cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 446
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+77 kunlar
+1930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Jarayon #Fotolavhalar Tuman Oila va xotin qizlar bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birga tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida ham "Milliy libos ma'naviyat ko'zgusi" nomli milliy liboslar namoyishi  hamda "Men O'zbekiston farzandiman" nomli rasmlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Milliy libos- ma'naviyat ko'zgusi ❇️O‘zbek xalq milliy liboslari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. ❇️Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi. ❇️Shu maqsadda Tuman Oila va xotin qizlar bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birga tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida ham "Milliy libos ma'naviyat ko'zgusi" nomli milliy liboslar namoyishi  hamda "Men O'zbekiston farzandiman" nomli rasmlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🥰 1
Rasman: 1-kun 14-iyul natijalari e’lon qilindi 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda tashlang botga yuboring! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin! Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent #test2024 #tushganlari
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
Bilimni baholash agentligi

⚡️ Rasman: 1-kun 14-iyul natijalari e’lon qilindi 📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda tashlang botga yuboring! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin! ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent #test2024 #tushganlari @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.
©️ Shavkat Mirziyoyev 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
04:08
Video unavailableShow in Telegram
#Tonggi_tarona #retro 🎙Murodjon Ahmedov- Bo'ylaringdan 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
Муроджон-Ахмедов-Буйларингга.mp428.39 MB
👍 1
00:08
Video unavailableShow in Telegram
⛅️ XAYRLI TONG! Assalomu alaykum aziz O'zbekiston tumaniliklar! 🌼Seshanba tongi muborak bo‘lsin! Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin! 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
3.95 MB
👍 1
02:18
Video unavailableShow in Telegram
#Oʻzbekcha_gapiramiz Oyina.uz "Oʻzbekcha gapiramiz" loyihasini davom ettiradi. Yurtdoshlarimizdan tilimizga "yopishib" qolgan xorij soʻzlarining oʻzbekchasini soʻradik. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
48.30 MB
👍 1🔥 1🥰 1
Prezidentning yuksak ishonchini qozonib, talabaga aylangan qiz yana bir bor e’tirof etildi Avval xabar berilganidek, Davlatimiz rahbari o‘tgan haftada viloyatimizga tashrifi chog‘ida Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan tanishar ekan, bu yil talaba bo‘lishni niyat qilgan O‘zbekiston tumanilik Madinaxon Soliyeva bilan suhbatlashdi. Ushbu tasodifiy va omadli uchrashuv natijasida Madinaxonning orzusi ushalib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga grant asosida qabul qilindi. Zinasha qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan, tumandagi 59-maktab bitiruvchisi zukko qiz Madinaxon bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishiga taklif etildi. U Prezidentimiz bilan bo‘lib o‘tgan unutilmas uchrashuv haqida tuman faollari va jamoatchiligiga yana bir bor o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi. “Darhaqiqat, O‘zbekiston keng imkoniyatlar mamlakati degan iborani isbotlovchi real voqelik o‘z hayotimda sodir bo‘ldi. Prezidentimiz bilan Farg‘ona shahridagi tasodifiy va hayajonga boy uchrashuv butun umr yodimda saqlanadi. Suhbat jarayonida yurtboshimiz meni orzularim, maqsad va rejalarim haqida tinglab, chin yurakdan bildirilgan katta ishonchlari ko‘nglimni quvonch va baxtga to‘ldirdi. Bu ulkan ishonchni albatta oqlab, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishda o‘z oldimga yanada katta maqsad va marralarni qo‘yib oldim”, - deydi Madinaxon Soliyeva. Tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev ana shunday intiluvchan va bilimga chanqoq farzandni tarbiyalagani uchun Madinaxonning ota-onasiga yana bir bor minnatdorlik bildirib, ezgu orzulari bisyor yoshning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Zukko qizga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1🥰 1
Faollar yig‘ilishi muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi Bugun O‘zbekiston tumani hokimligi majlislar zalida navbatdagi faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev raislik qildi. Tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va hokim yordamchilari ishtirok etgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida belgilangan barcha vazifalar hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosi muhokama qilindi. Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftada viloyatimizga tashrifi davomida belgilab berilgan barcha vazifa-topshiriqlarni tumanda o‘z muddatida va sifatli bajarish, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlari, yangi loyihalarni ishga tushirish, yoshlarga oid davlat siyosati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kommunal soha, jumladan, elektr energiya, gaz va ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida bajarilayotgan tadbirlar samaradorligi va boshqa qator dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir yo‘nalishlar bo‘yicha tarmoq mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Erishilgan natijalar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha tahlil qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Yig‘ilish so‘nggida joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida o‘z hududlarida ko‘plab yo‘nalishlarda ijobiy samaradorlikka erishgan bir guruh mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullarining faoliyati e’tirof etilib, munosib rag‘batlantirildi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hammasini ko'rsatish...
🥰 1👏 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.