cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

AYITI (yo‘l ilmi) | Rasmiy kanal

"Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti" DM rasmiy Telegram kanali 🌐 www.ayiti.uz Aloqa: 📩 [email protected] ☎️ 71 268 92 98

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston48 988O'zbek30 983Toif belgilanmagan
Reklama postlari
337
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
-530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

04:01
Video unavailableShow in Telegram
Avtomobil yo’llari ilmiy-tadqiqot instituti yangi formatda
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3258.MP48.55 MB
🔥 3👏 1
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Президент йўллар қурилишини такомиллаштиришга оид лойиҳа билан танишди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
reels_yo'l_tg_new2.mp484.91 MB
👏 3
Президент Шавкат Мирзиёев автомобиль йўлларини қуриш бўйича намунавий лойиҳа билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с типовым проектом по строительству автомобильных дорог. #Mirziyoyev #safar #infratuzilma #yullar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
1
Photo unavailableShow in Telegram
#E’lon 📣2024-yil 21-may kuni Toshkent davlat transport universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining “ANT-Engineering” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda ANT texnologiyalari” mavzusida seminar tashkil etilmoqda! 👨‍💼Seminar ma’ruzachisi “ANT-Engineering” kompaniyasi direktori va ANT texnologiyalari muallifi Negulyayev Anton Vladimirovich. Mazkur seminar - treninglardan ko‘zlangan maqsad: 🔹“ANT tosh yo‘llari” texnologiyasi; 🔹Asfaltbetonni sovuq usulda regeneratsiya qilishda ANT texnologiyalari; 🔹Asfaltbetonni issiq usulda regeneratsiya qilishda ANT texnologiyalari. 📍Mazkur tadbir TDTU Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti, 104-xonada bo‘lib o‘tadi. 🕤 Boshlanish vaqti: 10:00
Hammasini ko'rsatish...
🤝 1
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, uni yanada faollashtirish imkoniyatlari, shuningdek, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, temir yo‘l va avtomobil transporti, transport infratuzilmasini qurish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2024-2025-yillarda transport va logistika sohasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzoladilar.
Batafsil
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib,barchangizga o‘zimizning chuqur hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni bildiramiz. Shu ulug‘ kunda Ikkinchi jahon urushining ayovsiz maydonlarida jang qilib, og‘ir mashaqqatlarni boshdan kechirgan qahramonlarimizning tarixiy jasoratini yuksak qadrlaymiz. Ularning sharofati bilan erishilgan osoyishta va farovon hayotimiz uchun hamisha shukrona bildiramiz. Qolaversa, hozirda Vatanimiz himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan jasur askarlarimiz va xarbiylarimizga samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Ularga kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoat tilab qolamiz. Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Hurmat bilan AYITI DM jamoasi!
Hammasini ko'rsatish...
✅📚AYITI DM tomonidan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK mutaxassislariga o‘quv dasturiga muvofiq “Buyurtmachi xizmati texnik nazorati” mutaxassislari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish darslari tashkil etilgan. Malaka oshirish o‘quv darslari malakali professor-o‘qituvchilar hamda sohada ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar tomonidan online va offline formatda o‘tilmoqda. Laboratoriya mashg‘ulotlari esa AYITI DM sinov tadqiqot laboratoriyasida o‘tkazilmoqda.📚
Hammasini ko'rsatish...
Jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qildi. Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifida “Basalt Uzbekistan” klasteri tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar afzalliklarini keng targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish hamda tashqi bozorga chiqishni yanada faollashtirish bo‘yicha berilgan vazifalar asosida tashkil etildi. Forumda Avtomobil qo’mitasi tizim tashkilotlari, AYITI DM mutaxassislari, yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdi.
Hammasini ko'rsatish...
✅📚ПФ-64. Йўл хўжалиги соҳасини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари белгиланганлиги муносатати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартиришлар киритиш, шунингдек, баъзиларини ўз кучини йўқотган деб ҳисоблаш тўғрисида.
Hammasini ko'rsatish...
ПФ-64. 15.04.2024 й.pdf2.31 MB
Умумий фойдаланишдаги автомобиль йўлларини эксплуатация қилиш ишларини аутсорсинг асосида хусусий сектор томонидан амалга оширишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида
Hammasini ko'rsatish...
Вазирлар_Маҳкамасининг_233_сонли_Қарори_.pdf1.16 MB