uz
Feedback
MSR Aka - uka matematiklar

MSR Aka - uka matematiklar

Kanalga Telegram’da o‘tish

📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻‍♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27

Ko'proq ko'rsatish
561
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+77 kun
-830 kun
Postlar arxiv
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Ajoyib xushxabar! Ko'pchilik yoshlar xalqaro imtihon xarajatlarini qaytarib olishda muammolar yuzaga kelganini bizga ma'lum qilishgan edi. Bugun Xalq Banki mutasaddilari bilan hamkorlikda kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishni boshladik. O'z o'rnida Xalq Banki vakillariga yoshlarni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yoshlarimizni esa avvalo o'z ona tilimizni mukammal o'zlashtirib, shu bilan birga xorijiy tillar hamda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz. Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️ 📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun ona tili, tarix, matematika va fiz
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️ 📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun ona tili, tarix, matematika va fizika fanlaridan repetitsion test sinovlari (diagnostik test) uchun ro‘yxatga olish boshlandi 📖 2024-yil 13-noyabr kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun 🇺🇿 ona tili, 🏛 tarix, ➕ matematika va 🌓 fizika fanlaridan navbatdagi diagnostik test sinovi o‘tkaziladi. 🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 🗓 Ro‘yxatga olish muddati – 7- noyabr 10-00 ga qadar. 💳 To‘lov qilish muddati – 7- noyabr 10-00 ga qadar. 👥 Test o‘tkazish kuni – 13-noyabr. ⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin. P.S Ana ajoyib yangilik va oʻzini sinib koʻrish uchun imkoniyat boʻlibdi, bu Diagnostik Test nima ekanligini keyingi postda batafsil tushuntiraman ✅ 🔵 @MatematikaMilliy_Sertifikat

#abituriyent Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavr yo‘nalishlariga qabul imtihonlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlarini e'lon qildi. O‘quv dasturlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. E’tibor bering: bu darsliklar ro’yxati emas, balki o’quv dasturlari ro’yxati. Jaydari tilda aytganda, abituriyentlar qaysi bilimlarni (mavzularni) egallashi kerakligi haqida ma’lumot. https://t.me/MSRtestlari

❗️Расмий: бу йил Ўзбекистонда мактабларда кузги таътил 4-ноябрдан бошланади. Ўқув йилининг 2-чораги 2024-йил 10-ноябрда бошла
❗️Расмий: бу йил Ўзбекистонда мактабларда кузги таътил 4-ноябрдан бошланади. Ўқув йилининг 2-чораги 2024-йил 10-ноябрда бошланади. https://t.me/MSRtestlari

Milliy sertifikat tayyorlanuvchilar uchun testlar to'plami

CS yangi birlashma hujjati 2024-09-18 15.54.pdf

#Бугун_байрам 🎉💥💐1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни! Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мурабби
#Бугун_байрам 🎉💥💐1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни! Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этамиз! Aзиз Устозлар, илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлсин! Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин! Касб байрамингиз муборак бўлсин, ҳурматли устозлар! 👩🏻‍🏫👨‍🏫 https://t.me/MSRtestlari

#Диққат #Расман ❗1-босқич талабалар учун 24–27 сентябрь кунлари ижара тўловининг бир қисмини қоплаб берилиши юзасидан онлайн
#Диққат #Расман ❗1-босқич талабалар учун 24–27 сентябрь кунлари ижара тўловининг бир қисмини қоплаб берилиши юзасидан онлайн ариза юбориш имконияти яратилди. Аризалар kontrakt.edu.uz платформаси орқали фақат онлайн қабул қилинади. https://t.me/MSRtestlari

⚡️Rasman: Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari belgilandi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:
🔹 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔸 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. https://t.me/MSRtestlari

Assalomu alaykum. Men Muhammad Aziz Sotvoldiyev o'zimning matematika fanidan tayyorlov kurslarimga taklif etaman. Abituriyent
Assalomu alaykum. Men Muhammad Aziz Sotvoldiyev o'zimning matematika fanidan tayyorlov kurslarimga taklif etaman. Abituriyentlar uchun • Milliy sertifikat • DTM testlari • Prezident maktablari O'qituvchilar uchun • Attestatsiya • SAT sertifikatiga tayyorlov kurslari mavjud! Manzil: Asaka tuman ixtisoslashgan maktabi ( Eski Targoli kolleji) Murojat uchun: +998971292727 Telegram: @muhammadaziz888

⚡️TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL ➖ Kredit miqdori: Cheklov yo‘q; ➖ Qaytarish muddati: 7 yil muddatga; ➖ Foizi: Yigitlarga 13,5% Qizlarga 0%; Kimlarga beriladi:
➖ Davlat va nodavlar oliygoh talabariga beriladi; ➖ faqat kunduzgi ta’lim shakliga; ➖ bakalavr yoki magistrga; ➖ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan; ➖ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. Kerakli hujjatlar:
— ariza; — talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); — kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); — bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
✅ Ta'lim krediti olish uchun ariza berishda bankka borishingiz ham shart emas, my.gov.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. ✔️ https://t.me/MSRtestlari

#диққат ❗️Таълим кредити олиш бўйича фойдали маълумот. Видеода таълим кредити олиш жараёни ёритиб берилган. Барча талабаларга юбориб қўйинг, фойдали бўлади. https://t.me/MSRtestlari

⚡️Talabalar uchun taʼlim kreditiga onlayn ariza yuborish boshlandi! 🖥 Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kiring va ariza yuboring! «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu videoyoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz. https://t.me/MSRtestlari

⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari ✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasi
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari ✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️Ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasigacha onlayn ariza berish kerak Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi; 2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi; 3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi. Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi. Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uzhttps://t.me/MSRtestlari

⚡️Talabalarga kerakli tavsiya Talabalik davri juda tez oʻtib ketadi. Oʻqishni tugatib tezda ish topib ketish uchun sizda albatta tajriba boʻlishi kerak. Buning uchun hozirdan ishlab tajriba oshirish kerak. Talabalik davrida oʻqishdan tashqari ishlagan holda ham tajriba orttirish ham oylik olish mumkin. Buning uchun esa oʻzingizga mos ishni topishingiz kerak. Talabalarga mos ishlarni eʼlon qilib boruvchi @edu_vakansiya kanalini tavsiya qilaman. Obuna boʻlib qoʻying, albatta sizga foydasi tegadi! 👍@edu_vakansiya - talabalarga mos ish oʻrinlarini tavsiya qiladi. https://t.me/MSRtestlari

Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak? 1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5x4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa) 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa). ❗️ Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil roʻyxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz. 📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. ➡️Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling! ✅️ https://t.me/MSRtestlari

‼️Millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kiberzavfsizlik markazi bu bilan jiddiy shu
+4
‼️Millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kiberzavfsizlik markazi bu bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak Telefon raqamimga bir nechta xususiy universitetlardan "o‘qishga kirdingiz" degan SMS xabarlar kelmoqda. Xabarda hattoki ismimni ham yozishgan. Bunday xabarlarni siz ham olgan bo‘lsangiz kerak. Barcha xabarlar my.uzbmb.uz saytidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamimga kelyapti. Demak, mening telefon raqamim va boshqa shaxsiy ma’lumotlarim uchinchi shaxslar qo‘liga borib tushgan. Bo‘lib ham bitta universitetda emas, bir nechtasida bunday ma’lumot bor. Vaziyat jiddiy va qo‘rqinchli. E’tiborli jihati, bunday xabarlar faqat joriy yildan kelishni boshlagani yo‘q. Avvalgi yillarda ham kelgan, lekin hech kim bunga qiziqmagan va chora ko‘rmagan. Menda 2 ta taxmin bor: 1) Yoki uddaburon xakerlar UzBMB saytini buzib kirishgan va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlashtirishgan hamda uni ko‘chada pullamoqda; 2) Yoki sayt buzilmagan, ammo UzBMBdagi qaysidir xodimlarning o‘zi abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ko‘chada pullamoqda. Shaxsan men 1-variantga uncha ishonmayman, 2-variant haqiqatga yaqinroq. Ikkalasidan qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, kiberxavfsizlikka mas’ul organlar albatta buni o‘rganishi shart. Axir davlat tashkilotining bazasidan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi hazil narsa emas. Mening o‘zim tegishli organlarga nomimdan rasman ariza ham yuborib qo‘yaman, albatta. Buning tagiga yetishimiz kerak. 👉 @xushnudbek 👈

Talabalar uchun kerakli metro xaritasi. Saqlab qoʻying, albatta foydasi tegadi https://t.me/MSRtestlari
Talabalar uchun kerakli metro xaritasi. Saqlab qoʻying, albatta foydasi tegadi https://t.me/MSRtestlari

❗️Бугун, 4-сентябр куни мактаб, академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумларда дарслар бошланади ✅ 2024/2025-ўқу
❗️Бугун, 4-сентябр куни мактаб, академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумларда дарслар бошланади ✅ 2024/2025-ўқув йили: ➖Мактабларда – 4-сентябр; ➖ Олий таълим муассасаларида – 9-сентябр; ➖ Академик лицейларда – 4-сентябр; ➖ Касб-ҳунар мактабларида – 4-сентябр; ➖ Коллеж ва техникумларнинг 2- ва ундан юқори курслари учун – 4-сентябр кунидан бошланади. 🔹Коллеж ва техникумларнинг 1-курслари учун 2024/2025-ўқув йилининг бошланиши бўйича қўшимча маълумот берилади. Нодавлат университетларда дарслар қачон бошланиши шароитга қараб ҳар бир ОТМ томонидан эълон қилинади. Мактабларда «Биринчи қўнғироқ» тадбирларин соат 8:00 да «Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!»  шиори остида ташкил этилади. Бизда кузатиб боринг👇🏻                 https://t.me/MSRtestlari