cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakulteti

O'zDJTU , Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar ittifoqining rasmiy kanali . Kanalda yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar yoritiladi. Yoshlar yetakchisi : Saidrizayev Said @Thirdfacultyleader

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
238
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-2530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Студенты уставшие от экзаменов 😓 всем удачи✊❤️ Анон
Hammasini ko'rsatish...
2
Agar so'zim she'r bo'lmasa bir kun kelib, Agar qo'lim tuta olmay qolsa qalam, Va'foli do'st, sadoqatli oshiq bo'lib Aytchi, meni sevasanmi o'shanda ham?! Tizzalardan mador ketsa qaylargadir, Liboslarim nogoh bo'lsa eski, juldir, Omad mendan araz qilsa nelargadir, Aytchi, meni sevasanmi o'shanda ham?! Har yil kelgan bahor birdan kelmay qo'ysa, Qaldirg'ochlar uyimga in qurmay qo'ysa, Hech kim mening yo'rig'imga yurmay qo'ysa, Aytchi, meni sevasanmi o'shanda ham. Sochlarimga bevaqt oqlar oralasa, Eshigimdan gado o'ylab mo'ralasa. Vujudimda dardlar itdek bolalasa, Aytchi, meni sevasanmi o'shanda ham. Xudo urib, men qadringni bilmay qo'ysam, Sen yoqtirgan ko'ylagimni kiymay qo'ysam, Bir kun kelib seni mutloq suymay qo'ysam, Aytchi, meni sevasanmi o'shanda ham?! Hasta bo'lib, yurolmayin, yotib qolsam, Bu omonat dunyosidan o'tib qolsam, Seni tashlab chin uyimga ketib qolsam, Aytchi, meni sevasanmi o'shanda ham.
Hammasini ko'rsatish...
Yoshlar ittifoqidan ajoyib yangilik! Mana shu postni tagiga hamma ismini yozsin! Kechki soat 20:00 gacha qaysi ism kop yozilsa ertaga yoshlar ittifoqidan kichik bir estalik sovgʻamiz bor!😁🔥 Qani yoshlar olgʻa✊🏻
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
movienight Kino oqshomiga barchangizni taklif etamiz! Ingliz tili 1-2-3 va kechki fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan interaktiv haftalik doirasida "Movie night" o'tkazilmoqda. 📌 O'tkazilish vaqti: ▶ 23-may   18:00 da O'tkazilish joyi: 📍 Asosiy bino , Faollar zali
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿🇺🇿🇬🇧 Joriy yilning 20-may sanasida Ingliz tili 1,2 va 3 - fakulteti koordinatorlari tashabbusi bilan "Modern methods in teaching English and their requirements" mavzusida seminar tashkil qilindi. Ushbu seminarga speaker sifatida xalqaro toifadagi o'qituvchilar Deepak Raran Veettil va AKHI P S taklif qilindi. Seminarni Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovini Zokirov Sherzod ochib berdi va o'z navbatida bunday seminarlar talaba yoshlarimiz uchun muhim ekanligi , bu borada har qanday tashkiliy masalalarda doim yordamga shay ekanligini ta'kidlab o'tdi .
🫥Seminar ikki qismdan iborat bo'lib , birinchi qismda talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlashgan bo'lishsa , ikkinchi qismida esa jonli musiqa bilan jamoaviy ijro etilgan inglizcha qo'shiq seminarga o'zgacha fayz baxsh etdi.
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: 📱Telegram 📱Instagram
Hammasini ko'rsatish...
2.86 MB
4.27 MB
3.42 MB
🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 Ingliz tili uchinchi fakulteti 🗓 Joriy yilning 8-may kuni fakultet yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovini Kadirova N.K hamda fakultet yoshlar koordinatori Saidrizayev.S tomonidan "Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi"da shaxmat - shashka musobaqasi tashkil etildi.
🦅 Musobaqa qizg'in bahs munozaralarga boy o'tdi. G'olib jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar .
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz : 📱Telegram 📱Instagram
Hammasini ko'rsatish...
1🔥 1🥰 1
Repost from 3rd English faculty
🇺🇿 O'zDJTU 🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📣Talabalarimiz ayni damda vokzalda , azim Samarqandga yo'l olmoqdalar . 🎭 Teatr studiyalari respublika ko'rik tanlovida yarim finalda universitetimiz sharafi uchun , shu ulug' ziyo maskanining peshtoqiga yana bir faxrli o'rinni muhrlash uchun harakatdalar. Kelinglar birgalashib talabalarimizni qo'llab quvvatlaymiz , har qanday yaxshi tilak ularni sahnada ruhlantiradi , g'alaba sari olg'a yetaklaydi. ⚡️
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 1
Iqtidorli talabalarimizdan ozgina nazm
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3
00:32
Video unavailableShow in Telegram
4.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 Bugun 4-may — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tavallud topgan kun. Ushbu sana munosabati bilan universitet jamoasi Ilxomjon Madaminovichni chin dildan tabriklab, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va soha rivojida amalga oshirayotgan salmoqli ishlarida ulkan zafarlar tilaydi! Yurtimiz taraqqiyotida Sizning ham ulkan hissangiz bor. Buni har kungi tigʻiz va samarali ish faoliyatingiz, Vatan ravnaqi yoʻlidagi saʼy-harakatlaringiz, fidokorona mehnatingiz orqali yaqqol sezib, guvohi boʻlib turibmiz. Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik va xotirjamlik, farzandlar baxt-u kamolini koʻrish, el-yurt manfaati, xalqimizga xizmat qilishdek sharafli, lekin oʻta masʼuliyatli ishlaringizda yutuqlar doimiy hamrohingiz boʻlishini tilaymiz. Mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilishdan aslo charchamang! Yoshlarga ziyo ulashish va ularga taʼlim-tarbiya berishdek ulkan baxtdan Sizni aslo ayirmasin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...