishmaslar dunyo uchun to'kmas qon. Kuzataman bir chekkada men hayron, Kapalaklar odamlardan mehribon. Shukur qilar bergan har bir ne'matga, Yuzma yuzdir doim ular omadga, Yaramaydi inson bir bor raxmatga, Kapalaklar odamlardan mehribon. Allohimning jajji farishtalari, Uchadilar doim yaxshilik sari, Biri ketsa, ketishar barchalari, Kapalaklar odamlardan mehribon🌸🦋. 26.04.2024 Samarqand viloyati, Qo'shrabot tumani, 52-maktabning 7-sinf o'quvchisi. Sevinch Baxtiyorova✍  .
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4🥰 1👏 1
Man yana bir ajoyib ijodkor😉🥰
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🥰 3👏 1
Yomg‘irdagi sevgi Bizning sevgi yomg‘irlarga xosmidi, Yuragimiz o‘shalarga mosmidi, Ilk uchrashgan kunimiz yomg‘irmidi, Bizniki sevgimiz yomg‘irlarda qoldi😔 Ilk uchrashgan kunimiz bilolmadim, Yomg‘irmi, quyoshmidi eslolmadim Lek ayrilgan kunni unuta olmadim, Bizning sevgimiz yomg‘irlarda qoldi😔 Yomg‘irga o‘xshatgandik sevgimizni Yomg‘irga aylanishin sezmagandik Telbalarcha sevdik bir-birimizni Sevgimiz yomg‘irda qolishin bilmagandik😔 Samarqand viloyati.Jomboy tumani Muallif:Qarshiyeva Bibi Fotima Yozildi:09.05.2024 Muallif ruxsatisiz foydalanish taqiqlanadi!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 6 2👏 1
#premyera Bir tush koʻrdim odamlari bor, Ustun emush nomus ila or. Imtihon uchun odamlar qator, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Abdumoʼminov Lochinbek ✍ Bu kecha koʻrdim bir ajib tush, Qazo boʻpti mitti bu jonim. Qoʻlda savob amal daftar boʻsh, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Sevinch Shaydo ✍ Bir tush koʻrdim ijobati yoʻq, Unda emush aka uka xor. Lek ustun edi oʻrtadagi or, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Abdumoʼminov Lochinbek ✍ Jahannamning otashlarida, Kuydirmoqni buyurdi robbim. Ibodatim qazolarida, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Sevinch Shaydo ✍ Olovlari kuydirar tanni, Tillaridan osilgan koʻrdim. Ne qilsa ham asrab bu jonni, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Abdumoʼminov Lochinbek ✍ Bir tush koʻrdim ayollar bir yon, Sochlaridan osilgan koʻrdim. Avratlarin etgan namoyon, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Sevinch Shaydo ✍ Lek tavbaga kech boʻlgan emas, Tavba qilgan aslo pand yemas. Tavbasiz inson musulmon emas, Qiyomatni tushimda koʻrdim. Abdumoʼminov Lochinbek ✍ Uygʻondim-u yeldim tavbaga Jahannamning jabrini tuydim Quloq tuting jami soʻzimga Qiyomatni tushimda koʻrdim Sevinch Shaydo ✍ © Mualliflar: Abdumoʼminov Lochinbek ✍ Sevinch Shaydo ✍ Yozildi: 08.05.2024 ⏰
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 3🤯 2😢 2 1👏 1
Uzoq tanaffusdan keyin premyera kutganlar bormi unda +20 reaksiya busa tashlayman 😊 #reaksiya
Hammasini ko'rsatish...
🔥 5 2🥰 2💋 2 1👍 1🕊 1
Instadagi bilim obuna boʻlib qoʻyarsiz😝😉😁🥰
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 2🥰 2
Mana yana ajoyib ijodkor👍😊
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2👍 1 1🥰 1
"Qo‘rqaman" Umrim bitib yetsa ajalim Ruhim ketib qolsa jasadim Tavba qilay rosti charchadim Do‘zax jazosidan qo‘rqaman Esga olsam hayol parishon Mo‘ltiragan ko‘zlarim giryon Oxiratni o‘ylasam bir on Do‘zax jazosidan qo‘rqaman Mushtdek jonim azob qiynoqda Jannat tomon yurish so‘roqda Qanday o‘tay savol javobda Do‘zax jazosidan qo‘rqaman Dunyo atalmish bu qafasda Uchmang boylik ho-yu havasga Bari o‘tar lahza nafasda Do‘zax jazosidan qo‘rqaman ALLOH meni jonim omonat Yuray doim sog‘-u salomat Nogoh kelib qolsa qiyomat Do‘zax jazosidan qo‘rqaman Gunoh ishlar qildim ko‘p bora Endi men uchun bormi chora Tangri haqdur yakka yagona Do‘zax jazosidan qo‘rqaman Savob qilish kelmas hayolga Mukka ketdim yalli yalloga Qanday javob beray savolga Do‘zax jazosidan qo‘rqaman ✍️ Og‘abek To‘ychiyev 📆 30.03.2024 @achchiq_haqiqat27 @achchiq_haqiqat_27
Hammasini ko'rsatish...
👏 5🔥 2👍 1 1🥰 1
Repost from N/a