cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yurist Muxiddinovna

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi, boʻlajak yurist Mohina Muxiddinovnaning telegram kanaliga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Solicitor_0515bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
338
Obunachilar
+224 soatlar
+57 kunlar
+1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Xabarimiz borki ertaga boʻlajak yuristlar imtihonga kiradi. Abituriyentlar sizlarga judaaa kaattaaaa omad tilayman! Siz faqat oʻzingizga va oʻqigan bilimlaringizga ishoning. Hayajonni yengib oʻtishga harakat qiling.( Men imtihon kuni umuman hayonlanmaganman va imtihon savollarini xotirjamlik bilan ishlaganman.😊 Chunki oʻzimga ishonganman.) Sizni qoʻrqitadigan narsalarni oʻylashni bas qiling. Past ball toʻplasam nima boʻladi, oʻqishga kira olmasam keyin nima qilaman degan xayollarni oʻylamang. Bularni oʻylayversangiz hayojanlanib sizni qoʻrquv yengib oladi. Oʻqishga kirish va hayajonni yengadigan duolarni koʻproq oʻqishni tavsiya qilaman. Ertaga faqat testni ishlab kelaman boʻldi degan fikrda boʻling. Haqiqatdan ham shunday siz ertaga 3 soat davomida faqatgina testni ishlaysiz. Ertaga ertalab 1- smenada imtihon topshiradiganlar hozirdan boshlab dam oling oʻzingiz yaxshi koʻrgan narsalar bilan shugʻullaning. Masalan, televizor koʻring, aylanishga chiqing. 2- smenada imtihon topshiradiganlar kechgacha ham oʻqiganlaringizga qarab chiqishingiz mumkin. Keyin dam olish esdan chiqmasina😁 Yana bir omad sizlarga boʻlajak talabalar😍
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3🤩 3❤‍🔥 1👏 1
Davlat tilida ish yuritish modulidan yakuniy imtihonlarda esse yozgandik. Menga "Jinoyat va jazo" romanidan savol tushgan edi. Sizlarga ham ushbu roman asosida yozgan essemni xulosa qismini ulashgim keldi😊 Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, yozuvchi Fyodor Dostoyevskiy "Jinoyat va jazo" romani orqali jinoyat sodir etish orqali baxtga erishib bo'lmasligini amalda isbotlab berdi. Bundan tashqari hech kim bu dunyoda Alloh tomonidan taqdim etilgan umrni yoki hayotini tugatish huquqiga ega emas. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etilgan bir paytda, bunday vakolat hech bir insonga taqdim etilmagan. Asardagi bosh qahmonlardan biri sifatida tasvirlangan Rodion Romanovich sodir etgan qotillik orqali baxtga, yorug' kunlarga erisha olmadi. U uchta insonning umriga zomin bo'lishiga qaramasdan, ular bilan birgalikda o'zini ham o'ldirdi. U o'zining va xalq ehtiyojlari yo'lida ushbu jinoyatni sodir etmasdan ham, yaxshi hayot kechirishi mumkinligini anglagan holda boshqa yo'llarni izlab topishi mumkin edi. Buning uchun imkon ham bor edi, do'sti amalga oshirayotgan hujjatchilik ishlari uning ham qo'lidan kelar edi. Bu bilan aytmoqchimanki, qotillik sodir etilishi uning uchun so'nggi yo'l emas edi. O'z joniga qasd qilgan obrazlar tomonidan amalga oshirilgan bunday harkatlar ham oxirgi yo'l sifatida qaralgani e'tibordan holi emas. Bunday holatlar sodir etilganligiga sabab sifatida aytishimiz mumkinki, mavjud tuzumning zaifligi, yuksak darajadagi qiyinchiliklardir. Nazarimda, har qanday vaziyatda ham bu yo'l xato hisoblanadi. Shuni unutmaslik kerakki, bizga umrni taqdim etuvchi ham, oluvchi ham faqatgina Allohdir.
Hammasini ko'rsatish...
👏 4👍 1
00:13
Video unavailableShow in Telegram
48665885_660098769590228_6590244910988260297_n.mp42.98 MB
❤‍🔥 3👍 2🔥 1
Bugun ham sud ishida ishtirok etdim. JK ning 104- moddasi ya'ni badanga qasddan ogʻir tan jarohati yetkazish bilan ish qoʻzgʻatilgan ekan. Bir narsaga amin boʻldimki, sudda ishtirok etuvchi shaxslar juda koʻp yolgʻondan foydalanishadi. Buni tashqaridan kirib koʻrib oʻtirgan odam ham bittada anglab olishi qiyin emas. Negaki ularning gapi bir-biriga toʻgʻri kelmay qoladi. Qaysi biriga ishonishni ham bilmaydi kishi. Bizga shunday moslama kerakki yolgʻon gapirsa signal beradigan yoki toʻk uradigan moslama ham bor edi (aniq nomi esimda yoʻq ekan, koʻrsatuvda koʻrgan edim😁) Shu bizga juda zarur. Sudlanuvchi, jabrlanuvchi goʻyoki sud zalida oʻtirgan sudya, prokurorni yolgʻon gapirsam ishonadi deb oʻylashsa kerakda. Eng qizigʻi ularning bir-biriga mos kelmaydigan yolgʻon gaplarini hattoki men ham kuzatuvchi boʻlib tushunib olaman😁 Shunaqa gaplarda😁, eslatib oʻtaman bu yerda adminning shaxsiy fikrlari ifodalangan
Hammasini ko'rsatish...
👍 9👏 3🔥 1
Yakuniy imtihonlar haqida gapiradigan boʻlsam, TDYU da yakuniy sessiyalar men uchun a'lo darajada oʻtkaziladi. Imtihon vaqtidagi nazorat juda yaxshi amalga oshiriladi. Men imtihonga kirishda har safar BVMB testiga kirayotgandek his qilaman. Biz sessiyada har bir fandan kazus ishlaymiz bu uchun 60 ball beriladi. Oraliq imtihonda esa 40 ball boʻlib maksimal 100 ball boʻladi. 86 va undan yuqori ball besh boʻladi. Yakuniy imtihonda har bir talaba kazusga ya'ni muammoli masalaga yechimni komputerga shaxsiy kabinetiga 2 soat vaqt oraligʻida yozadi. Ikki marta imtihon topshirgan boʻlsam bu safar kuzgi semestr natijalariga qaraganda ancha sezilarli darajada oʻsish boʻldi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7❤‍🔥 3🔥 1😁 1🤩 1💯 1🆒 1
TDYU vanihoyat yakuniy ballar e'lon qilindi😅
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👏 2🔥 1
Xayrli kech
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1🥰 1
2024-yil 14- iyul 🔥 2023-yil 1- avgust🔥
Hammasini ko'rsatish...
👍 8😢 4🔥 3 1❤‍🔥 1🕊 1💯 1🆒 1
14 - iyul boʻlajak yuristlar imtihonga kiradi. Abituriyentlarga maslahat hayajon, qoʻrquv va xavotirni yigʻishtirib qoʻying. Hammasi yaxshi boʻladi. Shu 5 kun ichida shu paytgacha oʻqigan bilimlaringizni takrorlang. Nazarimda endi test ishlamagan ma'qul. Oʻqigan bilimlaringizni takrorlashingiz va koʻproq savol-javob qilishingiz kerak.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 2❤‍🔥 1🤩 1
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi! Ruxsatnomalarni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.