cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Samarqand filiali.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Samarqand filiali.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
591
Obunachilar
+224 soatlar
+297 kunlar
+31230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#ochiq_eshiklar_kuni_davom_etmoqda #Muhammad_al_Xorazmiy_Samarqand_filiali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Samarqand filialiga 2024- yil 15-iyun kuni Kattaqórĝon tumanida joylashgan BARKAMOL AVLOD xususiy maktabi jamoasi óz óquvchilarini maktab ma'muriyati tomonidan ekskursiya uchun bizning maktabimizga olib kelishdi. Tashrif davomida 200 nafar óquvchilar va ularning ota-onalari, maktab ma'muriyati va óqituvchilari sayohatga kelishdi. Mehmonlarga maktab faoliyati, laboratoriya darslari, amaliy darslardan lavhalar bilan tanishdilar. Mehmonlar maktabdagi sharoitlar bilan tanishib katta taassurotlar bilan ketishdi. https://www.facebook.com/share/edriz6oZUZoCcgBA/?mibextid=lOuIew
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish mudddati tugashiga 5 kun qoldi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
#qabul_2024 #call_markaz #press_tur ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi. Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda. Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda. Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Jo‘rabek Jangirov
04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! ✅ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma. 📶 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. 🕊Telegram |🕊X
Hammasini ko'rsatish...
sdsd.mp460.86 MB
#seminar #kutubxonachilar_bilan 📚Ixtisoslashtirilgan ta’lim  muassasalari  agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi kurubxonachisi Nilufar Ergasheva tomonidan Samarqand viloyatidagi lxtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari kutubxonachilari uchun Kattaqo’rq’on  shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida o’quv-seminar tashkil etildi. Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM ➤ Telegram | Instagram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 📣📣📣📣📣 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA! 🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi. 🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ✅Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin. 📝 Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida: 🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🇺🇿 Andijon viloyati 🇺🇿 Buxoro viloyati 🇺🇿 Jizzax viloyati 🇺🇿 Navoiy viloyati 🇺🇿 Namangan viloyati 🇺🇿 Samarqand viloyati 🇺🇿 Sirdaryo viloyati 🇺🇿 Surxondaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent viloyati 🇺🇿 Farg‘ona viloyati 🇺🇿 Xorazm viloyati 🇺🇿 Qashqadaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent shahri 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
sd_tugash_.mp436.27 MB
Repost from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim. Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas. Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi. Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq. Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
#qabul_2024 #ishchi_guruh YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi. Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv